Risklarni boshqarish


Download 238.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana21.04.2023
Hajmi238.65 Kb.
#1367702
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 MAVZU



1-Mavzu; 
“RISKLARNI 
BOSHQARISH” 
FANIGA 
KIRISH,  
RISKNING MOHIYATI VA OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
1.1.Risklarni boshqarish” fanining mazmuni va maqsadi
Umumjaxon amaliyotida qabul qilingan tadbirkorlik va ishbilar- monlik
faoliyati tug’risidagi qonunchilik tadbirkorlik, bu mulkiy mas‘uliyat va
oʻzining tavakkalchiligi bilan amalga oshiriluvchi, daromad olishga 
yoʻnaltirilgan fuqarolar va ular guruhning mustaqil tashabbus faoliyati deb
belgilanadi. Koʻp xollarda tadbirkorlik; mustaqillik, tashabbuskorlik,
mas‘uliyatlilik, faol izlanuvchanlik, jushqinlik, chaqqonlik kabi xislatlar bilan 
tavsiflanadi. Bu xislatlarning yagona jamlamasi iqtisodiy faoliyatiga xos boʻlib, 
toʻliq asosli xolda tadbirkorlik yoki biznes deyiladi. Tadbirkor uzluksiz
ravishda oʻz hatti-xarakatlarini (mazmunan mehnat yutuqlarini ta‘minlash 
uchun) takomillashtirib boradi, chunki yutuqlar mahsulotlarini, texnologiya- 
larni tovar sifatini oʻzgartirishga, tabiiyki narx iste’molchilar doirasi va koʻpgina 
boshqa omillarga bog’liq.
Muammolarni yechimini turli yoʻllarini topish, tanlash va
oʻzgartirish faqat muqobil variantlar mavjudligidagina mumkin boʻladi. 
Shuning uchun tadbirkorlikning zaruriy sharti izlanish va hilma- xillik holatida 
iqtisodiy faoliyatning usullarini tanlashda, erkinlikda kurinadi. Biznesni
tavakkalchiliksiz tasavvur etish mumkin emas. Tavakklikchilikni kuchayishi
– bu mohiyatan tadbirkorlik erkin- ligining aksi boʻlib, bu uchun oʻziga xos 
toʻlov xamdir. Bozor mu- nosabatlari sharoitida yashab qolish uchun, texnikaviy 
yangilanish va dadillik, joʻshqin xarakatga tayaniladi, bu esa oʻz navbatida
tavakkalchilikni kuchaytiradi. Demak, bundan tadbirkor tavakkal- chilikni
kuchaytiradi. Demak, bunda tadbirkor tavakkalchilikdan qochmasligi, balki 
uning darajasini baholay bilishi va tavakkalchilikni pasaytirish maqsadida uni 
boshqara bilishi lozimligi kelib chiqadi.
Tadbirkorlikning bosh xislati: ―Tavakkalchilikdan qochmaslik, balki,
uni oldindan koʻra bilishda va uning eng past darajagacha pasaytira olishda‖
namoyon boʻladi, deyiladi. Ta‘kidlaganlaridan mazkur oʻquv qoʻllanmaning 
asosiy maqsadi va vazifalari kelib chiqib, ularni quyidagicha ifodalash mumkin:
- zamonaviy iqtisodiyotga xos boʻlgan omillardan biri bu -
tavakkalchilikni hisobga olgan xolda iqtisodiy jarayonlarni sifat va miqdoriy
xususiyatlari toʻg’risidagi bilimilarini chuqurlashtirish va kengaytirish;
- tavakkalchilikni inobatga oluvchi iqtisodiy matematik modellarni tuzish, 
tahlil qilish va foydalanish usul va uslublarni oʻzlashtirish;
- qarorlarni qabul qilish jarayonida iqtisodiy tavakkalchilikni hisobga 


oluvchi va modellashtiruvchi bir qator namunaviy uslublarni oʻrganadi;
- hilma-xil muammolarni yechimini topishda amalda qoʻllash maqsadida 
tegishli apparatlarni (qurollarni) oʻzlashtirish;
Mazkur qoʻllanmaning asosiy qismlarini bayon etishdan oldin, uning
mazmun va mohiyatiga ma‘lum darajada qoʻshimcha izoh beramiz.
Tavakkalchilikni boshqarish, baholash va tahlil qilish boʻyicha shu
kungacha oʻzimizdagi mavjud va xorijiy materiallarni xar tomonlama
keng oʻrganish, bir tizimga keltirib, tahlil qilish ayni paytda quyidagilarni 
koʻrsatmoqda:
- “risk” - tushunchasini hamma uchun bir xil qabul qilingan tarifi mavjud 
emas;
- har qanday amaliy va nazariy tasodiflar, holatlar uchun qoʻllaniluvchi
tavakkalchilikni kengaytirilgan koʻrsatkichlarini aniq hisoblash uslublari ishlab 
chiqilmagan;
- aniq vaziyatga tavakkalchilikning ma‘lum darajasini ―mos kelishi‖ni 
aniqlash boʻyicha ilmiy asoslangan qoʻllanmalar mavjud emas;
- tavakkalchilikni holatini miqdoriy baholashga asoslanuvchi qoida va
me‘yorlarni shakllantirish imkonini beruvchi me‘yoriy- xuquqiy konsepsiya 
ishlab chiqilmagan.
Shuni ham nazardan qochirmaslik lozimki, tavakkalchilikning qadr-
qimmatini belgilash, aniq vaziyatlarda qabul qilinishi zarur boʻlgan 
qarorlarga bog‘lik boʻladi.
1.2.“Risk”, 
xatar”, 
tasodif”, 
tavakalchilik 

Download 238.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling