Risq haqida mu


Download 38.22 Kb.
bet1/2
Sana23.01.2023
Hajmi38.22 Kb.
#1112742
  1   2
Bog'liq
Risq haqida muhim gaplar


Risq haqida muhim gaplar
Nimaga uylanmayapsiz? Risq borasida tashvish qilmasligimiz kerak. "Ozimni boqolmayapman-u, xotin, bola-chaqani qanday boqaman?” - demaslik kerak. Bu noto'g'ri. Bu haddan oshish bo'ladi. Nima uchunligini hozir aytamiz. Alloh azza va jalla: "Sizlaning risqingizni Men beraman”, - deyapti. Ya’ni rizqni O'z zimmasiga olyapti. Risqingizga Men kafilman, ammo jannatga kirish o'z harakatlaringizga bog'liq deyapti.
Bir odam aytibdi: "Qaniydi Alloh sizlarni jannatga kiritish Mening vazifam, lekin bu dun- yodagi rizqni o'zinglar topinglar desa". Odamlar: "Nega unday deyapsiz?" — deb so'rashibdi. “O‘ylab koringlar, bu dunyoda risqimizni qidirar edik. Topsak topardik. Topmasak, o'lardik. Olsak, jannatga tushardik...” — debdi u.
Bu ham shirin bir orzu-da. Lekin hech qachon amalga oshmaydigan orzu.
Alloh azza va jalla: “O'lib qolmasligingiz uchun rizqingiz Mening zimmamda. Sizlar abadiy davom etadigan dunyoning gamini qilinglar", - deyapti. Biz nima qilyapmiz? Tamomila teskarisini qilyapmiz. Adashsak, nima bo'ladi? Azobga giriftor bo'lamiz. Shuning uchun: "Koshki, shuning teskarisi bo'lsa edi",— deyapti...
Ota-onalar aytadi: "Bola-chaqamni yemay yedirdim, ichmay ichirdim, kiymay kiydirdim...". Bo'lmagan gap! Bizning bola-chaqamizga ham Alloh rizq beradi. O'zimiz topayotganimiz yoq. Biz faqat harakat qilyapmız, sa- bablarini qilyapmiz — Alloh beryapti Bizning risqimizni, bolamizning risqini, jamikı tirik jonning risqini beryapti.
Alloh: "Sening risqingni ham Men beraman, hech bir masalada siqilma. Yagona darding Meni rozi qilish bo'lsin", — deyapti. Bu borada haddimizni bildirib qo‘yyapti-da. Had- dimizning chegaralarini korsatib qo‘yyapti.
Biz: "Rizqimni o'zim topaman!” - deymiz. Masalan, kunimizni uchga bo'ldik: bir qismi rizqimizni topishga, ikkinchi qismini ibodat- ga, uchinchi qismini oilaga ajratdik. Rizqimizni ko'paytirmoqchimiz, nima qilamiz? Koproq ishlayman deymiz. Koproq ishlasak, rizqimiz ko'payadi deb oylaymiz. To'g'rimi? Kopchilik shunaqa o'ylaydi.
Ko‘proq ishlash uchun nima qilish kerak? Bir joydan vaqt topish kerak. Bu ibodat va oilamiz uchun ajratilgan vaqt hisobiga bo’ladi, albatta. Oqibatda halovatdan judo bo'lamiz. Namoz o‘qiyotganda ham ishni oylaymiz, oilada o'tirib ham ishni oylaymiz. Alloh: 'Xotirjam bo'l”, — deyapti.
Ayol uchun iffati hamma narsa. Ayol- ning iffatsizlikda ayblanishi dunyodagi barcha ayblar bilan ayblanishiga teng!
Bir ayolning iffatiga tahdid bo'lib turibdi, nomusiga tahdid bo'lib turibdi, nomiga tahdid bo'lib turibdi. Kim haqida gapiryapmiz? Maryam onamiz haqida. Quchog'ida bolasi. "Odamlarga nima deyman?" — deyapti. Hozir odamlar hamma narsani togri tushunadigan bo'lib ketdi. U paytlarda odamlar bunaqa narsalarga jiddiy qarashgan. Pokiza bir qiz quchog'ida bolasi bilan shaharga kirib kelishi kerak. Mana shuning iztirobi uni olov bo'lib yondiryapti.
Alloh azza va jalla nima deyapti? "Ye, ich, xotirjam bo'l”, - deyapti. "Xavotirlanma”,- deyapti. “Qo'limda bolam bor-ku. Odamlarning oldiga boraman bolam bilan. Nima deyman”. "Roza tutganman de, gapirmayman de. Bizga qo'yib ber. O'zing ye, ich, xotirjam bo’l,- deyapti. Quchogida bolasi. Odamlar uni tushunadimi, tushunmaydimi — ma'lum emas. Haqorat qilish uchun tayyör odamlar kop. Unaqalar hamisha topiladi.
Alloh taolo nima deyapti? "Ye, ich, xotirjam bo’l, - deyapti. “Odamlarga nima deymarP” “Tilimga roza tutdım de. Gapirma. Savollarga javob berma. Bizga qo'yib ber. Biz hal qilamiz uni. Sen xotirjam bo'l. Bolangni quchog‘ingga ol va shaharga bor".
Bu nima degani? Bu barcha narsani Allohning ixtiyoriga topshirdim degani. Menga ravo ko'rganiga roziman degani. To'g'rimi?
Sababini qilamiz. Allohga topshiramiz ishlarimizni. Ishladik, ishladik, ishladik... Alloh bizga nimadir berdi. Uyga boramız va bugun bizga berilgani shu deymiz. Sabr qilamiz. Rozi bo'lamiz. Boshqa narsa talab qilinmaydi bizdan. Shunda bizga nima keladi? Xotirjamlik keladi, yaxshilik keladi, rohat keladi. Ibodatlarimizda ma'no paydo bo'ladı. Hayotimizga mazmun kiradi. To'g'rimi?
Inson bir dardga chalinishi bilan ishtahasi bo'giladi. Tomog'idan bir qultum suv ham o’tmay qoladi. Suv. Bolmasa bir kunda qancha suv ichamiz? Shu ham o’tmay qoladi tomoqdan. Nega? Dardı bor chunki. Dardi bor…
Maryam onamizning holati bundan besh battar. Alloh nima deyapti7 “Ye, ich, xotirjam bo'l. Menga qo'yib ber”, — deyapti. Nega? chunki bu bir sinovdir, imtihondir. Ish masalasida oila masalasida, farzandlar, ota-ona, aka-uka masalasida ming turli imtihonlar keladi.
Masalan, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ham boshlarida imtihon bor edi. Ularga dard keltirgan narsa insonlamıng iymonga kelmasligi edi. Alloh azza va jalla: "Sen vazifangni qilasan, qolgani Bizdan", - dedi. Alloh har narsaning vaqti-soatini belgilab qo'ygan. Alloh belgilagan vaqtdagina bo'ladi hammasi.
Yana bir holat: hazrati Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam va Abu Bakr roziyallohu anhu qochib g'orga kirganlarida yov quvib kelyapti. Ushlasa, o'ldiradi. Payg'ambarimiz xavotirlanib turgan do'stlariga nima dedilar? "La tahza, la tahza — xavotirlanma, Alloh biz bilan”, — dedilar.
Ipning Allohning qo'lida ekanini, hech bir zamon bu ip Uning qo'lidan chiqib ketmasligini aniq bilgan va bunga iymon keltirgan, ishonganlaming holi shunday bo'ladi. Bu haqiqiy sodiqlarning, iymon keltirganlaming holi.
Buni tushunmasak, bunga ishonmasak, ahvolimiz nima bo'ladi?Qaraylik atrofimizga.Nima bo'lyapti? Shoshqaloqlik, xavotir, aziyat, o'ziga ortiqcha baho berish, behuda kuyib-yonish... Keyin nima bo'ladi? Keyin infarkt bo'ladi, vosvos bo'ladi. “Ulgurmayapman", — deydi. "Nimaga ulgurmayapsan?' ' Ulgurmayapman".
Ha, ulgurmaslikni bahona qilib bosh vazifasidan voz kechadi, ibodatlami tark etadi. “Ulgurmayapman, ulgurmayapman", — deyaveradi. Ulgurib bo'lmaydigan narsa yo‘q bu dunyoda. Hayot o'z maromida davom etyapti. Orqasi kuygan tovuqdek pitirchilayotgan bizmiz. Tog'rimi?
Agar mashina yuz tezlikda yurishga mos- iashtirilgan bo'lsa, qancha gazni bossangiz ham, yuz yigirmaga chiqmaydi. Chunki u yuzda yuradigan qilib yasalgan-da. Tushunyapsizmi? Biz ham shunaqamiz Agar yuz yigirmaga chiqaraman deb bossak, mashinaning motori ishdan chiqadi.
Faraz qilaylik, oldimızdan bittasi yuz ellik tezlikda o'tib ketib qoldi. “Nega uniki yuz ellikda yuradi?!" Nima ishing bor? Senmi uni yaratgan Zot? Istasa yuz ellikda yurgizadi, istasa ikki yuzda.
Sizning dardingiz yuz ellik. Yuz ellikdan borib so'rasangiz, uning dardi yonidan ikki yuzda o'tib ketganda. Ikki yuzda o'tib ketgandan borib so'rasangiz, uning dardi yomdan uch yuzda o'tib ketganda bo'ladi. Har kimning bir dardi bor. Yo chiranib-chiranib, orqasi kuygan tovuqdek vahima, vasvasalar ichida yashay- miz, yo holimizni Allohga havola qiiamiz. Rozi bo'lamiz. Bu bilan “Olma pish, og'zimga tush" deb yotaver deyotganimiz yo'q. Har narsada me’yor bolishi haqida gapiryapmiz.
Alloh har kimga har xil bergan kim tez yuradi, kim sekin yuradi. Mana shuning ozi ham bir sinov. To'g'rimi? Allohning taqdin bu. Allohning taqdiri' O'sha tez ketayotganlaming ham bir sinovi bor. Ular ham ayrim joylarda o'zlarini qiynashadi, ayrim joylarda ozlanni ortiqcha zo'riqtirishadi. Har kimda bir bo‘shliq bor ya’ni... Shuning uchun xotirjam bo'lishimiz kerak. “Men baxtsiz bo'lib qoldim, ular baxtli bo'lib ketdi" degan narsa yo‘q. Har kim o'z ichi- dan o'tganini ozi biladi.
Onamizning qomidaligimizda rizqimiz haqida o'ylamaymiz-ku! Bugun bir tashqariga chiqib, biron joyda ovqatlanib kelay demay- miz-ku! Onaning qomi devorlaridan bizga rizq keladi. Bugun yeming devorlaridan bizga rizq kelyapti. Farqi bormi? Farqi yo'q! Ikkisi bir xil emasmi? Birxil! To'g'rimi?
Halovatga erishishimiz kerak. O'zimizni ko'p qiynaymiz. Vahima qilmaslik kerak. Vahi- ma bizni har ko'yga soladi. Jinoyatga qo'l urishimiz mumkin, sudxo'rlik qilishimiz mumkin, haromga kirib ketishimiz mumkin, shirkka qadam bosishimiz mumkin. Bizni bunga undayotgan narsa — vahima. Bu vahima qayer- dan keldi? Ichimizdagi ishonchsizlikdan keldi. Bunday harakatlarimiz bilan bu dunyoni ham, u dunyoni ham boy be rib qoyamiz...
Maryam onamiz o'sha holatda nima dedi? “Yo Rabbiy, koshki, bular sodir bo'lmasa edi Men bu dunyoga umuman kelmasam edi va unutilsam edi. Hech kim Maryam degan bir inson bor deb o'ylamasa edi. Yoq bo'lsam edi. Hech kim bilmasa edi meni, hech kim tanimasa edi”, — dedi.
Janobi Haq nima dedi? Nima qildi? Qaysi din, qaysi irq, qaysi makonda bo’lmasin, Maryam onamizni hamon ehtirom qilishadi, qizlariga uning ismini faxr bilan qoyishadi. Keladigan-ketadigan hammaga tanitib qoydi Alloh. Vaholanki, Maryam onamiz iztirobning cho'ngligidan: “Hech kim bilmasa edi", - de- gandi...
Hammaning bir dardi bor. Ishida, oilasida, sog'ligida... Siqilmaslik kerak. Shifokorga boring. Sababini qiling. Alloh taqdirimizga bitib qo’ygan bolsa, shu kasallik olib ketadi bizni. Bitmagan bolsa, omon qolamiz. Lekin biz bari- bir umid bilan harakatimizni qilaveramiz. Haddimizdan oshmaymiz ham. Ishimiz buğun o'x- shamasa, ertaga o'xshaydi; ertaga o‘xshamasa. indinga o'xshaydi. Umuman o'xshamasa ham hech narsa qilmaydi. Masalan-da...
Umuman o'xshamasa, nima bo'ladi? Hech narsa bo'lmaydi! Hamma bir xil bo'lishi kerak degan qoida yo'q. Hammaning ishi bir xilda yurishishi kerak degan narsa yo'q...
Mening nima dardim bo'lsa, hammaning shunaqa dardi bo'lsin. Men kor bo'lsam, hamma kor bo'lsin. Men baxtsiz bo'lsam, butun dunyo baxtsiz bo'lsin, nima dardim bo'lsa, hamma shu dardga chalinsin deyolmaymiz-ku. To'g'rimi? Bizga to'g'ri kelmaydi bu. Biz insonmiz. Unday deya olmaymiz. Ağar shunday deyotgan bolsak, bir kasal bor, bir maraz bor ichimizda…

Download 38.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling