Rivojlanish istiqbollari dissertatsiya
Download 0.82 Mb.
|
dddddddddd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy yodgorliklar.
- Yodgorliklar va arxitektura inshootlari.
Ibtidoiy makonlar. Ibtidoiy makonlar, jumladan: Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada va AQSh hududida yashab o’tgan tub aholi tomonidan toshga chizilgan qadimgi bo’yoq suratlar, toshga o’yib chizilgan suratlar, qadimgi chiqindi o’rinlari, qabrlar va mahalliy ajdodlarga tegishli bo’lgan boshqa tarixiy ashyolar sayyohlarni o’ziga jalb etuvchi artifaktlardir. Bunday diqqatga sozovor makonlarning ko’pchiligi ushbu kunda shu erda istiqomat qilayotgan mahalliy aholi tassarufida bo’lib, bu erlarni nazorat qilish, egalik qilish, ekspanatlar haqida sayyohlarga to’g’ri ma’lumotlar berish va hududga qilinadigan tashrif haddan ziyod oshib ketmasligini nazorat qilish kabi tadbirlar o’sha joyda istiqomat qiluvchi aholi vakillari tomonidan yo’lga qo’yilgan. Shuning uchun ham, ushbu manzillarni ziyorat qilish juda qulay va sayyohlarga manzur bo’lishi to’la kafolatlangan.
Tarixiy yodgorliklar. Tarixiy qadamjolar turli madaniyat qatlamlariga mansubligi jihatdan ibtidoiy makonlardan farq qiladi. Tarixiy qadamjolar solnomalar yozila boshlagandan keyin vujudga kelgan. Umumjamiyatda biror bir ashyoni qachon va qaysi mezonlarga asoslanib “tarixiy” deya extirof etilish mumkinligi to’g’risida hali hech qanday yagona yoki umumiy qonuniyat yo’q. Odatda bunday masalalar mahalliy jamoat yoki olimlarning o’zaro kelishuvi natijasi, yoki birgina turizm bozori taktikasi bo’lishi mumkin. Tarixiy qadamjolar bir nechta guruhlarga ajratilishi mumkin. Quyida ulardan ayrim ommaviy keng tarqalgan turlarini ko’rib chiqamiz. Yodgorliklar va arxitektura inshootlari.Qadimiy yodgorliklar va qurilish inshootlari o’zining uzoq tarixga egaligi, maxobati hamda buyuk tsivilizatsiya mahsuli ekanligi bilankishilar diqqatiga sozovor bo’ladi. Bunday turdagi tarixiy yodgorliklar hamda mexmoriy obidalarga misol tariqasida, Misr ehromlari, Rimdagi Kalizey inshooti va Afinadagi Parfenon ibodatxonasini keltirishimiz mumkin. Yana oxirgi yillarda mashhurlikka erishgan bir nechta yodgorliklarga misol tariqasida: Angkor Uat (Kammboja), Eyfel Minorasi, Ozodlik haykali (the Statue of Liberty), Toj Mahal, Kremel, Rashmor va London Minorasini (the Tower of London) olishimiz mumkin. Sidney bandargohidagi ulkan ko’prik (the Sydney Harbour Bridge) hamda Opera uyi (Opera House)ham xuddi shunday kategoriyaga mansubdir. Ushbu maxobatli inshootlardan keyingi o’rinda Evropadagi ko’p sonli qalxalar, Hindistonning qadimiy ibodatxonalari hamda Qarib dengizi havzasida joylashgan koloniyalashtirish davriga mansub shakar tegirmonlari turadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling