Rivojlantirish instituti


Pulpitlar kelib chiqish sabablari — etiologiyasi


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Pulpitlar kelib chiqish sabablari — etiologiyasi
Pulpani yallig‘lanishi — pulpit (pulpitis) turli ta’sirotlarga uning javob
reaksiyasi sifatida yuzaga keladi. Yallig‘lanish va uning jadalligi tananing
va pulpaning bu ta’sirotlarga qarshilik ko‘rsatish darajasi va ta’sir etadigan
omillarning kuchi va davomligiga bog‘liq. Bu omillar yallig‘lanish
kechishining xarakterini belgilaydi.


7 3
Yosh odamlar pulpasida modda almashish jarayonlari yaxshi bo‘lgan-
ligi va ta’sirotlarga qarshi kurashish qobiliyati balandligi sababli yuzaga
keladigan yallig‘lanish jarayoni ko‘proq o‘tkir pulpit sifatida kechadi.
Ba’zida kuchsiz ta’sirotlardan surunkali pulpit kelib chiqishi mumkin.
Shuning uchun pulpitni davolashda bemorning yoshi, uning organizmida
kechayotgan va o‘tib ketgan kasalliklar, pulpada kechayotgan yallig‘lanish
turi, og‘ir-yengilligi, bemorning umumiy holati kabi omillar xisobga
olinishi kerak.
Pulpit ko‘pincha pulpaga tushadigan biologik agentlar — mikroblar
va ularning zaxarlari ta’sirida paydo bo‘ladi. Pulpaga mikroblar va ular-
ning zaxarlari bir necha yo‘l bilan kirishi mumkin: a) asosan kariyes
kovagidan dentin naychalari yoki teshilgan mayda teshikchalar orqali;
b) paradont kasalliklarida paydo bo‘ladigan paradontal cho‘ntaklar orqali;
c) yuqumli kasalliklar, septik holatlarda qon va limfa oqimi orqali; d)
tish atrofidagi to‘qimalarning yallig‘lanish o‘choqlaridan ildiz uchi teshigi
orqali.
Ko‘pchilik tadqiqotchilar pulpitni gemolitik va nogemolitik strepto-
kokklar chaqirishi to‘g‘risida fikr yuritadilar. Lekin yallig‘langan pulpada
diplokokklar, stafilakokklar, grammusbat tayoqchalar, streptokokklar,
laktobasilalar va zamburug‘lar ham borligi aniqlangan. Agar mikroblar
va ularning zaxarlari kariyes kovagidan kirsalar, avval kirgan joylarda
chegaralangan yallig‘lanish o‘chog‘i bo‘lib, keyin pulpaning boshqa joy-
lariga, ildiz pulpaga tarqaladi. Ammo qon va limfa orqali ildiz uchi
teshigidan kirgan biologik agentlar ildiz pulpasini yallig‘lantirib, keyin
boshqa pulpa satxlariga tarqaladi.
Pulpa yallig‘lanishiga jarohatlar (mexanik, fizik, kimyoviy) ham sabab
bo‘ladi.
Mexanik jarohatlar — turli urilish (yiqilib tushish, sport mashqlari,
turli favquloddagi hodisalar va boshq.) lar ta’sirida tishning ma’lum
qismi, ko‘pincha toj qismining bir bo‘lagi yoki ildiz qismi sinishi
oqibatida pulpa ochilib qolishi va unga tushgan mikroblar ta’sirida
yallig‘lanishi mumkin. Tish ildizining uchki qismining sinishi yoki tishga
tushgan o‘ta katta bosim oqibatida uning qoqilib, o‘z katagida bosilib
qolishi natijasida tomir-asab tutamining ezilishi pulpa oziqlanishini
buzilishiga sabab bo‘ladi.
Tish ildizi bir necha joydan — ildiz uzunligining toj qismiga yaqin
joydan (unda toj qism tushib ketishi mumkin), o‘rta qismidan yoki ildiz
uchi qismidan sinadi. Bularni faqat rentgenogrammada aniqlash mumkin.
Bunday paytlarda, pulpaning holati (tirikligi) faqat elektroodonto-
diagnostika yordamida, pulpa to‘qimasini elektr sezuvchanligini aniqlash
yo‘li bilan bilinadi. Agar pulpa tirik bo‘lsa (tish 2—6 mkA yoki 10—20
mkA tokka javob reaksiyasini bersa), biz L.R. Rubin tavsiya etgan
fizioterapevtik, ortopedik (shinali) usullarini qo‘llab yaxshi natijaga
erishamiz. Bunda yumshoq to‘qimalar jarohatlari, pulpada kechadigan


7 4
jarohatiy o‘zgarishlarni yo‘qotish maqsadida UVCH — davolash,
darsenval toklari, singan tish atrofidagi to‘qimalarga 2% li kaliy yodi
bilan elektroforez va singan tishga shina qo‘yib davoladik. Davolash
elektroodontodiagnostika nazorati ostida olib borildi. Chuqur yoki
chuqurlashgan kariyes kovagiga borlar bilan ishlov berish paytida,
shifokor ehtiyotsizligi oqibatida pulpani ochib qo‘yishi ham mexanik
jarohatdir. Sun’iy toj tayyorlash maqsadida tish qattiq to‘qimalarini
qo‘pol, noto‘g‘ri charxlashda hosil bo‘ladigan issiq xarorat, pulpa
to‘qimasini kuydirib qo‘yishi va oqibatda unda aseptik nekroz ro‘y berishi
mumkin. Kimyoviy ta’sirotlardan kelib chiqadigan pulpitlarga ko‘pincha
shifokor-stomatolog aybdor. Bunday yatrogen holatlar kariyes kasalligini
davolashda ishlatiladigan dorilarni (spirt, efir va boshq.) noto‘g‘ri
qo‘llashdan kelib chiqishi mumkin.
Pulpasi tirik tishlardagi kariyes kasalligini davolashda, doimiy
plombadan oldin qo‘yiladigan ajratuvchi taglik noto‘g‘ri (taglik emal-
dentin chegarasigacha qo‘yilishi kerak) qo‘yilaganda yoki umuman
qo‘yilmaganda plomba tarkibidagi kislotalar va boshqa pulpaga salbiy
ta’sir ko‘rsatadigan moddalar dentin kanalchalari orqali pulpaga o‘tib,
uni yallig‘lantiradi.
Pulpani yallig‘lanishiga tana immun tizimining holati katta
axamiyatga ega. Immunologik holatning buzilishi, organizmning tashqi
va ichki ta’sirotlarga qarshi kurashish qobiliyatini pasaytiradi va buning
oqibatida fiziologik ta’sirotlar ham organizmga salbiy ta’sir etishi va
natijada pulpit kelib chiqishi mumkin. Ba’zi tadqiqotchilar pulpitning
paydo bo‘lishi va rivojlanishida dorilar va mikrobli allergenlar roli borligi
to‘g‘risida fikr yuritadilar.
Tishlarning kesuvchi, uzuvchi va chaynov yuzalarining emirilishi,
fonasimon kemtik, emal nekrozi yoki eroziyasi kabi tish qattiq
to‘qimalarining kemtiklarida pulpa ochilib qolishi va yallig‘lanishi
kuzatilgan.
Parodont kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan chuqur kyuretaj,
gingivotomiya, gingivektomiya, loskutli plastik operatsiyalarida o‘tkir
pulpit yuzaga kelishi mumkin.
Pulpa to‘qimasining me’yordan yallig‘lanishga o‘tish bosqichlari 3
ga bo‘linadi: 1) funksional vazifalarini buzilishi; 2) morfologik o‘zga-
rishlar va 3) yallig‘lanish.
Funksional-kimyoviy o‘zgarishlar bosqichida pulpa tarkibidagi
siljishlarni biokimyoviy va gistokimyoviy usullar yordamida aniqlanadi.
Bunda nafas olish fermentlari faolligini pasayishi va nordon fosfataza
faolligini oshganligi kuzatiladi.
Morfologik o‘zgarishlarning rivojlangan bosqichida pulpa tarkibida
sifat va son siljishlar ro‘y beradi. Sifat o‘zgarishlar pulpa elementlarida
protein hosil bo‘lishi, transkapillyar modda almashinuvi, fagasitoz, hujay-
ralar energetik potensialini o‘zgarishidan iborat. Son (miqdor) o‘zga-


7 5
rishlar esa makrofag, plazmosit va neytrofil granulositlar miqdorining
oshganligi bilan xarakterlanadi.
Agar pulpaning ximoyalanish mexanizmlari bilan unga salbiy ta’sir
etuvchi omillar kuchi teng bo‘lsa, yuqorida ta’kidlanganidek, organizmda
kuchlar teng bo‘lsa, kechayotgan yoki kechib o‘tgan umumiy kasalliklar
oqibatida pulpaning ximoya-kompensator xususiyatlari ojizlanmasa,
pulpa yallig‘lanmaydi.
Odamning yoshi, irsiyati, to‘laqonli ovqatlanishi, tashqi muxit
(ekologiya)ning holati tanada kechib turgan yoki o‘tib ketgan kasalliklar,
gormonal faolligi, sensibilizatsiyasining bor-yo‘qligi, paradont va shilliq
qavatning holati, kariyes va nokariyes kasalliklar rivojining shiddati,
tishlarga tushadigan bosimning to‘g‘ri yoki noto‘g‘i taqsimlanishi kabi
omillar pulpaning ximoyalanish vazifasiga ta’sir etadi. Bu ta’sirotlar
yo‘qotilmasa yoki pulpa bularga qarshilik ko‘rsata olmasa, unda
yallig‘lanish boshlanishi mumkin.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling