2. Foiz riski – bu foiz stavkasi oʻzgarishi riski. 3. Valyuta riski – bu valyuta kurslari oʻzgarishi riski. 2008 yildagi inqirozdan keyin bozor risklarini aniqlash va baholash muammosi dolzarb boʻlib qoldi. Iqtisodchi olimlar Dimitrios Bisias, Mark Flood, Andrew W. Lo, Stavros Valavanis tomonidan tadqiq qilingan “ASurvey of Systemic Risk Analytics” nomli asarda tizimli riskni turli tomondan miqdoriy baholashning 31ta uslubiyotining sharhi berilgan. Ulardan amaliyotga joriy qilish imkoniyati nuqtai nazaridan eng samarador va eng keng tarqalgan toʻrtta usulni quyida koʻrib chiqamiz.
2008 yildagi inqirozdan keyin bozor risklarini aniqlash va baholash muammosi dolzarb boʻlib qoldi. Iqtisodchi olimlar Dimitrios Bisias, Mark Flood, Andrew W. Lo, Stavros Valavanis tomonidan tadqiq qilingan “ASurvey of Systemic Risk Analytics” nomli asarda tizimli riskni turli tomondan miqdoriy baholashning 31ta uslubiyotining sharhi berilgan. Ulardan amaliyotga joriy qilish imkoniyati nuqtai nazaridan eng samarador va eng keng tarqalgan toʻrtta usulni quyida koʻrib chiqamiz.
1. Stress-test usuli.
2. Tizimli riskni erta aniqlash indikatorlari.
3. VaRga asoslangan hisoblash uslubiyoti.
4. Spetsifik (oʻziga xos) risklar.
1. Stress-test usuli. Stress-testlar alohida moliyaviy institutni yoki butun tizimni makroiqtisodiy yoki makromoliyaviy oʻzgarishlariga nisbatan qanchalik zaifligini baholashga xizmat qiladi. Stress-testning quyidagi yoʻnalishlari mavjud:
pastdan tepaga usuli. Masalan banklar oʻzining yoʻqotishlar darajasini har bir ssenariy boʻyicha mustaqil aniqladilar va umumlashtirish uchun yuqori turuvchi megaregulyatorga taqdim etadilar.
tepadan pastga usuli. Masalan Markaziy Bank tomonidan yagona metodologiya boʻyicha butun tizim (tijorat banklari)ni testdan oʻtkazilishi. Pastdan tepaga usulda har bir bank oʻzining riski va yoʻqotishlari tizim yoki kontragentlarga taʼsiri yoki oʻzaro taʼsirini emas, balki oʻz faoliyatiga taʼsirini baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |