Rivojlantirish instituti


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/244
Sana02.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#197338
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   244
Bog'liq
terapevtik stomatologiya (1)

Stomatologik moslamalar
Murakkab stomatologik moslama US-30 yuqori saviyali stomatologik
yordam ko‘rsatishga moslashtirilgan. Bormashina borni bir daqiqada
30000 gacha aylantiradi. Kompressor yordamida yuqori bosim havo bilan
tish kovaklari quritiladi va aerozol yoki suyuqli aerozol shaklida dorilar
paradont va og‘iz shilliq qavatiga purkaladi. Suvli uchlik orqali bosimdagi
suv bilan karioz kovak yuvib tozalanadi. Bormashinaga o‘rnatiladigan
OD-2M uskunasi yordamida tishning sezgirligi tekshiriladi. DKS-2
uskunasi yordamida tish pulpasi va shilliq qavat ko‘rsatmaga muvofiq
kuydirib davolanadi. Yoritgich, ventelyator va suv kanalizatsiya moslama-
lari bilan jihozlangan.
Soddalashtirilgan stomatologik moslama USU-30. ancha sodda-
lashtirilgan bo‘lib, bunda diagnostika va diatermogulyatsiya uskunalari
qo‘yilmagan. Stomatologik moslama US-30.300 ikki qismdan iborat:
bormashina qurilmasi va davolash diagnostika stoli, turbinali bormashina
ham bor. Borning bir daqiqada aylanishi 30000 yoritgich, suv, kana-
lizatsiya, ventilyator bilan jihozlangan. Stomatologik moslama US-10.100
bir qurilmaga joylashtirilgan. Bormashina mikromotorli bo‘lib, bir
daqiqada 10000 aylansa, turbinali bormashinadagi bor 100000 gacha
aylanadi. Hamma moslamalari xuddi US-30.300 kabidir. Stomatologik
turbinali moslama USP-30.300 yoki USP-30.500 portativ moslama
hisoblanadi. Stomatolog ish joyi komplekt K-1M tarkibiga kiruvchi
uskunalar: stomatologik moslama US-10.300 M. Stomatologik kreslo
KSEM-02. Stomatolog stoli SS-04. Stomatolog stuli S-2. Kom-
pressor PK-1.
Stomatolog ish joyi komplekti K-2, K-3 ergonomik mukamma-
llashtirilgan. K-3 tarkibiga kiradi: KS-3 (stomatologik moslamalar,
kreslo, yoritgich, suvli blok), stomatolog stuli S-2, stomatolog stoli SS-
05, kompressor PK-1.
Stomatologik kabinetda eng asosiy asbob anjomlarning yana biri
stomatologik kreslodir. U bemorga va shifokorga qulay o‘tirib ishlashi
uchun sharoit yaratib bera oladigan bo‘lishi kerak. Bemorning boshi,
uning og‘zidagi kasalligini davolovchi shifokorning ishlashi uchun qulay
bo‘lishi uchun, bosh qo‘ygich moslamasi bor. Uning bandi shifokor
yordamida bemor uchun qulay sharoitga o‘rnatiladi. Shifokor qiynalmay,
osonlikcha kasallangan tishlarni tozalaydi, davolaydi. Stomatologik kreslo


2 4
asosan ikki qismdan tashkil topgan bo‘ladi: a) yuqori qismida o‘tirgich,
bosh va qo‘llarni qo‘yishga mo‘ljallangan moslamalar bo‘ladi; b) pastki
qismi — kreslo asosi, tagi bo‘lib, u ikkita bir-biriga kirib joylashadigan
yumaloq silindrdan iborat bo‘ladi, katta-kichik pedallar yordamida oyoq
kuchini ishlatib, stomatologik kresloni yuqoriga ko‘tarish yoki tushirish
mumkin bo‘ladi; suyang‘ich orasidagi ruchkasi yordamida kreslo o‘tir-
gichini chapga yoki o‘ngga aylantirish mumkin bo‘ladi. Silindr orasiga
mashina yog‘i quyib turish kerak bo‘ladi. Bormashinalar kabi, stomato-
logik kreslolarni juda ko‘p turi bor, yildan-yilga yangidan yangilari,
qulay, yengil, ijcham, arzon turlari yaratilyapti.
Elektr toki yordamida pastga, yuqoriga yoki vertikal, gorizontal
holatda bo‘ladigan elektr stomatologik kreslolar ham bor. Ayniqsa, chet
mamlakatdan olinadigan asbob-anjomlar, stomatologik kreslolar,
bormashinalar, moslamalar sifatlidir. Afsuski O‘rta Osiyoda bunday
asboblarni ishlaydigan korxona yo‘q. Hozirgi vaqtda ishlatilayotgan
stomatologik kreslolar quyidagilardir: K3-2, K3-8, 9, 10, KSEI-01, 03,
04, KSRD-1 va boshqalar.
Bormashinalar turi har xildir: BES-10, BESG-08, 05, BK-1, BEPB-
3, BPK-300, BEO-30-2 va boshqalar. Stomatologik moslamalarning
bir necha turi bor: US-30, USU-30, US-30 300, US-10 100, US-30-
05 va boshqalar. Chet ellik stomatologik moslamalardan ko‘pincha
"Yunit" Bolgariya, "Yugodent", Yugoslaviya, "Xirodent" Chexoslovakiya,
"Kavo", "Probadul" keng tarqalgan. Stomatologik kresloni (bemorni
kresloda o‘tirgan holatida) chap tomonida bormashina, moslama
o‘rnatilgan, o‘ng tomonida shifokor o‘tiradigan aylanadigan stul o‘rna-
tilgan. Shifokor o‘tirib ishlaydigan aylanadigan stul oldida dorilar, mayda
stomatologik asboblar, plomba uchun ishlaydigan materiallar va shifokor
ishlashi uchun zarur narsalar qo‘yiladigan ikki qavatli kichkina shifokor
stoli qo‘yiladi. Bu shifokor stoli va stuli engil, ixcham, ishlashga qulay
bo‘lishi kerak. Bormashina yonida bemor tuflashi uchun tufdon qo‘yilishi
kerak. Elektr lampochka yorig‘i bemor og‘zini, tishlarini yaxshi yoritib
turishi kerak. Ko‘pchilik bormashina, stomatologik moslamalarda elektr
nuri bilan yoritib turishi uchun moslamalar o‘rnatilgan. Ba’zilarida
rentgenodiagnostika, elektroodontodiagnostika apparatlari, diatermo-
koagulyatorlar, so‘lak so‘rib oluvchi, dorilarni isituvchi, yuqori bosimda
suv, xavo purkichi bo‘lgan moslamalar, ventilyator va boshqalar
o‘rnatilgan. Stomatologiya kabinetida kreslo, bormashina, shifokor stoli,
stuli asosiy asbob anjomlarga kiradi. Bulardan tashqari yana yirik va
mayda asbob anjomlar, dori darmonlar bo‘lishi kerak. Yana yozish stoli
va bir necha stullar bo‘lishi kerak bo‘ladi. Qo‘l yuvish uchun alohida,
iflos asboblarni yuvish uchun alohida yuvgich stomatologik kabinetida
bo‘lishi kerak. Biri shifokor, tibbiyot hamshirasi qo‘lini yuvishga mo‘ljal-
langan bo‘lsa, ikkinchisida kichik shifokor hodimasi ishlatilgan kir stoma-
tologik asboblarni, instrumentlarni, lotokchalarni, tufdonni tozalaydi.


2 5
Xonada turli xil kerakli dorilarni asrash uchun tibbiyot javoni, A va B
gruppa kuchli va tez ta’sir qiluvchi dorilar uchun qulflanadigan kichik
javoncha bo‘lishi kerak. Tozalangan, zararsizlantirilgan, ishlashga tayyor
qilib qo‘yilgan shifokor asboblari, stomatologik instrumentlar qo‘yila-
digan shifokor hamshirasi ish joyi stoli bo‘lishi kerak. Kichik shifokor
hodimasi, tibbiyot hamshirasi ish joyi toza va tartibli bo‘lishi, shifokorga
tez yordam berishi kerak. Kichik shifokor xodimasining tozaligiga qaraydi
va asbob anjomlarni yuvib tozalab turadi. Shifokor hamshirasi asbob-
anjomlarni yaxshilab zararsizlantiradi, shifokorga tayyor qilib olib kelishi
kerak. Shifokor javondagi va stoldagi dorilar, mayda asbob-anjomlar,
borlar, nakonechniklarni yaxshi, toza, tartibli bo‘lishiga qarab turadi,
shifokorga yordam beradi. Bitta shifokor hamshirasi ikkita stomatologik
shifokorga xizmat qiladi. Xonada anafilaktik shok, dorilar, allergiya,
yurak qon-tomir xastaligida kerak bo‘ladigan zarur dorilar, shprislar
bo‘lishi va tez yordam ko‘rsatish uchun hamma sharoit bo‘lishi kerak.
Bormashinalar, stomatologik moslamalarni ko‘pchiligida yeng bo‘ladi,
undan g‘ildirak yoki elektr motori, rolikdagi aylanma xarakatni uchga
(nakonechniklarga), borlarga yetkazadi. Aylanma xarakat rolikdan sterjen
o‘qqa o‘tadi, so‘ngra egiluvchan valga, ikki uchli o‘qqa o‘tadi. Egiluvchan
eng hozirgi vaqtda kam ishlatilyapti, asosan qattiq yenglar ko‘proq
qo‘llanilyapti. Yeng uchida uchni ushlab turadigan moslamalar bor.
Uchlar asosan ikki xilga bo‘linadi: to‘g‘ri va burchakli xillardir. To‘g‘ri
uch bilan yuqori jag‘dagi tishlarni kavlashda, burchakli uch bilan pastki
va yuqori jag‘dagi tishlarni kavlashda, tozalashda foydalaniladi. Borlar
bu uchlarga joylashtiriladi, to‘g‘ri uch uchun uzunroq borlar alohida,
burchakli uch uchun qisqaroq bor ishlatiladi. Uchdagi borlar yaxshi
joylashishligi uchun ushlagichlar bor. Burchakli uch asosan o‘tkazgich,
uzun o‘q, bo‘yin qism, oraliq moslama, bor kirib joylanuvchi oltilik
aylanmadan tashkil topgan. To‘g‘ri uch asosan o‘tkazgich, o‘tkazuvchi
val, aylanuvchi shayba, ulagich, richag, qopqa borni siqib ushlab turuvchi
sangadan tashkil topgan. Turli xildagi uchlar bor, ularni glisirin, vazelin
va turli xildagi yog‘larga solib qaynatish yo‘li bilan zararsizlantiriladi.
Hamma vaqt bemorni davolashda antiseptika, aseptika qoidalariga rioya
qilish og‘ritmasdan, og‘riqni qoldiruvchi anestetik dorilarni, usullarni
ishlatib, e’tiborlik bilan ishlash kerak. Stomatologik instrumentlarni
hamshira shifokorga stomatologik buyraksimon likopchaga solib beradi.
Mayda stomatologik instrumentlarni asosan beshta gruppaga bo‘lsa
bo‘ladi.
1) Tishlar, og‘iz bo‘shlig‘idagi kasalliklarni tekshirishda ishlatiladigan
asosiy instrumentlar uchtadir: stomatologik to‘g‘ri va burchakli zond,
bu asbob yordamida tishdagi kovaklar aniqlaniladi, stomatologik oynacha
yordamida tishlar, og‘iz shilliq qavatini yaxshilab ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Stomatologik pinset yordamida tishlarning qimirlashini aniqlaniladi,
perkussiya qilib tekshiriladi.


2 6
2) Tishdagi kavakni kavlashda, tozalashda asosan borlar ishlatiladi.
Borlar asosan toza po‘latdan tayyorlaniladi, bosh ishlaydigan qismi va
sterjenida o‘qi bo‘ladi. Borlar asosan ikki xilga bo‘linadi: to‘g‘ri va
burchakli uchlar uchun ishlatiladigan borlarga bo‘linadi. Biri uzunroq,
ikkinchisi kaltaroq va bo‘yin qismida ariqchasi bo‘ladi. Qattiq birikmalar
(karbidvolframli) bosh qismi olmos bilan qoplangan baquvvat borlar
ham bor. Borlarning bosh qismi katta kichikligiga qarab nomerlanadi,
¹0 dan to ¹13 gacha. Burchakli uchlar uchun ishlatiladigan borlar
 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling