Ilmiy-texnik yuksalish va deontologiya
Tibbiyot, jumladan stomatologiya fanining rivojlanishi ilmiy-
texnikaviy o‘zgarishlar, yutuqlar bilan bevosita bog‘liqdir. Texnikaviy
vositalar, apparatlar, uskunalar, dori-darmonlar, plomba ashyolari kasal-
likni aniqlash, davolashda keng qo‘llanishi ma’lum. Lekin, "shifokor-
asbob-bemor", ya’ni shifokor asboblar, apparatlarga ko‘proq tayanib,
bemor bilan suxbat, savol-javob "jonli muloqat"ni ikkinchi darajali qilib
qo‘ymasligi kerak.
Shuning uchun, shifokor madaniyatining yuksakligi, klinik fikrlash
va zamonavtiy bilimlar yig‘indisi deontologiya rolini yana ko‘taradi.
Tashxis qo‘yishda turli zamonaviy apparatlar, kliniko-laboratoriya
tekshiruvlar, to‘liq, yig‘ilgan anamnez, shifokorning kasbiy bilimdonligi,
tajribasi deontologiyaga asoslangan klinik fikrlash katta rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |