Risklarni boshqarish


 Risk menejment tizimining tarkibiy elementlari


Download 238.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana21.04.2023
Hajmi238.65 Kb.
#1367702
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 MAVZU

1.3. Risk menejment tizimining tarkibiy elementlari
“Risk” - xodisasida uning mohiyatini tashkil etuvchi va oʻzaro bog‗liq 
boʻlgan quyidagi asosiy elementlarini ajratib koʻrsatish mumkin:
- tanlangan muqobillikni (alternativani) amalga oshirish maqsadida 
koʻzlagan maqsaddan chekinish mumkinligi;
- koʻzlagan natijaga erishishning ehtimolligi;
- koʻzlagan maqsadga erishish uchun ishonchsizlik (ishonchning yoʻqligi);
- alternativani noaniq sharoitdagi tanlovni amalga oshirish bilan bog‗liq 
moddiy, 
ma‘naviy 
va 
boshqa 
yoʻqotishlarning 
mavjudligi.
Riskning muhim elementlaridan biri bu tanlangan maqsaddan chekinish 
ehtimolining borligidir. Bunday holdagi farqlanish ijobiy va salbiy hislatda
boʻlishi mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan elementlar, ularning oʻzaro bog‗liqligi 
va oʻzaro ta‘sirchanligi riskning mazmun mohiyatida namayon boʻladi. Shu
bilan bir qatorda riskka uning mohiyatini anglash imkonini beruvchi bir
qancha hislatlar xosdir. Unga quyidagi hislatlar kiradi.
- qarama-qarshilik (zidlik);
- alternativlik (muqobillik);
- noaniqlik (mavhumlilik).
Qarama-qarshililik riskning muhim hislatlaridan biri boʻlib u turli
qarashlarda namoyon boʻladi. Risk faoliyatining hilma-xilligini ifodalar ekan, bir 
tomondan tanlov muqarrarlik vaziyatida va noaniqlik sharoitidaligi murakkab
uslublar bilan umum ahamiyatga moyil natijalarni olishga yoʻnaltirilgan
boʻladi. Shu bilan bir qatorda u konservatizm, dogmatizm, qoloqlik kabi 
jamiyat taraqqiyotga ruhiy toʻsiqlarni bartaraf etadi. Tugatmoq, boʻluvchi
ruhiy toʻsiqlarni bartaraf etadi va yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishga 
qarshilik jamiyat taraqqiyotiga toʻsqinlik qiluvchilarga qarshi muvaffaqiyatni
ta‘minlashga yoʻnaltirilgan yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishga 
tashabbuskor ijtimoiy eksprimentlarni yangi g‗oyalarni amalga oshirishni 


ta‘minlaydi.
Tavakkalchilikning bu hususiyati muhim iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy 
ruhiy oqibatga sabab boʻladi, chunki u jamiyat va texnika taraqqiyotini 
ta‘minlaydi, jamoatchilikning fikirlash doirasiga ijobiy ta‘sir etadi. Ikkinchi 
tomondan, tavakkalchilik avantyurizm, valyun- tarizm, subyektivizimga, ijtimoiy 
taraqqiyotni toʻxtatishga olib keladi. Riskning qarama-qarshi tabiati mavjud 
tavakkal xarkatlarning toʻqnashuvida namoyon boʻladi. Masalan, u yoki bu 
xarakatni amalga oshirish uchun maqbul yoʻlni tanlagan kishi oʻzini tavakkal ish 
qilgan deb xisoblasa, boshqa odamlar tomonidan u ehtiyotkorlik har qanday
riskdan xolis yoki aksincha deb baholash mumkin.
Riskning muqobillik xususiyati ikki va undan ortiq variantdagi
imkoniyatlar, yoʻnalishlar, harakatlar orasidan oʻziga mos keluvchi variantni
tanlash zaruratidan kelib chiqadi. Tanlov imkoniyatining mavjud boʻlmasligi,
risk holatini inkor etadi. Qayerdaki tanlov boʻlmasa u yerda risk 
xarakatdagi vaziyat yuzaga kelmaydi, demak risk mavjud boʻlmaydi. Risk
vaziyatning aniq mazmuniga bog‗liq xolda alternativlik turli darajada 
murakkablikka ega boʻladi va u turli usullarda xal etiladi. Agar oddiy vaziyatlarda 
tanlov amalda toʻplangan tajriba va ichki xis tuyg‗uga asoslansa,
murakkab vaziyatlarda qoʻshimcha maxsus usul va uslublardan foydalanish
zarur. Riskni mavjudligi bevosita oʻz ma‘zmun shaklining hilma-xiligi
bilan farqlanuvchi noaniqliklar bilan bog‗liq.
Riskning bu hislatiga risk manbalarini oʻrganayotganimizda batafsil 
toʻxtalamiz. Bu yerda biz faqat ―Risk‖ni ishonchsiz va bir xillikni inkor
etuvchi noaniqlikni ―bartaraf etish‖ usullari sifatida qarab chiqamiz. Riskni
bu xislatiga e‘tiborni qaratishimizning muhimligi shundan iboratki u 
noaniqlikning obyektiv va subyektiv manbaalarini inkor etadi va boshqaruv
jarayonlarini amalda opti- mallashtiradi
qolaversa 
gap 
qandaydir 
noaniqliklarni toʻliq bartaraf etish ustida emas (amalda mumkin boʻlmagan), 
balki ratsional alter- nativani tanlash maqsadida riskni hisobga olish
zarurati ustida ketmoqda.

Download 238.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling