Rivojlantirish instituti


Og‘iz bo‘shlig‘ining ayrim qismlaridagi shilliq qavat


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/29
Sana20.11.2020
Hajmi1.48 Mb.
#148225
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Terapevtik stomatologiya


Og‘iz bo‘shlig‘ining ayrim qismlaridagi shilliq qavat
Lablar. Lablarning tashqi qismidagi teri bosqichma-bosqich ichki
shilliq qavatga o‘tadi. O‘tish chegarasi bo‘lib, lablar qizil xoshiyalari
hisoblanadi, bu faqat odamda shunday bo‘ladi. Bu zona — chegarada
juda ko‘p yog‘ bezlari bor bo‘lib, soch, to‘q va ter bezlari yo‘q. Ter
ishlab chiqadigan bezlar asosan yuqori labda va og‘iz burchaklarida
joylashgan. Yog‘ ishlab chiqaradigan bezlarning chiqish teshiklari epiteliy
qavatida joylashgan.
Lablar qizil hoshiyalarida shoxlanish holati bor, lekin teriga nisbatan
kamroq. Bu yerda donador qavat yaxshi rivojlangan, ular donachalarida
Keratogialin donachalari borligi ko‘rsatilgan. Epiteliy ostidagi xususiy
parda teri shaklidadir. Unda ko‘pqavatli so‘rg‘ichlar bo‘lib, ular to‘qima-
larga chuqur kirgan holda bo‘ladi. Bu yerda ko‘p kapillyar qon tomirlari
borligi labni ochib ko‘rganda ham bilinib turadi. Bu esa lablarning qizil
rangda bo‘lib turishiga sababdir. Lablarning ichki satxlaridagi epiteliy
qavati qalin. Bu erda shoxlanish bo‘lmaydi. Shilliq osti qavatida ko‘p
sonli mayda sulak bezlari bor, ular shilliq va aralash suyukliklar ishlab
chiqarishadi. Undan keyin lablarda muskul tolalar joylashgan. Mushak-
lararo qo‘shimcha to‘qima shilliq osti qavatining kollogen tolalari bilan
bog‘langan. Bu esa lablarning silliqligini ta’minlaydi.
Lunjlar. Bu yerdagi shilliq qavat lablar shilliq qavatining davomi
bo‘lib, bu yerda shoxlanish yo‘q, lekin juda ko‘p miqdorda elastik tolalar
bor. Bu aniq chegarasiz shilliq osti pardasiga o‘tadi. Shilliq osti qavatda
yog‘ bezlari orolchalari, mayda shilliq modda va aralash suyuqlik
chiqaradigan so‘lak bezlari o‘rtasida, tishlar yopilganda hosil bo‘ladigan
tishlar chizig‘ida yog‘ bezlari bor.
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 6 5
Yumshoq tanglay shilliq osti qavatida shilliq suyukligi ishlab chiqara-
digan bezlar bor.
Tilcha-Uvulae. Bu ham ko‘p qavatli yassi epiteliy-qoplag‘ich bilan
yopilgan. Og‘iz tubi va lablarning o‘tish burmachalari va lunjlarda yaxshi
rivojlangan turli qalinlikda joylashgan shilliq osti qavati bor. Shilliq
qavat bu yerda tanglayga yumshoq ulangan. Qattiq tanglayning ikki yuzasi
bor: og‘iz yuzasi og‘iz bo‘shlig‘i tomonda, burun yuzasi esa, burunning
tubini hosil qiladi. Qattiq tanglay ko‘p qavatli yassi shoxlanuvchi epiteliy
bilan qoplangan va u tanglayning hamma yuzasi (satxi)da suyak usti
parda bilan zich birlashgan. Ammo, tanglay chokidan tashqarigi ozgina
qismida shilliqosti pardasi bor, u shilliq qavatini suyak ustki pardasi
bilan bog‘lab turadi. Shuning uchun qattiq tanglay shilliq qavati
xarakatsiz xisoblanadi.
Qattiq tanglay shilliq qavati oq-qizg‘ish, yumshoq tanglay esa qiz-
g‘ish-qizil rangda ko‘rinadi. Qattiq tanglay shilliq qavati balandliklar
hosil qilib, qolgan satxlardan ko‘tarilib turadi. Oldingi markaziy yuqori
jag‘ kesuvchi tishlar orasida so‘rg‘ich bor (pap. incisiva), bu esa tanglay
suyagida, shu joyda kirish qismi bo‘lgan kesuvchi kanal — teshikga
to‘g‘ri keladi. Bu kanal orqali burun tanglay asab tolalari o‘tadi, aneste-
ziya qilinganda anestetik shu teshik orqali yuborilsa, tanglay oldi qismi
og‘riqsizlantiriladi. Tanglayning oldingi qismida ko‘ndalang burmalar
bor. Bolalarda burmalar yaxshi rivojlangan, qarilarda esa ular asta sekin
yo‘qolib boradi.
Milk. Milklarni o‘rganishda ularni alveola qismiga yon, chekka,
bo‘yin (pars marginlis) ga bo‘lamiz. Milkda shilliq osti parda bo‘lmaydi.
yon, chekka, bo‘yin milkni ozod, bo‘sh qismi deb ataladi, chunki ular
tish toj qismlariga yopishib tursada, ularni pinset, zond bilan qimirlatib
ko‘rish mumkin.
Tishlararo joylashgan milk qismini tishlararo so‘rg‘ichlar ham deb
ataladi. Milk ko‘p qavatli yassi qoplag‘ich-epiteliy bilan qoplangan bo‘lib,
faqat chetki, yon qismlari shoxlanish xususiyatiga ega. Milkning
qo‘shuvchi to‘qimasi ikki qavat (qism)dan iborat.
Epiteliy osti qavat. Bu qavat ko‘p qavatli yassi epiteliy qavatining
ostida joylashgan, ko‘p elastik-egiluvchan tolalari bo‘lgani uchun yum-
shoq. Ikkkinchi qavati — alveola usti qavati, bu qavat alveola suyagiga
yopishib turadi, bunda ko‘p kollagen tolalar bor va ular orqali periodont
to‘qimasi bilan bog‘lanib turadi.
Milkning shoxlanib, tushib turishi tishlarni tozalash, ovqat chaynash
va shunga o‘xshash mexanik ta’sirotlardan ximoyalanish reaksiyasidir.
Og‘iz bo‘shlig‘ining fiziologiyasi
Og‘iz shilliq qavati ovqat chaynash va hazm qilish, nafas olish,
gapirish hamda organizmni tashqi muxit ta’sirotlaridan ximoya qilish
kabi vazifalarni bajarishda ishtirok etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 6 6
Og‘iz bo‘shlig‘ida 6 xil sezgilarni ajratadigan, farqlaydigan sezgilar
bor:
1) maza bilish;
2) og‘riq;
3) sovuq;
4) issiq;
5) tegish;
6) muskul;
Organizmni tashqi muxit ta’sirotlaridan ximoya qilishni og‘iz bo‘sh-
lig‘i shilliq qavati quyidagi xususiyatlari bilan ta’minlaydi:
1) o‘zi orqali mikroblarni o‘tkazmaslik;
2) doimiy epiteliyaning tushib turishi;
3) tiklanish (regeneratsiya) xususiyatining balandligi;
4) fagositoz;
5) kapillyarlarni o‘tkazuvchanligi;
6) surilish xususiyati;
7) shilliq qavatning peristaltikasi;
8) bezlar suyuqligining og‘iz bo‘shlig‘iga quyilishi;
9) mikroblar simbiozi (mutanosibligi);
10) kislota, ishqor muxiti (RN).
Og‘iz shilliq qavati nimalar bilan teridan farq qiladi:
1) soch folikulalarining yo‘qligi;
2) ter ishlab chiqaradiran bezlarining yo‘qligi;
3) yog‘ to‘qimasi rivojlanmaganligi bilan;
Me’yorda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati milklarda nozik-qizg‘ish
rangda, og‘iz burmalari, lunj, yumshoq tanglaylarda qizil rangda bo‘ladi.
Patologik jarayonlar
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida turli patologik o‘zgarishlar bo‘lishi
mumkin.
Ularning hammasini 2 asosiy guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin:
1) og‘iz shilliq pardasining xususiy, ya’ni o‘z kasalliklari;
2) og‘iz shilliq pardasida bo‘ladigan patologik o‘zgarishlarning
sabablari ichki a’zo va tizimlarning kasalliklarida bo‘lib, ularning og‘iz
bo‘shlig‘ida ko‘rinishlari. Ulardan tashqari chegaralangan va tarqalgan
patologik o‘zgarishlar.
Og‘iz bo‘shlig‘i ichki a’zo va tizimlarning oynasi degan fikr juda
to‘g‘ri. Chunki ichki a’zo va tizimlardagi patologik o‘zgarishlar-kasalliklar
u yoki bu tarzda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida o‘z aksini topadi. Demak,
shifokor-stomatolog deyarli barcha ichki kasalliklarni og‘iz bo‘shlig‘idagi
turli o‘zgarishlarga qarab, boshqa mutaxassis-shifokorlardan oldin
tashxislashi, ular borligini taxmin qilishi, ya’ni birinchi bo‘lib aniqlashi
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 6 7
mumkin. Buning uchun og‘iz bo‘shlig‘ining me’yordagi holatini yaxshi
bilish va undan farq qiluvchi patologik holat turlarini stomatolog aniqlash
qobiliyatiga ega bo‘lishi shart.
Bir necha misollar keltiraylik:
Yurak-qon tomir kasalliklarida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati ko‘kimtir
rang oladi. Bu holat lablarda, lunjlarda, til ostida ham bo‘lishi mumkin.
Ko‘kimtir rang dimlangandan darak beradi.
Oshqozon-ichak kasalliklarida, ko‘prok tilda turli o‘zgarishlar bo‘lishi
mumkin: til qarashlar bilan qoplangan, tilning xarakati, rangi o‘zgargan,
kattalashgan, ko‘prok qizargan, xattoki ba’zida turli og‘riqlar (gapirishda,
ovqat chaynashda) yaralar bo‘lishi mumkin.
Gingivnt, stomatit, paradontit, qon kasalliklari, avitaminozlar, diabet
va boshqa kasalliklarda shilliq qavat, milkda rang o‘zgarishlar (qizarish,
shishish), milkdan qon oqishi kabi o‘zgarishlar. Ichak kasalliklari (enterit,
kolit, enterokolit) da aftozli stomatit kasalligini rivojlanishi aniqlangan
desa bo‘ladi. Og‘iz shilliq qavatining turli xil yallig‘lanishlari bo‘ladiki,
ularni bir tizimga kiritish, tasnifini aniqlash kiyin. Yallig‘lanish shilliq
qavatda turlicha joylashadi, joylashishiga qarab nom beriladn.
Masalan, lunj qismidagi shilliq qavatning yallig‘lanishi. Stomatit,
milkning yallig‘lanishi-gingivit, lablar jarohati — xeylit, tilning yallig‘-
lanishi-glossit, tanglayniki esa palatinit va xokazo. Ba’zida esa, shilliq
qavatning bir necha qismlarida patologik o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
"Stomatit" deganda shilliq qavatning turli qismlarida bo‘ladigan patologik
holatlarni tushunishadi, ya’ni aniq, tipik joylashishiga ega emas.
Og‘iz bushlig‘i shilliq (pardasi) qavatida uchraidigan
jarohatlar — morfologik elementlar
Og‘iz shilliq qavatida turli kasalliklar belgilari, elementlarini bilish,
tashxislashda (diagnostikada) juda katta axamiyatga ega.
Asosiy elementlar quyidagilardan nborat:
1) shilliq qavati rangini o‘zgarishi.
2) shilliq qavati satxini uzgarishi.
3) shilliq qavatining ma’lum joyida suyuqlik to‘planib qolishi.
4) shilliq parda ustida qoplama paydo bo‘lishi (bu joylar qolgan sog‘
shilliq parda satxidan ko‘tarilib turadi).
5) shilliq, qavatda kemtiklar (defektlar) bo‘lishi.
Bu elementlar birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Agar birlam-
chi elementlar turli ko‘rishishda bo‘lsa, ko‘p shakli toshma deb tushunsa
bo‘ladi.
Shilliq qavatda turli jarohatlar (travma) bo‘lishi mumkin: Turli mexa-
nik, kimyoviy omillar, kuyish yoki turli xil yallig‘lanishlar oqibatida
turli xil jarohatlar bo‘lishi kuzatiladi. Ular chuqurligiga qarab quyida-
gilarga bo‘linadi:
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 6 8
1) shilinish;
2) ezilish, (eroziya);
3) yara (yazva).
1. Shilinish (eroziya) da shilliq pardaning faqat yuzaki qismi
jarohatlanadi.
2. Ezilish, tirnalishda epiteliy qavatining hammasi (faqat ona-asosiy
o‘suvchi) qavatigacha jarohatlanadi, buziladi. Shuning uchun bularni
davolangandan keyin shilliq qavatda chandiqlar qolmaydi. Bular yuzaki
jarohatlardir. Ba’zida, ezilish, tirnalishlarni davolangandan keyin nozik
chandiqlar qolishi mumkin. Bu elementlar nafaqat jarohatlanishlarda,
balkim oshqozon-ichak, yuqumli kasalliklarida (shilinish-eroziv stomatit
I.A. Novik, A.I. Ribakov va boshqalar) ham kuzatilishi mumkin.
3. Yara (yazva) lap og‘iz bo‘shlig‘ida mexanik jarohatlar, nur kasalligi,
kimyoviy, xaroratlar ta’sirida, maxsus infeksiyalar (zaxm-sifilis, sil-
tuberkulez, spid, Moxov-Lepra) va boshqalar ichki a’zo va tizim
kasalliklarida bo‘lishi mumkin. Yara deganda nimani tushunish kerak?
Yara-bu tananing ma’lum qismida to‘qimalarni chirishi (nekroz)
oqibatida turli kemtiklar bilan kechadigan patologik holat.
Yaralar borki, ular oylab, yillab bitmasdan bemorlarni qiynab
yuradi — bu yaralar trofik yaralar bo‘lib, bular diabet kasalligida, yurak-
qon tomirlar kasalliklarida, avitaminoz kasalliklarida va boshqa umumiy
kasalliklarda bo‘lishi mumkin.
Undan tashqari, ba’zan saraton (rak) shishlari ustida ham yaralar
(yaralanish) bo‘lishi mumkin.
4. Og‘iz shilliq qavatining rangini o‘zgarishi ham turli patologik
holatlarda kuzatiladi. Rang o‘zgarishi barcha ekzo va endogen
sabablardan yuzaga keladi.
Tashqi ta’sirot (ekzogen)lar ta’siridagi o‘zgarishlar, asosan kasbiy
kasalliklar turlariga kiradi. Masalan: kumush yoki kumushli preparatlar,
simob, mis va shunga o‘xshash og‘ir metall tuzlari ishlab chiqaradigan
korxona ishchilarining og‘iz shilliq qavatida (ko‘proq lablar, milk, lunj,
til) qora-qoramtir, qo‘ng‘ir rangdagi dog‘lar, undan tashqari ovqatliklar
tarkibidagi (choy, ba’zi mevalar olcha, gilos, kofe, kakao) iste’mol
qilgandan keyin sigaret, papiros, tamaki, nos, chekuvchilarda ham
tishlarda, shilliq qavatda turli rang o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Ichki (endogen) sabablar esa, asosiy guruhni tashkil etadi: Botkin
kasalligida va jigar xastaliklarida sariq rang, o‘tkir yallig‘lanishlarda-
qizil rang, surunkali yallig‘lanishlarda- ko‘k, ko‘k-qoramtir ranglar
bo‘lishi mumkin.
5. Shilliq qavat sathining o‘zgarishi, masalan, karash, tangachasimon,
do‘mboqchasimon, tugunchasimon, absesslar satxini ko‘tarib (ko‘tarilib)
tursa, yara, shilinish, tirnalish, ba’zi jarohatlar, atrofik chandiqlar, teri
saratoni va boshqa shilliq qavatdagi kemtiklar esa shilliq qavat satxini
pasaytiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 6 9
D.A.Entin og‘iz shilliq pardasidagi o‘zgarishlarni 4 turga bo‘ladi:
1. Chegaralanib to‘plangan suyuqlik shilliq qavatning o‘tkir yiringli
shishlar.
2. Tangachalar.
3. Chegaralangan qattiqlashgan to‘qimalar.
4. Yemirilgan, bujmaygan va atrofiyaga uchragan, o‘zgarishlar.
1. Chegaralanib to‘plangan suyuqliq shilliq qavatning o‘tkir
yallig‘lanishlarida bo‘lib, bunda shilliq parda yoki chuqur qatlamlarda,
ulardan keyin joylashadigan to‘qimalarda pufak yoki pufakchalar, yiringli
xaltachalar, kistalar shakllarida ko‘rinadi.
Kichik yiring xaltachalar pustula, kattalari esa absess deb nomlanadi.
Pufak-deganda zardob bilan to‘lib turgan bo‘shliqni tushuniladi.
Kichik pufaklar vezikula, kattalari, tovuk, tuxumi, olcha kattaligida
bo‘lishi mumkin.
Kista (cista) -bu holesterinli, zardobli suyuqlik yoki yiring bilan to‘la
bo‘shliqdir.
Og‘iz shilliq qavatida, xususan so‘lak va shilliq modda ishlab
chiqaradigan bezlarning chiqish joylarida bo‘lishi mumkin. Tashqi
ko‘rinishi pufakka o‘xshash bo‘ladi.
2. Tangachalar deganda, o‘tkir yallig‘lanish jarayonlarining natijasida
shoxlangan epiteliy qavatlaridan iborat bo‘lib, bir-birini ustida joylashgan
shoxlangan epiteliy qavatlari, qavatlaridan iboratdir.
Shoxlangan joyining ustki qavati tushib turishi mumkin.
Pufaklar ochilib, yorilgandan keyin hosil bo‘ladigan yaralar ustki
qismida shoxlanish, ya’ni ekssudatning qurib qolishidan hosil bo‘ladi.
3. Shilliq qavat ustida chegaralangan papula yoki tugunchalar deganda
infiltrat to‘plangan, lekin bo‘shlig‘i bo‘lmagan elementlarni tushunamiz.
Do‘mboqchalar shilliq qavatning chuqur jarohatlari bo‘lib, tashqi
ko‘rinishi papulaga o‘xshash va tez-tez parchalanish xususiyatiga ega
bo‘lgan o‘zgarishlardir.
4. Yemirilish, bujmayish va atrofiya holatlari juda ko‘p tashqi va
ichki ta’sirotlarda kuzatiladi. Shilliq qavatning yemirilishi turli chirish
(nekroz) jarayonlarida (masalan, sil, zaxm kasalliklari, yarali stomatitlar,
vensanning yarali-chirish gingivostomatitida va boshqalar) bo‘ladi.
Yaralar bitishi va turli yallig‘lanishlardan keyin shilliq qavat
bujmayishi kuzatiladi. Atrofiya esa, kamqonlikda va boshqa umumiy
kasalliklarda bo‘lishi ma’lum.
Haddan tashqari shoxlanish giperkeratoz deb, odatda (normada)
shoxlanish jarayoni kechmaydigan shilliq parda sathlarida shoxlanish
kuzatilgan paytda aytiladi. Bunday joylar-lunjlar, lablar, og‘iz tubi,
yumshoq tanglay qavatlarida shoxlanish kuzatilsa, ana o‘sha paytlarda
giperkeratoz deb tushuniladi. Bular leykoplakiya, papillamatoz, qizil
yassi lishay-temiratki kabi kasalliklarda kuzatiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 7 0
Parakeratoz deganda shoxlanuvchi epiteliy qavatining qayta hosil
bo‘lishini tushunish kerak.
Shunday qilib, og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatida birlamchi, ikki-
lamchi, xaqiqiy va soxta, yuzaki va chuqur jarohatlar bo‘lishi mumkin
ekan.
Og‘iz bo‘shlig‘i va lablar shilliq qavatlarida uchraydigan o‘zgarishlarni
hammasi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
I. Birlamchi elementlar
1. Dog‘ (macula).
2. Burtma (urtica).
3. Tuguncha (papula).
4. Do‘mboqcha (tuber).
5. Pufakcha (vesicula).
6. Pufak (Bulia.).
7. Qoplagich ichidagi pufak (bulla intepithelielis).
8. Afta (aphta.)
II. Ikklamchi elemenglar
1. Shox (Sguama).
2. O‘ta shoxlanish (hiperkeratosis).
3. Ezilish (ewio ex coriatio).
4. Yorilish, timdalanish (Fissura rhages).
5. Yara (ulcus).
6. Shish (tumor).
7. Shoxlanish (crusta).
8. Chandiq (cicatrix).
9. Atrofiya (atrophia).
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarini
tasnifi (klassifikasiya)
Bu xaqdagi ko‘pchilik taklif etilgan tasniflar orasida A.I. Ribakov
(1978) tasnifini qo‘llaymiz:
Stomatitlar: kataral, o‘tkir aftozli (yengil, o‘rta og‘ir, og‘ir shakllar)
yakka aftalar, lab toshmalari, nekrozli yaralar, surunkali qaytalanuvchi
aftozli (fibrinoz, nekrozli, chandiqlanuvchi, glandulyar, lixenoid
shakllari) yarali-nekrozlanadigan.
Gingivitlar: kataral, yarali-nekrozli, gipertrofik, atrofik, dikvamativli,
simptomatik gingivitlar.
Til kasalliklari: o‘tkir yallig‘lanishli (kataral glossit, yarali, deskva-
mativli til abssesslari), surunkali (geografik til, rombsimon, vorsinka-
simon), sistemali kasalliklardagi til o‘zgarishlari, til anomaliyalari.
Lab kasalliklarn (xeylitlar): kataral, glandulyar, eksfoliativli, ekzema-
simon meteorologik, lablar surunkali yorilishi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 7 1
Jarohatlar va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida bo‘ladigan allergik
o‘zgarishlar: mexanik, fizikaviy, kimyoviy, dorilardan, kasb kasalliklari,
protezlardan kelib chiqadigan stomatitlar, allergik reaksiyalar.
Og‘iz pardasining ichki a’zo va tizim kasalliklarida, yuqumli kasal-
liklardagi, spesifik infeksiyalar, gingvitaminozlarda bo‘ladigan jarohatlari,
o‘zgarishlari.
Og‘iz shilliq qavatidagi kandidozlar-dermatozlarda bo‘ladigan og‘iz
shilliq pardasi jarohatlari (ko‘p shaklli ekssudativ eritema, qizil yasen
temiratki, qizil volchanka va boshqalar). Bu guruh stomatitlarni
dermatostomatitlar (teri va shilliq qavat) deyiladi.
O‘sma (shish) oldi va o‘sma jarohatlar:
Tappeyner leykoplakiyasi, yassi, verrukoz, og‘iz bo‘shlig‘idagi dog‘lar,
Mangonotining abraziv rakoldi xeylitlari, pastki labda chegaralangan
rakoldi giperkeratozi, pastki lab qizil qoshiyasining rak oldi so‘galsimon
holati, BOUEN kasalligi, Keyr eritroplaziyasi, teri shoxi, saraton-rak
va boshqa o‘smalar.
Og‘iz shilliq pardasidagi sindromlar ko‘rinishi.
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni
tekshirish usullari
Stomatologik bemorlarni tekshirishning, xususan og‘iz shilliq kasal-
liklaridagi bemorlarni tekshirishning juda ko‘p, o‘ziga xos usullari bor.
Umuman ular, subyektiv (bemor bilan savol-javob, so‘rov), obyektiv
(bemorlarning umumiy holatini, og‘iz bo‘shlig‘ini ko‘rish) usullariga
bo‘linadi. Obyektiv ko‘rish o‘z navbatida asosiy va qo‘shimcha yoki
yordamchi usullarga bo‘linadi.
Bu usullarni o‘tkazishdan yagona maqsad-kasallik tashxisini iloji
boricha aniq qo‘yish, o‘tkazib yuborilgan yoki bu muayan davrda
kechayotgan boshqa kasalliklarni bilishdan iborat.
Kasal bilan savol-javob, muloqot, so‘rov o‘tkazishning katta
axamiyatga ega ekanligini Gippokrat, Abu Ali Ibn Sino va undan keyin
ko‘pchilik rus olimlari (G.A. Zaharin, S.P. Botkin, M.Ya. Mudrov
kabilar) ta’kidlanganlar.
M.Ya. Mudrov bunday yozadi: "batafsil savol-javobdan keyin,
bemorning umumiy holatini aniqlash uchun, shifokor uning boshidan
oyog‘igacha ko‘rib chiqishi, bemor betiga, ko‘zlariga, peshonasiga,
lunjlariga, og‘ziga, burniga axamiyat berishi zarurki, odatda bu joylarda
kasallik belgilari aks etishi mumkin..."
Shunday qilib, batafsil o‘tkazilgan subyektiv tekshirishlar tashxis
qo‘yishda muhim o‘rin tutadi.
Shuni ta’kidlash zarurki, stomatologning vaqti chegaralanishiga
qaramay, bu kasalliklarda tekshirishlar chuqur, to‘la olib borilishi shart.
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 7 2
Bemor bilan savol-javobni pasport qismidan, shoshilmasdan boshlash
kerak: Bemorni ismi familiyasi, yoshi, kasbi kabi ma’lumotlar bilan
tanishgach, shikoyatlari, ularning qachon paydo bo‘lganligi, taxminan
(bemor fikri bo‘yicha) nima bilan bog‘liqligi va shunga o‘xshash
ma’lumotlarni bilib olish zarur. So‘rov paytida, bemor e’tiborini taxmin
qilinayotgan kasallikni belgilarini ochish maqsadida qo‘shimcha,
maqsadga yo‘naltirilgan savollar berib, kasallik belgilarini qachon, qanday
vaziyatda va nimadan keyin, nima bilan bog‘langanligini, nimalardan
kuchayishi (masalan, og‘riqni) va nimalardan yengillashishi va shu kabi
holatlarni aniqlashga stomatolog intilishi kerak.
Odatda, shifokor-stomatologga og‘riq bilan shikoyat qilib kelishadi.
Lekin, ba’zida og‘iz bo‘shlig‘ida turli noxush sezgilar borligi, noxush
xid borligi, ta’m sezishning buzilishi, yoki turli yarachalar, yaralar,
shishlar, milkdan tish tozalash paytida qon oqishi, uyquning buzilganligi,
ishtaxaning pastligi kabi juda ko‘p xil shikoyatlar bilan ham bemorlar
kelishi mumkin.
Agar, kasallar og‘iz bo‘shlig‘ida yoki tishlar, milklar, til va shunga
o‘xshash joylardagi og‘riqlar bilan kelishsa, unda og‘riqning nima bilan
bog‘liqligi, boshlangan vaqti, xurujining sabablari, joylashgan joyi, uning
jadalligi kabi holatlarni aniqlashga to‘g‘ri keladi.
Yoki og‘iz bo‘shlig‘ining ma’lum joyida yara paydo bo‘lgan bo‘lsa,
yaraning boshlangan (paydo bo‘lgan) vaqti, sababi (bemorning fikricha),
organizmning umumiy kasalliklari bor yoki yo‘qligi, yaqin oralarda o‘tka-
zilgan kasalliklar va xokazolar bilan shifokor-stomatolog tanishishi zarur.
Bemor bilan shifokor savol- javob o‘tkazayotgan paytidanoq,
kasallikni ko‘pgina belgilari, masalan, bemor yaxshi gapira olmasa, til
xarakati chegaralangan va unda og‘riqlar yoki yallig‘lanishlar sabab bo‘lib
turgan bo‘lsa yoki ayrim xarflar yaxshi talaffuz etilmasa, unda og‘iz
bo‘shlig‘ida yallig‘lanish jarayonlari, yaralar, shishlar kabi o‘zgarishlar
borligidan darak berib turadiki, buni shifokor darrov anglab oladi.
Masalan, lab shilliq qavati yoki qizil hoshiyalari yallig‘langan, ularda
patologik o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda, unda shish paydo bo‘lib, lablar
xarakati (gapirishda, ovqat qabul qilishda) og‘riq bilan kechadi, ba’zi
xarflar (m, f, b, p, v,), shu holat til shilliq pardasida bo‘lsa, l, s, r, d,
s, p, k, xarflarini talaffuzi buziladi.
Yoki, tanglaylarda kemtiklar bo‘lsa (turma, zaxm-sifilis, moxov-lepra,
jarohat-travma) ham, ma’lumki, so‘z talaffuzlari buziladi.
Shunday qilib, shifokor bemor bilan suxbatlashib, bir vaqtning o‘zida
og‘iz bo‘shlig‘i a’zolaridagi patologik o‘zgarishlar va shu bilan bog‘liq
vazifa o‘zgarishini ham bilib olishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlanganidek, og‘iz bo‘shlig‘i ichki a’zo va tizimlarining
oynasi ekanligini xisobga olib, stomatologik kasallik belgilari ichki a’zo
va tizim kasalliklari bilan bog‘langanlik darajasini shifokor-stomatolog
klinika-laboratoriya usullari, terapevtlar, endokrinologlar, psixiatr, fti-
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 7 3
ziatr, kojvenerolog, xirurg, gematolog va boshqa mutaxassisliklarda
ishlaydigan shifokorlar yordamidan foydalanishi hamma vaqt maqsadga
muvofiqdir.
Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling