Rivojlantirish instituti


Har xil bosqichdagi kariyes kasalligini davolash usullari


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Har xil bosqichdagi kariyes kasalligini davolash usullari
Kariyes kasalligining bosqichiga qarab, operasiyasiz va operativ —
tiklash usullari bilan davolash mumkin.
Qaysi usul qo‘llanishidan qat’iy nazar, davolash kasallikni keltirib
chiqaradigan sabablarga (etiotrop davolash) va kariyes kasalligining
rivojlanish mexanizmiga to‘sqinlik qiladigan (ptogenetik davolash)
omillarga qarshi yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Etiotrop davolashning maqsadi, zararlangan — kasallangan tish ustida
yumshoq tish karashi va yemirila boshlagan emal, dentinni olib tashlab,
kariyes kovagini tashqi ta’sirotlardan ximoya etishdan iborat.
Patogenetik davolash esa, tish qattiq to‘qimalari chidamligini oshirish
va ularni tiklanish jarayonlarini tezlashtirishdan iborat. Bu maqsadga
dori-darmonlar qo‘llab, tish qattiq to‘qimalari va butun organizmga
ta’sir ko‘rsatish bilan erishiladi.


5 5
Operatsiyasiz etiotrop davolashda tish yuzalaridagi yumshoq karashlar
olib tashlanadi. Bu boshlanadigan kariyes kasalligida dog‘lar paydo
bo‘lganda o‘tkaziladi.
Yumshoq tish karashi 3% vodorod peroksidiga botirilgan, shimdirilgan
paxta yordamida pinset bilan, ba’zida esa, pemza kukuni yordamida
maxsus chyotkalar yordamida olib tashlanib, tish yuzalari tozlanadi va
odatdagidek tish pastalari va cho‘tkalari bilan tishlar yuviladi.
Operativ-tiklash usulida bormashina va boshqa asboblar yordamida
hosil bo‘lgan kariyes kovagiga qabul qilingan usullarga muvofiq ishlov
beriladi va plomba, vkladkalar bilan tishning anatomik shakli va fiziologik
vazifasi tiklanadi.
Demak, operatsiyasiz davolash usuli faqat "boshlanadigan" yoki "dog‘
shaklida" gi kariyes kasalligida — kariyes kovagini hosil bo‘lmagan davrda
qo‘llanadi. Operativ-tiklash usuli esa, yuza kariyesdan boshlab, o‘rta,
chuqur va chuqurlashgan chuqur kariyeslarda qo‘llanadi.
Operativ usul yordamida kariyes, yumshagan qattiq to‘qimalar (emal,
dentin) ni olib tashlash ko‘pincha ekskovator, ayrim paytlarda borlar
yordamida amalga oshiriladi va bu ish deyarli og‘riqsiz kechadi. Lekin
kovak devorlari va bo‘shliq tubida joylashgan, hali ancha qattiq tarzda
bo‘lgan pigmentlangan dentin va emal qismlarini faqat borlar yordamida
olib tashlash mumkin. Bunda og‘riq bo‘lishi tufayli, albatta og‘riqsiz-
lantiradigan dorilar qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Umuman kariyes kasalligini
iloji boricha og‘riqsiz davolash zarur.
Ba’zi bemorlar kariyes kasalligini davolash jarayonida og‘riq yoki
shunga o‘xshash sezgilar sezmaydilar va ba’zida esa stomatolog qabuliga
kelishning o‘zi ularda turli noxushliklar, qo‘rquv paydo qiladi.
Odatda og‘riqsiz bo‘lishi mumkin bo‘lgan operativ muolajalar:
1) emal to‘qimasini, uning chiriklarini kovak devorlaridan bor va
ekskavator yordamida olib tashlash;
2) xuddi shunday dentin to‘qimasining chirigan, devorlarda osilib
turgan qismlarini ekskavator va bor bilan olib tashlash.
Shuni ta’kidlash zarurki, kariyes kasalligini davolashda davolash
maskanidagi muxit, shifokor va tibbiyot xodimlarining o‘zaro muno-
sabatlari, davolovchi shifokorning tashqi ko‘rinishidan tortib, uning
muomalasigacha, ishlatiladigan asbob-uskunalarning sifati, tozaligi,
saranjomligi, borlarning turi, ularning o‘tkirlik darajasi, aylanish tezligi
(qancha bor tez aylansa, shuncha og‘riq kam bo‘ladi), stomatologik
uskunaning turi kabi omillar bemor ruhiyatiga va davolash jarayonining
osoyishta kechishida katta ahamiyat kasb etadi. Yuqorida keltirilgan
omillar barcha stomatologik muolajalarda ham ahamiyatlidir.
Yuqorida aytganimizdek, davolanadigan bemorning ahvoli — qo‘r-
qishi, vohimaga tushishi, xavotirlanish kabilarni oldini olish maqsadida
quyidagilar bajarilishi talab etiladi:
1) og‘riqni oldini olish va bemorni tinchlantirish uchun uning ruhiga
ta’sir etadigan, yoqimli va asosli gaplar bilan psixoterapiya o‘tkazish;


5 6
2) tinchlantiruvchi dorilari (seduksen, elenum va boshqa dorilarni)
bemorga ichqizish — premedikasiya;
3) kariyes kovagiga turli og‘riqsizlantiruvchi suyuq, pastasimon dorilar
qo‘yish;
4) audoanalgeziya (har xil yoqimli musiqiy oxanglar yordamidan
foydalanishi, boshqa fizikaviy og‘riqsizlantiruvchi — L.R.Rubin taklif
etgan kamquvvatli toklar ELOZ — 1,2 apparatlari yordamida)
5) 2% lidokain, novokain, 1% ultrakain eritmalari bilan in’eksion
anesteziya usulini qo‘llash;
6) gipnozni (lekin uning qonun-qoidalariga asoslangan holda)
qo‘llash;
7) umumiy og‘riqsizlantirish — narkoz qo‘llash (maxsus apparatlar
va mutaxassislar yordamida)
Kariyes kovagiga operativ ishlov berish 6 ta birin-ketin bajariladigan
bosqichlarda olib boriladi:
1) kovakni ochish;
2) ikkilamchi kariyes (uning davom etishi) ga qarshi kovakni
kengaytirish;
3) kasallangan emal, dentin to‘qimalarini — yumshagan va qattiq
pigmentlangan qismlarini sog‘lom to‘qima chegarasigacha borlar
yordamida charxlab, olib tashlash — nekrotomiya;
4) kovakka ma’lum shakl berish kerakki, qo‘yilgan plomba chaynov
paytida tushadigan bosimga bardosh bersin va tish o‘z vazifasini bajara
olsin;
5) kovak devorlari tubiga nisbatan 90° li burchak ostida va silliq
bo‘lishlari kerak;
6) plombalash va uni silliqlantirish.
1-bosqichda bajariladigan ishlardan maqsad, kariyes kovagini ochib
uni kengaytirishda barcha o‘z vazifasini bajara olmaydigan o‘lik
to‘qimalarni olib tashlashdan iborat. Shunda, kovakning asl chegaralari
ko‘rinadi.
2-bosqichda esa, yumshagan va pigmentlangan emal, dentin
to‘qimalarining qismlari olib tashlanganda oldin ekskovatordan, keyin
bordan foydalaniladi. Bunda o‘ta extiyotkorlik bilan (chunki, ba’zida
pulpa ochilib qolishi xavfi bor) ish olib borilishi kerak.
3-bosqichda — shakllantirishda, kovakni katta-kichikligi, joylashgan
joyiga qarab ovalsimon, aylana shakldan boshqa to‘g‘ri keladigan bir
shakl (uch, to‘rt, besh, olti, ko‘p burchakli, rombsimon va boshq.) berish
kerakki, qo‘yiladigan plomba ushlanib turishi va tish o‘z vazifasini bajara
olishi ta’minlansin. Lekin kovakning tubi hamma vaqt kariyesda pulpa
ochilib qolishi extimoli bo‘lganda, bo‘shliq tubi biroz notekis bo‘lsa
ham bo‘ladi. IV, V klassdagi kovaklarda, bo‘shliq tubini chuqurlashtirish
ham pulpani ochilib qolishiga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, kariyes
elementlardan iborat bo‘lishi kerak:


5 7
1) devorlar;
2) yoqlar;
3) tubi;
4) burchaklar.
Devorlar 90° ostida, silliq (karborund boshchalar — olmos borlar
yordamida) yonlar ham tekis, silliq, tubi-tekis yoki biroz notekis,
burchaklar — o‘tkir, 90° li bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Kariyes kasalligini patologik davolash.
Patogenetik davolash maxalliy va umumiy davolash qismlaridan
iborat. Maxalliy patogenetik davolashda tish emaliga va kariyes
kovagining tubi orqali pulpa to‘qimasiga bevosita yoki bilvosita ta’sir
etiladi.
Nooperativ-operatsiyasiz davolash hozirgi paytda faqat boshlang‘ich
kariyes yoki dog‘ shaklidagi kariyesni davolashda qo‘llanishini, bunda
remineralizasiya bilan davolashda qo‘llanishini yuqorida aytdik. Bunda
remineralizasiyasi bilan davolash — remterapiya qo‘llanadi. Remterapiya
quyidagilarga asoslangan:
1. Boshlang‘ich kariyesdagi dog‘ olib tashlansa, uning o‘rnini tiklash,
tish tarkibining asosi xisoblangan gidrooksiapatit xisobidan bo‘lishi
aniqlangan, ya’ni tish qattiq to‘qimalari qaytadan tiklanishi mumkin,
bo‘lmasada, to‘qima chidamligiga remterapiyadan keyin oshadi. Qisman
yo‘qolgan Sa va R ionlari so‘lakdan diffuziya yo‘li bilan tish to‘qimalariga
o‘tishi natijasida ularda tiklanish ro‘y beradi. Tishlarga surilgan Sa va
R ionlaridan hosil bo‘lgan yangi gidrooksiapatit kristallar paydo bo‘lishi
reminerilizasiya — qayta minerallanish deyiladi. Bu hol, faqat tish ustidan
oqsil pardasi saqlanganda bo‘lishi mumkin.
Hozirgi zamonda remterapiya o‘tkazish uchun bir necha dori-darmon
vositalari qo‘llanadi. Ularning tarkibida kalsiy, fosfor, ftor ionlari bo‘lib,
ular tish to‘qimasidan kamaygan yoki butunlay yo‘qolgan minerallar
o‘rnini egallab, qaytadan minerallashtira oladi — remterapiya vositasini
o‘tay oladi. Bunday preparatlarda 10% li glukonat kalsiy, 1—3% li
remodent eritmalari bor. Quruq remodent tarkibida 4,35% kalsiy, 0,15%
magniy, 0,2% kaliy, 16% natriy, 30% xlor, 44,5% organik moddalar va
boshqa moddalar bor. Remodent oq kukun shaklida chiqariladi, undan
1—3% li eritmalar tayyorlanadi. Emal to‘qimasi ektodermal kelib
chiqadigan to‘qimalardan biri bo‘lib, u oxaklanadi, unda qon tomir va
asab tolalari hujayralar bo‘lmaydi.
Tish chiqquncha emal hosil bo‘ladi va oxaklanadi. Shuning uchun,
emal hayot davomida o‘smaydi. Har xil sabablar zaminida emalda
bo‘ladigan turli gipoplaziya o‘zgarishlari hayot davomida o‘zgarmaydi,
shundayligicha qoladi. Emal o‘z reseptorlari — sezgichlariga ega emas.
Emaldagi turli mexanik kimyoviy va xaroratiy ta’sirotlardan kelib
chiqadigan sezgilar, og‘riqlar pulpa reseptorlari orqali yuzaga keladi.
Emaldan pulpaga keladigan reaksiyalar va tish to‘qimasi ichidagi suyuqlik
xarakatining o‘zgarishi gidravlik xususiyatga ham bog‘liqdir.


5 8
Emal qayta tiklanmaydi — unda regeniratsiya xususiyati yo‘q. Shuning
uchun emaldagi mexanik shikastlanishlar tiklanmaydi, bitmaydi.
E.V.Borovskiy, V.K.Leontev emaldagi oq kariyes dog‘larning o‘z-
o‘zidan yo‘qolishi yoki ularning reminiralizatsiya chaqiradigan davolash
usullari oqibatida yo‘qoladigan kariyes dog‘larini regeniratsiya — qayta
tiklanish bilan emas, balki emalga kalsiy, fosfor va boshqa mineral
komponentlarining o‘tishi, kirishi bilan tushintirish to‘g‘riligini ta’kid-
laydilar.
Klinikada shunday hollar uchraydiki, tishda paydo bo‘ladigan
pigmentlar dog‘lar uzoq muddat davomida kariyes kasalligiga o‘tmaydi.
Buning sababi ham mineralizatsiya bilan birga organik moddalarni
to‘qimaga kirayotganidandir. Organik moddalar esa so‘lak tarkibidan
kiradi.
2. Emalga so‘lakdan tushadigan-o‘tadigan kalsiy, fosfor, fosfatlar,
ftoridlar va boshqa minerallar, unda gidrooksiapatit kristallarini hosil
qiladi.
3. Deminerilizatsiya va reminerilizatsiya jarayonlarining o‘zaro
mutanosibligi tish to‘qimalari gomeostazining muvozanatini saqlab
turadi.
4. Ftor emal tuzilmasi tiklanishini va unga kalsiy fosfatini oksiapatit
shaklda cho‘kishini tezlatadi.
Umuman olganda, emal tarkibida 1,5% organik moddalar, shu
jumladan 0,5% oqsil mavjud, qolgan moddasi mineral tuzlardan iborat
bo‘lgani uchun ham u juda qattiq bo‘lib tish to‘qimalarini ximoyalab
turadi.
Reminerilizasiya turli usullarda o‘tkaziladi.
1) applikatsiya — shimdirish usulida 10% li glyukonat kalsiy, 2% li
natriy ftor, remodent eritmalari 4—6 qavat doka — marli yoki paxtaga
shimdirilib jarohatlangan, kasallangan tishlar ustiga 10—20 daqiqa
davomida qo‘yiladi;
2) ftor pastasi surtiladi;
3) og‘iz bo‘shlig‘i 1% li natriy ftor eritmasi bilan chayiladi;
4) tishlar ftorlak bilan yopiladi;
5) Gellar yotqiziladi, qo‘yiladi:
a) V.G. Mentev 1% li ftorning 3% li agarga qo‘shilgan gelini issiq
holida qo‘llashni taklif etgan,
b) V.K. Leontev, Sunsovlar kalsiy fosfatli, 6,5—7,5 rN li gel qo‘llashni
taklif etishgan.
c) L.I. Pilichenko 5% li gliserofosfat kalsiy va 2% li ftoridni
fosfatsementga aralashgan gelini qo‘llashni taklif etgan.
Boshlang‘ich kariyes kasalligidan tashqari chuqur kariyes, xususan
o‘tkir kariyesda ham maxalliy patogenetik davolash tadbiri sifatida, kovak
tubidan yumshagan dentin to‘qimasida qayta tiklanish — rekalsifikatsiya
va odontogenez jarayonlarini jonlantirish maqsadida gidrookis kalsiy,


5 9
kalmetsin, kalsikur kabilarni qo‘llash ham yaxshi natijalar berishi ma’lum.
Shu maqsadlarda, o‘tkir chuqur kariyes kovagi tubiga sink evgenol, timol-
dentin pastalari ham qo‘llanadi.
Umumiy patogenetik davolash.
O‘tkir kariyes kasalligi ko‘pincha ma’lum sabablar oqibatida (bemor
organizmida modda almashinuv jarayonlarini xaddan tashqari buzilishi,
immun tizimi ishi buzulganda — uzoq davomli surunkali xastaliklar —
sil, oshqozon-ichak, yurak qon-tomir va boshqa tizim kasalliklari) bola-
larda va katta yoshdagi odamlarda uchrashi mumkin. Bunday bemor-
larda, odatdagidek, davolash usullari qoniqarsiz bo‘ladi yoki uncha
foydali bo‘lmaydi.
Shuning uchun, bu tur bemorlarni davolashda organizmning tashqi
salbiy ta’sirotlarga qarshi kurashish qobiliyatini va immun tizimi ishini
yaxshilash maqsadida turli dorilar qo‘llanadi:
a) har kuni 2 marta (20 kun davomida) 0,2 g nukleinat natriy ichish
tavsiya etiladi;
b) boshlang‘ich kariyesni operatsiyasiz davolashda erogat kaliy
preparatini 0,5 g dan kuniga 3 martadan, pentoksilni 0,2 g dan kuniga
3 martadan 15 kun davomida bemorga ichqizish;
c) markaziy asab tizimiga ta’sir etish uchun jenshen, eleuterokokk
va gormonal preparatlar — nerobol, nerobolil, retabolil kabilar,
vitaminlardan S, V
1
, V
6
, askorbin kislotasi (0,1—0,2 g) piridoksin (0,05—
0,1 g har kuni 3 martadan) kabilar qo‘llash;
d) har kuni 3 martadan 0,5 g gliserofosfat kalsiy tuzlari, V
1
, V
6
 (4—
6 mg dan) ni 12—18 oy mobaynida qo‘llash;
e) qish oylarida 0,5 biodoza ultrabinafsha nurlari bilan kasallangan
tish yuzalariga ta’sir (10-20 marta) etish kabilar.
Shuni ta’kidlash zarurki, davolash usullari va qo‘llanadigan dori-
darmonlar bemor ahvoli va uning organizmi xususiyatlariga mos, to‘g‘ri
kelishi hamda davolash jarayoni shifokor nazorati ostida olib borilishi
shart.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling