Risklarni boshqarish


Download 238.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana21.04.2023
Hajmi238.65 Kb.
#1367702
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 MAVZU

tushunchalari  
talqini
Mavjud adabiyotlarda tavakkalchilikning xislat, xususiyat va
elementlari obyektiv va subyektiv jihatlari oʻzaro munosabatlari, uni mazmunini 
anglash turlicha tavsiflangan. Tavakkalchilikning mohiyati toʻg‘risidagi hilma-xil 
fikrlar koʻp hollarda bu xodisaning serqirraligi amalda mavjudligidir. Xoʻjalik 
faoliyati qonuniyatlarida uni toʻliq tan olinmasligi, real iqtisodiy amaliyotda
va boshqaruv faoliyatida yetarlicha qoʻllanilmasligi bilan sharhlanadi. Undan 
tashqari tavakkalchilik bu –bir-biriga mos kelmaydigan, ba‘zida xatto qarama-
qarshi real holatlar yig’indisidan iborat murakkab jarayondir. Tavakkalchilik
tushunchasi rus tilidagi “ Risk” soʻziga ekvivalent sifatida olindi. Endi “Risk” 
toifasidagi tushunchaga nisbatan mavjud ba‘zi-bir yondashuvlarni qarab chiqamiz.
“Risk” termini grekcha ridsikon, ridsa - soʻzlarida tik qoya, qoyatosh


mazmunini anglatsa, italyancha “risiko” - soʻzida havfli, havf-xatar,
risicarechzida qoyalarga chap bermoq mazmunini anglatadi. Fransuzcha 
“risdoe” tahlika, havf-xatar, qoʻrqinch, (tik qoyadan aylanib oʻtishda goʻyoki 
tavakkal qilish) mazmunini anglatadi. Vebster lug’atida “risk” zarar yoki ziyon
koʻrish imkoniyati, havf-xatari deyilsa, Ojegova lug’atida “risk” soʻziga
“havf-xatar xolati imkoniyati” yoki “muvaffaqiyatli xarakat” deb tarif beriladi. 
Shunisi diqqatga sazovorki, maxsus lug’atlarda (falsafa, xarbiy, iqtisodiy va x.z) 
– “risk” tushunchasi umuman uchramaydi. U xatto katta sovet ensiklopediyasi va 
sovet ensiklopedik lug’atining oxirgi nashrlarida, besh tomli falsafiy
ensiklopediya va falsafiy ensiklopedik lug‘atida, hamda “Ilmiy-texnik
taraqqiyot” lug‘ati va boshqalarda ham uchramaydi. Tahlillar, adabiyotlarda
“risk” toʻg‘risidagi tushunchaga omadsizlik yoki havf-xatarga (havf-xatar
holati) imkoniyat degan tarif keng tarqalganini koʻrsatadi. Iqtisodiy 
adabiyotlarda ham shu xol koʻrinadi.
“Moliyaviy menejment”
kitobida
unga quyidagicha 
ta‘rif
beriladi: “Risk” –tavakkalchilik - bu bashorat qilinayotgan variantlarga nisbatan 
daromad 
ololmaslik 
yoki 
zararlarini 
paydo 
boʻlish 
ehtimo- liyatidir. 
“Zamonaviy biznesda tavakkalchilik” kitobida: tavakkalchilik deganda ma‘lum bir 
ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni amalga oshirish natijasida qoʻshimcha
xarajatlarni paydo boʻlishi yoki daromadning olinmasligi hamda tashkilot 
tomonidan oʻz resurslarini yoʻqotish ehtimoliyatini anglash tushuniladi‖ - deb
ta‘rif beriladi. Yuqorida keltirilgan barcha ta‘riflardan: ―tavakkalchilikni havf-
xatar, zarar koʻrish holati‖ - degan hususiy xislatini ajratib koʻrsatish
mumkin boʻladi. Lekin keltirilgan ta‘riflar tavakkalchilikning barcha mazmuni, 
mohiyatini toʻliq ifodalay olmaydi.
―Tavakkalchilik‖ning
tarifini 
toʻliq 
belgilash 
uchun, 
oldin
“tavakkalchilik vaziyati” tushunchasiga ta‘rif berishimiz kerak, chunki u bevosita 
“tavakkalchilik” -termini mazmuni bilan uzviy bogliq. Biz rus lug‘atida qabul 
qilingan gap “Risk” –soʻzini “tavakkalchilik” deb tarjima qildik. Bu terminning 
yana ekvivalenti oʻzbek tilida “qaltislik” va “risk”ni oʻzini ishlatish kerak degan 
fikrlar bor. Chunki “Tavakkalchilik” soʻzi “Risk”ni toʻla mazmunini oʻzbek tilida 
ifodalay olmaydi. Kelajak oʻzbek tilida qaysi soʻzni tanlashni koʻrsatib berar.
“Vaziyat” tushunchasi u yoki bu faoliyat uchun imkoniyat yaratuvchi turli holat 
va shart-sharoitlar jamlamasining birikuvi deb tarif berish mumkin. Bunday 
holda vaziyat mazkur faoliyatini amalga oshirish uchun imkoniyat yaratish yoki 
unga toʻsqinlik qilishi mumkin.
Har xil vaziyat turlari ichida, tavakkalchilik vaziyati alohida oʻrin tutadi.
Aksariyat iqtisodiy jarayonlarni amal qilish va rivojlanishi noaniqlik, ya‘ni, 
mavhumlik elementlarga tayanadi. Bu esa bir xil echimi boʻlmagan 


vaziyatlarni yuzaga kelishiga asos boʻladi. Agar u yoki bu vaziyatni
ehtimoliyati darajasini miqdor va sifat jihatdan aniqlash imkoniyati mavjud 
boʻlsa u tavakkalchilik vaziyati boʻladi. Bu yerda tavakkalchilik vaziyati 
statistik jarayonlarga bog‘liq boʻlib, unga mavjud boʻlgan uchta shart xamrohlik 
qiladi - degan xulosa kelib chiqadi. Ularga:
- noaniqlikning (mavhumlikning) mavjudligi;
- muqobil (alternativ) tanlovning zarurligi (bu holda, shuni ham nazarda 
tutish kerakki, tanlovdan voz kechish boʻyicha tovlash xam tanlov xilma-
xilligiga doir boʻladi);
- tanlangan muqobil variantni amalga oshirish ehtimoliyatini baholash 
imkoni borligi kiradi. Shuni qayd etish lozimki, tavakkal- chilik vaziyati sifat 
jihatdan noaniklik (mavhumlik) vaziyatidan keskin farq qiladi.
Noaniqlik vaziyati - amalda oʻrnatish imkoni boʻlmagan xodisa
va 
qarorlar 
natijalarini 
xosil 
boʻlish 
ehtimoliyatidir. 
Shunday 
qilib, 
tavakkalchilik vaziyatini aniqlanishi mumkin boʻlgan va amalga oshuvchi 
xodisalar ehtimoliyatidagi noaniqliklar xilma-xilligi deb tarif berish mumkin.
Ya‘ni, bu holda taxminan sheriklarning ishlab chiqarishdagi hamkorligidagi 
faoliyati, 
raqiblarning 
qarshi 
harakati, iqtisodiyot taraqqiyotiga tabiiy 
muhitning ta‘siri, ishlab chiqarishga ilmiy texnik yutuqlarni joriy etish natijasida 
paydo boʻluvchi xodisalar ehtimolini obyektiv baholash imkoniyati mavjud 
boʻladi.
Tavakkalchilikni bir necha turlarga boʻlish mumkin:
- ixtiyoridagi bir nechta muqobillikdan tanlovchi subyekt,
bashorat qilinayotgan natijalarni olish uchun obyektiv ehtimoliyatiga
(statistik tadqiqotlar natijalariga asoslanuvchi) ega boʻladi;
- kutilayotgan natijalarni roʻy berish ehtimoli faqatgina subyektiv baholash 
orqali olinadi, ya‘ni, subyektiv ehtimollik bilan ish koʻradi;
- alternativlarni amalga oshirish va tanlash jarayonida obyektiv va tanlash 
jarayonida obyektiv va subyektiv ehtimollikka ega boʻladi;
- kutilayotgan natijalarni roʻy berish ehtimoli faqatgina subyektiv baholash 
orqali olinadi, ya‘ni, subyekt, subyektiv ehtimollik bilan ish koʻradi;
- alternativlarni amalga oshirish va tanlash jarayonida obyektiv va 
subyektiv ehtimollikklarga ega.
Tavakkalchiliik vaziyatlardan “chiqish uchun”, subyekt tanlov oʻtkazadi 
va uni amalga oshirishga xarakat qiladi. Tavakkalchilik tushunchasini anglash 
aynan shu jarayonda oʻz ifodasini topadi. Sub‘yektning faoliyat rejasi esa bu
jarayon tavakkalchilik tushun- chasini anglashda oʻz ifodasini topadi. Amalga 
oshirishga harakat qilish uchun qaror tanlovi bosqichida boʻlganidek, amalga 
oshirish bosqichida xam mavjud boʻladi. Bu va boshqa xollarda tavakkalchilik
konkert ziddiyatlarni noaniq vaziyatda rivojidagi qarama-qarshi intilishlari


orqali amaliy yechimini topish usuli bilan subyekt tomonidan 
noaniqliklarni olish modelini ifodalaydi. Tavakkalchilik - bu omadsizlik 
holatida vaqtincha tanlovga qadar boʻlgan xoldan ham yomon vaziyatda
boʻlish imkoniyati mavjud boʻlganida tanlov sharoitida amalga oshiriluvchi 
faoliyat (hatti-harakat)dir. Bu tarifda omadsizlik havf-xatar xolati bilan bir 
qatorda, 
alternativlik 
(muqo- billik) 
kabi 
hislat 
ham 
ishtrok 
etadi. 
Tavakkalchilik - bu muqarrar tanlov vaziyatidagi noaniqliklarni bartaraf etish 
bilan bog‗liq jarayonda koʻzlangan natijalarga erishish omadsizlik va 
maqsaddan chekinish ehtimolini miqdor va sifat jihatdan baholash imkoniyati
mavjud xoldagi faoliyatidir.

Download 238.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling