Agar narxlar oʻzgarishining ehtimolli taqsimoti normal taqsimot qonuniga boʻysunsa, VaRmiqdorini quyidagi formula boʻyicha hisoblash mumkin:
bu yerda α - ahamiyatlilikning tanlangan darajasi. Demak VaR ikkita parametr bilan ifodalanadi:
1) ahamiyatlilik darajasi (significance level) yoki ishonchlilik darajasi (confidence level) – 1-α;
2) savdo kunlari orqali oʻlchanadigan risk gorizonti (risk horizon) – h.
Bazel II kelishuvi doirasida tijorat banklari oʻzlarining bozor risklarini VaR yordamida baholayotganlarida ahamiyatlilik darajasini 1% deb olishadi, yaʼni bu 99% ishonchlilik darajasi hisoblanadi. Kredit reytingi agentliklari esa bundan ham jiddiyroq daraja belgilashadi, yaʼni yuqoriroq ishonchlilik darajasi (0,03% ahamiyatlilik yoki 99,97% ishonchlilik darajasi)ni qoʻllashadi. Bunday tashqi regulyatorlar boʻlmagan taqdirda VaRning ahamiyatlilik/ishonchlilik darajasi foydalanuvchining riskka nisbatan yondashuviga bogʻliq hisoblanadi. 3. VaRga asoslangan hisoblash uslubiyoti
Risk gorizonti – bu potensial yoʻqotishlarni qancha davr oraligʻi uchun hisoblanishini anglatadigan muddat.
Turli risklar tabiiy ravishda ularning likvidliligiga qarab turli vaqt oraligʻi boʻyicha baholanadi. Bazel kelishuviga muvofiq VaRning risk gorizonti 10 kunni tashkil etadi. Ichki yoki tashqi tartibga solish mexanizmlari mavjud boʻlmagan holatlarda VaRning risk gorizonti sifatida riskka uchrashning kutilayotgan davr oraligʻi olinadi. Likvid aktivning riskka uchrashi likvid boʻlmagan aktivga nisbatan ancha tez kutiladi va muvofiq tarzda tez toʻliq xedjirlanadi. Shuningdek riskdan holi boʻlish muddati uning sodir boʻlishining koʻlami (razmeri) va bozor likvidligiga bogʻliq hisoblanadi.
Portfel VaRining hisoblanishi qiyinchilik tugʻdiradi chunki tarkibida yuzlab aktivlar mujassamlangan portfelning maʼlum davr oraligʻida evolyutsiyasi (shakllanishi/oʻzgarib borishi)ni modellashtirish mushkil hisoblanadi. VaRning amaliyotga joriy qilish nafaqat industriyaga ahamiyatlik darajasi yuqori hisoblanadi va hozirgi kunda uni toʻrtta asosiy usuli mavjud, yaʼni:
Do'stlaringiz bilan baham: |