Risq haqida mu


Alloh oqibatimizni xayrli qilsin


Download 38.22 Kb.
bet2/2
Sana23.01.2023
Hajmi38.22 Kb.
#1112742
1   2
Bog'liq
Risq haqida muhim gaplar

Alloh oqibatimizni xayrli qilsin!

Ipingizni uzganmisiz?


Necha marta boshlagan ishingiz o'xshamagan7 Sababi nima deb o'ylaysiz?

!•
Bir kuni bir odam fillar saqlanadigan joy- ga boribdi. Qarasa, fillaming oyog'iga salgina tortsa, uzilib ketadigan ip bog'lab qo‘yilgan. Le- kin fillar nimagadir uni uzishga harakat ham qilmasmish. Boyagi odam hayron qolibdi, shu qadar katta, kuchli fillar qanday qilib shu in- ichka ipni uzmasligi mumkin? Tabiiyki, uzishga harakat qilsa, uzadi. Lekin nega uzmayapti? Oddiy ip-ku. Ulami nima ushlab turibdi? Fillar bu ipni uzishga qodir bo'lganlari holda o'zlari saqlab turilgan bu hududni tark etmayapti. U yerdan qochib ketishni istamayapti. Asli- da, ketishi mumkin. Kuchi har narsaga yeta- di. Lekin vaziyat tamomila aksi. Goyoki ulami ko'rinmas bir ip ushlab turgandek. Oyoqlariga bog'langan ingichka iplar emas. Xayolidan shu kabi savollar kechib, ularga javob topish uchun fillaming tarbiyachisidan sorabdi: ‘Nega bu fillar bu yerdan qochib ketishmaydi?". Uning
ajablanganini ko'rib fil tarbiyachisi shunday javob beribdi: “Fillar kichkinaligida qochib ket- masligi uchun mana shu iplardan foydalana- miz. Ular kichkinaligida bu ip yetarli bo'ladi. Ular hech qachon bu lpni uza olmaydi. Uzish- ga juda ko'p urinib ko'radi. Lekin uza olmaydi. Bora-bora bu ipni hech qachon uza olmayman degan qanoat hosil bo'ladi ichida. Ulgayganida ham buni uddalolmayman degan tushuncha uni tark etmaydi. Ya’ni uzishga harakat qilib ko'rmaydi” ’
Demak, fillarni u yerda ushlab turgan, ozodlikka erishishlariga to'siq bo'layotgan ya- gona sabab ularning vaqt o'tishi bilan kelgan qanoatlari - to'xtamlari. Ya’ni ipni uzish mum- kin emas deb o'ylashlari Endi xulosa qilamiz: sizni bir joyda ushlab turish uchun qancha- lik harakat qilishlaridan qat’i nazar, har doim ishonishda davom etishingiz kerak. Davom eting. Nimaga ishonamiz7 Nimaga ishonishimiz kerak7 Uddalashimizga. Uddalayman degan bir ishonch bo'lishi kerak. Agar ishonsak, ud- dalaymiz. Ishonmasak, qanday uddalaymiz7 Bu ilk va zabardast qadam bo'ladi. Bu ishonch bo'lmasa, yo'lga chiqishdan ma’ni yo‘q.
Bizning oyoqlarimizda ham qancha- lab mana shunday ko'rinmas iplar bor? Oila- da, jamiyatda... Masalan, o'zbek oilasida “Sen
go r ham bo'lmaysan, odam bo'lmaysan" degan gapni eshitmagan bola bo’lmasa kerak. E,qo'lingdan kelgan ishni qilsang-chi” yoki "Bo'yingdan baland şakrama”, - deyishadi. Sen qayerdan bilasan uning qo'lidan nima ish kelishini? Togrimi? Yoki: “Otang qilgan ishni qilsang bolmaydimi’’ - deyishadi. Bunday mi- sollami istagancha keltirish mumkin...
Aslida, inkorlar bu kabi iplarni uzishga bo'lgan ishtiyoqni orttirishi kerak. Lekin bizda ozimizning kuchsizligimiz haqidagi fikr shu qadar kuchliki, bitta ham qadam tashlamay- miz.
Sanalgan iplaming ichida yana bitta ip bor. Bu ip bizning oyog'imizga emas, boynimizga bog'langan go'yoki... Oti nima, bilasizmi7 “Men- ga nima?” Bu shunchaki oddiy bir ip emas. Bu kasallik, xastalik. Shu darajada chirkin bir xas- talikki. Bilasizmi, bu xastalik qachon ortağa chiqadi? Bizdan bir narsa kutilgan paytda, bizga kimningdir ishi tushgan paytda nima deymiz? “Menga nima?” — deymiz va unutamiz.
Qo'shnimiz yoki do'stimizbo'lishi mumkin, boshiga bir tashvish kelsa, ichimizdagi "menga nima7" xastaligi bizni yordam qolini cho'zish- dan to'sadi. Ammo ulaming hayotiga yaxshilik kelsa-chi? Masalan, biror mansabga erishsa Biznikidan balandroq uy qursa yoki dabdabaliroq to'y qilsa, osha payt: "Menga nima?" - de- maymiz-ku. Aslida, shu yerda aytishimiz kerak bu gapni. Lekin biz unaqa demaymiz. Uyqumiz qochadi. To'grimi? Hayotimizdan mazmun ketib, koz oldimiz qorong‘ilashib, yegan tao- mimiz yuqmay, hech narsada ma’no ko’rinmay qoladi. Toki u qilgan ishni undan ortig'i bilan qilmasak. Hojiboy Tojiboyev aytganidek, tom- ning ustiga chiqib, bayroqni ham ilib qoyma- sak, ko'nglimiz tinchimaydi. Agar ularga yor- damimiz kerak bo'lgan paytda shunday bedor bo'lganimizda edi, uyqularimiz qochib ketgani- da edi... Qayerdan qayerga kelib qoldiga? Filning oyog’idan boshlab... Sanasak chiqaveradi. U konnayotgan, korinmayotgan iplar, bizni tog'ri yo'l qolib, eğri yo'lga boshlayotgan narsalar, ularning ildiziga tushganimiz sari chuqur- lashib boraveradi. Istardimki, buni har kim ozi topsin. Ham u iplarni, ham u iplarni uzish yo'llarini topsin.
Ana shu ko'rinmas iplarni topish va ularni uzish — bizning vazifamiz. Ularni uzish va uchish kerak
Download 38.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling