Shifokor va bemor qarindosh-urug‘lar
Tibbiyot deontologiyasining eng murakkab qismi xisoblangan shifokor
bilan bemor qarindosh-urug‘lari orasida bo‘ladigan muomala. Gap
shundaki, davolanish jarayoni yaxshi ketayotgan bo‘lsa, bemor qarindosh-
lari bilan shifokorning muomalasi bir tekisda, yaxshi kechaveradi. Agar
uning teskarisi bo‘lsa, o‘rtadagi muomala yomonlashishi mumkin, yoki
bunday paytlarda qarindoshlar shifokorga o‘zlari murojaat etib qolsalar,
unda shifokor tashxis va davolashning oqibati nima bilan tugashini ochiq
aytishiga to‘g‘ri keladi.
Agar bemorda saraton kasalligi bo‘lsa va u onkologik kasalxonaga
tushsa, unda qarindoshlaridan eng yaqinining bittasiga shifokor to‘g‘ri
ma’lumot berishi kerak, qolganlari kelib so‘rasa "o‘sha xabardor odamga
uchrashing" deyishi bilan chegaralanmoq kerak bo‘ladi.
Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, shifokor deontologiya talablariga asos-
lansa, ayrim hollarda, o‘lgan bemorlar qarindoshlari shifokor tomonidan
bo‘lishi ham mumkin. Shuni ham aytish kerakki, agar shifokor bemorni
to‘g‘ri, yaxshi, to‘liq davolasada, lekin deontologiya qoidasini buzib
qo‘ysa, shifokor bilan bemor va uning qarindoshlari orasida kelish-
movchilik bo‘lishi mumkin.
Shifokor-stomatolog ham, kasalxonada yotgan, ba’zida esa polikli-
nika, kabinetlarga murojat etgan bemorlar qarindoshlari yoki yaqinlari
bilan gaplashadi, muloqat o‘tkazadi. Qanaqa stomatologik operatsiya
o‘tkazilishidan qat’iy nazar, bemorning o‘zi yoki ota-onasi rozilik berish-
lari shart. Terapevt-stomatolog, o‘tkazadigan davolash, ortoped yoki
ortodont stomatolog tayyorlaydigan protezlar, moslamalar ham bemor
yoki uning qarindoshlari roziligi bilan bajariladi.
Stomatologning odobi, axloqi, xulqi, madaniyati, moxirligi, tajribasi
deontologik talablarni bajarishda katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |