Rivojlanish istiqbollari dissertatsiya
Jahon me’rosi maqomini olgan hududlar hamda manzarali joylar
Download 0.82 Mb.
|
dddddddddd
Jahon me’rosi maqomini olgan hududlar hamda manzarali joylar.Ko’plab shaharlar va tarixiy hududlar turizm qadamjolari sifatida muxofaza qilinadi. Bunday ziyoratgohlarda sayyohlar uchun turli ko’rinishdagi atraktsionlar (masalan: qayta tamirlangan tarixiy imoratlar va savdo do’konlari) hamda xizmat turlari (masalan: mehmonxonalar va restoranlar) tashkil etilgan. Devor bilan mudofalangan shaharlar, jumladan, Rottenburg (Olmoniya), York (Angliya), Man Etilgan Shahar (Beyjing), Pragadagi Eski Shahar hududi (Chexiya respublikasi) va Yangi Orleandagi Frantsuzlar bosh qarorgohi shunday shaharlar turiga mansubdir. Avstraliyada ham shunday mashhur va ajoyib joylar bor. Masalan Millerz Poynt shaharchasi. Bu erda dengiz qirg’og’ida barpo etilgan bino va inshootlar, mo’jaz mehmonxonalar, gavjum jamoat maydonlari, teatr va Ma’muriy binolar qad roslagan (Waitt & McGuirk 1996). Shaharning chekka hududida joylashgan milliy mexros hisoblangan manzarali joylar, afsuski, unchalik mashhur emas va yaxshi muxofaza qilinmaydi. Bunga misol tariqasida Janubiy Avstraliya hududida joylashgan Germaniya madaniy manzarali hududlarini olishimiz mumkin.
Muzeylar.Jang maydonlaridan farqli o’laroq, muzeylar – deyarli har qanday jamiyat tomonidan tashkil etilishi mumkin bo’lgan madaniy ko’ngilochar muassasa hisoblanib, mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan artifaktlarni to’plash va tiklash orqali o’z ko’rgazma mulkini sayyohlar e’tiboriga ko’rgazma sifatida havola qilish uchun xizmat qiladi. Muzeylar,Londondagi Britaniya Muzeyi singari tarkibiy qismidan kelib chiqqan holda, nufuzli hamda butun dunyoga mashhurlardan tortib, eng kichik obro’ga ega bo’lgan Viktoriya hududida joylashgan Jiylong shaharchasidagi Milliy Jun mahsulotlari muzeyi (Avstraliya) kabi turlarga tabaqalashtirilishi mumkin. Bunday turdagi muzeylarga yana hududiy shaharchalardagi, jumladan, Kuinzlenddagi Jimpi kichik jamiyat muzeylarini ham kiritish mumkin. Muzeylar, tarkibidagi inventarlarning muayyan bir sohaga tegishliligi, ularning son jihatdan ko’pligi hamda ulardagi eksponatlarning jahon madaniy bozorida yuksak qadr-qimmatga ega ekanligi bilan bir-biridan farq qiladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling