Rivojlanish falsafasi bilish nazariyasi


Download 0.84 Mb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1525152
1   2   3   4
Bog'liq
Rivojlanish falsafasi bilish nazariyasi

Гераклит
Bu mulohazalarda hozirgi talqindagi dialektikaning asoslari mujassamlashgan. Shu sababli qadimgi faylasuflarning stixiyali dialektikasini dialektikaning tarixan birinchi shakli deb hisoblash odat tusini olgan. Stixiyali dialektika borliq va bilishning jarayonlar mohiyatini anglab etishga asoslanmagan sodda dialektikadir.
Oʼrta asrlarda metafizika falsafadan dialektikani siqib chiqargan. Natijada dialektika odamlar ongiga diniy dunyoqarashni singdirish va mustahkamlash uchun hukmron sinflar faol foydalangan sofistika va sxolastikaga aylangan.
Idealistik dialektika. Metafizika unsurlarini oʼz ichga olgan dialektikaga qaytish Yangi davr falsafasi (Rene Dekart, Benedikt Spinoza, Deni Didro va b.)da yuz bergan. Shunga qaramay dialektikaning eng yaxlit kontseptsiyasini klassik nemis falsafasida Georg Gegelь taʼriflagan. Bu kontseptsiya dialektikaning ikkinchi shakli deb ataladi.
Gegelь ilk bor dunyoni quyidan oliyga qarab boruvchi umumiy rivojlanish jarayoni sifatida tasvirlagan, rivojlanish manbai - qarama-qarshiliklar kurashini koʼrsatib bergan, dialektikaning asosiy qonunlari va kategoriyalarini taʼriflagan. Аmmo Gegelь dialektikasi idealistik xususiyat kasb etgan. Gegelь idealistik dialektikasining andozasi boʼlib obʼektiv borliq emas, balki uni aks ettiruvchi tafakkur xizmat qilgan. Bu nazariya chuqur dialektika gʼoyalari: geologiyaga tatbiqan rivojlanish nazariyasi (Ch.Loyelь), Lamarkning evolyutsion gʼoyalari, Kant – Laplas kosmologik gʼoyalari va boshqalar ilgari surilgan tabiatshunoslik asoslariga zid boʼlgan.
Materialistik dialektika. Gegelь dialektikasi materialistik dialektikaning shakllanishiga zamin hozirlagan. Materializm dialektik mantiq bilan bogʼlangan. Buning natijasi oʼlaroq dialektikaning uchinchi tarixiy shakli yaratilgan (XIX asrning ikkinchi yarmi). Unga amalda ilmiy bilishning rivojlanishi yoʼl ochib bergan. XIX asrning 40-yillarigacha fanning turli sohalarida yangi kashfiyotlar paydo boʼlgan va ular tabiatni tushuntirishga nisbatan dialektik-materialistik yondashuvni tabiatshunoslik nuqtai nazaridan asoslagan. Ularning orasida uch kashfiyot: fizikada – materiya harakati turli shakllarining oʼzaro aloqasini asoslab bergan energiyaning saqlanish va oʼzgarish qonunining aniqlanishi; biologiyada – butun jonli tabiatning (oʼsimliklar dunyosining ham, hayvonot dunyosining ham) tarkibiy jihatdan yagonaligini yoritib bergan hujayra nazariyasining yaratilishi; rivojlanish gʼoyasini jonli tabiatga tatbiqan ishlab chiqqan Darvinning evolyutsiya nazariyasi alohida oʼrin egallaydi. Bu sharoitda materialistik dialektika borliqning oʼxshashi, yaʼni borliqni uning oʼziga mos ravishda fikrlash va bilish imkoniyati sifatida falsafiy tafakkurning fanga ayniqsa mos keluvchi shakliga aylangan.
Materialistik dialektikaning shakllanishida tarixni materialistik tushunish ayniqsa muhim rol oʼynagan. Bu kashfiyot yordamida dialektikaning nafaqat materializm, balki gumanizm bilan ham sintezi amalga oshirilgan. Dialektika insonga bogʼlanmasdan, oʼz holicha emas, balki inson hayot faoliyatining konkret-tarixiy muammolari nuqtai nazaridan qarala boshlagan.
Klassik dialektika. Klassik dialektikaning oʼziga xos xususiyatlarini qayd etib oʼtamiz. Birinchidan, klassik dialektika dunyoni tushunishning shunday bir usuliki, bunda borliq narsalar va hodisalarning umumiy oʼzaro aloqasi, ularning bir-birini taqozo etishi va muttasil oʼzgarishi nuqtai nazaridan anglab yetiladi. Аmmo shuni yodda tutish kerakki, dialektika har qanday oʼzgarish, har qanday harakat nazariyasi emas, balki oʼzgarishlarning faqat bir shakli – rivojlanish nazariyasi hisoblanadi. Dialektika rivojlanishning teran, toʼlaqonli va mazmunan boy nazariyasidir. U oʼzgarish holatida boʼlmagan biron-bir narsa tabiatda ham, jamiyatda ham, tafakkurda ham mavjud emas, chunki barcha mavjud narsalar oʼz ichki ziddiyatlariga ega va ular bu narsalarni oʼzgarishga, yangi shakl-shamoyil kasb etishga, rivojlanishga majbur qiladi, deb oʼrgatadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling