Rivojlantirish instituti
Karioz kovaklarni charxlashning umumiy va xususiy usullari
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Terapevtik stomatologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karioz kovaklarni kavlashning umumiy va xususiy usullari
- 5- rasm. Karioz bo‘shliqlarning Blek bo‘yicha tasnifi.
- Karioz kovaklarning sinfi.
- 1-sinfdagi kovaklarning shakllantirish
- 2-sinfdagi kovaklarni shakllantirish
- 3-sinf kovagini shakllantirish
- 4-sinf kovaklarini, chuqur va atipik kovaklarni shakllantirish
- 5-sinfdagi kovaklarni shakllantirish
- Chuqur va tipik karioz kovaklarni shakllantirish, pulpa shtiftlari va ularning ahamiyati
- Kovakni charxlab shakl berishda bo‘ladigan xato va asoratlar
- Stomatologik plomba materiallarining tasnifi
- Fosfat-sement ildiz kanalini plombalash uchun
- Vinoksol — sinkoksidgvayakol sementi
Karioz kovaklarni charxlashning umumiy va xususiy usullari Blek karioz kovaklar tasnifini taklif etgan. Karioz kovakni tish yuzasida joylashishiga qarab besh sinfga bo‘ladi. Karioz kovakni charxlab ishlash bir qancha bosqichdan iborat bo‘ladi. Karioz kovaklarni kavlashning umumiy va xususiy usullari Tish karioz bo‘shlig‘idagi chirigan to‘qimani toza to‘qimagacha to‘la olib tashlash kerak, lekin ishlov vaqtida toza to‘qimani ortiqcha olib tashlash emal va dentin to‘qimasini oziqlanishi biroz buziladi. Natijada tish devori mo‘rt bo‘lib qoladi. www.ziyouz.com kutubxonasi 2 9 Mana shu karioz kovagidagi chirigan to‘qimani sog‘lom tish to‘qimasigacha olib tashlash va geometrik shakl berilsa, mana shu shakl berilgan karioz bo‘shlig‘ida plomba yaxshi o‘rnashadi va uzoq vaqt turadi. Chirigan to‘qimalarni jarrohlik va kimyoviy usullar bilan olib tashlanadi. 1. Kovak quruq bo‘lishi kerak. Kovak yaxshi ko‘rinadigan bo‘lishi kerak. Dentinni, chuqur kariyes va pulpani zararsizlantirishdan saqlab qolish kerak. Ba’zi bir bemorlarda og‘riqsizlantirish usuli ishlatiladi. 1. Mahalliy og‘riqsizlantirish shimdirish usuli bilan. Og‘riqsizlantirish suyuqligi. Agar mahalliy og‘riqsizlantirish natija bermasa ikkinchi usul ukol yordamida quyidagi dori eritmalari ishlatiladi. 2. Nerv tolalarini og‘riqsizlantirish usuli bilan quyidagi dorilar ishlatilinadi. Piromekain eritmasi 2% li Lidokain eritmasi 2% li. Piromekain eritmasi 2% li. Ksilokain eritmasi 1-2% li Novokain eritmasi 2% li. 3. Ignasiz og‘riqlantirish BI-8 "Pchelka" 4. Elektr og‘riqsizlantirish asbobi bilan. INAAN-3, Eloz-1. 5. Apupunktura (igna sanchish bilan) 6. Narkoz. Sombrevinni vena tomiriga yuborib davolash, zakis azot, ftorotan va boshqalar. Karioz kovakni charxlab ishlash bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi. 1. Karioz kovakni ochish. Bu bosqichda osilib turgan emal olib tashlanadi. Bu bosqichni bajarish uchun fissir va sharsimon bor ishlatiladi. Chirigan va osilib qolgan emal sharsimon, u silindirsimon bor bilan kovak tubiga tushirib emal olib tashlanadi, natijada kovak ochiladi. 2. Kovak kengaytirish. Bu bosqichning maqsadi chirigan, rangi o‘zgargan dentin to‘qimasini olib tashlash. Ekskavator, sharsimon va teskari konussimon borlar yordamida bajariladi. Kovakni ochish paytida ko‘pincha biroz sog‘lom to‘qimani ham kesishga to‘g‘ri keladi, chunki karioz kovakda qulay bo‘shliq hosil bo‘lishi kerak, kovak yaxshi ko‘rinishi kerak va asboblar bilan yaxshi ishlanishi kerak. Frontal tishlar guruhida karioz kovaklarini ochish biroz boshqacha bo‘ladi, bu yerda xusn nuqtayi nazaridan tishning oldingi yuzasi, devori yupqa bo‘lsa ham qoldiriladi. 3. Nekroektomiya — bu uchinchi bosqich. Bu bosqichda hamma karioz bo‘shlig‘ida chirigan va yumshab qolgan dentin olib tashlanadi. Karioz tubida ishlaganda tasodifan tish pulpasini ochib qo‘yish mumkin. Bu holatni aniqlashda zond va ekskavator asboblari ishlatilinadi. Bunday hodisa bo‘lmasligi uchun biroz pigmentli dentin qoldiriladi. Karioz ko- vakdan chirigan to‘qimani ekskavator va sharsimon bor bilan olib tashla- nadi. Karioz bo‘shlig‘ida chirigan to‘qimaniolayotganda borni to‘g‘ri www.ziyouz.com kutubxonasi 3 0 5- rasm. Karioz bo‘shliqlarning Blek bo‘yicha tasnifi. a — I sinf bo‘shliq; b — II-sinf bo‘shliq; d — III-sinf bo‘shliq; e — IV-sinf bo‘shliq; f — Vsinf bo‘shliq. ushlab ishlash katta ahamiyatga ega. Ba’zan chuqur karioz kovakka shakl berishda pigmentli yoki yumshoq dentin qoldiriladi. Karioz bo‘shlig‘idagi chuqur chirigni tozalashda bor mashinaning kichik harakatida ishlash kerak. Bunday holatda konussimon va silindirsimon borlar bilan ishlash mumkin emas, chunki pulpa zararlanishi mumkin. 4. Karioz kovakka shakl berish. Bu bosqichning maqsadi plombani yaxshi ushlaydigan shaklga kelti- rish va uni uzoq vaqt tutishga sharoit tug‘dirishdir. Kovakka shakl berish- da, kovakka qo‘yilgan talablarga amal qilish kerak. a) karioz kovakda: 1-qirra, 2-devor, 3-tub, 4-burchaklar. Karioz kovakning qirrasi, odatda notekis bo‘ladi; ular bir-biriga yaqinlashib, karioz kovak og‘zini hosil qiladi va u doimo kovakning hajmidan kichik bo‘ladi. Shu sababli karioz kovakni to‘g‘ri kavlash va shakllantirish mu- xim ahamiyatga ega. Eng kichik karioz kovakni ham karonkaning do‘m- boq qiyaligiga, koronkaning bo‘rtiq yuzasiga qadar va hokazo sun’iy ravishda kengaytiriladi, ya’ni karioz kovakdan ko‘p sog‘ emal, dentin to‘qima kesib olib tashlanadi va shakl kengayadi, natijada shaklning yon devorlari yupqalashib pulpadan oziqlanishi yomonlashadi. Natijada yon devorlari sinadi va plomba tezda chiqib ketadi. Kesuvchi borlar yangi va o‘tkir bo‘lishi kerak, silkinib qimirlamasligi kerak. Tez aylanadigan borlar bilan vergulsimon harakatda to‘xtab-to‘xtab ishlash kerak. Keyingi asosiy masala o‘ng qo‘lda nakonechnikni va chap qo‘lda daxanni yoki kasalning tishini ushlab turgan holatda kavlanadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 3 1 Karioz kovakka shakl berilayotganda to‘qimani topografik holatiga ahamiyat berish kerak. Shu talablarga rioya qilinganda plomba uzoq vaqt tishning anatomik va fiziologik funksiyasini saqlab qoladi. Karioz kovaklarning sinfi. Blek karioz kovaklar tasnifini taklif etgan. Bu tasnif bo‘yicha karioz- ning joylashgan o‘rniga asosan besh sinfga bo‘ladi. 1-sinf karioz kovak molyar (katta oziq tish) premolyar (kichik oziq tish) hamda kurak tishlar tabiiy chuqurlarining va o‘yig‘ining zararlanishi. 2-sinf karioz kovak molyar (katta oziq tish), premolyar (kichik oziq tish) yondosh yuzalarining zararlanishi (o‘rta va chetki). 3-sinf karioz kovak kurak va kesuvchi tishlarning yondosh (o‘rta va chetki) yuzasining zararlanishi va qirralari zararlanmagan. 4-sinf karioz kurak va qoziq tishlarining yondosh yuzasi va uning kesuv qirrasi butunligining buzilishi bilan zararlanishi. 5-sinf karioz hamma sinfdagi tishlarning bo‘yin qismida joylanishi va zararlanishi. 1-sinfdagi kovaklarning shakllantirish Katta va kichik oziq tishlarning fissurasida joylashgan tish kovaklarini shakllantirish boshqa sinfdagi kovaklarni shakllantirishga nisbatan bir qancha qulay, negaki bu tishlar chaynov yuzasida va ekvatordan yuqorida joylashgan tabiiy fissurlarda ish olib boriladi. Tish kovaklari biri chaynov yuzasida, ikkinchisi ekvatordan yuqoridagi tabiiy fissurada joylashgan bo‘lsa, bular orasida mustaxkam to‘qima ko‘p bo‘lsa kovaklar alohida shakllantiriladi va alohida plombalanadi. Aksin- cha bu kovaklar orasidagi masofa juda yaqin bo‘lsa, bu kovaklar bitta umumiy shaklga aylantiriladi va plomba qo‘yiladi. Karioz kesuv tish- larining tabiiy chuqurligida joylashgan bo‘lsa shaklni tanglay tomonidan, ya’ni ko‘r teshik o‘rnida olib boriladi. Bunda pulpa bo‘shlig‘ini yaqin joylashganligini e’tiborga olish kerak. Shakl berishda silindirsimon yoki teskarisimon bor bilan ishlanadi. Shakllantirilayotgan paytda hosil bo‘lgan dentin qipiqlarini ekskavator bilan olib tashlanadi. Yuza va o‘rta karioz kovakka shakl berilganda kovakning tubi yassi, tekis bo‘ladi, chuqur karioz kovakda topografiyasiga qarab ish olib boriladi. 2-sinfdagi kovaklarni shakllantirish 2-sinfda kovaklar kichik va katta oziq tishlarning kontakt yon yuza- larida joylashganligi va bu tishlarning bir-biriga yaqin joylashganligi uchun shakllantirish biroz qiyinroq bo‘ladi. Kontaktda kovakka milk www.ziyouz.com kutubxonasi 3 2 tepa bo‘shlig‘i bilan yoki seperator bilan kengaytirib kiritiladi. Bu holat- dan foydalanib bo‘lmasa, kontaktdagi yon kovakka kirib bo‘lmasa, yon kovakning chaynov yuzasiga kesib chiqariladi. Oldin karioz kovakning ustidan ingichka silindirsimon bor yoki g‘ildiraksimon, korborund golov- ka bilan kesib kiritiladi. Chirigan to‘qimani sharsimon bor bilan olinadi. Fissur bor bilan kovakning og‘zi kengaytiriladi. Asosiy kovakni to‘rtburchak holatga keltiriladi. Plombani mustaxkam ushlab qolishi uchun asosiy kovak tomon orqali chaynov yuzasida qo‘shimcha maydoncha shakllantiriladi. Bu maydonchaning eng asosiy karioz kovak eniga mos kelishi, chuqurligi esa 1,5-2 mm bo‘lishi lozim. Agar chaynov yuzasida kovaklar bo‘lsa, ularni qo‘shimcha maydoncha bilan birlash- tiriladi va uzunligi fissuraga etkaziladi. Qo‘shimcha maydonchani teskari konussimon va fissur borlar bilan ishlab shakllantiriladi. Karioz tishning oldingi va orqa yuzalarida bir vaqtda zararlangan bo‘lsa, bitta umumiy qo‘shimcha maydoncha bilan shakllantiriladi. Jumladan, qo‘shni tish bo‘lmasa karioz kovakning tepa qismi chaynov yuzasiga etmagan bo‘lsa, bu holatda karioz kovakning chaynov yuzasiga chiqarilmasdan kontakt yuzasida kovakka yashiksimon shakl beriladi. Kichik va katta oziq tishlarda qo‘shimcha maydoncha ishlaganimizda chaynov do‘mboq- chalari saqlanadi, shaklni to‘g‘ri zinasimon yoki qaldirg‘och dumisimon shakl beriladi. Bu shakl katta oziq tishlarning fissuralarini egallashi kerak. Bu qo‘shimcha shakl, asosiy shaklga nisbatan ikki marta tor bo‘lishi kerak. Agar kovak har ikkala kontakt yuzada joylashgan bo‘lsa, ikkala kariozga umumiy maydoncha ishlanadi. Bu maydoncha asosiy maydonchadan biroz ingichka bo‘lishi kerak. 3-sinf kovagini shakllantirish 3-sinfning shakli, kovakka kirish va kovakning chuqurligiga, devor- larining zararlangan holatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu sinfda karioz va qoziq tishlarning, ya’ni xusn tishlarning kontakt yon yuzasida joylashgan bo‘ladi. Qo‘shni tishlarning oralig‘idan kirish mumkin bo‘lsa, kontakt yuzada uchburchaksimon shakl beriladi. Uchburchakning asosi shaklning tubida, qirrasi kesuv yuzasiga qaragan bo‘ladi. Ba’zi bir hollarda plombaning yaxshi turishi uchun til yuzasida qo‘shimcha maydoncha hosil qilinadi. Agar karioz kontakt va lunj yuzasida joylashgan bo‘lsa, asosiy shakl va lunj yuzada qo‘shimcha maydoncha beriladi. Agar karioz kovak medial va distal yuzalarida joylashgan bo‘lsa, shakllantirishga alohida-alohida ishlov beriladi, kerak bo‘lsa qo‘shimcha maydoncha hosil qilinadi. Qo‘shni tishlar oralig‘idagi milklar shishgan bo‘lsa, milk kesib tashlanadi yoki kuydiriladi. Shakl berishda husn nuqtayi nazardan, tish kovagining faqat emal qatlamidan iborat lab tomondagi devori garchi juda yupqa- www.ziyouz.com kutubxonasi 3 3 lashib qolgan bo‘lsa ham saqlab qolish kerak, undagi pigmentlangan dentinni olib tashlash kerak xolos. Karioz kovakni shakllantirishda va qo‘shimcha maydoncha hosil qilishda kichik teskari konussimon va fissurali borlar yordamida ishlanadi. 4-sinf kovaklarini, chuqur va atipik kovaklarni shakllantirish 4-sinfning 3-sinfdan farqi, burchak va kesuvchi qirra zararlangan bo‘ladi. Bunda asosiy vazifa kesuvchi qirrani tiklash kerak. Buning uchun asosiy kovak uchburchak shaklida shakllantiriladi, plombaning yaxshi turishi uchun til yuzasidan qaldirg‘och dum yoki klamerga o‘xshash qo‘shimcha maydoncha shakllantiriladi. Shakllantirilayotgan paytda pulpa shoxiga ehtiyot bo‘lish kerak, chunki til yuzasidan pulpa yaqin turadi. Asosiy va qo‘shimcha maydon- chani teskari konussimon va fissurani borlar bilan, burchaksimon nako- nechnik bilan ishlov beriladi. G‘ildiraksimon bor bilan asosiy va qo‘- shimcha maydonchaning devorlarida chizqsimon fissuralar, retinsion chuqurchalar hosil qilinadi. Bu esa plombaning mustahkam turishida katta ahamiyatga ega. 5-sinfdagi kovaklarni shakllantirish 5-sinfdagi kovaklar hamma tishlarning lunj, lab, til, tanglay yuza- larining bo‘yin qismida joylashgan bo‘ladi. Bir-biriga yaqin joylashgan kovaklarni birlashtirib shakl berish tavsiya etiladi. Unga yarim oysimon yoki buyraksimon shakl beriladi. Milk oldi qirrasi yarimoysimon shaklda, pastki devori to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Kovakning tubini va devorini fissur va teskarisimon bor bilan shakllantiriladi, sababi pulpa yaqin. Plombaning tish bo‘yin qismida yaxshi turishi uchun g‘ildiraksimon bor bilan shakl- langan kovakni devorida qo‘shimcha fissurlar, kesiklar hosil qilinadi va plomba joylanib uzoq turadi. Beshinchi sinfda kovakni shakllantirishda tubi bir muncha bo‘rtgan bo‘lishi kerak. Chuqur va tipik karioz kovaklarni shakllantirish, pulpa shtiftlari va ularning ahamiyati Tish koronkasi anchagina yemirilganda, kariyes sirkulyar holda joylashganda, boshqa hollarda karioz kovaklarni shakllantirishda umumiy qoidalardan biroz chetga chiqishga to‘g‘ri keladi. Molyarlarda va premolyarlarda koronka qismining ko‘pi emirilgan taqdirda yumshab qolgan dentinning hammasi sog‘lom dentingacha kesib www.ziyouz.com kutubxonasi 3 4 olib tashlanadi. Qo‘shimcha maydoncha hosil qilinadi, to‘g‘ri burchak ostida tish kovagi tubi egatsimon qilinadi, devorida g‘ildiraksimon bor bilan kesiklar qilinadi. Tish pulpasi olib tashlangan bo‘lsa, u holda karioz kovakni shakl- lantirilayotganda tish kovagini (pulpa bo‘shlig‘ini) va ildiz kanallarini qo‘shib yuborish mumkin. Shtiflar bilan plombalanganda plombalash vaqti tez bo‘ladi va sifati yaxshi bo‘ladi. Kanalni sifatli plombalashda, kanalga loyiq shtift tanlash katta ahamiyatga ega. Shtiftni diametri, kanalni diametridan biroz kichkina bo‘lishi kerak. Shtiftni uzunligi kanalni uzunligi bilan barobar bo‘lishi kerak. Kanalni yuqori sifatli qilib plombalash uchun kanal suyuq fosfat sement bilan shtiftda biroz fosfat sement yoki sekin-asta qotuvchi pasta olib kanalga joylashtiriladi va shtofer yordamida tishni apeksigacha oboriladi. Tish kovagi va kanalga kiritilgan metall shtiftlar koronka kovagini tiklab plombani mustahkam ushlashga yordam beradi. Pulpa xastaligida pulpa to‘qimasiga parallel holda dentin to‘qimasini kavlab, o‘yimi bor vintsimon shtiftlar o‘rnatiladi. Bunday shtiftlarga parapulpar shtiftlari deyiladi. Sirkulyar kariyes bilan ko‘pincha frontal gruppadagi tishlarning tish bo‘yin soxasi zararlanadi. Bunday kovaklarni shakllantirish hamda plombalash ma’lum qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday holda kovaklarni oz-ozdan, sharsimon bor bilan uzib-uzib harakat qilib ishlash mumkin. Kovakni teskari konussimon bor bilan devorlari va kovaklarning tubi o‘rtasida to‘g‘ri burchak hosil bo‘ladigan qilib shakllantiriladi. Ponasimon nuqson bilan zararlangan tishlarni kavlashda kichkina burchak qilinadi. Chunki odatda pona yassiligi juda silliq bo‘ladi. Bunda to‘g‘ri burchakli devorlar hosil qilinadi. Tubida esa pulpadan uzoqroqda kichik-kichik o‘yiqlar, kesiklar qilinadi. Karioz kovakni bor bilan ishlagandan keyin uning cheti g‘adir-budur arra tishiga o‘xshash va go‘yo yulib olgandek bo‘lib qoladi, bu holat plombaning yaxshi ushlab qolinishiga ta’sir etadi. Plombaning bir qismi sinib ketmasligi uchun karioz kovakning chetini karbonad golovka bilan tekislab, silliqlanadi. Karioz kovakning cheti qo‘llaniladigan plomba materialiga qarab turlicha ishlanadi. Agar kovak sement yoki plastmassa bilan plombalanadigan bo‘lsa, plomba tishga oldingi anatomik shaklini berish kerak, tish fissuralari baland bo‘lib qolmasligi kerak. Kovakni charxlab shakl berishda bo‘ladigan xato va asoratlar I sinfda: 1) tish bo‘shlig‘ini ochib yuborish; 2) pulpaning shikast- lanishi; 3) Shakli berilganda kovakning tubi kengayib, kirish qismi tor bo‘lib koladi; 4) Emalning qirralariga ishlov bermaslik va boshqalar. www.ziyouz.com kutubxonasi 3 5 II sinf. 1. Qo‘shimcha maydonning yo‘qligi. 2. Asosiy shakl bilan qo‘shimcha munosabatining buzilishi. 3. Qo‘shimcha maydonga shakl berish qoidalarining buzilishi (tubiga, chuqurligiga, hajmiga). 4. Milkka qaragan devorga yaxshi ishlov bera olmaslik. III sinf. 1. Milk devoriga shakl bermaslik. 2. Kovakka shakl beriladigan tubi, burchagi, devori, qirralariga aniq ishlov berilmasa katta xatoga yo‘l qo‘yiladi. 3. Qo‘shni tish emalining shikastlanishi ya’ni asosiy kovakka qo‘shim- cha maydon orqali kirilmaganda qo‘shni tish emali shikastlanadi. IV sinf. 1. Qo‘shimcha maydon hosil qilinmagani uchun plomba tushib ketadi. 2. Tish bo‘shlig‘ining teshilib qolishi va pulpaning shikastlanishi. V sinf. 1. Tish bo‘shlig‘ini ochib yuborish va pulpaning shikastlanishi. 2. Milkka qaragan devorga yaxshi shakl bermaslik. 3. Milkning qonashining sababi sifatsiz qo‘yilgan plomba. 4. Qoidasiz shakl berilgan kovak. Plomba materiallari "Plomba" lotincha so‘z bo‘lib, Plumben ya’ni qo‘rg‘oshin demakdir. Tish to‘qimasida hosil bo‘lgan kovak plomba bilan to‘ldiriladi. Tish kovagini to‘ldirib, uning anatomik shakli va funksiyasini tiklashga tishni plombalash deyiladi. Plomba materiallari o‘zining tuzilish tarkibi, xususiyati va nima maqsadga belgilanganligiga qarab bir necha guruhga bo‘linadi: 1) vaqtinchalik plombalar; 2) doimiy plombalar; 3) tagliklar: davolovchi, ajratuvchi; 4) ildiz kanalini plombalashda qo‘llaniluvchi moddalar. Stomatologik plomba materiallarining tasnifi I. Vaqtinchalik plombalar: 1. Sun’iy dentin. 2. Dentin-pasta.Vinoksol. 3. Sinkoksaevgenol sement. 4. Yopishqoq mum (fizioterapiya uchun) www.ziyouz.com kutubxonasi 3 6 II. Doimiy plombalar: 1. Sementlar. a) fosfat sementlar: — fosfat sement; — kumushli fosfat sement; — visfat sement; — dioksivisfat sement; b) silikat sementlar: — slisin sement; — silikat sement-2; — silisin-2; — vitakril; — friteks; — infandit. c) siliko-fosfat sementlar: — silidont; — silidont-2; — aristos; — laktodont. Fosfat-sement ildiz kanalini plombalash uchun Argil Polikarbokislat sement Gidrofosfat sement Metalli plombalar: a) Kumushli: SSTA-01,AS. b) Misli: tabletkali, TMAS-01, kapsulali SMTA-56. c) Gallodent-M. Sun’iy katron (smola) asosi- dagi plombalar: a) Akrilli plombalar: Norakril- 65. b) Epoksidli plombalar: Epo- dent. c) Kompozision plombalar. Akriloksid. Norakril-100 Karbodent Evikrol Epakril Konsayz 6- rasm. a — kamitsin (poroshok va suyukligi); b — katsin-pasta. www.ziyouz.com kutubxonasi 3 7 Mikrorest Vkladkalar a) plastmassali. b) chinnidan (farforli). c) metalli. Tagliklar. Davolovchi tagliklar: a) kalmesin; b) kalsin-pasta; c) stomatologik taglik material; d) sinkoksidevignol sement; e) adgezor birikmali pastalar (quyuq surtma), tarkibida har xil moddasi mavjud. Ajratuvchi tagliklar: a) fosfat-sement; b) tarkibida kumushi bor fosfat-sement; c) visfat-sement; d) dioksivisfat-sement; e) adgezor; f) argil; g) laklar; j) polikarboksilat sement. Ildiz kanalini plombalashda qo‘llaniladigan moddalar Qotmaydigan yumshoq (plastik) plombalar. a) yog‘li antiseptik pastalar. Qotuvchi yumshoq pastalar: a) fosfat-sement; b) parasin; c) endodent, introdont; d) gvayakril; e) rezorsin-formalinli; f) bakelit; g) sebanit. Birlamchi qattiq moddalar (shtiftlar): a) plastmassali; b) guttaperchali; c) metalli. Plomba materiallari tarkibiga ko‘ra tish to‘qimalari xossasiga mos kelishi, og‘iz bo‘shlig‘ida mexanik va kimyoviy omillarga chidamli bo‘lishi kerak. Hamisha ogiz bo‘shlig‘ida so‘lak bilan yuvilib turishi orqali plomba o‘z ta’sirini inson organizmiga o‘tkazishi mumkin. Shuning uchun, plomba materiallari xalqaro talablarga javob bermog‘i kerak: mexanik va kimyoviy mustahkam, tish to‘qimalariga, og‘iz shilliq qavatiga va organizmiga zaxarli ta’sir etmasligi, shaklini, doimiyligini www.ziyouz.com kutubxonasi 3 8 saqlash, issiq-sovuq ta’sirida plombani o‘zgarish koeffitsenti tish qattiq to‘qimasinikiga yaqin bo‘lishi, yaxshi yopishqoqligi, kosmetik talabga javob bera olishi (rangi, yarqirashi, musaffoligi), rentgen nurida ko‘rinishi, kam yedirilishi, tish rangini o‘zgarmasligi, tezda qota olishi, bakterisid ta’siriga egaligi, kerak bo‘lganda engil ko‘chirish mumkinligi, tish-plomba oralig‘ini qisqaligiga erishmoq kerak. Ushbu talablarga to‘liq javob bera oladigan plomba materiali hozircha yaratilmagan, lekin qo‘yilgan talablarga ko‘ra kerakli xususiyatga ega bo‘lgan plomba materialidan foydalanish tavsiya etiladi. Vaqtinchalik plomba tish kovagini 1—2 hafta mobaynida berkitish uchun ishlatiladi. Bu vaqt ichida tish kovagiga qo‘yilgan dorini ushlab turishga yoki masallikni diagnostika va taqqosiy diagnostika qilishga yordam beradi. Doimiy plomba qo‘yishda vaqtinchalik plomba ajratuvchi taglik sifatida ham ishlatiladi (chuqur kariyesda). Eng ko‘p ishlatiladigan vaqtinchalik plomba materiallaridan biri bu sun’iy dentin — sink-sulfat sementdir. Sun’iy dentin — oq rangdagi poroshokdir, tarkibi 66% rux oksidi, 24% rux sulfati, 10% kaolindan iboratdir. Plomba tayyorlash uchun poroshokdan kerakli miqdorda oyna plastin- kasining yuzasiga solinadi va distillangan suvni 2:1 hisobida botguncha qo‘shiladi. Metall shpatel bilan 30 soniya davomida qaymoqsimon holatga kelguncha aralashtiriladi. U ma’lum darajada yopishqoq bo‘ladi va karioz kovakka yaxlit bo‘lakda kiritilgandan so‘ng 3-4 daqiqa ichida devorlarini paxta tamponchasi yordamida shakllantiriladi. Plombani so‘lakdan muxofaza qilish kerak, aks holda qotmaydi. Dentin pasta ishlatish uchun tayyor holatda chiqariladi. Sun’iy dentinni o‘rik, shaftoli yoki qalampir moyiga quyuq pasta holatiga kelguncha aralashtirib tayyorlanadi. Tarkibida xushbo‘y modda mavjud, antiseptik va suv ta’siri qilmaslik xususiyatiga ega. Bunday dentin og‘iz bo‘shlig‘i xaroratida bir soatda qotadi. Uni og‘zi yaxshi yopiladigan shisha idishda saqlanadi. Vinoksol — sinkoksidgvayakol sementi 40 g poroshok va 10 g qizg‘ish tusdagi suyuqlikdan iborat komplektdir. Poroshogining asosini sink oksidi tashkil qiladi. Suyuqligi plastmassali tomchigichga joylashtirilgan polistirolni gvayakoldagi eritmasidir. Plomba shisha plastinkada metall shpatel yordamida aralashtirilib tayyorlanadi. Qo‘yilgan plomba tish qattiq to‘qimasiga yaxshi yopishadi, hamda ancha pishiq va antiseptik xususiyatiga ega. Vinoksol sut tishlardagi karioz bo‘shliqni olti oy mud- datga berkitish uchun qo‘llaniladi. Vinoksolni plastmassa va kompozitli plomba uchun taglik sifatida qo‘llab bo‘lmaydi. Sinkoksidevgenol sementi — sink oksidini evgenol yoki qalampir moyiga aralashtirib tayyorlanadi. Tarkibidagi moddalar plombaga biroz og‘riq qoldirish va antiseptik xususiyat beradi. Plomba 10-12 soatda qotadi. Sinkoksidevgenol sementni plastmassali plombaga taglik sifatida www.ziyouz.com kutubxonasi 3 9 ishlatib bo‘lmaydi, chunki evgenol yuz qotuvchi plastmassaning poli- merizasiya reaksiyasini buzadi. Vaqtinchalik plombalarni tish kovagidan ekskavator, zond asboblari, yoki bor yordamida olib tashlash mumkin. Vaqtinchalik plombalar uchun umumiy bo‘lgan yaxshi sifatlar: — yengil antiseptik xususiyatga egaligi; — pulpani shikastlamasligi va zaxarlamasligi; — issiqlik o‘tkazmasligi; — yumshoq, plastikligi; — tish bo‘shlig‘iga engil kiritish va chiqarib olish mumkinligi; — tish to‘qimasiga yaxshi yopishqoqligidadir. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling