Rivojlanish istiqbollari dissertatsiya
Marshrutning tugashi bosqichida quyidagiishlar amalga oshiriladi
Download 0.82 Mb.
|
dddddddddd
Marshrutning tugashi bosqichida quyidagiishlar amalga oshiriladi:Marshrut o'tkazilganligi haqida hisobot tayyorlash. Marshrut davomida yuz bergan kutilmagan,kelishmovchiliklarni mukammal tahlil qilish. 3.2. Marshrutni qayta o'tkazishni yaxshilaydigan tavsiyalar yaratish va qo'lllash. Turistik marshrutni o'tkazishni amalda tashkil qilish va o'tkazish ishlari, marshrutda belgilangan tadbirlar «marshrut hujjatlarida» qayd qilinishi lozim. Bu hujjatlar quyidagilardan iborat bo'ladi: Turistik marshrutni o'tkazish haqida hujjat(ruxsatnoma,xarita va boshq…) Turistik marshrutda turistlarga xizmat qiluvchilar haqida hujjatlar (haydovchi,tarjimon,suvchoy,ovqatberuvchilar,yuklarni ko'taruvchi,axborotchi,boshlovchi va boshqalar) Hisobot uchun hujjatlar. Turistik marshrutning texnologik xaritasi. Turistga beriladigan yo'llanma(axborotlanganlik varaqasi ma'lumotlar-axborotlanganlik tamoyili bo'yicha). Marshrutning sxemasi. Turistik marshrutni o'tkazish metodikasi ikki qismdan iborat bo'ladi: Og'zaki metodikalar. Amaliy metodikalar. Turistik marshrutni o'tkazishdagi og'zaki metodika bo'yicha dastlab turistlar bilan uchrashuv tashkil (turfirma yoki marshrut rahbari) qilinadi. Bu uchrashuvda rahbar marshrut haqida barcha zarur axborotlarni og'zaki aytib, savollarga ham og'zaki javob beradi.Marshrut davomida marshrut rahbari quyidagi metodik-yo'l axborotlarini berish usullaridan foydalanadi: tushuntirishlar; xabarlar; ma'lumotlar; suhbatlar. Turistik marshrutni o'tkazishda amaliy metodikasining tuzilishi quyidagicha bo'ladi. Turistik marshrutlarni o'tkazishda standart metodikalar hozirgacha yozilmagan. Shuning uchun ham turistik marshrutni o'tkazishdagi amaliy va og'zaki metodikalar marshrut davomida birday ishlaydi.Turistik marshrutni o'tkazishdagi amaliy metodika asosan turistik marshrutni ishlab chiqishda, marshrutni o'tkazishda marshrutdagi qandaydir elementlarning yoki turistik marshrut dasturida belgilangan qandaydir rejalarning qolib ketmasligini ta'minlaydi.Turistik marshutni o'tkazish metodikasi amalda turning dasturi ham hisoblanadi. Chunki chizma izohlariga qaralganda turistik marshrutdagi barcha xizmatlar turistik marshrutni o'tkazish metodikasiga kiritilgan. Shuning uchun ham turistik marshrutni o'tkazish metodikalari turmarshrutning dasturiga ilova qilinadi. Bu axborotlar qisqa, mazmunli, maqsadli, qiziqarli bo'lishi marshrut rahbaridan o'z ishi bo'yicha usta bilimdon, yetuk mutaxassis bo'lishligini talab qiladi. Qayd qilinganlardan ma'lum bo'ladiki, turistik marshrutlarni o'tkazishni tashkil qilishda ilova qilingan bosqichlar, bu bosqichlardagi talablar, marshrutni o'tkazish metodikasining bajarilishi turistning barcha talablarini to'liq qondirishga qaratilmog'i lozim. Ushbu holatda turistning marshrutdagi maqsadi amalga oshadi, marshrutdan to'liq qoniqish hosil qilib o'z xarajatlarini «ko'rish», «bilish» va xulosa chiqarishida to'g'ri sarflanganligini aniq biladi, bundan afsuslanmaydi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling