Rivojlantirish instituti
KARIYES KASALLIGINI OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
KARIYES KASALLIGINI OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI
(PROFILAKTIKA) Kariyes kasalligini oldini olish chora-tadbirlari — profilaktikasi uchun tuzilgan maxsus dasturlar, birinchi navbatda, homilador ayollar va ulardan tug‘iladigan bolalar sog‘lig‘ini muxofaza qilishga qaratilishi lozim. Chunki kariyes kasalligini chaqiruvchi omillar bola tug‘ilishidan ancha oldin ona va bola organizmiga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Sut tishlar o‘zagining hosil bo‘lishi homiladorlikning 7-haftasidan boshlanadi. Homilaning 5-oyida birinchi oziq tishlar kurtagi hosil bo‘ladi, 8-oyda esa doimiy kesuvchi va uzuvchi tishlarning kurtaklari hosil bo‘ladi. Bola tug‘ilguncha barcha sut tishlarining o‘zaklari hosil bo‘la boshlaydi. 6 2 Ma’lumki, homiladorlikning 9 oyi mobaynida bo‘lajak onaning tanasida, organizmida kechadigan turli asabiylik, spirtli ichimliklar, giyohvandlik, chekish kabi holatlar homila salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Salbiy holatlar yuz-jag‘ sohasida yuz tuzilishiga qatnashuvchi suyaklar shaklini o‘zgarishi, tish o‘zaklarini o‘lishi yoki zararlanishi, lablar va tanglay suyaklarining kemtiklari, tishlarning mo‘rt, kariyes kasalligiga chalinuvchi bo‘lishi, tug‘ilgan bola organizmining kuchsiz- lanishi kabilarga sabab bo‘lishi mumkin. O.A. Prokusheva keltirgan ma’lumotlar 3 yoshdagi bolalar tishlarini tekshirish natijalariga bag‘ishlangan bo‘lib, homiladorlik tinch, osoyishta, me’yorda kechgan sog‘lom onalardan tug‘ilgan bolalarning 3% da tish kariyes kasalligi bilan kechganda onalardan tug‘ilgan bolalarning deyarli yarmisida (43%) kariyes kasalligi borligi aniqlangan. Yaxshi va to‘g‘ri ovqatlanish ham kariyes kasalligini oldini olish omillaridan biri xisoblanadi. Homilador ayolning kunlik ovqati mineral tuzlarga, vitaminlarga, oqsillarga, yog‘larga va karbonuvlarga boy bo‘lib, har kuni 4 mahal (4—4,5 soatda bir marta) bo‘lishi talab etiladi. Bunda, kalsiy va fosfor (4:5 dan 1:1,5 nisbatda), magniy va kalsiy (1:3 yoki 1:2) ftor va kalsiy (1:1000) elementlari muvofiqlashgan bo‘lishi kerak. Buning uchun aminokislotalar (arginin, lizin, alanin, glisin, krolin, tirozin)ga boy bo‘lgan hayvonot oqsillari mol go‘shtida, quyon, tovuq, kurka va boshqa go‘shtlarda mavjud bo‘lgani uchun, ularni iste’mol qilish foydalidir. O‘simlik mahsulotlaridan lavlagi ham foydali xisoblanadi. Kundalik ovqat tarkibiga, masalan, go‘sht yoki baliq bilan kalsiyga boy bo‘lgan kartoshka, karam, grechka, arpa, loviya kabilar kiritilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sut va sut mahsulotlarida ham kalsiy elementi ancha ko‘p. 1 l sutda 1,2 g kalsiy, 100 g suzmada esa 0,9 g kalsiy moddasi bor. Kalsiyning ma’lum miqdori organizmga suv bilan kiradi. Shuning uchun ftor va kalsiy hamda boshqa mineral moddalar har bir hududda alohida xisoblanib chiqilishi shart. O‘zbekiston Respublikasi hududida ichimlik suvdagi ftor ionlarining o‘rtacha yillik miqdori 0,4 mg/l ni (sharqiy zonada — 0,28, markaziy zonada — 0,42, shimoliy-sharqiy zonada — 0,51 mg/l) tashkil etadi. Bu juda kam miqdor xisoblanadi. Chunki me’yorda 0,8-1,2 mg/l ftor miqdori bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham, 6 yoshli bolalarning sut tishlarida kariyes kasalligining tarqalish darajasi O‘zbekistonda 80,86% (sharqiy zonada — 73,89%, markaziy zonada — 85%, shimoliy-sharqiy zonada — 85,71) ni tashkil etadi. 12 yoshli bolalarda kariyes kasalligini umumiy tarqalganlik darajasi 68,04% ni, 15 yoshli bolalarda — 75,75% ni tashkil etadi. Ftorning profilaktik foydasi — emalning kislotalarga bo‘lgan qarshilik kuchini oshiradi. Demak, O‘zbekiston davlati xududida xomilador ayollarga har kuni 2 tabletkadan ftorid natriy qabul qilish tavsiya etiladi. 6 3 Tabletka og‘izda maydalanadi, 1—2 daqiqa ushlab turiladi va ustidan suv ichib, yutiladi. Bu bo‘lajak ona tishlarini va homila tishlarini kariyes kasalligidan ximoya etadi. Toksikoz bilan kechadigan homiladorlikda bu miqdor 2 ga ko‘paytiriladi. Agar suvda ftor miqdori me’yorda bo‘lsa ham, 1 tabletkadan kuniga 1 marta ftorid natriy qabul qilinadigan bo‘lsa, ular orasidagi muddat 3 soat bo‘lishi kerak, birga qabul qilinmaydi. Shuni ta’kidlash zarurki, xususan O‘zbekistonda va Markaziy Osiyo davlatlarida, odamlar ko‘p miqdorda choy ichishadi. Choy, xususan ko‘k choy tarkibida ftor moddasi bor. 2—3 piyola choy tarkibida 1—1,5 mg ftorid natriy bor ekan. Shuningdek, mineral suvlar, baliq mahsulot- lari — skumbriya, sardina, dengiz okuni, mevalar — o‘rik, sabzi, kashnich kabilar tarkibida ham ftorid natriy ma’lum miqdorlarda bor. Suv tarkibidagi ftorid miqdorini sun’iy apparatlar — "Ftorator" lar yordamida muvofiqlashtirish, davlat miqiyosida olib borilishi mumkin. Lekin bu juda qimmat, ko‘p pul sarflashni talab etadi. Ftor miqdorini organizmga tushish jarayonini ftorid tuz, sut va boshqa ovqatliklarga ftor tuzini qo‘shish bilan ham muvofiqlashtirish mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, sun’iy yo‘l bilan organizmga ftor preparatlarini kiritishda, uning og‘iz bo‘shlig‘ida ushlab turish katta ahamiyatga ega. Vitafor preparati (uning 1 ml da 0,1 mg ftor, 660 ME A vitamini, 80 ME D2 va 12 mg S vitaminlari bor) ftorid natriy tabletkalaridan yaxshiroq foyda berishi kuzatilgan. Vitaftor preparati yoki ftorid natriy tabletkalari 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 180 kun davomida, ayniqsa qish, bahor va yoz oylarida qabul qilinishi kariyes kasalligiga chalinishni oldini olishi aniqlangan. Bu preparatlar zararlangan tish yuzalariga applikatsiya — shimdirish yo‘li yoki og‘izni ftorli suyuqliklar bilan chayish, tarkibida ftoridlar bo‘lgan tish pastalari bilan tishlarni tozalash, tishlarni ftorli laklar bilan berkitish, yopish kabi muolajalar natijasida emal orqali maqsadga muvofiq yaxshi ta’sir etadi. Masalan, ftorid natriyning 0,2% li eritmasi bilan 3—4 yil davomida tishlar chayilsa, kariyes kasalligining shiddati 53,8% ga, tarqalishi 20,7% ga, tishlar KPU si bo‘yicha kasallikni o‘sishi 36,5% ga kamayishi mumkin ekan. Umuman olganda, kariyes kasalligiga qarshi kurash-profilaktika chora-tadbirlari bir necha asosiy prinsip-tutumlardan iborat: 1. Davlat tomonidan bajariladigan ishlar. Bu ishlarga avvalo, aholini me’yorlarga javob beradigan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kiradi. Kerak bo‘lganda, suvni ftorlash yoki bir necha suv manbalari — daryolar, kanallarni bir-biriga ulab, ftor miqdorini me’yorlash, ekologik masalalar kabi katta mablag‘ talab etadigan ishlarni amalga oshirish zarur. 2. Ijtimoiy ishlar. Aholining ijtimoiy — turmush va yaxshi sharoitlari, oilaviy daromad miqdori, imkoniyatlari, ma’rifiy va ma’naviy darajalari barcha kasalliklar, 6 4 jumladan, kariyes kasalligini rivojlanishida va uni oldini olish chora- tadbirlarini joriy etishda muhim ahamiyatga egadir. 3. Tibbiyot xodimlari bajaradigan ishlar. Shifokor-stomatolog ginekolog bilan birga ayollar maslahatxonasida homilador ayollarni ko‘rikdan o‘tkazib, ulardagi kasalliklarni aniqlashlari va davolash chora-tadbirlarini ko‘rishlari zarur. Kerak bo‘lganda, bu ishga pediatr, terapevt va boshqa mutaxassisdagi shifokorlar jalb etiladi. Har bir homilador ayol bilan yakkama-yakka suhbat o‘tkazib, unda kasalliklar oldini olish chora-tadbirlariga oid maslaxatlar berish, sog‘liqni ximoyalash qoidalarini o‘rgatish (masalan, tishlarni tozalash tartiblari, badantarbiya va boshq.), to‘g‘ri va ratsional ovqatlanish, umumiy va shaxsiy tozalik qoidalariga rioya etish va umuman sog‘lom turmush tarzini tashkil etish kabilarni tushuntirish, o‘rgatish kerak. Undan tashqari, tibbiyot xodimlari tomonidan chop etilgan turli tibbiyot sohalariga taalluqli kitobcha va jadvallar, ko‘rgazmali tasviriy rasmlar, gazeta va jurnallarga bosilgan ommabop maqolalar, radio va televideniye orqali o‘tkaziladigan suhbatlar xalq ommasiga tibbiyot bilimlarini targ‘ib etishda, aholini sog‘liqni saqlash madaniyatini o‘stirish, takomillashtirishda va natijada juda ko‘p kasalliklar, jumladan stomatologiya sohasidagi kasalliklarni ham oldini olishda muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, bolalar va o‘smirlar (yasli, bog‘cha, maktab, kollej) orasida shifokor-stomatologning tarbiyachi va o‘qituvchilar hamkorligida olib borilgan, tibbiyotga oid suhbatlari yaxshi natijalar beradi. Bu suhbatlarda turli ko‘rgazmali rasmlar, jadvallar, slaydlar, plakatlar, ilmiy ommabop kinofilmlar namoyish etish ular salohiyatini yanada oshiradi. 4. Tozalikka rioya etish bilan bog‘liq ishlar. Tozalikka bog‘liq ishlarni tashkil etish chora-tadbirlariga atrof- muxitni toza tutish, yashaydigan uyimiz, ish joylarini, yonimizdan oqadigan kanallar, ariqlar suvlarini toza tutishni, shaxsiy tozalik qoidalariga rioya etish va bular natijasida sog‘lom turmush tarzini tashkil etish kabilar kiradi. Katta mablag‘ talab etadigan ishlarni, masalan O‘zbekistonda Orol dengizi muammosini davlat bajarsa, qolgan barcha tozalik ishlarini aholining o‘zi bajarishi kerak. 5. Tarbiyaviy ishlar. Bolalar va kattalar orasida eng ko‘p tarqalgan kariyes kasalligini oldini olishda, insonlarda sog‘liqni ximoya etish tuyg‘ularini tarbiyalab borish zarur. Bunda turmush sharoiti, oila muxiti katta rol o‘ynaydi. Bolalarni tarbiyalash, ularga sanitariya va tozalik qoidalarini o‘rgatishda ota-onalar o‘rnak bo‘lishlari kerak. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish ota-onalar, tarbiyachilar, o‘qituvchilar va shifokorlarning zimmasida turadi. Umuman aytganda, ona-bola sog‘lig‘ini muhofaza etish, atrof- muxitni qo‘riqlash, uni tozaligi uchun kurashish, bola tug‘ilmasdan oldin 6 5 bo‘lajak ona va tug‘ilajak bola sog‘lig‘ini ta’minlaydigan omillarni qo‘llash, sog‘lom turmush tarzini joriy etish kabi davlat, tibbiyot, pedagog va tarbiyachilar bajaradigan ish ko‘lamlari juda ko‘p kasalliklar, jumladan, kariyes kasalligini ham oldini olishdek, yuksak insonparvarlik vazifalarini bajarishga xizmat etadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling