Rivojlantirish instituti


Xususiy og‘iz shilliq pardasi (lam. propria)


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Xususiy og‘iz shilliq pardasi (lam. propria)
Epiteliy — qoplag‘ich pardadan keyin joylashadi. Bu qavat zich
qo‘shuvchi to‘qimadan iborat va u juda ko‘p so‘rg‘ichlar yoki o‘simtalar
hosil qilib, bular epiteliy qavatiga kirib turadi.


2 6 3
Bulardan epiteliy qavatini oziqlantiradigan qon va asab tomirlari
o‘tadi. Bularga muvofiq epiteliy so‘rg‘ichlari ham xususiy qavatga kirib
boradi.
Shilliq osti qavati:
Xususiy og‘iz shilliq pardasi silliq, chegarasiz shilliq osti qavatira
utadi.
Shilliq osti pardasi yumshoq qo‘shuvchi to‘qimadan iborat. Shuni
aloxida ta’kidlash zarurki, shilliqosti pardasi og‘iz bo‘shlig‘ining hamma
yerida — bo‘limlarida bir xil (qalinlikda) joylashmagan.
Til va milklarda, qattiq tanglay chekka qismlarida, tanglay o‘rta
chizig‘ida shilliq qavat yupqa, ba’zi mualliflar bu joylarda shilliq osti
parda yo‘q deb ta’kidlashadi, go‘yoki bu joylarda xususiy og‘iz shilliq
pardasi bevosita (ya’ni, shilliq osti parda yo‘qligi tufayli) muskullararo
qo‘shuvchi to‘qimaga yoki shu joydagi suyaklarning suyak ustki pardasiga
o‘tadi deyishadi.
Yuqorida aytilgani, og‘iz shilliq pardasi butun og‘iz bo‘shlig‘ini qoplab
turish bilan birqa, og‘iz bo‘shlig‘iga ochiladigan barcha bezlarning
(shilliq, yog‘ va so‘lak bezlarining), chiqish teshiklarini ham yopib turadi.
Og‘iz shilliq pardasi tomoqqa, nafas yo‘llariga va qizilo‘ngach,
oshqozon va pastki organlarga ham o‘tadi, bu esa ularning xossalari
umumiyligidan dalolat beradi.
Og‘iz shilliq pardasining xarakatlanishi ham xar xil. Yaxshi xarakat-
lanuvchi, qo‘zg‘aluvchi joylari-og‘iz daxlizidagi o‘tuvchi burmalar, og‘iz
bo‘shlig‘ining tubi va boshqa ayrim joylarida (lablar, yumshoq tanrlay)
shilliq osti qavatining yaxshi rivojlanganligi, limfa qon tomirlari borligi
tufayli, so‘rilish xususiyati yaxshi rivojlangan.
Bu ham yaxshi (dorilar surilish), ham yomon (zaharli moddalar
so‘rilishi, infeksiyaning tarkalishi) ekanligi yukorida batafsil bayon etildi.
Lablar, lunjlar, yumshoq tanglay va og‘iz tubi xarakatchan va beriluv-
chan, chunki bu joylarda epiteliy va xususiy pardadan tashqari, yumshoq
qo‘shuvchi to‘qima va yog‘ to‘qimalari va ularni kesib o‘tgan qon, limfa
tomirlari va asab tolalaridan iborat qalin shilliq qavat joylashgan.
Alveola o‘simtalarini, tanglay balandliklarini, qattiq tanglayning
oldingi qismini qoplab turgan shilliq parda zich, xarakatsiz yoki kamxara-
katlidir, chunki bu joylarda shilliq osti parda yo‘q yoki juda kam
qalinlikda, rivojlanmagan.
Til shilliq qavatida ham shilliq osti parda yo‘q. Shilliq qavat bevosita
muskullararo qo‘shuvchi to‘qimaga kirib ketgan, shuning uchun til shilliq
pardasi ham xarakatsizdir. Til yuzasida 4 turdagi so‘rg‘ichlar mavjud.
1) Ipsimon (papilh filiformis).
2) Zamburuqsimon (pap. fungiformis).
3) Yaproqsimon (pap. foliatae).
4) Aylanmasimon (pap. circumvalatae)


2 6 4
Ipsimon so‘rg‘ichlar til satxining hamma yerida joylashgan bo‘lib,
ular asosan mexanik vazifani bajaradi. Bu so‘rg‘ichlar epiteliysining yuza
hujayralari shoxlanadi, oqishroq tusga aylanadi, qisqaradi.
Turli oshqozon-ichak kasalliklarida bu so‘rg‘ichlar oqish tusga kirib,
klinikada qoplangan til deb ataydigan holat yuzaga keladi. Zamburug‘-
simon so‘rg‘ichlar qizil donachalar yoki nuqtalar shaklida ko‘zga
tashlanadi, bular ipsimon so‘rg‘ichlar orasida joylashgan, asosan tilning
oldingi 2/3 satxida.
Bu so‘rg‘ichlar orqali kapillyar qon tomirchalari ko‘rinadi, shuning
uchun ular qizil tusda ko‘rinadi. Yaproqsimon so‘rg‘ichlar tilning
yonlarida joylashgan. Aylanasimon (qopqoqsimon) so‘rg‘ichlar til tomiri,
ildizi va tanasida V-simon bo‘lib joylashgan. Til o‘rtasida, aylanasimon
so‘rg‘ichlar orqasida ko‘r teshik (foramen coecum) joylashgan. Ko‘r
teshik orqasida va yonlarida follikulyar apparat joylashgan va u ba’zi
kasalliklarda shishadi, kattalashadi.
Til ildizining yonlarida chap va o‘ng tomonida — murtakchalar,
bodomcha bezlar joylashgan. Ularning so‘rg‘ichlari va bo‘rtgan joylari
epiteliyga kirib turadi. Ularga qon tomirlar va asab tolalari kirgan.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling