Rivojlantirish instituti
Tibbiyot xodimlari orasida deontologiya elementlari
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Tibbiyot xodimlari orasida deontologiya elementlari
Xamshiralar shifokorlar ishini tashkil etishda muxim rol o‘ynaydilar. Ishxonadagi muhit, intizom, hamshiralarning xushmuomala, madaniyatli, ozoda va shinam kiyinishlari, tabassumlari, dilkash, mexribonliklari kasalxonaga kelgan bemorlarga ta’sir etadi, ularning ruxiy tushkunlikdan saqlab, ularda umid uyg‘otish mumkin. Xamshira bemor bilan gaplashganda nihoyatda xushyor, tetik, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etib, ortiqcha gaplardan saqlanishlari talab etiladi. Hamshira na kasalni, na uning qarindoshlarini kasallik sirlaridan xabardor etmasligi kerak. Kasalxona, poliklinikalarning, ulardagi kabinet yoki palatalarning tozaligi, ozodaligi, shinamligi farroshlar (sanitarka) ga bog‘liq. Statsio- 2 8 0 narda yotgan og‘ir ahvoldagi bemorlarni parvarish etish, ko‘pincha sani- tarkalar zimmasiga tushadi. Bu og‘ir ishni bajarish uchun farrosh keng bag‘rli, o‘ta madaniyatli, sabr-toqatli, irodasi mustaxkam kishilar bo‘lish- lari talab etiladi. Ular bemorlarni tinchlatadigan, tushkunlikka tushgan- larni ko‘nglini ko‘taradigan so‘zlar topib gapiradigan bo‘lishlari kerak. Shifokorlarning o‘zaro muomalalari, boshqa shifokorlarda davolangan bemorlar, ulardagi xatoliklar, kamchiliklarni muxokama qilish (albatta kasal bo‘lmagan joyda) katta deontologik bilimni talab etadi. Ikkita shifokor (turli soxa) bir-biri bilan bemor tashxisi, davolash usullari va vositialari to‘g‘risida gapirganda, xushmuomalalik, bir-biriga ko‘mak- lashish kabi xissiyotlar xukm surishi kerak. Shuning uchun bemorga emas, shifokorga maslaxat berilishi kerak, bu deontologiya talablariga javob beradi. Shifokor, hamshira va farroshlar o‘zaro ishonch, xurmat, bir-birini tushunish holatida gaplashishlari shart. hamshiralarni sensirab, bemorlar oldida ularga tanbex berish, obro‘sizlantirish ta’qiqlanadi. Kasallar nazarida davolash maskanining obro‘si tushadi, unga putur yetadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling