Rivojlantirish instituti
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Terapevtik stomatologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og‘ir kechadigan paradontoz
- Paradontning idiopatik kasalliklarining klinikasi, tashhisi, qiyosii tashhisi
- Rentgenologik
- Gistologik
- Davolash
- M U S T A Q I L T A Y Y O R G A R L I K U C H U N S I N O V S A V O L L A R I
- Paradont kasalliklarini mahalliy va umumiy davolash usullari
- Davolash bir necha bosqichlardan iborat.
Engil paradontozda bemorlar shikoyat qilmaydilar, bor mayda-chuyda o‘zgarishlar (qichish, achish kabilar)ga axamiyat bermasdan shifokorga murojat etmaydilar. www.ziyouz.com kutubxonasi 2 3 9 Obyektiv ko‘ruvda milk tishga yopishib turishi, oqishroq rangdaligi, tish toshlari deyarli yo‘qligi, mikrobli karashlar yo‘qligi (agar bemor muntazam tishlarini tozalab tursa), oldingi tishlardagi milk salgina o‘tirib qolganligi, rentgenogrammada tishlararo to‘siqchalar balandligini pasayganligi qayd etiladi. O‘rta paradontozda estetik kemtik (tish ildizlarining ochilib qolishi xusnni buzadi), tishlar sarg‘ayishi, bo‘yin qismlarining issiq, sovuq, nordon kabi ta’sirotlardan og‘rishi kabi bemor shikoyatlari paydo bo‘ladi. O‘rta paradontoz uchun tish ildizlarining 1/2 gacha ochilib qolishi xarakterlidir. Og‘ir kechadigan paradontozda ildiz ochilib, tishlararo bo‘shliqlar paydo bo‘ladi va ildizning 1/2 dan ko‘prog‘i ochilib qoladi. Milklarda og‘riqlar, xarorat, kimyoviy ta’sirotlardan esa og‘riq kuchayishi, pares- teziya (tishlar qamashib qolishi, qichish, achishish, og‘riq) bemorlarni shifokorga murojaat etishga majbur qiladi. Shunday qilib, yengil paradontozda bemorlar stomatologga murojaat etmaydilar, lekin o‘rta, xususan og‘ir paradontozda davo izlab kelishga majbur bo‘ladilar. Paradontozni tashhisi qiyin emas. Klinik va rentgenologik o‘zgarishlar (tish ildizlarining ochilib qolishi, alveola suyagi o‘simtalarining bir tekis- likda, barcha tishlar joylarida atrofiyasi) tashhis qo‘yish uchun etarli. Qiyosiy tashhis ba’zi sindromlar bilan o‘tkaziladi. Paradontozdagi qon tomirlar, asab tolalari va tish qattiq to‘qima- laridagi o‘zgarishlar organizmda kechadigan surunkali umumiy kasalliklar oqibatida rivojlanadigan distrofik o‘zgarishlar tufayli bo‘lib, ular ikkilam- chi, paradontozning o‘zi bilan bog‘liq bo‘lmagan patologik o‘zgarish- lardir. Paradontning idiopatik kasalliklarining klinikasi, tashhisi, qiyosii tashhisi Idiopatik kasalliklar deb, klinik ko‘rinishi, kechishi va nima bilan tugashi yuqorida keltirilgan paradont kasalliklariga o‘xshamagan, lekin paradontoliz (paradont to‘qimalarining so‘rilishi, yemirilishi) bilan kechadigan, bularning ham kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan paradont kasalliklariga aytiladi. Bularga bir necha belgilar yig‘indisi — sindromlar va kasalliklar (neytropeniya, agammaglobulinemiya, Papiyon-Lefevra sindromi, Xend- Shyuller-Krischen kasalligi, Desmodontoz, qandli diabet va hokazolar) kiradi. Desmodontoz (periodontoz) 1949- yilda Amerika paradontologiya akademiyasi tomonidan yallig‘lanishsiz, paradont to‘qimasining degene- rativ distruksiyasi bilan, tish qimirlashi, tish-milk cho‘ntagi hosil bo‘lishi www.ziyouz.com kutubxonasi 2 4 0 bilan kechadigan paradontning idiopatik kasalligi e’lon qilindi. Ulargacha Wotlieb 1920- yilda "Alveola suyagining diffuz atrofiyasi" deb unga perio- dontoz degan nom bergan. Fransiyaning tadqiqotchilari esa desmodontoz nomini berishni taklif etishgan, chunki, bundan maqsad, kasallikdagi tish aylanma boylami va periodont tolalarining jarohatlanishi, zararlanishi bo‘lishiga urg‘u berish edi. Kelib chiqishi sabablari noma’lum. Kasallik simmetrik (kesuvchi va birinchi molyarlar) ravishda uchrab, milk musti va milk osti toshlari bo‘lmasdan, chuqur tish milk cho‘ntaklari bo‘lib, ulardan zardobli, yiringli ekssudat ajralib chiqishi, tishlar qimir- lashi, ikkilamchi travmatik okklyuziya hosil bo‘lishi, kasallik joylashgan tishlarning pulpalarining elektrosezuvchanligi pasayganligi bilan kechadi. Tish olinsa, katak bitishi yaxshi kechadi. Rentgenologik tekshirish suyakni diffuz emirilishi, so‘rilishi klinik kechishiga nisbatan chuqurroq ekanligini ko‘rsatadi. Gistologik tekshirish epiteliyning o‘zgarmaganligi, shilliq osti qavatida gipervaskulyarizasiya, kapillyarlar devorining qalinlashuvi, limfoplaz- masitar infiltrasiya, gialinli skleroz kabi o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Perio- dont to‘qimasi shishgan (otek), qo‘llagen tolalar gialinozga uchragan, sement so‘rilgan. Suyak kompakt plastinkasi yupqalashgan, paradontning kompensator vazifasining bajarilmasligi xarakterlidir. Qiyosiy tashhislash paradontit (jarohat oqibatida kelib chiqqan), jarohatdan keyin bo‘ladigan osteoliz siklik neytropeniya, gistositoz, Papiyon-Lefevra sindromlari kabilar bilan bo‘lishi kerak. Bemorni davolash asosan kasallik belgilarini (simptomatik) davolash- dan iborat. Tish-milk cho‘ntaklarini tozalash-kyuretaj, tishlarni depulpat- siya qilib, keyin gingivotomiya operatsiyasini o‘tkazib, formalinlashtiril- gan transplantatlar kirgizish, qo‘yish kabilar. Tirokalsionin foydali, chun- ki suyak yemirilishini to‘xtadi. Chuqurlashgan jarayonlarda tishlar olinadi. Eozinofilli granulema yoki Leterer-Sive va Xend-Shyuller-Krischen kasalligi, keyingi vaktlarda "Gistositoz X" nomi bilan yuritiladigan idiopatik paradont kasalligi ham bor. Eozinofilli granulema bolalarda va katta yoshdagi odamlarda, gistiositoz X esa, asosan bolalarda uchraydi. Eozinofilli granulema klinikada diffuz va o‘choqli — maxalliy shaklda uchraydi (A.A. Kolesov va boshqalar, 1976). Og‘iz bo‘shlig‘ida gingivit, tish milk va suyak cho‘ntaklari, tishlar qimirlashi qayd etiladi. Rentgenogrammada osteoporoz va suyak to‘qimasining yemirilishi, so‘rilishi ko‘rinadi. O‘choqlisida kompensator reaksiya yaxshi rivojlangan bo‘lib, o‘choq atrofi sklerozlashgan. Patomorfologiyasida retikulyar hujayralar, eozinofillar yig‘ilishi, dimfomakrofagal infiltrasiyani ko‘rish mumkin. Leterer-Sive kasalligining og‘ir klinik kechishida et uyushishi, xarorat ko‘tarilishi, terining ranggi oqish bo‘lishi, xarakatsizlik, ozish va ishtaha www.ziyouz.com kutubxonasi 2 4 1 yo‘qolishi, gepato va splenomegaliyalarni ko‘rish mumkin. Og‘iz bo‘shlig‘ida generallashgan paradontit suyak yemirilishining avjidaligi qayd etiladi. Rentgenologik tekshiruvda — osteoporoz, alveolalararo to‘siqchalarning yemirilishi, xattoki kasallik joylashgan o‘choqda jag‘ suyagining so‘rilishi kuzatiladi. Xend-Shyuller-Krischen kasalligini, shuningdek, retikulogistio- sitozlar ham deyiladi. U qandsiz diabet, ekzoftalm, suyaklarda o‘smasimon o‘zgarishlar, bemorlarning o‘sishdan, rivojlanishdan orqada qolishi bilan kechadi. Og‘izda generallashgan paradontit ko‘rinishi, rentgenogrammada jag‘ suyaklari alveola o‘simtalarining destruksiyasi bo‘ladi. Gistiositozlarni davolash uchun stomatolog albatta, onkolog va gematologlar bilan birga xarakat qilishi shart, chunki ular (onkolog, gematolog) gormonal preparatlar, sitostatiklar, oqsil anabolizatorlari, antibiotiklar, desensibilizatorlar, ftor va boshqa organizmni umumiy davolash choralarini ko‘radilar. Stomatolog maxalliy davolash chora- tadbirlari — tish toshlarini olish (apilikasion og‘riqsizlantirilgandan so‘ng) tish-milk cho‘ntaklarini kyuretajlash, ba’zida tishlarni olib tashlash ortopedik davolash usullarini qo‘llash bilan shug‘ullanadi. Yana bir kasallik — Lefevra-Papiyon sindromidir. Bu kasallik-sindrom jag‘ alveola o‘simtalarining yemirilishi bilan xarakterlanadi, tish olingach so‘rilish to‘xtaydi. Kelib chiqishi-etiologiyasi noma’lum. Irsiy kasallik deb qaraladi. Bunda og‘izdagi o‘zgarishlardan tashqari ko‘l va oz (tovon) terilarining tushishi (keratodermiya) xarakterlidir. Klinika va rentgeno- logik o‘zgarishlar paradontitga to‘g‘ri keladi. Davolash belgilariga qarab (simptomatik) o‘tkaziladi. E.V. Borovskiy va boshq. (1989, 1998) idiopatik kasalliklarini asosan paradontoliz bilan kechishini ta’kidlaydilar. Paradontoliz degani, paradont to‘qimalarining emirilishi, so‘rilishi demakdir. Bunga asosiy xarakterga ega bo‘lgan o‘zgarishlar, ularcha quyidagilardan iborat: 1. Paradont to‘qimalarining barchasida boshlanadigan buzilishlar to‘xtovsiz davom etadi va 2—3 yil ichida tishlar "to‘kilib" bo‘ladi; 2. Tish-milk cho‘ntaklariga nisbatan tez orada hosil bo‘lib, ular-dan yiring ajralishi, tishlar qimirlashi, o‘z o‘rnidan qo‘zg‘alishi mumkin; 3. O‘ziga xos retgenologik suyak tukimasidagi o‘zgarishlar- vertikal holdagi destruksiya, suyak cho‘ntaklari, bo‘shliqlar hosil bo‘lib, suyak to‘qimasining qisqa muddatda butunlay yemirilishi, so‘rilib ketishi kuzatiladi; 4. Suyak to‘qimasida, asosan osteoliz jarayonlari (qandli diabet misolida) kechadi. Shunday qilib, paradontitning idpopatik kasalliklari anchagina, xali o‘rganilmaganlari ham bo‘lishi mumkin. Ularni tashhislash, qiyosiy tashhislash, iloji boricha davolash stomatologiyasining asosiy va og‘ir vazifalaridan xisoblanadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 2 4 2 Paradontomalar Paradont to‘qimasida o‘sma va o‘smasimon kasalliklar paradontoma- lar deb yuritiladi. Bu tur kasalliklarni davolash usullari jarrohlik yo‘llari bilan bo‘lgani sababli, bu ma’lumotlar jarrohlik stomatologiya o‘quv kitoblari, darsliklar, qo‘llanmalarida batafsil keltiriladi. Lekin, terapevt-stomatolog og‘iz bo‘shlig‘ida uchraydigan bu xastaliklarni bilishi, bir-biridan farqlay olishi, og‘iz bo‘shlig‘idagi boshqa o‘zgarishlar-gipertrofik gingivit, ayrim milk so‘rg‘ichlarining kattalashib qolishi va ularning maxalliy ta’sirotlar bilan bog‘liqligi kabi masalalarni bilishi shart. Bunday kasalliklar asosan uchtadir: milk fibromatozi, epulis va paradontal kista. Albatta. milkda boshqa shishlar, o‘sma va o‘smasimon, masalan saraton (rak) ham bo‘lishi mumkin. Milk fibromatozi kamdan-kam uchraydigan kasallik-holat xisoblanadi, faqat katta yoshdagi odamlarda uchraydi. Sababi noma’lum. Irsiy kasallik bo‘lib xisoblanadi. Asta-sekin rivojlanadigan, qattiq, bosganda og‘riqsiz do‘mboqsimon o‘smalar barcha alveola o‘simtalari yoki ayrim joylarda, ko‘pincha oldingi tishlar atrofida joylashadi. U yerda yallig‘lanish bo‘lmaydi. Bemorlar milkda ajabtovur, noxush ko‘rinish borligiga shikoyat qiladilar. Erkak va ayollarda, ayrim paytlarda bolalarda ham uchraydi. Gipertrofik gingivitdan farqi, fibromatozda faqat tishlararo milkda emas, balki alveola milkida ham shakl o‘zgarishlar (deformasiya), undan tashqari ham og‘iz bo‘shlig‘i, ham og‘iz daxlizi tomonlardagi milk, go‘yoki bo‘rtgan, shishgansimon shakliy o‘zgarishda bo‘lib, ancha xusnbuzarlikka sabab bo‘ladi. Milk ranggi o‘zgarmagan. Gistologik o‘zgarishlar asosan, zich bog‘lovchi kollagen tolalar ko‘pligi, ularda qon tomirlar kam, kichik nuqtali infiltrasiyadan iborat. Rentgenogrammalarda osteoporoz holati, ba’zida alveolalararo suyak o‘simtalarining emirilishi kuzatiladi. Davolash jarohlik usuli bilan olib boriladi. Epulis kattalarda ko‘proq, bolalarda ozroq uchraydi. Fibrozli, tomirli va katta hujayrali epulis turlari mavjud. Yakuniy tashhis faqat gistologik tekshiruv natijasida qo‘yiladi. Rentgenda o‘choqli, chegaralangan osteoporoz ko‘rinadi. Klinik ko‘rinishi gipertrofiyalashgan milk so‘rg‘ichlari shaklida ko‘rinadi, albatta qiyosiy tashhislash zarur. Epulislar rivojida ko‘pincha maxalliy ta’sirotlar (tish toshlari, olinmagan ildiz, plomba va kariyes kovagining o‘tkir qirralari va boshqalar) sababchi bo‘lishi mumkin. Davolash jarohlik usuli bilan, ba’zida 1-2 tish olinishi va olingan joyni elektrokoagulyasiya bilan tugatish talab etiladi. Paradontal kista paradont kasalligining uzoq davom etishi natijasida paydo bo‘ladi. Bunda og‘iz shilliq pardasi epiteliysi patologik cho‘ntak bo‘ylab o‘sadi, suyak ustki pardasini ajralishiga olib keladi. Boshida bilinmasligi, keyinchalik esa shishib chiqishi bilan klinikada ko‘rinadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 2 4 3 M U S T A Q I L T A Y Y O R G A R L I K U C H U N S I N O V S A V O L L A R I 1. Gingivit deganda nimani tushunasiz? 2. Paradontitni ta’riflab bering. 3. Paradontoz kasalligi ko‘proq qaysi yoshdagi odamlarda uchraydi, nima sababdan? 4. Paradont kasalliklari o‘zaro qanday farqlanadi? 5. Gingivit, paradontit kasalliklarining o‘xshash va farqli tomonlari nimalarda? 6. Paradont kaslliklari ko‘pincha qaysi sabablardan paydo bo‘ladi? 7. Idiopatik paradont kasalliklariga kiradigan xastaliklar qaysilar? 8. Paradontit va paradontozni bir-biridan farqlanishini asoslab bering. Paradont kasalliklarini mahalliy va umumiy davolash usullari Paradont kasalliklarini davolashdan maqsad, mahalliy etiologik omil- larning salbiy ta’sirotlarini yo‘qotish yoki kamaytirish va paradont to‘qi- malarida sodir bo‘lgan funksional va tuzilish o‘zgarishlarni iloji boricha tiklashdan iborat. Paradont kasalliklarini davolash eng murakkab vazifa- lardan biridir. Paradont kasalliklarini davolash nafaqat to‘qimadagi yal- lig‘lanish jarayonlarini yo‘qotish, balki umumiy organizmning muxofaza kuchlarini va ahvolini tiklashga qaratilishi kerak. Paradont kasalliklari orasida yallig‘lanish bilan kechadigan gingivit, paradontit kasalliklari eng ko‘p uchraydi. Davolash bir necha bosqichlardan iborat. 1. Kasallikni keltirib chiqaradigan sabablarga qaratilgan etiotrop davolash usullari. 2. Paradont to‘qimasida kechadigan turli yallig‘lanish va to‘qima buzilishlariga ta’sir etuvchi patogenetik davolash usullari. 3. Tana ximoya va moslashish mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan davolash usullari. 4. Tiklash (reabilitasiya) davolash usullari. Bu murak- kab vazifalarni bajarish uchun, qo‘llanadigan omillar ma’lum tartib — prinsiplarga tayangan bo‘lishi shart. Shuning uchun paradont kasallik- larini biz (T.X.Safarov) ishlab chiqqan davolashda quyidagi tutum (prinsiplarga) amal qilmoq yaxshi natija beradi. 1. Davolash majmuaviy- kompleksli bo‘lishi-davolash usullari va vositalari paradont to‘qimasiga va bemor organizmiga ta’sir etishi to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi kerak. 2. Har bir bemorga individual kompleks davolash usullarini va vositalarini qo‘llash zarur. Hamma kasallarni davolash sxemalari, ya’ni hammabop usullar bo‘lmasligi kerak. 3. Tanlangan kompleks davolash usullari va vositalari har bir bemor uchun undagi holatga asoslangan bo‘lishi kerak. 4. Turli kompleks davolash usullari va vositalari ma’lum tartibda birin- ketin olib borilishi shart. 5. Paradont kasalligini davolash mumkinligiga shifokor va bemor ishonchi bo‘lishi shart. 6. Kasallik remissiyasida — shoshilinch davolash usullarini qo‘llashni keragi bo‘lmaganda, paradont www.ziyouz.com kutubxonasi 2 4 4 to‘qimasida modda almashinuvini idora qilib turadigan davolash muolaja- lari o‘tkazilib turilishi kerak. Mahalliy va umumiy davolash usullari deganda, biz ularning o‘zaro bog‘liqligi, bir-birini to‘ldirishi zarurligi uchun shartli ravishda shunday deb ataymiz. Shunday qilib, etiotrop davolash usuli deb, mahalliy paradontga salbiy ta’sir etuvchi omillarga qarshi yoki ularning yo‘q qilishga karatilgan kompleks davolash usullari va vositalarini tushunishimiz lozim ekan. Bularga quyidagilar kiradi. 1. Og‘iz bo‘shlig‘i tozalik qoidalarini bajarish- ga bemorlarni o‘rgatish va ularni to‘liq bajarilishini ta’minlash. 2. Tish karashlari (mikrobli karashlar, yumshoq karashlar) va toshlarini olib tashlash. 3. Tish okkyuzion yuzalari tekisligini ta’minlash yoki ularni tekis qismi, yo‘qligiga e’tibor berish. 4. Aproksimal tish yuzalarida joylashgan kariyes kovaklarini plombalashda tegib turadigan nuqtalar hosil qilish, ortiqcha plomba ashyolari paradont to‘qimasiga salbiy ta’sir etishini oldini olish. 5. Noto‘g‘ri tayyorlangan ortopedik va ortodontik protezlar, moslamalarni yaxshilariga almashtirish, tuzatish. 6. Tish, til yuganchalari anomaliyalari, prikus apomaliyalarini tuzatish, davolash, to‘g‘rilash. 7. Bir tomonda ovqat chaynash, chekish, kasbga bog‘liq va shunga o‘xshash yomon qiliqlarni yo‘qotish chora-tadbirlarini o‘tkazish. Yuqorida ko‘rsatilgan, ko‘pincha paradont to‘qimasiga mahalliy salbiy ko‘rsatadigan omillarni yo‘qotish asosiy etiotrop davolash komplekslariga kiradi. Mahalliy davolash Paradont kasalligining qaysi turi bo‘lmasin, mahalliy davolash hamma vaqt tish karashlari, toshlarini olib tashlashdan boshlanadi. Buning uchun "Ultrastom" apparati va shunga asoslangan ultratovush vositalari (masa- lan, "Ergostar" markali stomatologik uskunada maxsus skaller — bor) yordamida ishlash yaxshi samara beradi. Undan tashqari plomba, ortopedik va ortodontik protezlar, moslama- larni kamchiliklarini (plombaning milkka kirgan yoki uni bosim turgan qismlarini, milkka chuqur kirib turgan sun’iy koronkalar va shunga o‘xshash salbiy ta’sirotlarni) yo‘qotish, prikus patologiyalarini davolash kabi ishlar bajarilishi kerak. Albatta, og‘iz gigiyenasi (tozaligi) qoidalarini bajarish, mikroblarga qarshi 0,06% xlorgeksidin eritmasi bilan og‘iz bo‘shlig‘ini chayish, para- dontdagi yallig‘lanishni kamaytiradi, karash yirilishini to‘xtatadi. Yana og‘izni turli antiseptiklar, turli dorivor o‘simliklar damlamalari bilan chayish ham yaxshi foyda beradi (R. T. Safarov 1999). Paradont kasalliklarida tish eleksirlari, pastalarini tanlashga shifokor yordam berishi, ko‘rsatma — tavsiyalar berishi zarur. Tish kukunlari www.ziyouz.com kutubxonasi 2 4 5 (poroshok) bilan paradont yallig‘lanishida tish tozalash maqsadga muvo- fiq kelmaydi. Davolanadigan tishlar davolanishi, olib tashlanadiganlari olib tashlanishi kerak. Mahalliy salbiy ta’sirotlar yo‘qolgach, paradont to‘qimalarida kecha- digan turli patologik o‘zgarishlarga ta’sir etadigan patogenetik kompleks davolash usullari qo‘llanadi. Bu usullar milk, suyak to‘qimalari, mikrosirkulyasiya — qon tomirlari, asab tolalariga ta’sir etadigan va shu bilan paradontdagi buzilgan, izdan chiqqan modda almashinuv jarayonini yaxshilashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Patogenetik burinlarga ta’sir etuvchi kompleks davolash usullariga dori-darmonlar (asosan yallig‘lanishga qarshi), ortopedik, jarrohlik ham- da fizioterapevtik davolash omillari kiradi. Yallig‘lanishga ta’sir etuvchi dorilardan 3%-li asetilsalisilli malham (maz) applikasiya yoki davolash boylami sifatida, 3%-li salisilat natriy malxami, butadion malxami kabilar, dorivor o‘simliklar damlamalari-1:10 tukli xandeliya, 1:20 dag‘al dala choyi, (R.T. Safarov, 1998, 1999) va boshqalar qo‘llaniladi. Tomir-to‘qima o‘tkazuvchanligini me’yorlash uchun geparin malxami (applikasiya), 5%-li aminakapron kislotasi bilan og‘izni chayish yoki milk elektroforez usulida yuborish yaxshi natija beradi. Shuningdek, elektroforez, antibiotiklar, sulfanilamid preparatlari, fermentlar, kartikosteroidlar (faqat immunologii holatga qarab), immunomodulyatorlar qo‘llanishi mumkin. Yuzaki-kataral gingivitlarni davolash uchun: 1. Og‘iz bo‘shlig‘ini sog‘lomlashtirish. 2. Tish karashlarini, toshlarini olib tashlash. 3. Turli vitaminlar (S, R, V, A, E), qabul qilishni tavsiya etish, ularning ba’zilari elektroforez usulida qo‘llanadi. 4. Keratoplastik (kuydirib chirigan to‘qima o‘rnida yangilarini hosil qildiradigan) ta’sir etuvchi (1—3%-li rezorsin eritmasi bilan 2—10%-li xlorid sink, polimineral, furin, 0,1%—0,2%-li xlorgeksidin eritmasi, dorivor o‘simliklar damlamalari kabilarni qo‘llash. 5. Uchlamchi asab (n. trigiminus) shoxlarini novokain bilan blokada qilish, diadinamik toklar, kichik to‘lqinli toklar bilan ta’sir etib, asab tolalari ishlarini me’yorlash, bo‘lgan similovchi milk og‘riqlarini yo‘qotishgacha olib kelish, davolash. 6. Glyukokartikoidlarni tish-milk cho‘ntaklariga kirgizish, applikasiya qilish (surdirish, shimdirish), 5%-li butadion malxami va boshqalarni qo‘llash. 7. Qon tomirlari ishlarini yaxshilash uchun vikasol (shimdirish — applikasiya) va ichdirish. 8. Kalsiy xlorid suyuqligini (10%) milkka elektroforez usulida yuborish. 9. Milklarni uqalash-massaj qilish (qo‘l barmoqlari yoki maxsus apparatlar, masalan "vibromassaj" apparati yordamida). www.ziyouz.com kutubxonasi 2 4 6 10. Kerak bo‘lganda ortodontik, ortopedik davolash usullarini qo‘llash. 11. Albatta, og‘iz tozalik qoidalari bajarilishini ta’minlash, og‘iz bo‘shlig‘ini tozalash, undagi yallig‘lanishni kamaytirish, davolashga yordam beruvchi damlama, eleksirlar bilan chayish kabilar. Gipertrofik gingivitni davolash, og‘iz bo‘shlig‘ini sog‘lomlash- tirilgandan keyin sklerozga olib keladigan 50—60% glyukoza, glyuko- kortikoidlar (gidrokartizon) larni in’eksiya yo‘li bilan milk so‘rg‘ichlariga yuborish, geparinni milk elektroforezi milklardagi shishlarni, milk hajmini pasaytiradi, qotiradi. Ular yordam bermasa, 20—30%-li rezorsin eritmasini turunda yordamida cho‘ntaklarga kirgizib (kuydirib) qo‘yish, shuningdek, prospidin malxami (30—50% li), xlorid sink (10—25%-li eritmasi) keratoplastik ta’sir etib, patologik holatni ancha tuzatadi. L.R. Rubin milkdagi gipertrofiyani davolash uchun, iskrali darsonval toki yordamida, har bir milk so‘rg‘ichiga 1—3 soniya mobaynida iskra yuborib ularning uchki qismlarini kuydirishni (muolaja o‘tkazilgach, milk so‘rg‘ichlarida 2—4 nuqtada oq dog‘chalar-kuygan epiteliy yuzalari hosil bo‘ladi) tavsiya etgan va u yaxshi natija beradi. Albatta, gipertrofik gingivitni keltirib chiqargan sabablarni iloji boricha aniqlash zarur. Masalan, gipertrofik gingivit tutqanoq-epilepsiya kasalligida juda kuchli, rivojlangan holda bo‘ladi. Ba’zida terapevtik, fizioterapevtik, ortopedik (prikusni to‘g‘rilash) usullar yordam bermasa, jarrohlik usuli bilan, xususan gingivitni fibrozli shaklida, operativ usulda o‘sgan milklarni qirqib tashlashga to‘g‘ri keladi. Hozirgi zamonda bu maqsadda kriojarrohlik va lazer texnikalaridan foydalaniladi. Gipertrofik gingivit ko‘pincha homilador ayollarda uchraydi, xomila — bola tug‘ilguncha og‘iz tozalik qoidalariga muvofiq parvarishlar o‘tkaziladi, gipertrofik holat bola tug‘ilgach ancha yengillashuvi mumkin. Agar davom etib, ovqat chaynash, gapirishga xalaqit beradigan darajada milk so‘rg‘ichlari, alveola milki o‘ssa, unda bola tug‘ilgach ma’lum bir muddatda jarrohlik davolash Nullaniladi — gingiektomiya o‘tkaziladi. Epilepsiyada bo‘ladigan gipertrofik gingivitni dilantin (gidantoin) bilan davolash psixiatr ko‘magida, maslaxati bilan olib boriladi. Yarali gingivitni davolash uchun, uning kelib chiqishida mikroblar ta’sirining muximligini hisobga olib, og‘iz bo‘shlig‘ida antibakterial dorilar qo‘llashdan, bemor kelishi bilan darrov boshlash zarur. Milklar 3%-li vodorod peroksidi, 1:1000 miqdoridagi kaliy permanganati, 0,05%- li laktat etakrid eritmasi, antiseptik, qotiradigan dorivor o‘simliklar damlamalari va shunga o‘xshash antiseptiklar yordamida yuviladi, tozalanadi. O‘tkir yarali yallig‘lanish biroz bosilgach, tish karashlari, toshlari olinadi, buning uchun oldin piromikain" 10°/o-ly lidokain kabi og‘riqsizlantiruvchi dorilar milkka shimdiriladi yoki ular aerozol sifatida sepiladi. Antibiotiklar (ularga bemor og‘zidagi — milklardagi mikro- organizmlarning sezgirligini mikrobiologik usulda aniqlash maqsadga www.ziyouz.com kutubxonasi 2 4 7 muvofiqdir) yoki ular bilan birga glyukokartikoidlar shimdirish (applikatsiya) yaxshi natija beradi. Shuningdek, "Fastin-1", "Fastin-2" (ularning tarkibida furasilii, sintomisin, anestizinlar bor) malxamlari, 3%-li oktation malxami qo‘llash ham foydali hisoblanadi. Fermentlar (tripsin, ximotripsin), ularning antibiotiklar bilan aralash- masi, metronidazol (trixopol, flagil) — 0,25 g dan har kuni 4 maxaldan 3—7 kun mobaynida qo‘llash yaxshi natija beradi. Yarali gingivitni davolashda polivitaminlar va desenbilizasiya qiladigan dorilar (kalsiy xlorid, triosulfat natriy, dimedrol, diazolin, tavegil kabilar) qo‘llaniladi. Tana quvvatini ko‘taradigan, keratoplastik dorilar (fitodont, poliminerol, kalanxoye malxami, oblepix, shipovnik, karantomin, inga- lipt, solkoseril, 10% li metilurasil malxami va shunga o‘xshashlar) ham qo‘llaniladi. O‘z tarkibida norsulfazol, streptosid, timol, evkalipt moyi, spirt, qand, gliserin kabilar bo‘lgan ingalipt aerozoli ancha foydalidir. Yaxshi foydasi borlar lizosim (chayish. shimdirish) bilan antibiotiklardir. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling