Rivojlantirish instituti
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi obyektiv
Subyektiv tekshirish usullari o‘tkazilgach, obyektiv usullarga o‘tib,
bemorning umumiy ahvoli, ko‘zlar, yuz terilari, quloqlar va xokazolarni ko‘zdan kechirish, ya’ni tashqi obyektiv tekshiruvlar, kuzatuvlar o‘tkazish ham ancha qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plash imkonini yaratadi. Tashqi obyektiv tekshiruvlar o‘tkazib, aytilganlardan tashqari, organizmda kechayotgan yoki kechib o‘tgan yuqumli, yallig‘lanish, tish kasalliklari, limfa bezlari o‘zgarishlari, jag‘-yuz soxasidagi o‘zgarishlar va boshqalarni aniqlash talabga javob beradi. Tashqi obyektiv tekshirishda, yuz va uning atrofidagi to‘qimalar, bemorning umumiy holati, yuz shakli, bosh holati, teri rangi, ko‘z pardalarining rangi, gapirish va so‘z talaffuzi va shunga o‘xshash holatlarni aniqlash bilan to‘plangan ma’lumotlar tashxis qo‘yishga muxim axamiyatga ega bo‘ladi. Yuzning tekisligi (simmetriya) ning o‘zgarishi, yallig‘lanish, shish, jarohatlar, prikus o‘zgarishi kabilarda bo‘ladi. Akromegaliya, miksedema, Kushing kasalligi, Kvinke, Meytshish- burtma va boshqa shunga o‘xshash hollarda yuz tuzilishi o‘zgaradi. Jag‘ va yuzning ba’zi kasalliklarida (pulpit, periodontit) ko‘z pardasining rangi o‘zgaradi. Yuzda xar xil toshmalar bulganda, eritema va boshqa kasalliklarda yuz terisining rangi o‘zgaradi. Terida qon quyu- lishi (gematoma) turli jarohatlarda bo‘lsa, stomatitlarda, limfaode- nitlarda, zaxm (sifils)da, moxov (lepra)da, turli teri kasalliklar (seborreya, teri sili va boshqa kasallik)larda gapirish, so‘z talaffuzlari bilan bir qatorda rang o‘zgarishlar ham bo‘lishi mumkin. Og‘iz shilliq qavati kasalliklarida bemorni yechib, butun tanasini ko‘rish katta axamiyatga egadir. Qo‘shimcha usullardan sitologik, gistologik (biopsiya), biokimyoviy va boshqa usullar qo‘llanadi. Tishlarni ko‘rish. Shilliq parda kasalliklarini tekshirish paytida albatta tishlarning holatini ham ko‘rib chiqish kerak. Chunki, tish kasallik- larining kariyes kasalligidan boshlab surunkali periodontitlarigacha bo‘lgan odontogen infeksiya-stomatogen o‘choqlar shilliq qavatini turli kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin. Tishlarni ko‘rganda ularning sonlari va holatlari, tish qatorlarida qanday joylashganligi, prikus-tishlamning holati, ranglari, shakllari, periodont to‘qimasi, milklarning holati, gipoplaziya, flyuorozning bor-yo‘qligi, tish anomaliyalari (Getchinson, Furne tishlari) kabilarni aniqlash, tanishish zarur. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling