Rivojlantirish instituti


HAR XIL BOSQICHDAGI KARIYES KASALLIGINI


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

HAR XIL BOSQICHDAGI KARIYES KASALLIGINI
D A V O L A S H D A   S H I F O K O R N I N G   T U T A D I G A N   Y O ‘ L I
(TAKTIKASI)
Kariyes 
kasalligini 
davolashda 
tanlanadigan 
usullar, 
kariyes 
ksalligini
kechishi, 
kasallik 
darajasi, 
kovakning 
katta-kichikligi, 
uning 
joylashgan
joyi, qaysi tishdaligi va organizmning umumiy ahvoliga bog‘liq bo‘ladi.
Boshlang‘ich kariyesda operatsiyasiz davolash usullarini yuqorida
bayon etdik.
Agar kariyes kovagi hosil bo‘lgan bo‘lsa — yuzaki kariyesdan boshlab
chuqurlashgan chuqur kariyesgacha bo‘lgan holatlarda faqat operativ
usullar qo‘llashga to‘g‘ri keladi.


6 0
Lekin ba’zi odamlarda, xususan bolalarda kariyes kasalligiga "moil"
bo‘lgan kishilarda (ko‘p tishlarda kariyes kasalligi bo‘lgan bo‘lsa va klinik-
laboratoriya usullari natijalari ularda organizmning ojizlanganligini
ko‘rsatsa) kariyes kasalligini oldini olish maqsadida individual tutumda
operativ davolash bilan birga dori-darmonlar qabul qilish tavsiya etiladi.
14—15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, xususan sut tishlarida ba’zida
gullayotgan, gullagan kariyes kasalligi yoki tizimli kariyes kasalligi uch-
raydi. Bunda klinik tekshiruvda shifokor bir necha guruh tishlarda yoki
barcha tishlarda bir vaqtning o‘zida turli chuqurlik, og‘riqlikdagi kariyes
dog‘lari va kovaklari paydo bo‘lganligini ko‘radi. Bunday hol yuqorida
aytganimizdek, ko‘pincha ichki a’zo va tizim kasalliklari bilan og‘rigan
yoki og‘riyotgan bemor bolalarda uchrashi aniqlangan. Bunday paytlarda
maxalliy va umumiy nooperativ, operativ patogenetik, etiopatogenetik
davolash usullarini qo‘shib olib borilishi, organizmdagi bor umumiy
kasalliklarni ham o‘sha soha shifokor-mutaxassislari bilan birga olib
borilishi shart.
Ba’zida surunkali yuzaki kariyesni davolash remterapiya yordamida
(ftorli pastalar bilan tish yuzasini uqalash, ishqalashdan keyin ftorlak
bilan qoplash) o‘tkaziladi. Ammo, surunkali yuzaki kariyes kasalligi
tishlarning aproksimal — bir-biriga tegib turgan yuzalarida bo‘ladigan
bo‘lsa, unda operativ usul qo‘llash kerak bo‘ladi.
O‘tkir yuzaki kariyesni operativ-tiklash va remterapiya usullari bilan
davolanadi. Agar kariyes o‘tkir, jadallashgan holda kechsa, patogenetik
davolash usullari qo‘shiladi.
Umuman o‘tkir yoki o‘tkirlashgan, jadallashgan kariyes bo‘ladigan
bo‘lsa, operativ davolash usullari patogenetik — remterapiya usuli bilan
birga olib boriladi.
O‘rta kariyesni davolash operativ-tiklash usulida o‘tkaziladi.
Chuqur yoki chuqurlashgan kariyesda operativ usul qo‘llanadi va
pulpaga ta’sir etuvchi dorilar ishlatilgach, doimiy plomba qo‘yiladi.
Yuqorida aytganimizdek, barcha stomatologik muolajalar, jumladan,
eng ko‘p tarqalgan stomatologik kasallik xisoblangan kariyes kasalligini
davolash ham og‘riqsiz, bemorni qiynamasdan o‘tkazilishi kerak. Bu
ishni bajarish shifokordan ancha mahorat talab etadi, chunki har bir
bemorga individual tarzda muolaja qilish, uning fe’li, asab tizimi va
organizmining ahvoliga qarab og‘riqsizlantirish usullaridan birini yoki
ikkisini tanlab olishga to‘g‘ri keladi. Shuni ta’kidlash zarurki, ba’zi
kishilarga yaxshi gap, tushuntirish, shirin so‘z davolash uchun kifoya
etsa, ba’zi odamlarga umumiy og‘riqsizlantirish — narkoz qo‘llashga
to‘g‘ri keladi.
Kariyes kovagini charxlash pulpasi tirik tishlarda turli darajadagi
og‘riq bilan kechadi.
Shuning uchun, charxlash jarayonida shimdirish — applikatsiya usuli
qo‘llash ancha og‘riqni pasaytiradi. Bu maqsadlarda dikain, 10% li


6 1
lidokain, trimekain kabi og‘riqsizlantiradigan dorilar charxlash jarayonida
bir necha bor kovakka shimdiriladi, ya’ni shimdirilgach ma’lum bir
qavat to‘qima olingach, yana applikasiya qilinadi va qavatma-qavat
olinishda to‘qimalar bir necha bor og‘riqsizlantiriladi. Agar bu usul
yordam bermasa, in’eksion usulda, mandibulyar yoki infiltrasion usulda
2% li lidokain yoki novokain, 1% li ultrakain va boshqa anestetik ukol
qilish bilan yuboriladi. Odatda bu usul kariyes kasalligini og‘riqsiz
davolashni ta’minlaydi.
O‘rta kariyesni davolashda odatdagidek, ishlov berilgan kovakka taglik
emal-dentin chegarasigacha qo‘yilib, kovakni emal qavatiga to‘g‘ri
keladigan qismi doimiy plomba bilan to‘ldiriladi. Chuqur va xususan,
chuqurlashgan chuqur kariyesda esa, yuqorida ta’kidlangandek, doimiy
plombagacha davolovchi pasta qo‘yilgan, taglik va doimiy plomba
qo‘yiladi. Chunki chuqur kariyesda pulpa bilan kovak tubi o‘rtasida
yupqa bo‘lsada, sog‘lom dentin qavati qoladi va bu qavatni qalinlashtirish
maqsadida ikkilamchi dentin hosil bo‘lishini tezlashtiradigan dorilar
(evgenol-timol, timol-dentin, kalmetsin va boshq.) qo‘llashga to‘g‘ri
keladi. Chuqurlashgan chuqur kariyes aksar mualliflar tomonidan tan
olinmasdan, aloxida kasallik tashhisi sifatida ajratilmasada, klinikada
uchrab turadi. Bu kasallikda pulpa bilan kariyes kovagi orasidagi dentin
qavati nihoyatda yupqa va u ko‘pincha kariyesga uchragan, lekin xali
pulpit kasalligining belgilari yo‘q. Shuning uchun, bu kasallikni
davolashda ham ehtiyotkorlik bilan ishlash va ikkilamchi dentin qavatini
hosil qildirish zarur. Ana shundan keyin odatdagidek kariyes kovagi
plombalanadi.
Demak, kariyes kasalligini davolashning eng muhim maqsadi, jihati —
bu yo‘qolgan, o‘lgan chirindi hosil bo‘lgan tish to‘qimalaridan kovakni
tozalab, zararlantirib va shakllantirilib, plomba yordamida tishning
anatomik shaklini va fiziologik vazifasini tiklashdan iborat.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling