Rivojlantirish instituti


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Pulpitlarning tasniflari
Pulpitlarning turli klinik kechishlari uzoq yillardan beri, ularning
turli tasniflarining taklif etilishiga sabab bo‘lib kelgan.
Birinchilardan bo‘lib, bundan 100 yillar oldin (1886) Arkevi pulpa
yallig‘lanishida kuzatiladigan morfologik o‘zgarishlar va bemor sezadigan
og‘riqlar belgilariga asoslangan pulpitlarning tasnifini taklif etgan. Bu
tasnifga muvofiq o‘tkir va surunkali pulpitlar 12 turga bo‘linadi.
1914- yilda A.I. Abrikosov, 1925- yilda B.N. Mogilniskiy va A.I. Ev-
dokimovlarning ham taklif etgan pulpitlarning tasniflari yallig‘langan
pulpadagi patologo-anatomik o‘zgarishlarga asoslangan. Bu tasniflarda
yallig‘langan pulpada kechadigan barcha kasallik o‘zgarishlar o‘z aksini
topgan. Ammo bu tasniflar hajmlarining kattaligi va shuning uchun
ham klinikada qo‘llash qiyinligi sababli, ular amaliyotga keng tadbiq
etilmadi.
1927- yilda E.M. Gofung pulpitlarning klinikasiga asoslangan va
shuning uchun ham amaliyotdagi shifokorlar uchun qulay bo‘lgan
pulpitlar tasnifini taklif etdi.
I. O‘tkir pulpit: a) qisman; b) umumiy; c) yiringli umumiy;
II. Surunkali pulpit: a) oddiy; b) gipertrofik; c) gangrenozli.
Bu tasnifdagi pulpit turlarini aniqlash uchun klinikada bemor bilan
savol-javob o‘tkazish va uni tekshirib ko‘rish kifoyadir.
Bu tasnifning afzallik tomoni.
E.M. Gofung tasnifining kamchiligi bo‘lib, yiringli pulpitlar zardobli
pulpitlarga nisbatan ko‘proq uchrashidir, chunki zardobli ekssudat tez
orada yiringli ekssudatga o‘tadi. Undan tashqari, bu tasnifda surunkali
pulpitni qaytalanishi kirmagan. Bunga qaramay, bu tasnif uzoq yillar
amaliyotda qo‘llandi.


7 6
E.S. Yavorskaya, L.I. Urbanovich (1964) lar tasnifi:
I. O‘tkir pulpit: 1) pulpa giperemiyasi; 2) jarohatiy pulpit (tasodifan
ochilgan pulpa, tish sinishida ochilgan pulpa); 3) chegaralangan; 4) diffuz
(zardobli); 5) yiringli.
II. Surunkali pulpit: 1) fibrozli; 2) gipertrofik; 3) gangrenozli.
III. Surunkali pulpitni qaytalanishi.
IV. Periodontit bilan asoratlangan pulpit (fokal, joyli).
1967- yilda T.T.Shkolyar quyidagi tasnifni taklif etdi: 1) o‘tkir
boshlang‘ich pulpit; 2) o‘tkir (yiringli) kechikib murojat etilgan pulpit;
3) surunkali fibrozli pulpit; 4) surunkali yarali pulpit; 5) surunkali
granulematozli pulpit; 6) surunkali ildiz pulpasining yallig‘lanishi (boshqa
mualliflar bo‘yicha gangrenozli); 7) surunkali pulpitning qaytalanishi
(ildiz uchi periodontitining reaksiyasi xisobga olinadi).
VOZ ning (1975) Xalqaro pulpa kasalliklari tasnifi: 1. Pulpit: o‘tkir,
surunkali (gipertrofik, yarali, yiringli).
1.1. Pulpa nekrozi — pulpa gangrenasi.
1.2. Pulpadagi hosilalar — dentikllar, pulpa klasifikasiyalari.
1.3. Pulpada anomal qattiq to‘qimalarning hosil bo‘lishi.
Markaziy ilmiy-tekshirish stomatologiya instituti tomonidan taklif
etilgan pulpitlar tasnifi quyidagicha: 1) o‘tkir zardobli o‘choqli pulpit;
2) o‘tkir zardob-yiringli o‘choqli pulpit; 3) o‘tkir yiringli tarqalgan
(diffuz) pulpit; 4) surunkali oddiy pulpit; 5) surunkali granulematozli
pulpit; 6) surunkali gangrenozli pulpit; 7) surunkali pulpitning
qaytalanishi.
Bu tasnif bemor sezgilariga, shikoyatlariga asoslangan. Shikoyatlarga
tayanib ekssudat zardobli yoki yiringlimi degan savolga javob berish
qiyin.
N.A. Semashko nomli Moskva tibbiyot instituti (1999- yildan boshlab
Moskva davlat tibbiyot stomatologiya universiteti) tomonidan tavsiya
etilgan pulpitlar tasnifiga muvofiq pulpit turlari quyidagilarga bo‘linadi:
I. O‘tkir pulpit: a) o‘choqli; b) diffuz.
II. Surunkali pulpit: a) fibrozli; b) gangrenozli; c) gipertrofik; d)
surunkali pulpitni qaytalanishi.
III. Pulpani qisman yoki to‘liq olib tashlashdan keyingi holat.
Bu pulpitlarning xar bir turi subyektiv va obyektiv tekshirish
ma’lumotlari asosida tashhislanadi.
Ko‘rinib turibdiki, keltirilgan tasniflarda dentikllar ta’sirida kelib
chiqish mumkin bo‘lgan "konkrementozli pulpit" o‘z aksini topmagan.
Undan tashqari, ma’lumki amaliyotda yallig‘langan pulpani o‘ldirish
(devitalizatsiya) maqsadida mishyak kislotasi (margimusht) hamon
qo‘llaniladi. Yaxshi o‘tuvchi tish kanallaridan yallig‘langan pulpani
og‘riqsizlantirilgandan yoki mishyak kislotasi qo‘yilgandan so‘ng olib
tashlansa, bu ishni o‘tilishi qiyin, ildizlari qiyshaygan, undagi kanallar
tor bo‘lgan (asosan ko‘p ildizli tishlar) tishlarda, aksariyat hollarda


7 7
bajarishning iloji bo‘lmaydi va uning oqibatida ildiz pulpasining ma’lum
qismi tirik yoki yarim o‘lik holda kanalda qoladi. Agar mishyak
kislotasining pulpaga ta’sir etish mexanizmi hozirgacha noaniqligini,
uning ta’sirida hamma vaqt ham pulpa o‘lavermasligini xisobga olinsa,
bu narsa yanada oydinlashadi. Bunda kanalda qolgan pulpaning taqdiri
nima bilan tugaydi degan savol ko‘ndalang turadi. Ana shu masalani
ma’lum darajada echish uchun biz (T.X. Safarov, 1963—1967) oldingi
yillarda (12 oydan 4,5 yilgacha) pulpit bilan kelgan va uni davolashda
mishyak kislotasi qo‘llanilgan shaxslarni taklif etib, davolangan tishlardagi
pulpa holatini elektrodiagnostika, termodiagnostika usullari va tish
atrofidagi to‘qimalar holatini rentgenologik usul yordamida tekshirib
ko‘rdik. Bu ishlar natijasida, ildiz kanallarida turli muddatlarda (hattoki
4,5 yilgacha) pulpa tirikligicha qolishi mumkinligi aniqlandi.
Rentgenogrammada pulpasi tirik ildiz uchida ko‘pincha granulema
yoki suyak emirilish borligi ham aniqlandi. Bunda bemorlar davolangan
tishlarida ba’zida "pulpit"ga o‘xshash, ba’zida esa "periodontit"ga o‘x-
shash og‘riqlar, noxush sezgilar paydo bo‘lishiga shikoyatlar qilishdi.
Bunday holatni "pulpoperiodontit" deb tashhislashni biz taklif etdik.
Bular L.R.Rubin (1966) e’lon qilgan "pulpitlar tasnifi" da o‘z aksini
topdi.
Shuni ta’kidlash kerakki, "pulpoperiodontit" degan tashhis kam
qo‘yiladi, lekin ular bor. Bunga sabab, birinchidan bunday bemorlar,
ko‘pincha surunkali granulematoz yoki granullashgan periodontit, ba’zida
esa qoldiq pulpit bilan kelishadi, ikkinchidan bunday tishlardagi pulpa
holati shifokorlar tomonidan tekshirilmaydi, ammo kanalga qilingan
muolajalar unda tirik pulpa borligini ko‘rsatishi mumkin.
Haqiqatan ham pulpoperiodontit bilan bemorlar murojat etmasliklari
mumkin. Bunga sabab, pulpa va periodont to‘qimalaridagi ximoya-
kompensator mexanizmlar muvozanatining buzilmaganligi va tananing
tashqi va ichki ta’sirotlarga qarshi kurashish qobiliyatining etarli bo‘lib
turganligi bo‘lishi mumkin. Ammo "yarim" yallig‘langan pulpa va ildiz
uchidagi emirilgan suyak to‘qimalaridagi mikroblar va ularning zaxarlari
organizmni ichki zaxarlab turadigan stomatogen o‘choqlar bo‘lib
xisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida bizning klinikamizda
E.M. Gofung (1927) tasnifini L.R. Rubin (1966) tasnifi bilan to‘ldirilgan
quyidagi keltirilgan pulpitlarning tasnifi qo‘llanadi.
I. Pulpitlarning kelib chiqish sabablari bo‘yicha:
1) infeksion pulpitlar;
2) jarohatiy (travma) pulpitlar;
3) medisamentoz yoki toksik pulpitlar.
II. Klinik kechish va pulpada yallig‘lanish o‘chog‘ining joylashgan
joyi bo‘yicha:


7 8
1. O‘tkir pulpit: a) o‘choqli, chegaralangan (pulpitis acute focalis,
Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling