Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya


Mavzu:Keksayish va keksalik


Download 370.23 Kb.
bet25/50
Sana28.12.2022
Hajmi370.23 Kb.
#1024514
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50
Bog'liq
маъруза матни ривож

Mavzu:Keksayish va keksalik
Mavzu rejasi:

  1. Keksayish va keksalik davriga umumpsixologik tavsifnoma.

  2. Keksalik davrida ijtimoiy faollik tizimining o‘zgarishi.

  3. Yolg‘izlik muammosi.

Keksayish davrida odamlar psixologiyasini o‘rganish testlar yordamida amalga oshishilishining sinaluvchilarda irodaviy kuch quvvat sarflash, aqliy zo‘riqish, asabdan tejamli foydalanish imkoniyatini yaratadi. SHu bilan birga testlar kishilarda (rang-barangligi uchun) qiziqish, tabiiy mayl, shug‘ullanish xis tuyg‘usini uyg‘otadi. Testlar bilan ishlashda vaqt cheklanganligi sababli ayrim nuqsonlarga yo‘l qo‘yiladi, lekin ularni aynan sinaluvchilarda muayyan vaqt o‘tganidan keyin takror o‘tkazilsa, kamchiliklar barham topishi mumkin.
Keksalar psixologiyasini tadqiq qilishga oid tajribalarda psixogerontologiyaning ayrim usullaridan keng foydalanilmoqda. Nafaqa yoshiga to‘lgan kishilarning ishni davom ettirish istagi va ulardan foydalanish extiyoji tibbiyot va ruxiyat ilmi oldida bir qancha talablar qo‘yadi. Bu talablar M.D.Aleksandrova va uning shogirdlari ta’kidlaganidek, 60 yoshdan oshgan odamlarning somatik sixatligi ularning ishlab chiqarishida qatnashishiga qanchalik imkon berishini, insonning ruxiy salomatligi ishlashda qay darajada yordamlashuvini, sog‘ldom keksa odamning psixofiziologik funksiyalari, psixik jarayonlari shaxsiy xususiyatlari va kasb korlik uchun mos kelish-kelmasligini aniqlashdan iboratdir.
SHularning so‘nggi qismini tadqiq qilish bevosita psixologlarning zimmasida bo‘lib, Yosh ulg‘ayib borishiga qarab fiziologik funksiyalarning o‘zgarishini psixometriya ma’lumotlariga tayanib muayyan usulda o‘rganishi lozim. Bu usulda bir qancha elat, jamoa, xududning xuddi shu yoshdagi axolisi bilan solishtiriladi. Tadqiqotning bu usuli ayrim ruxiy jarayonlargnning Yosh dinamikasini aniqlashga xizmat qiladi.
Asab sistemasining qarishini V.D.Mixaylova I.A.Lukasheva, M.M.Aleksandrovskaya kabi olimlarning fiziologik va gistologik tadqiqotlarida keksalarning asab sistemasi, bosh miya tuzilishi o‘zgarishi o‘rganilgan bo‘lib, bu xol makrosopiya ma’lumotlari asosida ifodalangan.
Makrosapiya ma’lumotlariga ko‘ra: a) keksalik darida miyaning og‘irligi 20-30 % yangilashadi:
b) bir davrning o‘zida miya kalla suyagining xajmi o‘rtasida kuchayadi; v) keksayish davrida miya burmalari kamayadi va ariqchalari kengayadi; qo‘zg‘aladi, bular ayniqsa miya qobig‘ining peshona qismida yaqqol ko‘rinadi va etuk odamlarga qaraganda 3-4 ta yo‘l qisqaradi; g) miyaning zichligi ortadi.
Mikrosopiyaning natijalariga binoan: 1)nerv xujayralarining umumiy miqdorni kamayadi, bu o‘zgarish qobig‘ining 3va 4 zonalarida aniq bilinadi;
2)Purkin’e xujayralarining miqdori keskin kamayadi, xujayralarning yo‘qolishi etuk kishilarga nisbatan 25% ko‘p bo‘ladi; 3)nerv tolalari yo‘g‘onlashadi; 4)xabar olib boruvchi yo‘lda mielin tolalari miqdori ozayadi. Sensor-perseptiv funksiyalarining qarishi.
Ko‘rish funksiyasining Yosh davri dinamikasiga bag‘ishlangan qator tadqiqotlar mavjud bo‘lib, amerikalik psixologlar ko‘rish tadqiqotining ma’lumotlariga qaraganda, agar vaqt xech bir cheklanmasa, ko‘ruv stimullarini idrok qilish 20-50yoshli odamlarda bir tekis, aniq va to‘g‘ri amalaga oshishi mumkin. Mabodo vaqt cheklangan bo‘lsa, idrok qilinayotgan jism qisqa vaqt namoyish qilinsa, qo‘zg‘atuvchining kuchi o‘zgarib tursa, yoshlar bilan kattalar o‘rtasida keskin farq vujudga keladi.
Oddiy turmushda bu xol jismlarga uzoq muddat termilish imkoniyatini va sun’iy ko‘rishdan foydalanish ko‘ruv idroki pasayishining oldini oladi va muvaqqat nerv uzilishiga barham beradi. L.E.Birrona, L.Botvinnik, quyidagicha xulosa chiqardilar: sensor informatsiyani qayta ishlash va stimullarni baxolash uchun keksa kishilarga bir necha kun vaqt kerak. Ko‘rish pasayishining ikkita sababi bo‘lib, birinchisi ko‘z gavxarining torayishi, ikkinchisi ko‘z akkomadatsiyasining yomonlashuvidir.
S.Pakoning fikricha idrok qilinayotgan ob’ekt va uning stimullari qanchalik murakkablashib borsa, tajribada Yosh davrining farqlari shunchalik ortib boradi.
Bir gurux psixologlarning o‘qtirishicha, idrok funksiyasidagi Yosh davriga bog‘liq pasayishining asosiy sabablaridan biri miya nuqtasining genostik zonasidagi neyronlar miqdorining kamayishidir. U Mayls va A.Uelford uning pasayishini aytganlar.
Eshitish. Eshitish qobiliyatining eng yuqori darajasini 14-15 yoshlarga to‘g‘ri keladi, undan keyingi kamolot davrlarida biroz pasayish yuz beradi. Ko‘pgina olimlarning fikricha, inson yoshining ulg‘ayishi bilan eshitishning zaiflashuvi mo‘‘tadil xisoblanib, organizmning biologik qarishi bilan uzviy bog‘liq ravishda kechadi.
Ishlab chiqarishdagi kuchli shovqin odamning eshitish qobiliyatini yomonlashtiradi. Eshitish o‘quvini yo‘qotish erkaklarda ayollarga qaraganda ko‘p uchraydi.
Ta’m bilish sezgisida ham Yosh va keksalik tufayli ayrim o‘zgarishlar vujudga keladi. Masalan, nordon, shirin va achchiqni sezish 50 yoshgacha keskin o‘zgarmasada, lekin undan keyingi davrda maza so‘rgichlari miqdorining kamayishi evaziga sezgi chegaralarining kengayishi sodir bo‘ladi. Hid sezgilarining o‘zgarishiga asosiy sabab nerv uchlari va tolalarida karaxtlikning boshlanishidir.
Bundan tashqari, hid bilish sezgirligi kamayishining sabalari xavoning ifloslanishi, zaxarli va qo‘lansa hidli moddalar bilan nafas olish, chekish, oziq-ovqatda A vitamin etishmasligidir. Keksayganda og‘riq va teri –tuyish sezgilari ham pasayadi. Tebranish sezgilari ham Yosh o‘tgan sari yomonlashadi, orqa miyaning orqa qismlaridagi vegetativ o‘zgarish ana shu xolatni keltirib chiqaradi.
Keksayish davriga 61 (56)-74 yoshli erkak va ayollar kiradilar.
Bu davrdagi kishilar xilma-xil xususiyatlari,shaxslararo munosabatlari bilan boshqa davrlardagilardan ajralib turadi.
Mazkur yoshdagilarni shartli ravishda ikkita katta guruxga ajratish mumkin:
a) mutlaqo isxtefoga chiqqan, ijtimoiy faol bo‘lmagan erkak va ayollar;
b) nafaqaxo‘r erkak va ayollar ijtimoiy hayotning u yoki bu jabxalarida faoliyat ko‘rsatayotgan keksalik alomatlari bosayotgan odamlar. Ularning xis-tuyg‘ulari yashash tarziga muvofiq namayon bo‘ladi.
Ularning xis-tuyg‘ulari vujudga kelishi jixatidan ikki xildir: 1)barqaror kayfiyat, xotirjamlik tuyg‘usiga ega bo‘lgan, o‘z qadr -qimmatini saqlayotgan nufuz talab erkak va ayollar:
2) kayfiyati barqaror, osoyishta xulq-atvorli, oila muhitining sardoriga aylangan, tabiat va jamiyat go‘zalliklaridan baxramand bo‘layotgan ijtimoiy faoliyatidan qariyib uzoqlashgan, qarilik gashtini surayotgan kishilar.
Ularning bir guruxi moddiy boylik bilan qanoat xosil qilgan erkak va ayollardan iboratdir.
Mazkur yoshda yuzaga keladigan inqiroz zaiflashuvi psixik jarayonlarning ham o‘zgarishiga olib keladi.
Ruxiy keksayish alomatlari ayollarda ertaroq paydo bo‘ladi.
Erkak va ayollar o‘rtasida farqlar borgan sari yaqqol ko‘zga tashlana boshlaydi.
Bu farqlarni bilish jarayonlari(sezgi, idrok, xotira,tafakkur), axloqqacha (farosatlilik, xushyorlik, xozirjavoblik, topqirlik)va aql zakovat (aql, bilim, ijtimoiy tajriba, maxorat, ijodiy faoliyat, barqaror malaka ) kabi ruxiy xolatlarda o‘z aksini topadi.
Ayollarning zaifa deb nomlanishi ham bejiz emas, chunki jismoniy zaiflikdan tashqari boshqa ruxiy kechinmalarda ham beqarorlik sezilib turadi. Ko‘z yoshi quvonchdan bo‘lsa irodaning zaifligini ko‘rsatadi, g‘am-g‘ussa, o‘kinch, tuyg‘u sababli bo‘lsa xis-tuyg‘uni boshqarish imkoniyati yo‘qligini ko‘rsatadi.
Ayollarning tabiiy azobdan (tug‘ish, bola tarbiyasi) tashqari xizmat, oila tashvishi, yumushi, mexr-muxabbatga otashligi, nozik qalbi tashqi qo‘zg‘atuvchilarga tez javob beruvchanligi jixatdan ertaroq qarishga olib keladi (asab sistemasining buzilishi, irodaviy zo‘riqish, aqliy tanglik xolatlari).
Psixologlar keksayish davridagi erkak va ayollarning ruxiy dunyosini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borganlar.
Amerikalik V.SHevchuk mazkur yoshdagi odamlarning ijtimoiy faoliyatida qatnashishi xususiyatini tekshirib, 65 yoshlilarning 24,1% 70 yoshlililarning 17,4%, 75 yoshlarning 7,7% ijtimoiy faoliyatdan voz kechganligini aniqlagan.



Download 370.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling