Rivojlantirish instituti
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
3) Pulpa petrifikatsiyasi. Pulpa to‘qimasida mineral tuzlarning
yig‘ilishi, cho‘kishi, o‘tirib qolishi natijasida hosil bo‘ladigan o‘zgarishlar oqibatida turli tuzlar yig‘indisi — petrifikatlar hosil bo‘ladi. Bu jarayon albatta distrofik o‘zgarishlardan kelib chiqadi. Petrifikatlar tarqalgan va o‘choqli joylashgan. O‘choqlisida bir yoki bir necha turli shakl va hajmdagi dentikllar paydo bo‘ladi. Dentikllar dentinga o‘xshash tuzilishga ega. Ular tish bo‘shlig‘ida joylashishiga qarab 3 xil bo‘ladi: 1) erkin, ya’ni pulpa to‘qimasida, devorlarga yopishmay turgan; 2) devoroldi — bo‘shliq devorlariga yopishib turgan va 3) obliteratsiyalovchi intersisial — pulpaning barcha qismlariga yoyilib, tish bo‘shlig‘ini to‘ldirib turgan dentikllar. Oxirgi intersisial dentikl ikkilamchi va uchlamchi dentin hosil bo‘lish jarayonlarida paydo bo‘lib, ularga qo‘shilib ularning ichiga kirib turadi. Tuzilishi dentinga o‘xshasada, dentikllar yaxshi shakllangan dentikllar (ularda dentin kanal (naycha) lari bor) va to‘liq shakllanmagan dentikl (ularda dentin naychalari yo‘q) larga bo‘linadi. Amaliyotda intersisial dentikllar rol o‘ynamaydilar, chunki ular pulpa to‘qimasiga ta’sir eta olmaydilar. Eng xavflisi erkin joylashgan va undan keyin devorli dentikllardir. Ular kattalashib, pulpa asab tolalarini bosib, turli og‘riqlar paydo bo‘lishiga (klinikada bu holatni konkremental pulpit deyiladi) sabab bo‘ladilar. Dentikllar butun (intakt) tishlar pulpasida turli sabablardan paydo bo‘ladi. Xar xil kasalliklardagi modda almashuv jarayonlari oqibatida ularning hosil bo‘lish jarayonlari tezlashadi. Shunday qilib, tashqi va ichki ta’sirotlar oqibatida pulpada turli o‘zgarishlar yuzaga keladi. Shu bilan bir qatorda, pulpa to‘qimasi katta kompensator-moslashish xususiyatiga ham ega bo‘lganligi tufayli, unga tushadigan begona, yot ta’sirotlarga qarshi kurashib, o‘z butunligini saqlab turadi va vazifalarini bajaraveradi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling