Rivojlanish falsafasi bilish nazariyasi


Kategoriya tushunchasi va ularning turlari


Download 0.84 Mb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1525152
1   2   3   4
Bog'liq
Rivojlanish falsafasi bilish nazariyasi

Kategoriya tushunchasi va ularning turlari
«Salbiy dialektika» bir yoqlama, subʼektiv kontseptsiya boʼlib, u inkorni mutlaqlashtirishdan, butun borliqning umumiy buzilishidan, yalpi krititsizmdan, har qanday ijobiylikni rad etishdan, oʼzini oʼzi inkor qilishdan kelib chiqadi va shu bois metafizika chegarasidan chetga chiqmaydi. «Salbiy dialektika» - bu, mohiyat eʼtibori bilan, aksildialektikadir.
Dialektikaning muqobillari. Odatda rivojlanishning dialektikaga zid boʼlgan yoki unga oʼxshamaydigan kontseptsiyalari, bilish metodlari, dunyoni maʼnaviy oʼzlashtirish usullari, yaʼni dialektikadan farq qiluvchi dunyoqarashga doir va metodologik moʼljallar nazarda tutiladi. Dialektikaning shunday muqobillaridan biri metafizika, sofistika, eklektika, sinergetika metodlaridir (ular haqidagi maʼlumot “Metod va metodologiya: asosiy tushunchalar” mavzusida berilgan).
Umumiy oʼzaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari. Har qanday kontseptsiyaning mazmunini yoritishda uning tamoyillarini tahlil qilish ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Dialektika ham bundan mustasno emas. Tamoyillar nima?
Falsafiy maʼnoda «tamoyil»(printsip) tushunchasi fundamental qoida, birinchi asosni, biron-bir kontseptsiya yoki nazariyaning eng muhim asosini anglatadi. Falsafiy nazariya sifatidagi dialektikaga tamoyillar yaxlit tus beradi, uning qonunlari va kategoriyalarini izchil tizimga soladi. Dialektikaning hozirgi kontseptsiyalarida bilish, obʼektivlik, umumiy aloqa va rivojlanish tamoyillari muhim rol oʼynaydi.
Dialektik aloqalar. Dunyo oʼta rang-barang. Har bir obʼekt koʼp sonli xossalarga ega boʼlib, ular boshqa obʼektlar bilan oʼzaro bogʼlanish jarayonida namoyon boʼladi. Boshqacha qilib aytganda, har qanday tuzilma boshqa tuzilmalar bilan bogʼlanishga kirishish orqali namoyon boʼladi. Shunday qilib, har bir obʼekt oʼzga obʼektlar bilan qonuniy bogʼlanish qiladi va bu obʼektlar bilan oʼzaro taʼsirga kirishish jarayonida ishtirok etadi.
Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling