Rivojlanishning institutsional nazariyasi va tashkiliy innovatsiyalar subektalari
Innovatsiya sub’ektlarning tasnifi
Download 310.13 Kb. Pdf ko'rish
|
12-mavzu
3. Innovatsiya sub’ektlarning tasnifi Bundan avval o‘tkazilgan tahlil bizga innovatsiyaning to‘rtta ehtimol kutilgan sub‘ekti, ya‘ni yakka tadbirkor, firma, davlat va uy xo‘jaligining xatti-harakatini ko‘rib chiqish imkonini berdi. Ushbu ro‘yxatni innovatsiyalarning yana ikkita sub‘ekti – guruhlar (networks) va ijtimoiy harakat bilan kengaytirishdan avval, dastlabki uchta sub‘ekt haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz. Agar ularning har biriga motivatsiyani ta‘riflashga urinib ko‘radigan bo‘lsak, u holda ushbu maqsadda kelishuvlar nazariyasidan foydalangan ma‘qul. Innovatsiya sub‘ektlarining har biri turli kelishuvlar tomonidan berilgan alohida qoidalarga muvofiq amal qiladi. Shuning uchun innovatsiyalarga undovchi turli omillarni nazarda tutish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yakka tadbirkor foydani ko‘paytirishni ko‘zlaydi va uning maqsadli funktsiyasi quyidagi formula bilan ifodalanishi mumkin 1 : max V= -C 0 + (R 1 ,-C rl )/(l+r) + (R 2 ,-C r2 )/(l+r) 2 + ...+ (R p –C rp )/(1+r) p , bu yerda V – innovatsiyadan kutilayotgan foydaning miqdori; C 0 – boshlang‘ich xarajatlar; R p – p davrda innovatsiyadan olingan foyda; C rp – p davrda innovatsiyani amalga oshirish xarajatlari; r – bo‘lajakdaromadlar va xarajatlarni diskontlash miqdori. Foydani ko‘paytirish ustuvorligi yakka tadbirkor harakat qiladigan bozor kelishuviga xosdir. Davlatga kelsak, o‘z fuqarolarining umumiy daromadini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan demokratik davlatning faoliyati fuqarolik kelishuvining ko‘rsatmasiga javob beradi. Unda mutaassiblik 1 Davis L., North D. Institutional Change and American Economic Growth: A First Step Towards a Theory of Institutional Innovation. – Journal of Economic History, 1970, vol.XXX, No I, p.140. hukumronlik qiladigan uy xo‘jaligining faoliyati esa an‘anaviy kelishuvlar normalari bilan tartibga solinadi. Guruh. Guruh (network, reseau) deganda biz umumiy maqsad bilan birlashgan insonlarni tushunamiz, bunda ular o‘rtasida xukumronlik munosabatlarining paydo bo‘lishi istisno etiladi. Guruhga berilgan bunday ta‘rif uning, bir tomondan, tashkilotdan, ikkinchi tomondan esa, uy xo‘jaligidan farqini bildiradi. Guruhlar shaxslarning o‘z sa‘y-harakatlarini o‘z oldiga shunga o‘xshash maqsadlarni qo‘ygan kishilar bilan birlashtirishga intilishi natijasida hosil bo‘ladi. Guruhlarni shakllantirishning uchta usuli mavjud. Birinchidan, oila-qarindoshlik munosabatlarini davom ettirish sifatida. Masalan, do‘stona munosabatlar ko‘proq individuallashtirilgan va lokallashgan. Lekin oila-qarindoshlik munosabatlaridan farqli o‘laroq, ular tomonlardan birining o‘z harakatlarini nazorat qilishni boshqa tomonga berishini nazarda tutmaydi. Ikkinchidan, biznes, siyosat, bo‘sh vaqt sohasidagi manfaatlarning umumiyligi asosida. Shu ma‘noda guruh tashkilotga muqobil insonlar birlashuvi hisoblanadi, chunki o‘zining faoliyat ko‘rsatishida u asosan ijtimoiy sanktsiyalarga asoslanadi. Bu yerda misol tariqasida manffatlariga ko‘ra turlicha bo‘lgan klublarni ko‘rsatish mumkin. Uchinchidan, guruh zamonaviy aloqa vositalari, birinchi navbatda Internet yordamida munosabatlarini ushlab turuvchi shaxsan notanish bo‘lgan insonlarni ham birlashtirishi mumkin. U holda guruh a‘zolarining soni hech narsa bilan cheklanmagan va ijtimoiy sanktsiyalar amal qilmay qo‘yadi. Ularni faqat umumiy qiziqish bir-biri bilan bog‘laydigan shaxsan notanish bo‘lgan insonlarni birlashtirish sifatida guruhni davlatga muqobil variant sifatida ko‘rib chiqish lozim. Ijtimoiy harakat. Ijtimoiy nazariyaga taalluqli bo‘lgan ushbu atama turli xildagi innovatsiyalarni amalga oshirishda kasaba uyushmalari, ekologik, ayollar, iste‘molchilar harakatlarining faol ishtirok etishi munosabati bilan qiziqish uyg‘otadi. Ijtimoiy harakatning eng mashhur tadqiqotchilaridan biri Alen Turenga tegishli bo‘lgan ta‘rifni keltiramiz. ―Ijtimoiy harakatning asosida ―aktor‖ va uning raqibi o‘rtasida madaniy resurslarni, ayniqsa ishlab chiqarish kuchlarini boshqarish yuzasidan kelib chiqadigan nizo yotadi. Ushbu nizo mazkur uchta asosiy unsurga institutsional shaklni beruvchi siyosiy doiralarda rivojlanadi». Ijtimoiy harakat u mahalliy hamjamiyatning safarbar etuvchi salohiyatiga tayanganda an‘anaviy kelishuv unsurlarini o‘z ichiga oladi. Masalan, ishchilar harakati hamma vaqt hunarmandlar hamjamiyatlarining kuchli an‘analariga tayangan. Download 310.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling