Rivojlangan davlatlar maktabgacha ta'lim tizimi Reja


Yaponiyada ta’lim tizimi va xususiyatlari


Download 178.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana21.06.2023
Hajmi178.4 Kb.
#1645291
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Rivojlangan davlatlar maktabgacha ta\'lim tizimi

Yaponiyada ta’lim tizimi va xususiyatlari. 
Yaponiya ta’limining shakllanishi 1867-1868 yillarda boshlangan. Yaponiya 
o‘z oldiga ikki vazifani: 1- boyish, 2-g‘arb texnologiyalarini Yaponiya ishlab 
chikarishiga kiritish masalasini qo‘ydi va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi 
galda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish kerakligini angladi. 
1872 yili “Ta’lim xakida” Qonun qilish qilindi. Bunda yapon ta’limi g‘arb 
ta’limi bilan uyg‘unlashtirilgan. 1893 yilda kasb ta’limi yo‘nalishidagi birinchi 


kollej paydo bulgan. 1908 yilda Yaponiya boshlang‘ich ta’limni majburiy 6-yillik 
qilib belgiladi. 
1946 yili qabul qilingan konstitutsiya fuqorolarning ta’lim sohasidagi huquq va 
burchlarini belgilab berdi. Unda barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishi shart 
ekanligi kayd etilgan. 
Hozirgi zamon yapon ta’lim tizimining tarkibi quyidagicha: bog‘chalar, 
boshlang‘ich maktab, kichik o‘rta maktab, yuqori o‘rta maktab, oliy ta’lim 
tizimlariga kiruvchi oliy o‘quv yurtlari. Bolalar yoshlariga qarab 3, 2, 1 yillik ta’lim 
kurslariga jalb qilinadi. Yaponiyada maktabgacha ta’lim muassasalarining 59,9 foizi 
xususiy, 40,8 foizi davlatnikidir. Maktabgacha ta’limga Yaponiyada katta e’tibor 
beriladi, chunki psixologlarning ta’kidlashicha 7 yoshgacha inson bilimlarni 70 
foizini, qolgan 30 foizini butun qolgan umri davomida o‘zlashtirar ekan. 
Maktabgacha tarbiya odatda oiladan boshlanadi. Yapon ayollari uchun onalik har 
doimgidek birinchi o‘rinda turadi. Ko‘pgina yaponlarning aytishlaricha, bola 
tarbiyasi-ularning hayotlarining maqsadidir. 
Yapon tarbiyachilarini bolalarni kichik guruh (xan)larga bo‘lib o‘qitishlari 
maktabgacha tarbiyaning asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu 
guruhlar o‘zlarining stollariga, bolalarning o‘zlari tanlagan shaxsiy nomlariga, (bu 
bolalarda qarorlar qilishda, o‘zgalar fikrini hurmat qilish, guruh a’zolarini barchasini 
tashabbuskor bo‘lishga) o‘rgatadi. Bunday usul kichik maktablarda ham, o‘rta 
maktablarda ham davom etadi. Bu guruhlar o‘rtacha har 5 oyda shakllanib turadi. 
Yapon bolalariga sinfni boshqarish juda yokadi. Shuning uchun har kuni bolalarning 
o‘zlari boshqaruvchi tanlaydilar. 



Download 178.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling