Rivojlantirish instituti
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Terapevtik stomatologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paradontoz bilan og‘rigan bemorlarni davolash chizmasi
- Tashxis Davolash usuli
- Paradont kasalliklarini oldini olish- profilaktika chora-tadbirlari
- Paradontologik yordami tashkil etish, dispanserizatsiya
- M U S T A Q I L T A Y Y O R G A R L I K U C H U N S I N O V S A V O L L A R I
- IX bob OG‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ QAVATI (PARDA) NING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI, TUZILISHI, VAZIFA (FUNKSIYA)SI
- Bular quyidagi tarzda amalga oshadi: 1. O‘zidan mikroblarni o‘tkazmaslik xususiyati.
- 2. Epiteliya qavatining shoxlanib turishi.
- 4. Og‘iz bo‘shlig‘iga so‘lak, shilliq modda ajratuvchi bezlarning maxsulotlarini tushishi.
- 5. Fagositoz.
- 7. Mikroblar simbiozi (mikroblar bilan organizm orasida birga yashash, bir-biridan foydalanish, kelishuv).
- 8. Og‘iz shilliq qavatining so‘rilish xususiyati.
- 9. Og‘iz shilliq qavatining perestaltika (qisqarib-kengayish, xarakat) xususiyati.
- Og‘iz shilliq qavatining gistologii tuzilishi (oshq)
- Shunday qilib, uni quyidagi qavatlarga bo‘lib o‘rganamiz
- Xususiy og‘iz shilliq pardasi (lam. propria)
Ikkinchi bosqich — surunkali yallig‘lanishni tugatish uchun: 1. Gidroterapiya va og‘izga antiseptik ishlov berish. 2. Cho‘ntaklardagi granulyasiyani diatermokoagulyasiya bilan kuydirish (bir kurs davolashda har bir cho‘ntakka 2—3 martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak). 3. Cho‘ntak- lardan yiring chiqishi to‘xtatilgach, milk elektroforezi (askorbin kislotasi, xlorid kalsiy (kunaro almashtirilib) va shu vaqtning o‘zida aeroioniterapiya o‘tkazish. 4. Shundan keyin patologiya milk cho‘ntaklariga ferment va antibiotiklar kirgizish. 5. Desensibilizasiyalash. 6. Gigiyenik muolajalar ham yuqoridagilaridek bajariladi. 7. Ko‘rsatmalar bo‘lganda jarrohlik (gingivotomiya, gingivoektomiya) va ortopedik (tish okklyuzion yuzalarini charxlab tekislash, shinalar) davolash usullari. 8. Barmoqlar bilan automassaj (uyda), vibromassaj. 9. Umumiy davolash yuqoridagidek. Paradontoz bilan og‘rigan bemorlarni davolash chizmasi 1. Og‘izni sog‘lomlashtirish. 2. Milk darsonvalizasiyasi. 3. B1 vitamini va novokain yoki 0,1% ftorid natriy eritmasi bilan milk elektroforezi va bir vaqtning o‘zida aeroionoterapiya. 4. Vakuum davolash, flyuktuorizasiya, mikroto‘lqinli tok bilan davolash. 5. Qolgan davolash muolajalari yuqorilardagidek bajariladi. Bu sxemalar paradont kasalliklari umumiy kasalliklar bilan kechganda ham, kechmaganda ham qo‘llanadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 2 5 6 Agar umumiy kasalliklar bilan birga kechadigan bo‘lsa, umumiy kasal- likni tegishli shifokorlar (terapevt, endokrinolog va boshqalar) davo- lashadi, paradont kasalligini esa, stomatolog olib boradi, bu juda yaxshi natija beradi. Endi paradont kasalliklarini fizioterapevtik usullar bilan davolash xaqida qisqacha ma’lumotlar beramiz. Ultratovush. Ultratovush deb, eshitilmas akustik diapozonli chasto- tada — 20 kGsdan yuqori bo‘lgan muxitda zarrachalar mexanik tebra- nishlarining to‘lqinsimon tarqalishiga aytiladi. Bu maqsadda, stomatologiyada maxsus yasalgan asbob — "Ultrastom" yoki ayrim stomatologik uskunalar tarkibidagi "ultra-tovush" nako- nechniklari qo‘llanadi va bu usul tish karashlari va tish toshlarini olib tashlashda ishlatiladi. Davolash uchun ham ultratovush (yuqori-katta mexanik zarrachalar tebranishlari — 800 kGs va 3 MGsgacha) jarohatlash, so‘ndirish yoki jonlantirish, me’yorlashtirish, yallig‘lanishga qarshi kurashish, surdirish kabi ta’sir ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Davolash uchun eng yaxshi fizikaviy tezlatgich (katalizator), fizik- kimyoviy va biokimyoviy jarayonlarni qo‘zg‘atib fermentlar, membrana o‘tkazuvchanligini o‘zgartirish, surilishni kuchaytirish va biologik faol narsalarni ajratish maqsadida 0,05 dan 0,4 Vt/sm (ya’ni 1 sm yuzaga shunchadan) dagi ultratovush qo‘llanadi. Bunday apparatlardan UZ-T5, UZT-1, 02 S kabilar ishlatiladi. Uqalash (massaj) ham paradont kasalliklarini davolashda keng qo‘lla- nadi. U qo‘lda, barmoqlar bilan milklarni uqalash va maxsus apparatlar, masalan, vibromassaj apparati yordamida bajariladi. Massaj ta’sirida mu- rakkab reflektor reaksiyalar hosil bo‘lib, ular ta’sirida qon, limfa aylani- shi, modda almashishi, asab tizimi ishida ko‘p qirrali yaxshi o‘zgarishlar kuzatiladi. Retikuloentelial hujayralar xarakatlanadi, to‘qima infiltratlari so‘riladi, qon, limfa aylanishi yaxshilanadi, modda almashish jarayonlar, to‘qimalar oziqlanishi o‘z iziga tushadi va xokazo. Automassaj (o‘z- o‘zini uqalash) ni bemor uyida, tishlarni tozalashdan oldin, har bir jag‘ bo‘limiga taxminan 2,5—3 daqiqadan, tish bo‘yin qismidan ildiz uchiga tomon o‘tkazishi mumkin. Vibromassajni shifokor o‘tkazadi. Massajning yana apparat yordamida o‘tkazadigan ikkinchi turi Vakuum-massaj Kula- jenko apparati-da bajariladi. Milkning ma’lum yuzalaridan xavo so‘rilib olinadi va bu joylarda gematomalar hosil qilinadi. Bu davolash massaji keng qo‘llanadi. Vibro, vakuum-massajlar sil kasalligida, yurak-qon tomir kasal- liklarining og‘ir turlari (dekompsnsasiya)da, qon kasalligi, nevroz, diabet kasalliklarida qo‘llanmaydi. Uqalashni yana boshqa turi — bu gidro massaj. Maxsus moslama, apparatlar suv ta’sirida (suvga yaxshi xidli, engil antiseptiklar aralash- tirilishi mumkin) milklar uqalanadi, yuviladi. Agar iloji bo‘lsa, ma’dan (mineralli) suvlar ishlatiladi. www.ziyouz.com kutubxonasi 2 5 7 Elektr davolash — elektr toklari — doimiy va o‘zgaruvchan toklar keng qo‘llanadi: Galvanizasiya (elektrodlar prokladkalari suv bilan), elektroforez (prokladkalar dorilar bilan); (dorilar doimiy tok yoki ultratovush yordamida yuboriladi), diadinamik toklar, flyuktuog‘izasiya, darsonvalizasiya, diatermiya, UVCH-davolash, mikrotulkinli toklar bilan davolash, kabilar keng qo‘llanadi. Nurlar bilan davolash "Sollyuks" lampalar, UFO — nurlari, qisqa to‘lqinli ultratovush nurlari (KUF — KUN) ham paradont kasalliklarini davolashda yaxshi natijalar beradi. V.S. Ivanov (1989) o‘zining Paradont kasalliklari — kitobida quyidagi jadvalni keltiradi. Paradont kasalliklarini fizioterapiya usullari bilan davolashga ko‘rsat- malar (V.S. Ivanov, 1989). Tashxis Davolash usuli Gingivit: Kataral, surunkali Gidroterapiya, elektroforez, darsonva lizasiya, diadinamoterapiya, KUF (KUN), automassaj, vakuum davolash, lazer. O‘tkir Medikamentoz ishlov berish, KUF gidroaeroinoterapiya, lazer. Gipertrofik, shishli gingivit Elektroforez, darsonvalizasiya, diadi namoterapiya, gidroterapiya, vacuum-terapiya, massajni barcha turlari, KUF Fibrozli shakli Milk so‘rg‘ichlarini nuqtali diatermokaogulyasiyasi, iskrali darsonvalizasiyasi, gidroterapiya, parafin bilan davolash. Yarali gingivit KUF, dorilar bilan chayish, lazer. Paradontit: o‘tkir, va qaytalangan Dorilar bilan chayish, KUF, UVCH-davolash, mikroto‘lqinlar, flyuktuorizasiya, lazer. Surunkali Gidroterapiya, darsonvalizasiya, automassaj, gidroeroionodavolash, elektroforez. Paradontoz Automassaj, vibromassaj, gidromassaj, darsonvalizasiya, elektroforez. Idiopatik paradont kasalliklari Fizioterapiya qo‘llanmaydi. Paradontomalar Fizioterapiya qo‘llanmaydi. Shunday qilib, paradont kasalliklarini davolash murakkab, ko‘p qirra- li, bemor va shifokorning sabr-toqatli bo‘lishini talab qiladigan ish ekanligi sizga ma’lum bo‘ldi. Paradont kasalliklarini oldini olish- profilaktika chora-tadbirlari Sog‘liqni saqlashning eng zarur ishlaridan biri — bu kasalliklarni oldini olish — profilaktikani amalga oshirish. Stomatologik, jumladan, paradont kasalliklarini oldini olish, odam organizmining sog‘lig‘ini saqlash uchun eng oson, bajarilishi mumkin www.ziyouz.com kutubxonasi 2 5 8 bo‘lgan vazifa og‘iz tozalik qoidalarini bajarish, tish va paradont kasalliklarini oldini olishga nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Og‘iz gigiyenasiga katta ahamiyat berganlardan birinchilari bo‘lib Abul Qozim (916—1013), Abu Ali Ibn Sino (980—1037), evropoliklardan nemis jarrohi I. Ayzenberg (1661—1729) va boshqalar hisoblanadi. Yu.A. Fedorov, V.M. Koren (1973)lar og‘iz tozalik qoidalariga rioya qiladigan kishilarda paradont kasalliklari biroz kam (30,4%), rioya qilmaydiganlarda ko‘proq (48,5%) uchraganini isbotladilar. Og‘iz bo‘shlig‘ini garmoniyasi undagi so‘lak, shilliq qavatning sog‘lom bo‘lishi, tish qatorlarining tekisligi, to‘liqligi, og‘iz daxlizi, yugancha- larning me’yordaligi, parhezning o‘ziga xosligi va ovqatliklar xarakterlari bilan bog‘liq. Noto‘g‘ri qo‘yilgan plombalar, tish kovaklarining o‘tkir qirralari, no- to‘g‘ri taiyorlangan sun’iy tish protezlari, ortodontik apparatlari va mos- lamalari ovqat tiqilib qolishi va chirindilar hosil bo‘lishiga, shilliq qavat jarohatlanishiga va u bilan bog‘liq turli noxushliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Keyingi yillarda paradont, shilliq qavat kasalliklarini kelib chiqishida organizm reaktivligini pasayishi bilan bir qatorda, mahalliy salbiy ta’sirot- larga ko‘proq ahamiyat berishadi. (Tish karashlari, tish toshlari, mikroblar va metobolitik mahsulotlar, turli epiteliyni jarohatlaydigan omillar). Paradont kasalligida gigiyenik muolajalardan maqsad: 1. Gingivitlarni oldini olish va davolash. 2. Paradont to‘qimasida kechadigan regenerativ jarayonlarga sharoit yaratish. 3. Ortopedik, ortodontik davolashda paradont to‘qimasiga mikroblar ta’sirini kamaytirish. 4. Husn buzilishini to‘g‘rilash-estetik davolash. Shularni hisobga olgan holda, har bir bemorga xos va mos profilaktik chora-tadbirlar ko‘rmoq, o‘tkazish, bemor organizmidagi umumiy kasal- liklarni hisobga olgan holda profilaktik rejalar tuzish, shifokor stomato- logni asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Paradontologik yordami tashkil etish, dispanserizatsiya Surunkali qaytalanish bilan uzoq davom etadigan paradont kasallik- larini davolash uchun dispanserizasiya — hisobga olib vaqti-vaqti bilan bu bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazib, turli klinik-laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazib turib, og‘iz bo‘shlig‘i a’zolari, keragida, ichki a’zo kasalliklarini davolash chora-tadbirlarini o‘tkazish zarurdir. Demak, kompleks paradontologik yordam ko‘rsatishda stomatologlar- terapevt, jarroh, ortoped, bolalar stomatologlari hamda boshqa mutaxas- sisliklardagi shifokorlar qatnashishar ekanlar. Poliklinikalarda paradonto- logik xonalar bo‘lishi va ularda ma’lum maxsus bilimga ega bo‘lgan www.ziyouz.com kutubxonasi 2 5 9 stomatolog-paradontologlar ishlashlari kerak. Ularning asosiy vazifalarini E.V.Borovskiy va boshq. (1998) quyidagicha belgilaydi: 1) Paradontologik yordam yuqori saviyada ko‘rsatilishi kerak. 2) Davolash uchun kerakli dori-darmonlarni shifokor-terapevtlar bilan maslaxatlashib tanlash. 3) Uslubiy ishlarni tashkil etish. 4) Dispanserizasiya hisobini yo‘lga qo‘yish. 5) Fan va amaliyot yangiliklarini paradont kasalliklarini davolashga kiritib borish. 6) Yangi ish tartiblari va davolash profilaktika ishlarini takomil- lashtirish. Paradontologik xonada stomatolog uskuna, tish toshlari, karashlarini olib tashlash uchun ultratovush apparati, vakuum — apparat (Kulajenko apparati), tish toshlarini olishga mo‘ljallangan asboblar, jarrohlik muola- jalarini bajarish uchun qaychilar, skalpellar, kyuretkalar, ekskovatorlar, tish karashlarini aniqlash (indeksasiya) uchun turli bo‘yoqlar (fuksin suyuqligi, Shiller-Pisarev sinamasi uchun lyugol eritmasi), sitologik, bak- teriologik tekshiruvlar uchun idishlar, moslamalar kabilar bo‘lishi kerak. Poliklinikalarda gigiyenik xonalar bo‘lishi va u yerga yordam so‘rab kelgan bemorlarni tish tozalash qoidalari bilan tanishtirish, gidroterapiya xonasida esa, maxsus moslama yordamida tishlarni, og‘iz bo‘shlig‘ini 1—2 atmosfera bosim ostida beriladigan suv bilan (unga turli xushbo‘y — aromatik suyuqliklar aralashtirilishi mumkin) yuviladi. Bu bir vaqtning o‘zida gidromassaj vazifasini ham bajaradi. Dispanserizatsiya deganda, biz ma’lum kasalliklar-uzoq, davom etadigan, o‘z davomida turli asoratlarni keltirib chiqaradigan kasalliklar (gullagan kariyes kasalligi, og‘iz shilliq pardalarining juda ko‘p turdagi kasalliklari) jumladan, paradont kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni hisobga olib, maxsus hisob daftarlari ochib, kasallik tarixida maxsus belgilar "P" qo‘yib, ularni vaqti-vaqti bilan taklif etib, kasallikni asorat- larini oldini olishga qaratilgan ishlarni bajarishni tushinmog‘imiz kerak. M U S T A Q I L T A Y Y O R G A R L I K U C H U N S I N O V S A V O L L A R I 1. Paradont kaslliklarini maxalliy va umumiy davolash nimalar bilan farqlanadi? 2. Paradont kasalliklarini davolash prinsip-tutumlari nimalardan iborat? 3. Maxalliy davolash usullarini sanab bering? 4. Umumiy davolash usullarini aytib bering? 5. Gingivitlarni davolash usullarini aytib bering? 6. Paradont bilan og‘rigan bemorlarni daovlashda nimalarga e’tibor berish zarur? 7. Paradontitni davolashda qaysi zamonaviy usullarni qo‘llash mumkin? 8. Paradont kasalliklari qaysi fizioterapevtik usullar qo‘llash mumkin? 9. Paradont kasalliklarini oldini olish usullarini aytib bering. www.ziyouz.com kutubxonasi 2 6 0 IX bob OG‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ QAVATI (PARDA) NING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI, TUZILISHI, VAZIFA (FUNKSIYA)SI Og‘iz shilliq qavati (OSHQ) undan keyin joylashgan a’zolarni, hamda odam tanasini tashqi muxit ta’sirotlaridan qo‘riqlab, ximoya qilib turadi. Bular quyidagi tarzda amalga oshadi: 1. O‘zidan mikroblarni o‘tkazmaslik xususiyati. Sog‘lom shilliq qavat deyarli hamma turdagi mikroblarni o‘zidan o‘tkazmaydi. Faqatgina ayrim kasalliklarni keltirib chiqaradigan — chuma — o‘lat; tulyaremiya,. yashchur, zaxm-sifilis kabilarni mikroblari, spiroxetalari o‘tishi mumkin. 2. Epiteliya qavatining shoxlanib turishi. Bu holat shilliq qavat yuzasini tozalab, jumladan, mikroblardan ham tozalab turadi. 3. Shilliq qavat to‘qimasining qayta hosil bo‘lish qobiliyati (regenerasiya). Bu xususiyat og‘iz shilliq qavatida nihoyatda rivojlangan. Bu hol ham mikroblar kiradigan yo‘llarni tez orada bekilishiga sabab bo‘ladi. 4. Og‘iz bo‘shlig‘iga so‘lak, shilliq modda ajratuvchi bezlarning maxsulotlarini tushishi. Og‘iz bo‘shlig‘iga so‘lak va uning tarkibidagi fermentlar shilliq modda va shunga o‘xshash nihoyatda zarur moddalarning tushishi bu yerdagi maxalliy immunologik holatni kuchaytiradi. Leykinlar parchalangan leykositlarda hosil bo‘lib, mikroblarni eritadi yoki ba’zi bakteriyalarni (bo‘g‘ma-difteriya, tayoqchasi, qorin tifi, ich terlama) o‘sishini to‘xtatadi. Og‘iz bo‘shlig‘ining immunologik holatini yaxshilashda Lipaza fermenti (ular so‘lak tarkibida bor) katta rol o‘ynaydi. Bu ferment so‘lak tarkibidan tashqari, limfositlardan va ayrim bakteriyalardan hosil bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida, masalan surunkali qaytalanuvchi aftozli stomatitda lipazaning miqdori pasayadi. 5. Fagositoz. Og‘izda mikroblar ko‘payganda, fagositoz kuchayadi va bu bilan organizmni qo‘riqlash ma’lum darajada ta’minlanadi. 6. Kapillyarlar qon tomirlarining o‘tkazuvchanligini oshishi. Buning ham yaxshi, ham yomon tomonlari bor. Bu holat kasallik bor paytda, organizmda kechadigan umumiy qon tomirlar kasalligi va boshqa sabablar oqibatida bo‘lishi mumkin. Yaxshi tomoni, kerakli dori-darmonlarni og‘iz bo‘shlig‘i orqali so‘rilib tez fursatda yordamini ko‘rsata olishi bo‘lsa, yomon tomoni-turli zararli dorilar, zaharlarni ham so‘rilishidir. 7. Mikroblar simbiozi (mikroblar bilan organizm orasida birga yashash, bir-biridan foydalanish, kelishuv). www.ziyouz.com kutubxonasi 2 6 1 Og‘iz bo‘shlig‘ining xususiy mikroblari tashqaridan kiradigan patogen mikroblarga qarshilik ko‘rsatishi, antogonist bo‘lish holati. Kasalliklarda, tananing qarshilik ko‘rsatish qobiliyati pasayganda og‘izdagi, ichaklardagi va boshqa a’zolardagi saprofit (kasal chaqirmaydigan) mikroblar patogen (kasallik chaqiruvchi)ga aylanishi mumkin. 8. Og‘iz shilliq qavatining so‘rilish xususiyati. Og‘iz bo‘shlig‘i a’zolarining barchasi qon tomirlarga boy. Surilish qobiliyati yaxshi rivojlangan. 3 Juft katta so‘lak bezlari, (gl. parotis, gl. Sublingvalis, gl. Submaxillaris.) juda ko‘p shilliq bezlar og‘iz bo‘shlig‘iga ochiladi. Buning yaxshi tomoni — dorilarni so‘rilishi, ovqat hazmlanishining og‘iz bo‘shlig‘idan boshlanishi, mikroblarning, ovqat qoldiqlarining, shoxlangan epiteliyning yuvilishi kabilardir. Yomon tomoni esa, turli zaharli, organizmga salbiy ta’sir etuvchi dorivor narsalarning so‘rilishidir. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida perestaltika yoki shunga o‘xshashlar tez o‘lish uchun sianli kaliy kabi zaharlarni og‘iz bo‘shlig‘iga olishi bilan 1-2 daqiqa ichida, nafas yo‘llarini shol bo‘lishi natijasida hayotdan ko‘z yumadilar. Yoki, boshqa bir misol, yurak xastaliklarida validol kabi dorilar kerakli paytlarda til ostiga qo‘yilsa, bular tez orada so‘rilib, og‘ir kasalliklarni oldini olishi mumkin. 9. Og‘iz shilliq qavatining perestaltika (qisqarib-kengayish, xarakat) xususiyati. Og‘iz bo‘shliqi shilliq qavatida perestaltika yoki shunga o‘xshash xarakat borligi yaqin yillarda aniqlangan. Asosan lunjlar shilliq qavatida. Buning faqat foydasi bor. Ovqatlik moddalarini so‘rib, tomoqqa yaqinlashuviga ko‘maklashadi, ovqat hazm bo‘la boshlash jarayonini engilashtiradi. Shunday qilib, og‘iz bo‘shlig‘i ovqat hazm qilish yo‘lining boshlang‘ich qismi bo‘lib, u daxliz va xususiy og‘iz bo‘shlig‘idan iborat. Daxlizga kirish qismidan boshlanadi va tomoq bilan tugaydi: 1) Daxlizga (og‘iz bo‘shlig‘iga) kirish qismi. 2) Daxliz. 3) Xususiy og‘iz bo‘shlig‘i. 4) Tomoq. Daxlizga kirish qismini (rima oris) ikki lab orasi deb tushuniladi. Daxlizni oldini va yonlarini lablar ichki qismi — bir biriga tegib turgan tishlar va milklar tashqi yuzlari tashkil etadi. Og‘izning xususiy bo‘shlig‘ini yon devorlarini lunjlar shilliq pardalari, pastki devorini jag‘ va til osti mushagi ustida yotgan til (ular og‘iz bo‘shlig‘ini tubini tashkil etadi), tepa chegarasini yumshoq va qattiq tanglay tashkil etadi. Yumshoq tanglay erkin tortilgan mushak plastinkasidan iborat, uning orqa qirrasida tilcha joylashgan. Bo‘sh qirrasida muskul bor, u esa tomoqning yon tomoniga yo‘nalgan va u tanglayni pastga tortish xususiyatiga ega. Tanglayni oldingi qismida joylashgan m. palatoglossus bo‘g‘iz-tomoq teshigini -qisqartirish, siqib turish vazifasini bajaradi va ovqatni o‘tib ketishiga yordam beradi. www.ziyouz.com kutubxonasi 2 6 2 Tanglay oldingi va orqa yostiqchalari orasida tanglay murtaglari, ular limfatik tuzilmalarga nisbatan balandroq, yuqoriroq ko‘tarilib turadi. Yumshoq tanglay chegarasida, o‘rta chizmaga yaqin, ikkala tomonda kichik chuqurchalar bor, bular katta tanglay bezlarining chiqish teshiklaridir. Og‘iz shilliq qavatining gistologii tuzilishi (oshq) OSHQ o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘ini tashqi muxitning o‘zgaruvchanligi, tushadigan mikroblardan ximoya qilib turish va ovqat hazm qilish yo‘lining boshlang‘ich qismi ekanligi bilan katta axamiyat kasb etib turadi. Daxliz va og‘iz bo‘shlig‘ining xususiy bo‘shlig‘i zich shilliq qavat bilan yopilgan, bu shilliq qavat barcha so‘lak bezlarining chiqish joylari, teshiklari atrofini ham qoplab turadi. Shilliq qavat esa ko‘p qavatli epiteliy (qoplag‘ich) bilan yopilgan. Shunday qilib, uni quyidagi qavatlarga bo‘lib o‘rganamiz: 1) Qoplagich epiteliy. 2) Og‘iz bo‘shlig‘ining xususiy shilliq pardasi, qavati. 3) Shilliq osti qavat. Qoplagich epiteliy qavat o‘z navbatida asosan 5 qavatdan iborat (yukoridan pastga qarab): 1) Shoxlanuvchi, yuza qavat. 2) Yaltiroq qavat. 3) Donador qavat. 4) Tikanaksimon. 5) Asosiy, o‘suvchi, ona qavat. Qoplag‘ich (epiteliy) qavatining qalinligi o‘rtacha 200-500 mikron- gacha bo‘ladi. Bu epiteliyning qayerda joylashgan joyiga bog‘liq. Mexanik ta’sirotlarga ko‘proq beriladigan joylarda epiteliy qalinroq bo‘ladi. Qoplagich (epiteliy) qavatlari o‘zaro protoplazmaning hujayra- lararo ko‘prikchalar yoki o‘smachalari orqali bog‘liq bo‘ladi. Bu ko‘prikchalar orqali bir qavatdan boshqa qavatlarga bemalol, uzluksiz tonofibrillar o‘tgan. Tonofibrillar mexanik vazifani bajaradi, hujayralarni o‘zaro bog‘lab turadi, epiteliy qavatini egiluvchanligi va chidamligini ta’minlab turadi. Epiteliy qavati pastki biriktiruvchi to‘qima qavati bilan bazal membra- na yordamida bog‘lanadi. Bazal membrana argirofil tolalalari, ipchala- ridan tashkil topgan, bu ipchalar bazal qavat hujayralarining sitoplazma- lari o‘simtalari bilan zich bog‘liqligi elektron mikroskopda ko‘rinadi. Xususiy og‘iz shilliq pardasi (lam. propria) Epiteliy — qoplag‘ich pardadan keyin joylashadi. Bu qavat zich qo‘shuvchi to‘qimadan iborat va u juda ko‘p so‘rg‘ichlar yoki o‘simtalar hosil qilib, bular epiteliy qavatiga kirib turadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 2 6 3 Bulardan epiteliy qavatini oziqlantiradigan qon va asab tomirlari o‘tadi. Bularga muvofiq epiteliy so‘rg‘ichlari ham xususiy qavatga kirib boradi. Shilliq osti qavati: Xususiy og‘iz shilliq pardasi silliq, chegarasiz shilliq osti qavatira utadi. Shilliq osti pardasi yumshoq qo‘shuvchi to‘qimadan iborat. Shuni aloxida ta’kidlash zarurki, shilliqosti pardasi og‘iz bo‘shlig‘ining hamma yerida — bo‘limlarida bir xil (qalinlikda) joylashmagan. Til va milklarda, qattiq tanglay chekka qismlarida, tanglay o‘rta chizig‘ida shilliq qavat yupqa, ba’zi mualliflar bu joylarda shilliq osti parda yo‘q deb ta’kidlashadi, go‘yoki bu joylarda xususiy og‘iz shilliq pardasi bevosita (ya’ni, shilliq osti parda yo‘qligi tufayli) muskullararo qo‘shuvchi to‘qimaga yoki shu joydagi suyaklarning suyak ustki pardasiga o‘tadi deyishadi. Yuqorida aytilgani, og‘iz shilliq pardasi butun og‘iz bo‘shlig‘ini qoplab turish bilan birqa, og‘iz bo‘shlig‘iga ochiladigan barcha bezlarning (shilliq, yog‘ va so‘lak bezlarining), chiqish teshiklarini ham yopib turadi. Og‘iz shilliq pardasi tomoqqa, nafas yo‘llariga va qizilo‘ngach, oshqozon va pastki organlarga ham o‘tadi, bu esa ularning xossalari umumiyligidan dalolat beradi. Og‘iz shilliq pardasining xarakatlanishi ham xar xil. Yaxshi xarakat- lanuvchi, qo‘zg‘aluvchi joylari-og‘iz daxlizidagi o‘tuvchi burmalar, og‘iz bo‘shlig‘ining tubi va boshqa ayrim joylarida (lablar, yumshoq tanrlay) shilliq osti qavatining yaxshi rivojlanganligi, limfa qon tomirlari borligi tufayli, so‘rilish xususiyati yaxshi rivojlangan. Bu ham yaxshi (dorilar surilish), ham yomon (zaharli moddalar so‘rilishi, infeksiyaning tarkalishi) ekanligi yukorida batafsil bayon etildi. Lablar, lunjlar, yumshoq tanglay va og‘iz tubi xarakatchan va beriluv- chan, chunki bu joylarda epiteliy va xususiy pardadan tashqari, yumshoq qo‘shuvchi to‘qima va yog‘ to‘qimalari va ularni kesib o‘tgan qon, limfa tomirlari va asab tolalaridan iborat qalin shilliq qavat joylashgan. Alveola o‘simtalarini, tanglay balandliklarini, qattiq tanglayning oldingi qismini qoplab turgan shilliq parda zich, xarakatsiz yoki kamxara- katlidir, chunki bu joylarda shilliq osti parda yo‘q yoki juda kam qalinlikda, rivojlanmagan. Til shilliq qavatida ham shilliq osti parda yo‘q. Shilliq qavat bevosita muskullararo qo‘shuvchi to‘qimaga kirib ketgan, shuning uchun til shilliq pardasi ham xarakatsizdir. Til yuzasida 4 turdagi so‘rg‘ichlar mavjud. 1) Ipsimon (papilh filiformis). 2) Zamburuqsimon (pap. fungiformis). 3) Yaproqsimon (pap. foliatae). 4) Aylanmasimon (pap. circumvalatae) www.ziyouz.com kutubxonasi 2 6 4 Ipsimon so‘rg‘ichlar til satxining hamma yerida joylashgan bo‘lib, ular asosan mexanik vazifani bajaradi. Bu so‘rg‘ichlar epiteliysining yuza hujayralari shoxlanadi, oqishroq tusga aylanadi, qisqaradi. Turli oshqozon-ichak kasalliklarida bu so‘rg‘ichlar oqish tusga kirib, klinikada qoplangan til deb ataydigan holat yuzaga keladi. Zamburug‘- simon so‘rg‘ichlar qizil donachalar yoki nuqtalar shaklida ko‘zga tashlanadi, bular ipsimon so‘rg‘ichlar orasida joylashgan, asosan tilning oldingi 2/3 satxida. Bu so‘rg‘ichlar orqali kapillyar qon tomirchalari ko‘rinadi, shuning uchun ular qizil tusda ko‘rinadi. Yaproqsimon so‘rg‘ichlar tilning yonlarida joylashgan. Aylanasimon (qopqoqsimon) so‘rg‘ichlar til tomiri, ildizi va tanasida V-simon bo‘lib joylashgan. Til o‘rtasida, aylanasimon so‘rg‘ichlar orqasida ko‘r teshik (foramen coecum) joylashgan. Ko‘r teshik orqasida va yonlarida follikulyar apparat joylashgan va u ba’zi kasalliklarda shishadi, kattalashadi. Til ildizining yonlarida chap va o‘ng tomonida — murtakchalar, bodomcha bezlar joylashgan. Ularning so‘rg‘ichlari va bo‘rtgan joylari epiteliyga kirib turadi. Ularga qon tomirlar va asab tolalari kirgan. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling