Shifokorlik deontologiyasining ayrim bo‘limlari — elementlari
Deontologiya tutumlari — prinsiplarini shifokor to‘liq bajarishi kerak.
Bo‘nda, shifokorning odobi, kasallarni qabul qila olishi, har tomonlama
va to‘liq tekshiruvlar o‘tkaza olishi, xulosa chiqara olishi kabilarning
hammasi shifokorlik deontologiyasiga kiradi. Madaniyatli shifokor —
yuqori odobli kishi bo‘lib, u e’tiborli, g‘amxo‘r, yumshoq, xushmuomila,
yaxshilik tilovchi, bamaylixotir, xotirjam, vazmin odamdir. O‘z kasbini
o‘zi tanlagan va uni sevgan odam — shifokor, shifokorlik deontologiya
qoida va talablariga to‘liq rioya etadi.
Bemorlarni dardiga malham bo‘lib, ularni u darddan forig‘ qilish,
sog‘aytirish, bemorlar sog‘ayib quvonganda quvona bilish shifokorlik
kasbini "mag‘zi", "qaymog‘i" dir. Shifokor o‘z kasbini sevish bilan bir
qatorda, uni xurmat qilishi, e’zozlashi shart. Agar shunday bo‘lsa, demak
bemorni, umuman odamni yaxshi ko‘rishi — insonparvar shifokor
ekanligi tez orada xodimlar orasida, maxalla, shahar va shunga o‘xshash
katta-kichik joylarda bilinadi, taniladi va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘ladi.
Shifokor o‘z kasbini puxta egallab borishi, uni takomillashtira borishi,
ya’ni shifokorlik ustamonligini rivojlantira borishi darkor.
Ana shundagiga, shifokor deontologiya qoidalarini, talablarini
bajargan xisoblanadi.
Shifokor ustaligi deganda, faqat texnik xunarmandligi emas, balki
uning bilimi, ma’naviy va ma’rifiy darajasining o‘sishi, kasbining ayrim
cho‘qqilarini o‘zlashtira borishi, uning klinik fikrlashi, tafakkurga ega
bo‘lish darajasini tushunish kerak.
Bemorning yashash va turmush sharoitlari, tanasining o‘ziga xosligi,
ruxiyati va shunga o‘xshash omillarni xisobga olgan holda yig‘ilgan,
to‘plangan turli ma’lumotlardan kerakliklarini ajratish va ularni taxlil
qilib, kasallik tashhisini iloji boricha to‘g‘ri aniqlashga, kasallikni ham
to‘g‘ri va to‘liq davolashga kirishish, shifokor faoliyatining darajasini
aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |