2. Tishlarning anatomik tuzilishi
Tishlar o‘ziga xos anatomik tuzilishi, shakli bilan ma’lum bir asosiy:
ovqatni uzib olish, maydalash, chaynash vazifalarini bajaradilar. U xar
bir tishning toj, bo‘yin va ildiz qismi bo‘ladi.
Toj qismi. Og‘izda ko‘rinib turuvchi milkning tepa qismidir. Tojning
uzib olish chaynash (kurak va qoziq tishlarda) va (jag‘ tishlarda) lab,
til, lunj va tanglay, hamda medial va distal yuzalari bo‘ladi.
Bo‘yin qismi — tish tojning ildiz qismiga o‘tish joyi.
Ildiz — jag‘ suyagi alveolyar o‘sig‘i orasida joylashgan. Har bir tishda
bo‘shliq bo‘lib, u tishning anatomik tuzilishini takrorlaydi. Tish bo‘shlig‘i
(pulpa kamerasi) toj va ildiz qismidan iborat.
Tish bo‘shlig‘ini toj qismida — gumbazli, devorli, tubi tish do‘mboq-
chalarini takrorlovchi bo‘rtkisi bor.
Ildiz qismida — kanal, yon tarmoqlari va kanal uchi teshigi bor.
Kanal uchi teshigi bitta yoki bir nechta teshikchalar bilan periodontga
ochiladi va u orqali tishning pulpasiga nerv, qon va limfa tomirlari
kiradi. Tish bo‘shlig‘ida esa pulpa joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |