Rivojlanish istiqbollari dissertatsiya


Turizmni rivojlantirishda tarixiy-madaniy yo’nalishlari


Download 0.82 Mb.
bet9/22
Sana20.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1215475
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
dddddddddd

1.2.Turizmni rivojlantirishda tarixiy-madaniy yo’nalishlari
Jahon xo’jaligida turizm tarmog’i shiddat bilan rivojlanayotgan va eng yuqori daromad keltiruvchi tarmoqqa aylanib bormoqda. Bu soha er yuzida jami tovar va avtomobil sanoatidan keyingi uchinchi o’rinda turadi. Turizm sohasi jahonda bo’ladigan jami eksportning 10 foizini beradi, xizmatlar savdosining esa 35 foizi turizmga to’g’ri keladi. Buyuk ipak yo’lida joylashgan, asrlar davomida qadimiy shaharlari bilan mashhur, tarixiy va madaniy o’tmishga ega O’zbekiston Respublikasi turizm tarmog’ini rivojlantirish uchun real imkoniyatlarga ega . O’zbekiston o’zining tarixiy yodgorliklari, boy madaniy va tarixiy an’analarini saqlab qolgan, go’zal va betakror tabiat manzaralariga ega davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros ob’ektlari mavjud va ularning aksariyati YuNESKO ro’yxatiga kiritilgan.
Tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishda hududlarda mavjud bo’lgan tarixiy hamda arxeologik obyektlarning o’rni muhimdir. Ularning tarixiyligi, hudud tarixida tutgan o’rni hamda saqlanganlik darajasi unga qiziquvchi turistlarning sonini oshishiga yordam beradi Har qanday tashrif buyuradigan sayyoh uchun bir manzilgohda bir nechta obyektlarning mavjud bo’lishi, uning safar vaqtining davomiyligini uzaytirib beradiBuyuk ipak yo’lida joylashgan yurtimizda tarixiy va madaniy an’analar asrabavaylab avloddanavlodga o’tib kelmoqda. O’zbekistonning turistik markazlari hisoblangan shaharlar Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz YUNESKO tashkiloti tomonidan e’tirof etiladi. 1994 yildan boshlab, respublikada turizm sohasini rivojlantirish masalalari bo’yicha ko’plab xalqaro anjumanlar, ko’rgazmalar, madaniyat kunlari o’tkazilib kelindi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda ekoturizm, geoturizm, ekstremal turizm, tibbiyot va madaniy turizm shakllari keng rivojlangan. Ayniqsa, ekoturizm nafaqat respublikada balki dunyo miqyosida ham ahamiyatlidir.
Shu sababli ham, ekoturizmdan kishi boshidan olingan daromad, umumiy turizm va xalqaro turizmdan tushgan daromadlardan bir necha marotaba ko’pdir. Ekoturizm jahon mamlakatlari iqtisodiyotida muhim o’rin tutganligi uchun, turli tashkilot va birlashmalar ushbu soha va unga turdosh turizm sohalari bilan shug’ullanadi. Respublika hududida ekologik turizmni rivojlantirish uchun g’oyat qulaydir. Bu borada mamlakatning tog’li hududlarida joylashgan, zamonaviy jihozlangan sayyohlik majmualarida qishki va noyob sayyohlik dasturlari tashkil etilgan. Sayyohlikning yangi yo’nalishi — yirik qo’riqxonalar va bog’lar hududida tashkil etilgan tabiatshunoslik turizmi rivojlanmoqda. O’zbekistonning Xitoydan g’arbgacha va Hindistondan shimoliy mamlakatlargacha bo’lgan magistral chorrahada geografik joylashuvi, jozibali va takrorlanmas tabiati, ko’plab qo’riqxona va bog’larning mavjudligi, turlituman va boy landshafti turistlarni o’ziga jalb qiladi. Hozirgi vaqtda o’lkashunoslik turizmini rivojlantirish uchun 8 ta qo’riqxona, 1 ta biosfera rezervati, 3 ta milliy va tabiat bog’lari, 12 ta ov qilish taqiqlangan va noyob turdagi hayvonlarni ko’paytirish qo’riqxonalari, 10 ta tabiat haykallari say’yohlarga taqdim qilingan. Ulardan «Jayron» ekomarkazi 1997 yili Buxoro viloyatida tashkil qilingan bo’lib, jayron, qulon va Prejevalsk otlarini saqlash va ko’paytirish bilan shug’ullanadi. Shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan sutemizuvchilarning 2 turi, qushlarning 23 turi, sudralib yuruvchilarning 2 turi, hasharotlarning 6 turi bu qo’riqxonada mavjuddir.
Bugungi kunda O'zbekistonda 2 mingdan ziyod tarixiy yodgorliklar mavjudligi tarixiymadaniy turizmni rivojlantirish salohiyati yuqori ekanligidan dalolat beradi.(2-rasm)

2-rasm ko‘rinib turganidek, respublikamiz katta turistik imkoniyatlarga ega. Mamlakatimiz nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun jahonda ham turizm markazlaridan biri hisoblanadi. Ma’lum hududda tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishda shu joyning tarixiymadaniy obyektlarи asosiy o’rinni egallaydi. Lekin ulardan alohida muhim ahamiyatga egalari xalqaro miqyosdagi obyektlar va yodgorliklar ro‘yxatiga kiritiladi. Bunday ro’yxatni YUNESKO har yili aniqlab boradi. Keyingi yillarda Oʻzbekiston hududidagi noyob madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, tarixiy shaharlarning bosh loyihasi va menejment rejasini YUNESKO xalqaro standartlari hamda talablariga muvofiq ishlab chiqishda mazkur tuzilmaning xalqaro ekspertlari ham keng jalb etilmoqda. YUNESKO bilan yaqin hamkorlikda moddiy va nomoddiy meros obektlarini asrashga doir turli xalqaro anjumanlar tashkil qilinmoqda. Mazkur chora-tadbirlar madaniy yodgorliklarni muhofaza qilishni oqilona tashkil etish va boshqarishni hamda shu sohadagi dolzarb muammolarni koʻrib chiqish, xalqaro tajribani oʻrganish, tarixiy-madaniy meros saqlanishini taʼminlashga doir milliy tizimni takomillashtirish, bu boradagi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini aniqlash imkonini bermoqda. Iqtisodiy tadqiqotlarda ta’kidlanishicha tarixiy-madaniy turizmning moddiy merosini boshqarish uchun obyektlar soni, holati, shuningdek, asliga mos obyektlar ya’ni restavratsiya va tamirlash jarayonida o’zgartirilmagan asli saqlanib qolingan ulushi va obyektlarning har xilligini hisobga olish zarur. Obyektlar har xil hajmlarga ega bo‘lgani bois, ularni shu belgi bo‘yicha tasniflash zarur. Quyidagi toifalarni ajratish tavsiya qilinadi:
- me’moriy majmualar;
- alohida turgan me’morchilik obyektlari;
- kichik me’moriy shakllar;
- turmush, xo‘jalik va ijtimoiy hayot obyektlari.
-turistik biznes korxonalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish ko‘rsatkichlari. Ushbu ko‘rsatkichlar turistik xizmatlar ko‘rsatishga jalb qilingan tashkilotlar o‘rtasidagi gorizontal aloqalarning rivojlanganlik darajasini tavsiflaydi.
Tarixiy turistik obyektlarning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni turizm barqaror rivojlanishining asosini belgilab beradi. Turizm tizimli o‘rganish obyekti sifatida ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik qismlardan tashkil topib, ko‘plab ichki va tashqi aloqalarga egadir. Ijtimoiy sohaning bir qismi sifatida turizmning vazifasi inson hayotiy kuchini tiklash, ruhiy bosimni yengillashtirish, intellekti va jismoniy darajasini rivojlantirishdir.
Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasida “bo‘sh vaqtda dam olish huquqi va haq to‘lanadigan ta’til huquqi, hamda bu vaqtdan ta’limiy va ko‘ngil ochish maqsadida foydalanish uchun sayohatga chiqish –ichki va xalqaro turizmning ne’matlaridir” deb ko‘rsatilgan . Iqtisodiy yondashuvda turizm o‘z ichiga tarixiy-madaniy, rekreatsion va boshqa tashkilotlarning kompleks xizmatlar va mahsulotlar ishlab chiqarish, maqsadli investitsiyalar kiritish faoliyatini qamrab oluvchi o‘ziga xos tarmoq sifatida belgilanadi. Iqtisodiy hodisa sifatida turizm mintaqa iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, bir vaqtning o‘zida unga bog‘liqligi nuqtai nazaridan jiddiy e’tiborga molikdir.
Hozirgi vaqtda Respublikada xalq hunarmandchiligi asosida esdalik buyumlari ishlab chiqaruvchi 500 ga yaqin korxona mavjud. Ularda chinni va sopol buyumlar, sopol o’yinchoqlar, zardo’zi mahsulotlari, gilam va boshqa buyumlar ishlab chiqarilmoqda. Turizm infratuzilmasi jadal rivojlanmoqda, yangi mehmonxonalar qurildi, yangi sayyohlik yo’nalishlari tashkil etildi. Respublikada 750 ta mehmonxona ishlab turibdi. Bugungi kunda O’zbekiston turizm bozorida 433 ta turistik firmalar ish olib bormoqda va ular xalqaro sayyohlar uchun keng ko’lamli xizmatlarni taklif etishga tayyor. Erishilgan qator yutuqlar bilan bir qatorda turizm sohasini rivojlantirish yo’lida quyidagi masalalarni echimini topish lozim: Turizm sohasiga jahonning mashhur brendlarini jalb qilib,madaniy,ziyorat turizmi, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik turizm yo’nalishlarini ham rivojlantirish zarur. Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilishdan iborat bo’lgan «kichik haj» dasturini rivojlantirish va jadallashtirish zarur. Ichki turizm sohasidagi katta imkoniyatlarni ham to’liq ishga solish va ekskursiyalar o’tkazish lozim. Barcha hududlarning turistik imkoniyatlarini o’rganish va yangi turistik mahsulotlar yaratish kerak.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling