Rivojlantirish instituti
O‘sma (shish) oldi va o‘sma jarohatlar
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish usullari
O‘sma (shish) oldi va o‘sma jarohatlar:
Tappeyner leykoplakiyasi, yassi, verrukoz, og‘iz bo‘shlig‘idagi dog‘lar, Mangonotining abraziv rakoldi xeylitlari, pastki labda chegaralangan rakoldi giperkeratozi, pastki lab qizil qoshiyasining rak oldi so‘galsimon holati, BOUEN kasalligi, Keyr eritroplaziyasi, teri shoxi, saraton-rak va boshqa o‘smalar. Og‘iz shilliq pardasidagi sindromlar ko‘rinishi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish usullari Stomatologik bemorlarni tekshirishning, xususan og‘iz shilliq kasal- liklaridagi bemorlarni tekshirishning juda ko‘p, o‘ziga xos usullari bor. Umuman ular, subyektiv (bemor bilan savol-javob, so‘rov), obyektiv (bemorlarning umumiy holatini, og‘iz bo‘shlig‘ini ko‘rish) usullariga bo‘linadi. Obyektiv ko‘rish o‘z navbatida asosiy va qo‘shimcha yoki yordamchi usullarga bo‘linadi. Bu usullarni o‘tkazishdan yagona maqsad-kasallik tashxisini iloji boricha aniq qo‘yish, o‘tkazib yuborilgan yoki bu muayan davrda kechayotgan boshqa kasalliklarni bilishdan iborat. Kasal bilan savol-javob, muloqot, so‘rov o‘tkazishning katta axamiyatga ega ekanligini Gippokrat, Abu Ali Ibn Sino va undan keyin ko‘pchilik rus olimlari (G.A. Zaharin, S.P. Botkin, M.Ya. Mudrov kabilar) ta’kidlanganlar. M.Ya. Mudrov bunday yozadi: "batafsil savol-javobdan keyin, bemorning umumiy holatini aniqlash uchun, shifokor uning boshidan oyog‘igacha ko‘rib chiqishi, bemor betiga, ko‘zlariga, peshonasiga, lunjlariga, og‘ziga, burniga axamiyat berishi zarurki, odatda bu joylarda kasallik belgilari aks etishi mumkin..." Shunday qilib, batafsil o‘tkazilgan subyektiv tekshirishlar tashxis qo‘yishda muhim o‘rin tutadi. Shuni ta’kidlash zarurki, stomatologning vaqti chegaralanishiga qaramay, bu kasalliklarda tekshirishlar chuqur, to‘la olib borilishi shart. 2 7 2 Bemor bilan savol-javobni pasport qismidan, shoshilmasdan boshlash kerak: Bemorni ismi familiyasi, yoshi, kasbi kabi ma’lumotlar bilan tanishgach, shikoyatlari, ularning qachon paydo bo‘lganligi, taxminan (bemor fikri bo‘yicha) nima bilan bog‘liqligi va shunga o‘xshash ma’lumotlarni bilib olish zarur. So‘rov paytida, bemor e’tiborini taxmin qilinayotgan kasallikni belgilarini ochish maqsadida qo‘shimcha, maqsadga yo‘naltirilgan savollar berib, kasallik belgilarini qachon, qanday vaziyatda va nimadan keyin, nima bilan bog‘langanligini, nimalardan kuchayishi (masalan, og‘riqni) va nimalardan yengillashishi va shu kabi holatlarni aniqlashga stomatolog intilishi kerak. Odatda, shifokor-stomatologga og‘riq bilan shikoyat qilib kelishadi. Lekin, ba’zida og‘iz bo‘shlig‘ida turli noxush sezgilar borligi, noxush xid borligi, ta’m sezishning buzilishi, yoki turli yarachalar, yaralar, shishlar, milkdan tish tozalash paytida qon oqishi, uyquning buzilganligi, ishtaxaning pastligi kabi juda ko‘p xil shikoyatlar bilan ham bemorlar kelishi mumkin. Agar, kasallar og‘iz bo‘shlig‘ida yoki tishlar, milklar, til va shunga o‘xshash joylardagi og‘riqlar bilan kelishsa, unda og‘riqning nima bilan bog‘liqligi, boshlangan vaqti, xurujining sabablari, joylashgan joyi, uning jadalligi kabi holatlarni aniqlashga to‘g‘ri keladi. Yoki og‘iz bo‘shlig‘ining ma’lum joyida yara paydo bo‘lgan bo‘lsa, yaraning boshlangan (paydo bo‘lgan) vaqti, sababi (bemorning fikricha), organizmning umumiy kasalliklari bor yoki yo‘qligi, yaqin oralarda o‘tka- zilgan kasalliklar va xokazolar bilan shifokor-stomatolog tanishishi zarur. Bemor bilan shifokor savol- javob o‘tkazayotgan paytidanoq, kasallikni ko‘pgina belgilari, masalan, bemor yaxshi gapira olmasa, til xarakati chegaralangan va unda og‘riqlar yoki yallig‘lanishlar sabab bo‘lib turgan bo‘lsa yoki ayrim xarflar yaxshi talaffuz etilmasa, unda og‘iz bo‘shlig‘ida yallig‘lanish jarayonlari, yaralar, shishlar kabi o‘zgarishlar borligidan darak berib turadiki, buni shifokor darrov anglab oladi. Masalan, lab shilliq qavati yoki qizil hoshiyalari yallig‘langan, ularda patologik o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda, unda shish paydo bo‘lib, lablar xarakati (gapirishda, ovqat qabul qilishda) og‘riq bilan kechadi, ba’zi xarflar (m, f, b, p, v,), shu holat til shilliq pardasida bo‘lsa, l, s, r, d, s, p, k, xarflarini talaffuzi buziladi. Yoki, tanglaylarda kemtiklar bo‘lsa (turma, zaxm-sifilis, moxov-lepra, jarohat-travma) ham, ma’lumki, so‘z talaffuzlari buziladi. Shunday qilib, shifokor bemor bilan suxbatlashib, bir vaqtning o‘zida og‘iz bo‘shlig‘i a’zolaridagi patologik o‘zgarishlar va shu bilan bog‘liq vazifa o‘zgarishini ham bilib olishi mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, og‘iz bo‘shlig‘i ichki a’zo va tizimlarining oynasi ekanligini xisobga olib, stomatologik kasallik belgilari ichki a’zo va tizim kasalliklari bilan bog‘langanlik darajasini shifokor-stomatolog klinika-laboratoriya usullari, terapevtlar, endokrinologlar, psixiatr, fti- 2 7 3 ziatr, kojvenerolog, xirurg, gematolog va boshqa mutaxassisliklarda ishlaydigan shifokorlar yordamidan foydalanishi hamma vaqt maqsadga muvofiqdir. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling