shifokor bemorni tanlay olmaydi. Shifokor odamni yaxshi ko‘rishi —
insonparvar, keng bag‘rli, ilmli, odobli, sabrli, irodali, muloxazali,
qat’iyatli bo‘lishi kerak. Har kim ham shifokor, masalan, stomatolog
bo‘lib ishlay olmaydi. Ba’zida, stomatolog o‘ta xavfli va yuqumli
kasalliklar — ikkilamchi immun tanqisligi (SPID), zaxm (sifilis), sil
(tuberkulez), moxov (lepra, prokaza), Botkin kasalligi, bolalarda ko‘proq
uchraydigan qizamiq (kor), bo‘g‘ma (difteriya), skarlatina kabilar bilan
og‘rigan bemorlarni qabul qiladi. Bu kasalliklari bor bo‘lgan bemorlarning
o‘zlari bilmasliklari mumkin, chunki ma’lum bir tish yoki milk kasalliklari
2 7 7
bilan stomatologga murojat etishlari va stomatolog og‘izdagi xos
o‘zgarishlarga tayanib, u yoki bu yuqumli kasallik borligini taxmin qiladi
yoki aniqlaydi. Bunday bemorlarni albatta tegishli mutaxassis
shifokorlarga yo‘llash kerak bo‘ladi. Bunda stomatolog deontologiya va
etika qoidalariga to‘la rioya etishi shart. Bilmasdan yoki qo‘qqisdan
aytilgan bir og‘iz "so‘z" bemorga qattiq botishi mumkin.