Rivojlantirish instituti


HAR XIL BOSQICHDAGI KARIYES KASALLIGINI


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/29
Sana20.11.2020
Hajmi1.48 Mb.
#148225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
Terapevtik stomatologiya


HAR XIL BOSQICHDAGI KARIYES KASALLIGINI
D A V O L A S H D A   S H I F O K O R N I N G   T U T A D I G A N   Y O ‘ L I
(TAKTIKASI)
Kariyes 
kasalligini 
davolashda 
tanlanadigan 
usullar, 
kariyes 
ksalligini
kechishi, 
kasallik 
darajasi, 
kovakning 
katta-kichikligi, 
uning 
joylashgan
joyi, qaysi tishdaligi va organizmning umumiy ahvoliga bog‘liq bo‘ladi.
Boshlang‘ich kariyesda operatsiyasiz davolash usullarini yuqorida
bayon etdik.
Agar kariyes kovagi hosil bo‘lgan bo‘lsa — yuzaki kariyesdan boshlab
chuqurlashgan chuqur kariyesgacha bo‘lgan holatlarda faqat operativ
usullar qo‘llashga to‘g‘ri keladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

6 0
Lekin ba’zi odamlarda, xususan bolalarda kariyes kasalligiga "moil"
bo‘lgan kishilarda (ko‘p tishlarda kariyes kasalligi bo‘lgan bo‘lsa va klinik-
laboratoriya usullari natijalari ularda organizmning ojizlanganligini
ko‘rsatsa) kariyes kasalligini oldini olish maqsadida individual tutumda
operativ davolash bilan birga dori-darmonlar qabul qilish tavsiya etiladi.
14—15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, xususan sut tishlarida ba’zida
gullayotgan, gullagan kariyes kasalligi yoki tizimli kariyes kasalligi uch-
raydi. Bunda klinik tekshiruvda shifokor bir necha guruh tishlarda yoki
barcha tishlarda bir vaqtning o‘zida turli chuqurlik, og‘riqlikdagi kariyes
dog‘lari va kovaklari paydo bo‘lganligini ko‘radi. Bunday hol yuqorida
aytganimizdek, ko‘pincha ichki a’zo va tizim kasalliklari bilan og‘rigan
yoki og‘riyotgan bemor bolalarda uchrashi aniqlangan. Bunday paytlarda
maxalliy va umumiy nooperativ, operativ patogenetik, etiopatogenetik
davolash usullarini qo‘shib olib borilishi, organizmdagi bor umumiy
kasalliklarni ham o‘sha soha shifokor-mutaxassislari bilan birga olib
borilishi shart.
Ba’zida surunkali yuzaki kariyesni davolash remterapiya yordamida
(ftorli pastalar bilan tish yuzasini uqalash, ishqalashdan keyin ftorlak
bilan qoplash) o‘tkaziladi. Ammo, surunkali yuzaki kariyes kasalligi
tishlarning aproksimal — bir-biriga tegib turgan yuzalarida bo‘ladigan
bo‘lsa, unda operativ usul qo‘llash kerak bo‘ladi.
O‘tkir yuzaki kariyesni operativ-tiklash va remterapiya usullari bilan
davolanadi. Agar kariyes o‘tkir, jadallashgan holda kechsa, patogenetik
davolash usullari qo‘shiladi.
Umuman o‘tkir yoki o‘tkirlashgan, jadallashgan kariyes bo‘ladigan
bo‘lsa, operativ davolash usullari patogenetik — remterapiya usuli bilan
birga olib boriladi.
O‘rta kariyesni davolash operativ-tiklash usulida o‘tkaziladi.
Chuqur yoki chuqurlashgan kariyesda operativ usul qo‘llanadi va
pulpaga ta’sir etuvchi dorilar ishlatilgach, doimiy plomba qo‘yiladi.
Yuqorida aytganimizdek, barcha stomatologik muolajalar, jumladan,
eng ko‘p tarqalgan stomatologik kasallik xisoblangan kariyes kasalligini
davolash ham og‘riqsiz, bemorni qiynamasdan o‘tkazilishi kerak. Bu
ishni bajarish shifokordan ancha mahorat talab etadi, chunki har bir
bemorga individual tarzda muolaja qilish, uning fe’li, asab tizimi va
organizmining ahvoliga qarab og‘riqsizlantirish usullaridan birini yoki
ikkisini tanlab olishga to‘g‘ri keladi. Shuni ta’kidlash zarurki, ba’zi
kishilarga yaxshi gap, tushuntirish, shirin so‘z davolash uchun kifoya
etsa, ba’zi odamlarga umumiy og‘riqsizlantirish — narkoz qo‘llashga
to‘g‘ri keladi.
Kariyes kovagini charxlash pulpasi tirik tishlarda turli darajadagi
og‘riq bilan kechadi.
Shuning uchun, charxlash jarayonida shimdirish — applikatsiya usuli
qo‘llash ancha og‘riqni pasaytiradi. Bu maqsadlarda dikain, 10% li
www.ziyouz.com kutubxonasi

6 1
lidokain, trimekain kabi og‘riqsizlantiradigan dorilar charxlash jarayonida
bir necha bor kovakka shimdiriladi, ya’ni shimdirilgach ma’lum bir
qavat to‘qima olingach, yana applikasiya qilinadi va qavatma-qavat
olinishda to‘qimalar bir necha bor og‘riqsizlantiriladi. Agar bu usul
yordam bermasa, in’eksion usulda, mandibulyar yoki infiltrasion usulda
2% li lidokain yoki novokain, 1% li ultrakain va boshqa anestetik ukol
qilish bilan yuboriladi. Odatda bu usul kariyes kasalligini og‘riqsiz
davolashni ta’minlaydi.
O‘rta kariyesni davolashda odatdagidek, ishlov berilgan kovakka taglik
emal-dentin chegarasigacha qo‘yilib, kovakni emal qavatiga to‘g‘ri
keladigan qismi doimiy plomba bilan to‘ldiriladi. Chuqur va xususan,
chuqurlashgan chuqur kariyesda esa, yuqorida ta’kidlangandek, doimiy
plombagacha davolovchi pasta qo‘yilgan, taglik va doimiy plomba
qo‘yiladi. Chunki chuqur kariyesda pulpa bilan kovak tubi o‘rtasida
yupqa bo‘lsada, sog‘lom dentin qavati qoladi va bu qavatni qalinlashtirish
maqsadida ikkilamchi dentin hosil bo‘lishini tezlashtiradigan dorilar
(evgenol-timol, timol-dentin, kalmetsin va boshq.) qo‘llashga to‘g‘ri
keladi. Chuqurlashgan chuqur kariyes aksar mualliflar tomonidan tan
olinmasdan, aloxida kasallik tashhisi sifatida ajratilmasada, klinikada
uchrab turadi. Bu kasallikda pulpa bilan kariyes kovagi orasidagi dentin
qavati nihoyatda yupqa va u ko‘pincha kariyesga uchragan, lekin xali
pulpit kasalligining belgilari yo‘q. Shuning uchun, bu kasallikni
davolashda ham ehtiyotkorlik bilan ishlash va ikkilamchi dentin qavatini
hosil qildirish zarur. Ana shundan keyin odatdagidek kariyes kovagi
plombalanadi.
Demak, kariyes kasalligini davolashning eng muhim maqsadi, jihati —
bu yo‘qolgan, o‘lgan chirindi hosil bo‘lgan tish to‘qimalaridan kovakni
tozalab, zararlantirib va shakllantirilib, plomba yordamida tishning
anatomik shaklini va fiziologik vazifasini tiklashdan iborat.
KARIYES KASALLIGINI OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI
(PROFILAKTIKA)
Kariyes 
kasalligini 
oldini 
olish 
chora-tadbirlari 
— 
profilaktikasi 
uchun
tuzilgan maxsus dasturlar, birinchi navbatda, homilador ayollar va
ulardan tug‘iladigan bolalar sog‘lig‘ini muxofaza qilishga qaratilishi
lozim. Chunki kariyes kasalligini chaqiruvchi omillar bola tug‘ilishidan
ancha oldin ona va bola organizmiga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatishi
mumkin.
Sut tishlar o‘zagining hosil bo‘lishi homiladorlikning 7-haftasidan
boshlanadi. Homilaning 5-oyida birinchi oziq tishlar kurtagi hosil bo‘ladi,
8-oyda esa doimiy kesuvchi va uzuvchi tishlarning kurtaklari hosil
bo‘ladi. Bola tug‘ilguncha barcha sut tishlarining o‘zaklari hosil bo‘la
boshlaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

6 2
Ma’lumki, homiladorlikning 9 oyi mobaynida bo‘lajak onaning
tanasida, organizmida kechadigan turli asabiylik, spirtli ichimliklar,
giyohvandlik, chekish kabi holatlar homila salomatligiga salbiy ta’sir
etadi. Salbiy holatlar yuz-jag‘ sohasida yuz tuzilishiga qatnashuvchi
suyaklar shaklini o‘zgarishi, tish o‘zaklarini o‘lishi yoki zararlanishi,
lablar va tanglay suyaklarining kemtiklari, tishlarning mo‘rt, kariyes
kasalligiga chalinuvchi bo‘lishi, tug‘ilgan bola organizmining kuchsiz-
lanishi kabilarga sabab bo‘lishi mumkin.
O.A. Prokusheva keltirgan ma’lumotlar 3 yoshdagi bolalar tishlarini
tekshirish natijalariga bag‘ishlangan bo‘lib, homiladorlik tinch, osoyishta,
me’yorda kechgan sog‘lom onalardan tug‘ilgan bolalarning 3% da tish
kariyes kasalligi bilan kechganda onalardan tug‘ilgan bolalarning deyarli
yarmisida (43%) kariyes kasalligi borligi aniqlangan.
Yaxshi va to‘g‘ri ovqatlanish ham kariyes kasalligini oldini olish
omillaridan biri xisoblanadi. Homilador ayolning kunlik ovqati mineral
tuzlarga, vitaminlarga, oqsillarga, yog‘larga va karbonuvlarga boy bo‘lib,
har kuni 4 mahal (4—4,5 soatda bir marta) bo‘lishi talab etiladi. Bunda,
kalsiy va fosfor (4:5 dan 1:1,5 nisbatda), magniy va kalsiy (1:3 yoki 1:2)
ftor va kalsiy (1:1000) elementlari muvofiqlashgan bo‘lishi kerak.
Buning uchun aminokislotalar (arginin, lizin, alanin, glisin, krolin,
tirozin)ga boy bo‘lgan hayvonot oqsillari mol go‘shtida, quyon, tovuq,
kurka va boshqa go‘shtlarda mavjud bo‘lgani uchun, ularni iste’mol
qilish foydalidir. O‘simlik mahsulotlaridan lavlagi ham foydali
xisoblanadi.
Kundalik ovqat tarkibiga, masalan, go‘sht yoki baliq bilan kalsiyga
boy bo‘lgan kartoshka, karam, grechka, arpa, loviya kabilar kiritilsa
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sut va sut mahsulotlarida ham kalsiy elementi
ancha ko‘p. 1 l sutda 1,2 g kalsiy, 100 g suzmada esa 0,9 g kalsiy
moddasi bor. Kalsiyning ma’lum miqdori organizmga suv bilan kiradi.
Shuning uchun ftor va kalsiy hamda boshqa mineral moddalar har bir
hududda alohida xisoblanib chiqilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ichimlik suvdagi ftor ionlarining
o‘rtacha yillik miqdori 0,4 mg/l ni (sharqiy zonada — 0,28, markaziy
zonada — 0,42, shimoliy-sharqiy zonada — 0,51 mg/l) tashkil etadi.
Bu juda kam miqdor xisoblanadi. Chunki me’yorda 0,8-1,2 mg/l ftor
miqdori bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham, 6 yoshli bolalarning sut
tishlarida kariyes kasalligining tarqalish darajasi O‘zbekistonda 80,86%
(sharqiy zonada — 73,89%, markaziy zonada — 85%, shimoliy-sharqiy
zonada — 85,71) ni tashkil etadi. 12 yoshli bolalarda kariyes kasalligini
umumiy tarqalganlik darajasi 68,04% ni, 15 yoshli bolalarda — 75,75%
ni tashkil etadi.
Ftorning profilaktik foydasi — emalning kislotalarga bo‘lgan qarshilik
kuchini oshiradi. Demak, O‘zbekiston davlati xududida xomilador
ayollarga har kuni 2 tabletkadan ftorid natriy qabul qilish tavsiya etiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

6 3
Tabletka og‘izda maydalanadi, 1—2 daqiqa ushlab turiladi va ustidan
suv ichib, yutiladi. Bu bo‘lajak ona tishlarini va homila tishlarini kariyes
kasalligidan ximoya etadi. Toksikoz bilan kechadigan homiladorlikda
bu miqdor 2 ga ko‘paytiriladi. Agar suvda ftor miqdori me’yorda bo‘lsa
ham, 1 tabletkadan kuniga 1 marta ftorid natriy qabul qilinadigan bo‘lsa,
ular orasidagi muddat 3 soat bo‘lishi kerak, birga qabul qilinmaydi.
Shuni ta’kidlash zarurki, xususan O‘zbekistonda va Markaziy Osiyo
davlatlarida, odamlar ko‘p miqdorda choy ichishadi. Choy, xususan
ko‘k choy tarkibida ftor moddasi bor. 2—3 piyola choy tarkibida 1—1,5
mg ftorid natriy bor ekan. Shuningdek, mineral suvlar, baliq mahsulot-
lari — skumbriya, sardina, dengiz okuni, mevalar — o‘rik, sabzi, kashnich
kabilar tarkibida ham ftorid natriy ma’lum miqdorlarda bor. Suv
tarkibidagi ftorid miqdorini sun’iy apparatlar — "Ftorator" lar yordamida
muvofiqlashtirish, davlat miqiyosida olib borilishi mumkin. Lekin bu
juda qimmat, ko‘p pul sarflashni talab etadi.
Ftor miqdorini organizmga tushish jarayonini ftorid tuz, sut va boshqa
ovqatliklarga ftor tuzini qo‘shish bilan ham muvofiqlashtirish mumkin.
Yuqorida ta’kidlanganidek, sun’iy yo‘l bilan organizmga ftor
preparatlarini kiritishda, uning og‘iz bo‘shlig‘ida ushlab turish katta
ahamiyatga ega. Vitafor preparati (uning 1 ml da 0,1 mg ftor, 660 ME
A vitamini, 80 ME D2 va 12 mg S vitaminlari bor) ftorid natriy
tabletkalaridan yaxshiroq foyda berishi kuzatilgan.
Vitaftor preparati yoki ftorid natriy tabletkalari 3 yoshgacha bo‘lgan
bolalarda 180 kun davomida, ayniqsa qish, bahor va yoz oylarida qabul
qilinishi kariyes kasalligiga chalinishni oldini olishi aniqlangan. Bu
preparatlar zararlangan tish yuzalariga applikatsiya — shimdirish yo‘li
yoki og‘izni ftorli suyuqliklar bilan chayish, tarkibida ftoridlar bo‘lgan
tish pastalari bilan tishlarni tozalash, tishlarni ftorli laklar bilan berkitish,
yopish kabi muolajalar natijasida emal orqali maqsadga muvofiq yaxshi
ta’sir etadi.
Masalan, ftorid natriyning 0,2% li eritmasi bilan 3—4 yil davomida
tishlar chayilsa, kariyes kasalligining shiddati 53,8% ga, tarqalishi 20,7%
ga, tishlar KPU si bo‘yicha kasallikni o‘sishi 36,5% ga kamayishi mumkin
ekan.
Umuman olganda, kariyes kasalligiga qarshi kurash-profilaktika
chora-tadbirlari bir necha asosiy prinsip-tutumlardan iborat:
1. Davlat tomonidan bajariladigan ishlar.
Bu ishlarga avvalo, aholini me’yorlarga javob beradigan toza ichimlik
suvi bilan ta’minlash kiradi. Kerak bo‘lganda, suvni ftorlash yoki bir
necha suv manbalari — daryolar, kanallarni bir-biriga ulab, ftor miqdorini
me’yorlash, ekologik masalalar kabi katta mablag‘ talab etadigan ishlarni
amalga oshirish zarur.
2. Ijtimoiy ishlar.
Aholining ijtimoiy — turmush va yaxshi sharoitlari, oilaviy daromad
miqdori, imkoniyatlari, ma’rifiy va ma’naviy darajalari barcha kasalliklar,
www.ziyouz.com kutubxonasi

6 4
jumladan, kariyes kasalligini rivojlanishida va uni oldini olish chora-
tadbirlarini joriy etishda muhim ahamiyatga egadir.
3. Tibbiyot xodimlari bajaradigan ishlar.
Shifokor-stomatolog ginekolog bilan birga ayollar maslahatxonasida
homilador ayollarni ko‘rikdan o‘tkazib, ulardagi kasalliklarni aniqlashlari
va davolash chora-tadbirlarini ko‘rishlari zarur. Kerak bo‘lganda, bu
ishga pediatr, terapevt va boshqa mutaxassisdagi shifokorlar jalb etiladi.
Har bir homilador ayol bilan yakkama-yakka suhbat o‘tkazib, unda
kasalliklar oldini olish chora-tadbirlariga oid maslaxatlar berish, sog‘liqni
ximoyalash qoidalarini o‘rgatish (masalan, tishlarni tozalash tartiblari,
badantarbiya va boshq.), to‘g‘ri va ratsional ovqatlanish, umumiy va
shaxsiy tozalik qoidalariga rioya etish va umuman sog‘lom turmush
tarzini tashkil etish kabilarni tushuntirish, o‘rgatish kerak.
Undan tashqari, tibbiyot xodimlari tomonidan chop etilgan turli
tibbiyot sohalariga taalluqli kitobcha va jadvallar, ko‘rgazmali tasviriy
rasmlar, gazeta va jurnallarga bosilgan ommabop maqolalar, radio va
televideniye orqali o‘tkaziladigan suhbatlar xalq ommasiga tibbiyot
bilimlarini targ‘ib etishda, aholini sog‘liqni saqlash madaniyatini o‘stirish,
takomillashtirishda va natijada juda ko‘p kasalliklar, jumladan
stomatologiya sohasidagi kasalliklarni ham oldini olishda muhim o‘rin
tutadi.
Ayniqsa, bolalar va o‘smirlar (yasli, bog‘cha, maktab, kollej) orasida
shifokor-stomatologning tarbiyachi va o‘qituvchilar hamkorligida olib
borilgan, tibbiyotga oid suhbatlari yaxshi natijalar beradi. Bu suhbatlarda
turli ko‘rgazmali rasmlar, jadvallar, slaydlar, plakatlar, ilmiy ommabop
kinofilmlar namoyish etish ular salohiyatini yanada oshiradi.
4. Tozalikka rioya etish bilan bog‘liq ishlar.
Tozalikka bog‘liq ishlarni tashkil etish chora-tadbirlariga atrof-
muxitni toza tutish, yashaydigan uyimiz, ish joylarini, yonimizdan
oqadigan kanallar, ariqlar suvlarini toza tutishni, shaxsiy tozalik
qoidalariga rioya etish va bular natijasida sog‘lom turmush tarzini tashkil
etish kabilar kiradi.
Katta mablag‘ talab etadigan ishlarni, masalan O‘zbekistonda Orol
dengizi muammosini davlat bajarsa, qolgan barcha tozalik ishlarini
aholining o‘zi bajarishi kerak.
5. Tarbiyaviy ishlar.
Bolalar va kattalar orasida eng ko‘p tarqalgan kariyes kasalligini oldini
olishda, insonlarda sog‘liqni ximoya etish tuyg‘ularini tarbiyalab borish
zarur. Bunda turmush sharoiti, oila muxiti katta rol o‘ynaydi. Bolalarni
tarbiyalash, ularga sanitariya va tozalik qoidalarini o‘rgatishda ota-onalar
o‘rnak bo‘lishlari kerak. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish ota-onalar,
tarbiyachilar, o‘qituvchilar va shifokorlarning zimmasida turadi.
Umuman aytganda, ona-bola sog‘lig‘ini muhofaza etish, atrof-
muxitni qo‘riqlash, uni tozaligi uchun kurashish, bola tug‘ilmasdan oldin
www.ziyouz.com kutubxonasi

6 5
bo‘lajak ona va tug‘ilajak bola sog‘lig‘ini ta’minlaydigan omillarni
qo‘llash, sog‘lom turmush tarzini joriy etish kabi davlat, tibbiyot, pedagog
va tarbiyachilar bajaradigan ish ko‘lamlari juda ko‘p kasalliklar, jumladan,
kariyes kasalligini ham oldini olishdek, yuksak insonparvarlik vazifalarini
bajarishga xizmat etadi.
M U S T A Q I L   T A Y Y O R G A R L I K   U C H U N   S I N O V   S A V O L L A R I
1. Kariyes kasalligini davolash usullari haqida nimalarni bilasiz?
2. Operativ yoki nooperativ usullar deganda nimani tushunasiz?
3. Kariyes kasalligini (kovaklarini) tish yuzalarida joylashganligiga qarab necha
turga bo‘linadi?
4. Kariyes kovagida ishlov berganda qaysi muolajalar og‘riqsiz va qaysilari og‘riqli
bo‘ladi?
5. Davolashdan oldin bemorlarni tinchlantirish uchun nimalar qo‘llanishi kerak?
6. Kariyes kovagiga ishlov berish bosqichlari.
7. Remineralizatsiya nima?
8. Emal to‘qimasi regeneratsiya xususiyatiga egami?
9. Remineralizatsiya (remterapiya) uchun qaysi dori-darmonlarni, usullarni
bilasiz?
10. Umumiy patogenetik davolash nimalardan ibora va qaysi maqsadni
ko‘zlaydi?
11. Xar xil bosqichdagi kariyesni davolashda shifokorning taktikasi.
12. Kariyes kovaklarini plombalash tutum (prinsip) lari nimalardan iborat?
13. Vitaftor va ftor tabletkalari nima uchun qo‘llanadi?
www.ziyouz.com kutubxonasi

6 6
VI bob
TISH PULPASI VA UNING YALLIG‘LANISHI
Tish pulpasini anotomik, gistologik tuzilishi
va fiziologiya (vazifa) si
Tish pulpasi (pulpa dentis) tish bo‘shlig‘i (cavum dentis) da joylashadi
va toj, hamda ildiz qismlarga bo‘linadi. Toj qismi tish bo‘shlig‘ining toj
qismida (cavum coronare), ildiz qismi esa ildiz kanali (canalis radicis
dentis) da joylashadi.
Ko‘p ildizli tishlarda toj va ildiz pulpalar orasida yaxshi rivojlangan
anatomik chegara bo‘lib, ular kanallarga kirish joylari xisoblanadi. Bir
ildizli tishlarda esa pulpaning toj qismi aniq chegarasiz ildiz pulpasiga
o‘tadi. Bu holat tishlar shakli, turiga qarab, amputatsion davolash
usullarida axamiyat kasb etadi.
Ildiz uchidagi teshik (foramen apicale) pulpa bilan periodont orasidagi
chegara bo‘lib xisoblanadi. Tishlar chiqqanda bu teshik fiziologik holatda
bo‘ladi. Hayot davomida osteosementlar to‘planishi tufayli, bu teshik
qisqarishi mumkin. Odatda, ildiz uchidagi teshik ildiz uchki qismi
konusining yonida, uchki qismdan 1—2 mm masofada joylashadi. Ildiz
kanalining uchki qismlari bir necha yon-deltasimon kanalchalarga
bo‘linadi. G. Fisher ma’lumotlari bo‘yicha, yon-deltasimon kanalchalar
kesuvchi tishlarda 53%, kichik oziq tishlarda (premolyar) 35% va katta
oziq tishlar (molyar) da 80% gacha uchraydi.
Pulpaning toj qismi bo‘shliq devorlardagi chuqurchalarga kirib
bo‘shliq shaklini oladi. Ildiz qismdagi pulpa tish ildizi uchki qismlarida
va yon (deltasimon) kanalchalarga ham kiradi. Shuning uchun, ildiz
pulpasi ancha murakkab anatomik tuzilishga ega. Faqat 1/3 tishlar ildiz
uchida qo‘shimcha, yon kanalchalari bo‘lmaydi, 1/2 ildizlarda bitadan,
qolganlarida esa bir nechtadan yon kanalchalar bo‘lishi mumkin.
Tish pulpasining gistologik tuzilishi. Tish pulpasi yumshoq qo‘shuvchi
to‘qima bo‘lib, u asosiy (hujayralararo) modda, hujayralar va tolali
elementlar, ularga kirgan tomirlar va asab tolalaridan iborat.
Pulpaning asosiy moddasi asosan mukoprotein, glikoprotein va
mukopoliskaridlardan tuzilgan. Barcha modda almashish jarayonlari
asosiy modda orqali kechadi. Qon tomirlaridan hujayralarga o‘tadigan
matabolitlar asosiy moddada eriydi, parchalanadi. Xuddi shunday
hujayralardan qon tomirlarga o‘tadigan narsalar, moddalar asosiy modda
www.ziyouz.com kutubxonasi

6 7
orqali o‘tadi. Asosiy modda dinamik (xarakat) polimerizatsiya —
depolimerizatsiya holatda turadi. Polimerizatsiya darajasi odam yoshiga,
xarakatining faolligiga, kasallik holatlarga bog‘liq.
Agar asosiy modda yallig‘lansa, proteolotik fermentlar ta’sirida
depolimerizatsiya yuzaga keladi. Polimerizatsiya ancha rivojlangan bo‘lsa,
pulpa to‘qimasi yumshaydi va yopishqoq holatga aylanadi. Pulpaning
hayotliligi, yashashi asosiy moddaga bog‘liq. Pulpa tolalarining asosiylari
kollagen va reikulin tolalaridan iborat. Elastik tolalar pulpada topilmagan.
Tolalarning joylashishi pulpada ikki xil — tarqoq (diffuz) va tutamli
bo‘ladi. Tutamli turida fibrill tolalar asab tolalariga yonma-yon, parallel
tarzda yotadi yoki qon tomirlariga yoqalab joylashadi.
Yosh odamlarning tish pulpasida kollagen fibrillar ozroq, ular yoshi
o‘tgan sayin ko‘paya boradilar. Odam yoshidan qat’iy nazar, ildiz
pulpasida toj pulpaga nisbatan tolalar ko‘proq bo‘ladi.
Pulpa hujayralari. Ko‘pchilik tadqiqotchilar pulpada hujayralar 3
qavat bo‘lib joylashganligini e’tirof etadilar: chetki (odontoblast qavati),
yuza osti (subodontoblast qavati) va markaziy qavatlar.
Pulpaning chetki qavati bu to‘qima uchun xos hujayralar —
odontoblastlar 2—4 qator bo‘lib joylashganlar. Hujayralar bir-biriga zich
holda joylashib, desmasomga o‘xshash tuzilmalar — o‘zlaridan chiqa-
radigan mayda o‘simtalar orqali o‘zaro bog‘lanadilar. Ular noksimon
shaklda. Bir joyning o‘zida turli ko‘rinishda bo‘lishlari mumkin. Yaxshi,
to‘liq shakllanmagan, yosh va to‘liq etilgan va shakllangan odontoblastlar
bir joyning o‘zida uchrashi mumkin.
Har bir odontoblast hujayrasida tana va ikkita (biri uzun, 1—2 tasi
kalta) o‘simta bor. Uzun, chetki o‘simta predentin va dentinda yotadi —
dentin kanallarning ichi bo‘ylab emal-dentin bog‘lanadigan chegaragacha
boradi. Kichik, markaziy o‘simta faqat pulpada joylashadi. Odontoblast
sitoplazmasining bazal joyida tashqi va ichki membranali parda bilan
chegaralanmagan yadro joylashgan. Yosh hujayralarning sitoplazmasida
yadro ovalsimon shaklda va tekis qirrali bo‘ladi. Yetilgan odontoblast
hujayrasi cho‘zinchoq bo‘lgani uchun, uning yadrosi noto‘g‘ri shaklli
bo‘ladi. Odontoblastlar sitoplazmasi hujayra organoidlarga boy, donador
endoplazmatik tur yaxshi rivojlangan, ribosoma, polisoma va mitoxon-
driyalar ko‘p. Odontoblastlar vazifalaridan biri bo‘lib — asosiy modda
va kollagen fibrillarini hosil qilish xisoblanadi.
Pulpaning subodontoblast qavati ko‘p sonli yulduzsimon pulpo-
sitlardan tuzilgan. Bu hujayralar ko‘p o‘simtalarga ega. Hujayralar o‘zaro
va pastki odontoblastlar bilan desmosomlar orqali bog‘lanadilar. Yadrosi
cho‘zinchoq va hujayraning ancha qismini egallaydi, hamda uning
atrofidagi xromatin zichlashgan. Hujayra tarkibiga kiradigan organoid
va boshqalar hujayra sitoplazmasining markazida joylashadi.
Pulpaning markaziy qavatida fibroblastlar, gistiositlar, plazmatik
hujayralar, limfositlar va monositlar joylashgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi

6 8
Fibroblastlar pulpada juda ko‘p, ularning satxlari (razmer) 9 dan 15
mkm gacha, o‘simtalarning uzunligi bir necha mikrometrdan iborat.
Hujayralarning chetki qismlari sitolemma bilan chegaralangan, yadrolari
ovalsimon va cho‘zinchoq shakllarda bo‘lib, sitoplazmaning ancha joyini
egallab turadi. Sitoplazmada mitoxondriyalar, ribosomalar va fibrillar
ko‘p. Fibroblastlarning asosiy vazifasi — asosiy moddani hosil qilishdir.
Gistiosit (turib qolgan, turg‘un makrofagositlar) lar noto‘g‘ri shaklli
hujayralardir. Ular yaxshi yetishmagan, ularda endoplazmatik turlar va
plastinkali majmualar yaxshi rivojlanmagan. Pulpada modda almashinuv
jarayoni buzilganda, bu hujayralar faollashib, xaqqoniy makrofagositlarga
xos xislatlarga ega bo‘lib, bakteriya va yot moddalarga qarshi kura-
shadigan bo‘ladilar.
Plazmositlar ovalsimon yoki aylanasimon shaklda, sathlari 10 dan
25 mkm gacha. Yadrolarining shakli ham aylana yoki ovalsimon bo‘lib,
ularda juda ko‘p xromatinlar bor. Hujayra sitoplazmasida yaxshi
takomillashgan endoplazmatik to‘r joylashgan. Bu hujayralar globulin
va antitelalarni sintezlash vazifasini bajaradilar.
Ikki qirrali membrana bilan o‘ralgan aylana yoki ovalsimon neytrofilli
va bazofilli granulositlar yadrolari segmentlangan, ularning sitoplazma-
larida neytrofilli yoki bazofillik dona (granula) chalar mavjud. Donacha-
lar tarkibida gidrolitik fermentlar — DNKaza, RNKaza, nordon, fosfa-
taza, peroksidaza va boshqalar borligi aniqlangan. Granulosit sitoplaz-
masida mitoxondriyalar, erkin ribosomalar, Goldji kompleksi va
endoplazmatik to‘r bor. Hujayralar ximoya vazifasini bajaradilar.
Limfositlar ovalsimon shaklda, yadrosi katta va unda turli miqdorda
xromatin to‘plangan. Hujayra sitoplazmasida mitoxondriyalar, ribosoma-
lar, Goldji kompleksi elementlari va endoplazmatik to‘r bo‘lib,
shuningdek lizosomalar va pinositozli pufakchalar ham bor.
Advensial hujayralar tomirlar yo‘nalishi bo‘ylab joylashgan. Bu
hujayralar gistiosit va fibroblastlarga o‘tishlari mumkin.
Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling