Rivojlantirish instituti
HAR XIL BOSQICHDAGI KARIYES KASALLIGINI
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Terapevtik stomatologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- KARIYES KASALLIGINI OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI (PROFILAKTIKA)
- M U S T A Q I L T A Y Y O R G A R L I K U C H U N S I N O V S A V O L L A R I
- VI bob TISH PULPASI VA UNING YALLIG‘LANISHI Tish pulpasini anotomik, gistologik tuzilishi va fiziologiya (vazifa) si
- Tish pulpasining gistologik tuzilishi.
- Pulpa hujayralari.
HAR XIL BOSQICHDAGI KARIYES KASALLIGINI D A V O L A S H D A S H I F O K O R N I N G T U T A D I G A N Y O ‘ L I (TAKTIKASI) Kariyes kasalligini davolashda tanlanadigan usullar, kariyes ksalligini kechishi, kasallik darajasi, kovakning katta-kichikligi, uning joylashgan joyi, qaysi tishdaligi va organizmning umumiy ahvoliga bog‘liq bo‘ladi. Boshlang‘ich kariyesda operatsiyasiz davolash usullarini yuqorida bayon etdik. Agar kariyes kovagi hosil bo‘lgan bo‘lsa — yuzaki kariyesdan boshlab chuqurlashgan chuqur kariyesgacha bo‘lgan holatlarda faqat operativ usullar qo‘llashga to‘g‘ri keladi. www.ziyouz.com kutubxonasi 6 0 Lekin ba’zi odamlarda, xususan bolalarda kariyes kasalligiga "moil" bo‘lgan kishilarda (ko‘p tishlarda kariyes kasalligi bo‘lgan bo‘lsa va klinik- laboratoriya usullari natijalari ularda organizmning ojizlanganligini ko‘rsatsa) kariyes kasalligini oldini olish maqsadida individual tutumda operativ davolash bilan birga dori-darmonlar qabul qilish tavsiya etiladi. 14—15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, xususan sut tishlarida ba’zida gullayotgan, gullagan kariyes kasalligi yoki tizimli kariyes kasalligi uch- raydi. Bunda klinik tekshiruvda shifokor bir necha guruh tishlarda yoki barcha tishlarda bir vaqtning o‘zida turli chuqurlik, og‘riqlikdagi kariyes dog‘lari va kovaklari paydo bo‘lganligini ko‘radi. Bunday hol yuqorida aytganimizdek, ko‘pincha ichki a’zo va tizim kasalliklari bilan og‘rigan yoki og‘riyotgan bemor bolalarda uchrashi aniqlangan. Bunday paytlarda maxalliy va umumiy nooperativ, operativ patogenetik, etiopatogenetik davolash usullarini qo‘shib olib borilishi, organizmdagi bor umumiy kasalliklarni ham o‘sha soha shifokor-mutaxassislari bilan birga olib borilishi shart. Ba’zida surunkali yuzaki kariyesni davolash remterapiya yordamida (ftorli pastalar bilan tish yuzasini uqalash, ishqalashdan keyin ftorlak bilan qoplash) o‘tkaziladi. Ammo, surunkali yuzaki kariyes kasalligi tishlarning aproksimal — bir-biriga tegib turgan yuzalarida bo‘ladigan bo‘lsa, unda operativ usul qo‘llash kerak bo‘ladi. O‘tkir yuzaki kariyesni operativ-tiklash va remterapiya usullari bilan davolanadi. Agar kariyes o‘tkir, jadallashgan holda kechsa, patogenetik davolash usullari qo‘shiladi. Umuman o‘tkir yoki o‘tkirlashgan, jadallashgan kariyes bo‘ladigan bo‘lsa, operativ davolash usullari patogenetik — remterapiya usuli bilan birga olib boriladi. O‘rta kariyesni davolash operativ-tiklash usulida o‘tkaziladi. Chuqur yoki chuqurlashgan kariyesda operativ usul qo‘llanadi va pulpaga ta’sir etuvchi dorilar ishlatilgach, doimiy plomba qo‘yiladi. Yuqorida aytganimizdek, barcha stomatologik muolajalar, jumladan, eng ko‘p tarqalgan stomatologik kasallik xisoblangan kariyes kasalligini davolash ham og‘riqsiz, bemorni qiynamasdan o‘tkazilishi kerak. Bu ishni bajarish shifokordan ancha mahorat talab etadi, chunki har bir bemorga individual tarzda muolaja qilish, uning fe’li, asab tizimi va organizmining ahvoliga qarab og‘riqsizlantirish usullaridan birini yoki ikkisini tanlab olishga to‘g‘ri keladi. Shuni ta’kidlash zarurki, ba’zi kishilarga yaxshi gap, tushuntirish, shirin so‘z davolash uchun kifoya etsa, ba’zi odamlarga umumiy og‘riqsizlantirish — narkoz qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Kariyes kovagini charxlash pulpasi tirik tishlarda turli darajadagi og‘riq bilan kechadi. Shuning uchun, charxlash jarayonida shimdirish — applikatsiya usuli qo‘llash ancha og‘riqni pasaytiradi. Bu maqsadlarda dikain, 10% li www.ziyouz.com kutubxonasi 6 1 lidokain, trimekain kabi og‘riqsizlantiradigan dorilar charxlash jarayonida bir necha bor kovakka shimdiriladi, ya’ni shimdirilgach ma’lum bir qavat to‘qima olingach, yana applikasiya qilinadi va qavatma-qavat olinishda to‘qimalar bir necha bor og‘riqsizlantiriladi. Agar bu usul yordam bermasa, in’eksion usulda, mandibulyar yoki infiltrasion usulda 2% li lidokain yoki novokain, 1% li ultrakain va boshqa anestetik ukol qilish bilan yuboriladi. Odatda bu usul kariyes kasalligini og‘riqsiz davolashni ta’minlaydi. O‘rta kariyesni davolashda odatdagidek, ishlov berilgan kovakka taglik emal-dentin chegarasigacha qo‘yilib, kovakni emal qavatiga to‘g‘ri keladigan qismi doimiy plomba bilan to‘ldiriladi. Chuqur va xususan, chuqurlashgan chuqur kariyesda esa, yuqorida ta’kidlangandek, doimiy plombagacha davolovchi pasta qo‘yilgan, taglik va doimiy plomba qo‘yiladi. Chunki chuqur kariyesda pulpa bilan kovak tubi o‘rtasida yupqa bo‘lsada, sog‘lom dentin qavati qoladi va bu qavatni qalinlashtirish maqsadida ikkilamchi dentin hosil bo‘lishini tezlashtiradigan dorilar (evgenol-timol, timol-dentin, kalmetsin va boshq.) qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Chuqurlashgan chuqur kariyes aksar mualliflar tomonidan tan olinmasdan, aloxida kasallik tashhisi sifatida ajratilmasada, klinikada uchrab turadi. Bu kasallikda pulpa bilan kariyes kovagi orasidagi dentin qavati nihoyatda yupqa va u ko‘pincha kariyesga uchragan, lekin xali pulpit kasalligining belgilari yo‘q. Shuning uchun, bu kasallikni davolashda ham ehtiyotkorlik bilan ishlash va ikkilamchi dentin qavatini hosil qildirish zarur. Ana shundan keyin odatdagidek kariyes kovagi plombalanadi. Demak, kariyes kasalligini davolashning eng muhim maqsadi, jihati — bu yo‘qolgan, o‘lgan chirindi hosil bo‘lgan tish to‘qimalaridan kovakni tozalab, zararlantirib va shakllantirilib, plomba yordamida tishning anatomik shaklini va fiziologik vazifasini tiklashdan iborat. KARIYES KASALLIGINI OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI (PROFILAKTIKA) Kariyes kasalligini oldini olish chora-tadbirlari — profilaktikasi uchun tuzilgan maxsus dasturlar, birinchi navbatda, homilador ayollar va ulardan tug‘iladigan bolalar sog‘lig‘ini muxofaza qilishga qaratilishi lozim. Chunki kariyes kasalligini chaqiruvchi omillar bola tug‘ilishidan ancha oldin ona va bola organizmiga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Sut tishlar o‘zagining hosil bo‘lishi homiladorlikning 7-haftasidan boshlanadi. Homilaning 5-oyida birinchi oziq tishlar kurtagi hosil bo‘ladi, 8-oyda esa doimiy kesuvchi va uzuvchi tishlarning kurtaklari hosil bo‘ladi. Bola tug‘ilguncha barcha sut tishlarining o‘zaklari hosil bo‘la boshlaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi 6 2 Ma’lumki, homiladorlikning 9 oyi mobaynida bo‘lajak onaning tanasida, organizmida kechadigan turli asabiylik, spirtli ichimliklar, giyohvandlik, chekish kabi holatlar homila salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Salbiy holatlar yuz-jag‘ sohasida yuz tuzilishiga qatnashuvchi suyaklar shaklini o‘zgarishi, tish o‘zaklarini o‘lishi yoki zararlanishi, lablar va tanglay suyaklarining kemtiklari, tishlarning mo‘rt, kariyes kasalligiga chalinuvchi bo‘lishi, tug‘ilgan bola organizmining kuchsiz- lanishi kabilarga sabab bo‘lishi mumkin. O.A. Prokusheva keltirgan ma’lumotlar 3 yoshdagi bolalar tishlarini tekshirish natijalariga bag‘ishlangan bo‘lib, homiladorlik tinch, osoyishta, me’yorda kechgan sog‘lom onalardan tug‘ilgan bolalarning 3% da tish kariyes kasalligi bilan kechganda onalardan tug‘ilgan bolalarning deyarli yarmisida (43%) kariyes kasalligi borligi aniqlangan. Yaxshi va to‘g‘ri ovqatlanish ham kariyes kasalligini oldini olish omillaridan biri xisoblanadi. Homilador ayolning kunlik ovqati mineral tuzlarga, vitaminlarga, oqsillarga, yog‘larga va karbonuvlarga boy bo‘lib, har kuni 4 mahal (4—4,5 soatda bir marta) bo‘lishi talab etiladi. Bunda, kalsiy va fosfor (4:5 dan 1:1,5 nisbatda), magniy va kalsiy (1:3 yoki 1:2) ftor va kalsiy (1:1000) elementlari muvofiqlashgan bo‘lishi kerak. Buning uchun aminokislotalar (arginin, lizin, alanin, glisin, krolin, tirozin)ga boy bo‘lgan hayvonot oqsillari mol go‘shtida, quyon, tovuq, kurka va boshqa go‘shtlarda mavjud bo‘lgani uchun, ularni iste’mol qilish foydalidir. O‘simlik mahsulotlaridan lavlagi ham foydali xisoblanadi. Kundalik ovqat tarkibiga, masalan, go‘sht yoki baliq bilan kalsiyga boy bo‘lgan kartoshka, karam, grechka, arpa, loviya kabilar kiritilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sut va sut mahsulotlarida ham kalsiy elementi ancha ko‘p. 1 l sutda 1,2 g kalsiy, 100 g suzmada esa 0,9 g kalsiy moddasi bor. Kalsiyning ma’lum miqdori organizmga suv bilan kiradi. Shuning uchun ftor va kalsiy hamda boshqa mineral moddalar har bir hududda alohida xisoblanib chiqilishi shart. O‘zbekiston Respublikasi hududida ichimlik suvdagi ftor ionlarining o‘rtacha yillik miqdori 0,4 mg/l ni (sharqiy zonada — 0,28, markaziy zonada — 0,42, shimoliy-sharqiy zonada — 0,51 mg/l) tashkil etadi. Bu juda kam miqdor xisoblanadi. Chunki me’yorda 0,8-1,2 mg/l ftor miqdori bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham, 6 yoshli bolalarning sut tishlarida kariyes kasalligining tarqalish darajasi O‘zbekistonda 80,86% (sharqiy zonada — 73,89%, markaziy zonada — 85%, shimoliy-sharqiy zonada — 85,71) ni tashkil etadi. 12 yoshli bolalarda kariyes kasalligini umumiy tarqalganlik darajasi 68,04% ni, 15 yoshli bolalarda — 75,75% ni tashkil etadi. Ftorning profilaktik foydasi — emalning kislotalarga bo‘lgan qarshilik kuchini oshiradi. Demak, O‘zbekiston davlati xududida xomilador ayollarga har kuni 2 tabletkadan ftorid natriy qabul qilish tavsiya etiladi. www.ziyouz.com kutubxonasi 6 3 Tabletka og‘izda maydalanadi, 1—2 daqiqa ushlab turiladi va ustidan suv ichib, yutiladi. Bu bo‘lajak ona tishlarini va homila tishlarini kariyes kasalligidan ximoya etadi. Toksikoz bilan kechadigan homiladorlikda bu miqdor 2 ga ko‘paytiriladi. Agar suvda ftor miqdori me’yorda bo‘lsa ham, 1 tabletkadan kuniga 1 marta ftorid natriy qabul qilinadigan bo‘lsa, ular orasidagi muddat 3 soat bo‘lishi kerak, birga qabul qilinmaydi. Shuni ta’kidlash zarurki, xususan O‘zbekistonda va Markaziy Osiyo davlatlarida, odamlar ko‘p miqdorda choy ichishadi. Choy, xususan ko‘k choy tarkibida ftor moddasi bor. 2—3 piyola choy tarkibida 1—1,5 mg ftorid natriy bor ekan. Shuningdek, mineral suvlar, baliq mahsulot- lari — skumbriya, sardina, dengiz okuni, mevalar — o‘rik, sabzi, kashnich kabilar tarkibida ham ftorid natriy ma’lum miqdorlarda bor. Suv tarkibidagi ftorid miqdorini sun’iy apparatlar — "Ftorator" lar yordamida muvofiqlashtirish, davlat miqiyosida olib borilishi mumkin. Lekin bu juda qimmat, ko‘p pul sarflashni talab etadi. Ftor miqdorini organizmga tushish jarayonini ftorid tuz, sut va boshqa ovqatliklarga ftor tuzini qo‘shish bilan ham muvofiqlashtirish mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, sun’iy yo‘l bilan organizmga ftor preparatlarini kiritishda, uning og‘iz bo‘shlig‘ida ushlab turish katta ahamiyatga ega. Vitafor preparati (uning 1 ml da 0,1 mg ftor, 660 ME A vitamini, 80 ME D2 va 12 mg S vitaminlari bor) ftorid natriy tabletkalaridan yaxshiroq foyda berishi kuzatilgan. Vitaftor preparati yoki ftorid natriy tabletkalari 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 180 kun davomida, ayniqsa qish, bahor va yoz oylarida qabul qilinishi kariyes kasalligiga chalinishni oldini olishi aniqlangan. Bu preparatlar zararlangan tish yuzalariga applikatsiya — shimdirish yo‘li yoki og‘izni ftorli suyuqliklar bilan chayish, tarkibida ftoridlar bo‘lgan tish pastalari bilan tishlarni tozalash, tishlarni ftorli laklar bilan berkitish, yopish kabi muolajalar natijasida emal orqali maqsadga muvofiq yaxshi ta’sir etadi. Masalan, ftorid natriyning 0,2% li eritmasi bilan 3—4 yil davomida tishlar chayilsa, kariyes kasalligining shiddati 53,8% ga, tarqalishi 20,7% ga, tishlar KPU si bo‘yicha kasallikni o‘sishi 36,5% ga kamayishi mumkin ekan. Umuman olganda, kariyes kasalligiga qarshi kurash-profilaktika chora-tadbirlari bir necha asosiy prinsip-tutumlardan iborat: 1. Davlat tomonidan bajariladigan ishlar. Bu ishlarga avvalo, aholini me’yorlarga javob beradigan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kiradi. Kerak bo‘lganda, suvni ftorlash yoki bir necha suv manbalari — daryolar, kanallarni bir-biriga ulab, ftor miqdorini me’yorlash, ekologik masalalar kabi katta mablag‘ talab etadigan ishlarni amalga oshirish zarur. 2. Ijtimoiy ishlar. Aholining ijtimoiy — turmush va yaxshi sharoitlari, oilaviy daromad miqdori, imkoniyatlari, ma’rifiy va ma’naviy darajalari barcha kasalliklar, www.ziyouz.com kutubxonasi 6 4 jumladan, kariyes kasalligini rivojlanishida va uni oldini olish chora- tadbirlarini joriy etishda muhim ahamiyatga egadir. 3. Tibbiyot xodimlari bajaradigan ishlar. Shifokor-stomatolog ginekolog bilan birga ayollar maslahatxonasida homilador ayollarni ko‘rikdan o‘tkazib, ulardagi kasalliklarni aniqlashlari va davolash chora-tadbirlarini ko‘rishlari zarur. Kerak bo‘lganda, bu ishga pediatr, terapevt va boshqa mutaxassisdagi shifokorlar jalb etiladi. Har bir homilador ayol bilan yakkama-yakka suhbat o‘tkazib, unda kasalliklar oldini olish chora-tadbirlariga oid maslaxatlar berish, sog‘liqni ximoyalash qoidalarini o‘rgatish (masalan, tishlarni tozalash tartiblari, badantarbiya va boshq.), to‘g‘ri va ratsional ovqatlanish, umumiy va shaxsiy tozalik qoidalariga rioya etish va umuman sog‘lom turmush tarzini tashkil etish kabilarni tushuntirish, o‘rgatish kerak. Undan tashqari, tibbiyot xodimlari tomonidan chop etilgan turli tibbiyot sohalariga taalluqli kitobcha va jadvallar, ko‘rgazmali tasviriy rasmlar, gazeta va jurnallarga bosilgan ommabop maqolalar, radio va televideniye orqali o‘tkaziladigan suhbatlar xalq ommasiga tibbiyot bilimlarini targ‘ib etishda, aholini sog‘liqni saqlash madaniyatini o‘stirish, takomillashtirishda va natijada juda ko‘p kasalliklar, jumladan stomatologiya sohasidagi kasalliklarni ham oldini olishda muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, bolalar va o‘smirlar (yasli, bog‘cha, maktab, kollej) orasida shifokor-stomatologning tarbiyachi va o‘qituvchilar hamkorligida olib borilgan, tibbiyotga oid suhbatlari yaxshi natijalar beradi. Bu suhbatlarda turli ko‘rgazmali rasmlar, jadvallar, slaydlar, plakatlar, ilmiy ommabop kinofilmlar namoyish etish ular salohiyatini yanada oshiradi. 4. Tozalikka rioya etish bilan bog‘liq ishlar. Tozalikka bog‘liq ishlarni tashkil etish chora-tadbirlariga atrof- muxitni toza tutish, yashaydigan uyimiz, ish joylarini, yonimizdan oqadigan kanallar, ariqlar suvlarini toza tutishni, shaxsiy tozalik qoidalariga rioya etish va bular natijasida sog‘lom turmush tarzini tashkil etish kabilar kiradi. Katta mablag‘ talab etadigan ishlarni, masalan O‘zbekistonda Orol dengizi muammosini davlat bajarsa, qolgan barcha tozalik ishlarini aholining o‘zi bajarishi kerak. 5. Tarbiyaviy ishlar. Bolalar va kattalar orasida eng ko‘p tarqalgan kariyes kasalligini oldini olishda, insonlarda sog‘liqni ximoya etish tuyg‘ularini tarbiyalab borish zarur. Bunda turmush sharoiti, oila muxiti katta rol o‘ynaydi. Bolalarni tarbiyalash, ularga sanitariya va tozalik qoidalarini o‘rgatishda ota-onalar o‘rnak bo‘lishlari kerak. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish ota-onalar, tarbiyachilar, o‘qituvchilar va shifokorlarning zimmasida turadi. Umuman aytganda, ona-bola sog‘lig‘ini muhofaza etish, atrof- muxitni qo‘riqlash, uni tozaligi uchun kurashish, bola tug‘ilmasdan oldin www.ziyouz.com kutubxonasi 6 5 bo‘lajak ona va tug‘ilajak bola sog‘lig‘ini ta’minlaydigan omillarni qo‘llash, sog‘lom turmush tarzini joriy etish kabi davlat, tibbiyot, pedagog va tarbiyachilar bajaradigan ish ko‘lamlari juda ko‘p kasalliklar, jumladan, kariyes kasalligini ham oldini olishdek, yuksak insonparvarlik vazifalarini bajarishga xizmat etadi. M U S T A Q I L T A Y Y O R G A R L I K U C H U N S I N O V S A V O L L A R I 1. Kariyes kasalligini davolash usullari haqida nimalarni bilasiz? 2. Operativ yoki nooperativ usullar deganda nimani tushunasiz? 3. Kariyes kasalligini (kovaklarini) tish yuzalarida joylashganligiga qarab necha turga bo‘linadi? 4. Kariyes kovagida ishlov berganda qaysi muolajalar og‘riqsiz va qaysilari og‘riqli bo‘ladi? 5. Davolashdan oldin bemorlarni tinchlantirish uchun nimalar qo‘llanishi kerak? 6. Kariyes kovagiga ishlov berish bosqichlari. 7. Remineralizatsiya nima? 8. Emal to‘qimasi regeneratsiya xususiyatiga egami? 9. Remineralizatsiya (remterapiya) uchun qaysi dori-darmonlarni, usullarni bilasiz? 10. Umumiy patogenetik davolash nimalardan ibora va qaysi maqsadni ko‘zlaydi? 11. Xar xil bosqichdagi kariyesni davolashda shifokorning taktikasi. 12. Kariyes kovaklarini plombalash tutum (prinsip) lari nimalardan iborat? 13. Vitaftor va ftor tabletkalari nima uchun qo‘llanadi? www.ziyouz.com kutubxonasi 6 6 VI bob TISH PULPASI VA UNING YALLIG‘LANISHI Tish pulpasini anotomik, gistologik tuzilishi va fiziologiya (vazifa) si Tish pulpasi (pulpa dentis) tish bo‘shlig‘i (cavum dentis) da joylashadi va toj, hamda ildiz qismlarga bo‘linadi. Toj qismi tish bo‘shlig‘ining toj qismida (cavum coronare), ildiz qismi esa ildiz kanali (canalis radicis dentis) da joylashadi. Ko‘p ildizli tishlarda toj va ildiz pulpalar orasida yaxshi rivojlangan anatomik chegara bo‘lib, ular kanallarga kirish joylari xisoblanadi. Bir ildizli tishlarda esa pulpaning toj qismi aniq chegarasiz ildiz pulpasiga o‘tadi. Bu holat tishlar shakli, turiga qarab, amputatsion davolash usullarida axamiyat kasb etadi. Ildiz uchidagi teshik (foramen apicale) pulpa bilan periodont orasidagi chegara bo‘lib xisoblanadi. Tishlar chiqqanda bu teshik fiziologik holatda bo‘ladi. Hayot davomida osteosementlar to‘planishi tufayli, bu teshik qisqarishi mumkin. Odatda, ildiz uchidagi teshik ildiz uchki qismi konusining yonida, uchki qismdan 1—2 mm masofada joylashadi. Ildiz kanalining uchki qismlari bir necha yon-deltasimon kanalchalarga bo‘linadi. G. Fisher ma’lumotlari bo‘yicha, yon-deltasimon kanalchalar kesuvchi tishlarda 53%, kichik oziq tishlarda (premolyar) 35% va katta oziq tishlar (molyar) da 80% gacha uchraydi. Pulpaning toj qismi bo‘shliq devorlardagi chuqurchalarga kirib bo‘shliq shaklini oladi. Ildiz qismdagi pulpa tish ildizi uchki qismlarida va yon (deltasimon) kanalchalarga ham kiradi. Shuning uchun, ildiz pulpasi ancha murakkab anatomik tuzilishga ega. Faqat 1/3 tishlar ildiz uchida qo‘shimcha, yon kanalchalari bo‘lmaydi, 1/2 ildizlarda bitadan, qolganlarida esa bir nechtadan yon kanalchalar bo‘lishi mumkin. Tish pulpasining gistologik tuzilishi. Tish pulpasi yumshoq qo‘shuvchi to‘qima bo‘lib, u asosiy (hujayralararo) modda, hujayralar va tolali elementlar, ularga kirgan tomirlar va asab tolalaridan iborat. Pulpaning asosiy moddasi asosan mukoprotein, glikoprotein va mukopoliskaridlardan tuzilgan. Barcha modda almashish jarayonlari asosiy modda orqali kechadi. Qon tomirlaridan hujayralarga o‘tadigan matabolitlar asosiy moddada eriydi, parchalanadi. Xuddi shunday hujayralardan qon tomirlarga o‘tadigan narsalar, moddalar asosiy modda www.ziyouz.com kutubxonasi 6 7 orqali o‘tadi. Asosiy modda dinamik (xarakat) polimerizatsiya — depolimerizatsiya holatda turadi. Polimerizatsiya darajasi odam yoshiga, xarakatining faolligiga, kasallik holatlarga bog‘liq. Agar asosiy modda yallig‘lansa, proteolotik fermentlar ta’sirida depolimerizatsiya yuzaga keladi. Polimerizatsiya ancha rivojlangan bo‘lsa, pulpa to‘qimasi yumshaydi va yopishqoq holatga aylanadi. Pulpaning hayotliligi, yashashi asosiy moddaga bog‘liq. Pulpa tolalarining asosiylari kollagen va reikulin tolalaridan iborat. Elastik tolalar pulpada topilmagan. Tolalarning joylashishi pulpada ikki xil — tarqoq (diffuz) va tutamli bo‘ladi. Tutamli turida fibrill tolalar asab tolalariga yonma-yon, parallel tarzda yotadi yoki qon tomirlariga yoqalab joylashadi. Yosh odamlarning tish pulpasida kollagen fibrillar ozroq, ular yoshi o‘tgan sayin ko‘paya boradilar. Odam yoshidan qat’iy nazar, ildiz pulpasida toj pulpaga nisbatan tolalar ko‘proq bo‘ladi. Pulpa hujayralari. Ko‘pchilik tadqiqotchilar pulpada hujayralar 3 qavat bo‘lib joylashganligini e’tirof etadilar: chetki (odontoblast qavati), yuza osti (subodontoblast qavati) va markaziy qavatlar. Pulpaning chetki qavati bu to‘qima uchun xos hujayralar — odontoblastlar 2—4 qator bo‘lib joylashganlar. Hujayralar bir-biriga zich holda joylashib, desmasomga o‘xshash tuzilmalar — o‘zlaridan chiqa- radigan mayda o‘simtalar orqali o‘zaro bog‘lanadilar. Ular noksimon shaklda. Bir joyning o‘zida turli ko‘rinishda bo‘lishlari mumkin. Yaxshi, to‘liq shakllanmagan, yosh va to‘liq etilgan va shakllangan odontoblastlar bir joyning o‘zida uchrashi mumkin. Har bir odontoblast hujayrasida tana va ikkita (biri uzun, 1—2 tasi kalta) o‘simta bor. Uzun, chetki o‘simta predentin va dentinda yotadi — dentin kanallarning ichi bo‘ylab emal-dentin bog‘lanadigan chegaragacha boradi. Kichik, markaziy o‘simta faqat pulpada joylashadi. Odontoblast sitoplazmasining bazal joyida tashqi va ichki membranali parda bilan chegaralanmagan yadro joylashgan. Yosh hujayralarning sitoplazmasida yadro ovalsimon shaklda va tekis qirrali bo‘ladi. Yetilgan odontoblast hujayrasi cho‘zinchoq bo‘lgani uchun, uning yadrosi noto‘g‘ri shaklli bo‘ladi. Odontoblastlar sitoplazmasi hujayra organoidlarga boy, donador endoplazmatik tur yaxshi rivojlangan, ribosoma, polisoma va mitoxon- driyalar ko‘p. Odontoblastlar vazifalaridan biri bo‘lib — asosiy modda va kollagen fibrillarini hosil qilish xisoblanadi. Pulpaning subodontoblast qavati ko‘p sonli yulduzsimon pulpo- sitlardan tuzilgan. Bu hujayralar ko‘p o‘simtalarga ega. Hujayralar o‘zaro va pastki odontoblastlar bilan desmosomlar orqali bog‘lanadilar. Yadrosi cho‘zinchoq va hujayraning ancha qismini egallaydi, hamda uning atrofidagi xromatin zichlashgan. Hujayra tarkibiga kiradigan organoid va boshqalar hujayra sitoplazmasining markazida joylashadi. Pulpaning markaziy qavatida fibroblastlar, gistiositlar, plazmatik hujayralar, limfositlar va monositlar joylashgan. www.ziyouz.com kutubxonasi 6 8 Fibroblastlar pulpada juda ko‘p, ularning satxlari (razmer) 9 dan 15 mkm gacha, o‘simtalarning uzunligi bir necha mikrometrdan iborat. Hujayralarning chetki qismlari sitolemma bilan chegaralangan, yadrolari ovalsimon va cho‘zinchoq shakllarda bo‘lib, sitoplazmaning ancha joyini egallab turadi. Sitoplazmada mitoxondriyalar, ribosomalar va fibrillar ko‘p. Fibroblastlarning asosiy vazifasi — asosiy moddani hosil qilishdir. Gistiosit (turib qolgan, turg‘un makrofagositlar) lar noto‘g‘ri shaklli hujayralardir. Ular yaxshi yetishmagan, ularda endoplazmatik turlar va plastinkali majmualar yaxshi rivojlanmagan. Pulpada modda almashinuv jarayoni buzilganda, bu hujayralar faollashib, xaqqoniy makrofagositlarga xos xislatlarga ega bo‘lib, bakteriya va yot moddalarga qarshi kura- shadigan bo‘ladilar. Plazmositlar ovalsimon yoki aylanasimon shaklda, sathlari 10 dan 25 mkm gacha. Yadrolarining shakli ham aylana yoki ovalsimon bo‘lib, ularda juda ko‘p xromatinlar bor. Hujayra sitoplazmasida yaxshi takomillashgan endoplazmatik to‘r joylashgan. Bu hujayralar globulin va antitelalarni sintezlash vazifasini bajaradilar. Ikki qirrali membrana bilan o‘ralgan aylana yoki ovalsimon neytrofilli va bazofilli granulositlar yadrolari segmentlangan, ularning sitoplazma- larida neytrofilli yoki bazofillik dona (granula) chalar mavjud. Donacha- lar tarkibida gidrolitik fermentlar — DNKaza, RNKaza, nordon, fosfa- taza, peroksidaza va boshqalar borligi aniqlangan. Granulosit sitoplaz- masida mitoxondriyalar, erkin ribosomalar, Goldji kompleksi va endoplazmatik to‘r bor. Hujayralar ximoya vazifasini bajaradilar. Limfositlar ovalsimon shaklda, yadrosi katta va unda turli miqdorda xromatin to‘plangan. Hujayra sitoplazmasida mitoxondriyalar, ribosoma- lar, Goldji kompleksi elementlari va endoplazmatik to‘r bo‘lib, shuningdek lizosomalar va pinositozli pufakchalar ham bor. Advensial hujayralar tomirlar yo‘nalishi bo‘ylab joylashgan. Bu hujayralar gistiosit va fibroblastlarga o‘tishlari mumkin. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling