Rivojlanishning institutsional nazariyasi va tashkiliy innovatsiyalar subektalari


 Rivojlanishning institutsional nazariyasi


Download 310.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana21.04.2023
Hajmi310.13 Kb.
#1369976
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-mavzu

1. Rivojlanishning institutsional nazariyasi 
Tashkilotning uchta asosiy turi – firma, davlat va uy xo‘jaligining 
yuqoridagi tahlili (IX, XII, XIV – boblar) bizni uzoq muddatli 
rivojlanishning institutsional nazariyasini ifodalashga imkoniyat beradi. 
Birinchi o‘rinda eslatib o‘tish zarurki bitimlar bo‘yicha kafil sifatida 
davlatning unga aralashuvi ikkita iqtisodiy o‘zgarishga zamin yaratdi. 
Ikkinchi tomondan, demokratik davlat o‘z fuqarolarining ishlab 
chiqarish faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini doimo qo‘llab – quvvatlashi va 
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirgan holda mulk huquqlarining samarali 
taqsimlanishini mustahkamlashi lozim. Firma va uy xo‘jaligi haqida 
gapirganda ular faoliyatdagi tez o‘zgaruvchanlik jihatlarini ta‘kidlash 
lozim. Shu nuqtai nazardan rivojlanishni nazariyasini institutsional 
talqin etishda davlat, firma, uy-xo‘jaligini ana shu va boshqa unsurlarini 
tizimga solish zarur.
Shularni hisobga olib birinchi galda rivojlanish nazariyasining 
asosiy variantlari va ularda institutsional omillar tutgan o‘rin haqida 
to‘xtalib o‘tamiz. Birinchidan, rivojlanish nazariyasining neoklassik 
variantida (R.Solou, R.Barro, R.Lukas) kapitalni to‘plash, omonotlar
normasining o‘zgarishi, aholining o‘sishi, inson kapitalini to‘plash va 
texnik taraqqiyot kabi uzoq muddatli o‘sish omillariga urg‘u beriladi. 
Institutsional omillar jumlasiga ushbu holatda faqat inson kapitalini 
kiritish lozim, chunki uni takror barpo etish uy xo‘jaligi, firma (learning-
by-doing orqali) va davlatning (ta‘lim sohasidagi siyosat orqali) 
birgalikdagi sa‘y-harakatlari yordamida amalga oshiriladi.
Ikkinchidan, iqtisodiy rivojlanishning Keyns yondashuvini 
statiklik uchun tanqid qiluvchi neokeynsian nazariyalari (R.Xarrod, 
E.Xansen). Neokeynsian nazariyasi vakillari omonatga bo‘lgan o‘ta 
moyillikka, davlat xarajatlarining miqdorlariga, kapitalning eng yuqori 
samaradorligi miqdoriga e‘tibor qaratadi. Rivojlanishning neokeynsian 
nazariyasi vakillari ko‘rsatgan omillardan har birini institutsional nuqtai 
nazardan talqin etish mumkin bo‘lsa-da (masalan, omonatga bo‘lgan 
o‘ta moyillikka – uy xo‘jaligi mutaassibligi orqali), kapitalning eng 
yuqori samaradorligi talqini katta qiziqish uyg‘otadi. Bunday 
qiziqishning sababi kapitalning eng yuqori samaradorligi bilan iqtisodiy 
agentlar kutishlarining shakllanishi jarayoni o‘rtasidagi bog‘liqlikda 
hisoblanadi.
«Aynan ushbu kapital fondi eng yuqori samaradorligining 
kutishlardagi 
o‘zgarishlarga 
bog‘liqligi 
kapital 
eng 
yuqori 


samaradorligining keskin o‘zgarishlarga moyilligini belgilab beradi». 
Kutishlar esa iqtisodiy agent tomonidan fond bozoridagi bitimlarning 
boshqa ishtirokchilarini kuzatish asosida shakllanadi. Bundan ko‘plab 
muvazanatli yakuniy holatlar ehtimoli paydo bo‘ladi va ularning har 
biriga 
erishish 
uchun 
ushbu 
yakunning 
haqiqiyligiga 
bozor 
ishtirokchilari yetarlicha sonining ishonishi kifoya qiladi. «Kutilayotgan 
voqea bir vaqtning o‘zida kutishlarning natijasi hisoblanadi» (self-
fulfilling prophecies, etats autorealisateurs). Boshqacha aytganda, 
iqtisodiy 
o‘sish 
sur‘atlari 
bozorda 
optimistik 
holatlarning 
hukumronligini aks ettiradi. O‘sish istiqbollari davlatning yuqori 
optimistik ruhga ishonch hissini uyg‘otishga qodirligi bilan belgilanadi. 
SHuningdek, agar davlatga ishonch bo‘lmasa, uning kutishlarni 
shakllantirish borasidagi har qanday siyosati muvaffaqiyatsizlikka 
uchraydi.

Download 310.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling