Rivojlantirish instituti
- rasm. Stomatologik oyna bilan
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
2- rasm. Stomatologik oyna bilan
ishlash. 3- rasm. Stomatologik zond bilan ishlash. 4- rasm. Stomatologik borlar. 1 — sharsimon; 2-3 — silindirsimon (fissurali); 4-5 — konussimon; 6 — g‘ildiraksimon. 2 7 uch xil uzunlikda bo‘ladilar: 7, 22, 17 mm. Qisqasi bolalar tishini davolashda ishlatiladi. Bolalarning bosh qismining shakli turlicha qilib, ishlashga oson bo‘lishini o‘ylab tayyorlaniladi. Shar shakllida, silindr shaklida, konus, teskari konus shaklida, g‘ildirak shaklidagi borlar bor. Korborund toshlarning o‘qi temirdan, ishlash qismi obraziv materialdan tayyorlanadi: diska, frez, finir, polirlar stomatologiyada ishlatiladi. Matritsa va matritsa ushlagich kam qo‘llaniladi. 3) Tishdagi toshlarni tozalashda ishlatiladigan asboblarni birinchi marta X asrda (950- yilda) arab tabibi Abdulla Qosim yasagan va ishlatgandir. Tishlarni tozalashda asosan ekskavator, ilgovchi, emalni tozalaydigan pichoq va boshqalar ishlatiladi, ular katta kichik o‘lchovda bo‘ladi. Hozirgi kunda ultrastom, ultradent, kavetron apparatlari yordamida tish toshlari tozalaniladi. 4) Tish kovaklarini plomba qilishda stomatologik shpatel, shtopfer, gladilkalar, oyna parchasi va boshqa asboblar ishlatiladi. Juda ko‘p shunday mayda stomatologik asbob-anjomlarni suvli sterilizatorda 40 daqiqa qaynatish bilan zararsizlantiriladi. Hozir ko‘pchilik poliklinika- larda asboblar 160°, 180° gradusli issiq havo bilan zararsizlantiruvchi tibbiyot javonlarida, 40—60 daqiqa ushlab, sterilizatsiya qilinadi. Skalpel, qaychi, stomatologik oynacha kabi asboblarni spirtda yoki uch birikmali antiseptik eritmada karbol kislota 3,0 gr, bikarbonat natriy 15,0 gr, formalin 20,0 gr, distirlangan suv 1000 ml da 30 daqiqa ushlab, tozalaniladi. Stomatologik asboblarni kimyoviy zararsizlantiriladi. Yana 1% xloramin, 0,25% xlorgeksidin, 2% formalin, 6,% vodorod perooksid kabi eritmalarni ham qo‘llasa bo‘ladi. Ishlatilgan borlarni yaxshilab yuvib, tozalagach, tish poroshogi bikarbonat natriy aralashmasida ushlab tozalash yaxshidir. Xullas hamma ishlatiladigan stomatologik katta-kichik asbob-anjomlar, yaxshi, toza, zararsizlantirilgan bo‘lishi kerak. Ishlashda antiseptika, aseptika qoidalariga albatta rioya qilish kerak. 5) Pulpit periodontit kasalliklarini davolashda mayda stomatologik asboblarning turli xillari ishlatiladi: Myuller taklif qilgan ildiz ignasi bilan kanallarni tozalash, plombalash bajariladi. Kanalni plomba bilan to‘ldirishda to‘g‘ri va burchakli uchlarga qo‘yiladigan kanal to‘ldirgichlar ham qo‘llaniladi. Tish kanallarini kengaytirish, o‘tish uchun qo‘l bilan ishlatiladigan turli hajmdagi drilborlar ishlatiladi. To‘g‘ri va burchakli uchga qo‘yib, ishlatiladigan drilborlar ham bor. Shikastlangan pulpalarni tishlar ildizidan olish uchun uzun va qisiqa pulpa ekstraktorlardan foydalaniladi. Bunday mayda asboblarni ehtiyotlik bilan ishlatish kerak. Sinib havo, yoki ovqat yo‘liga tushib qolishi mumkin. 1970- yillardan boshlab, endodontiya tashkil bo‘la boshladi va hozirgi kunda katta, o‘rta va kichik endodontik naborlar va endodontik asboblar qo‘llaniladi; chuqurligini aniqlash ignasi; pulpaekstraktorlar, ildiz kavlagichi, ildiz egovchi, drilbor, razvertka, ildiz to‘ldirgich. Bular sangaga o‘rnatilib ishlatiladi. Sanganing ushlagichi, uchi, gaykasi bor. Ehtiyot shart uchun 2 8 zanjiri bo‘lib, barmoqqa ulanadi. Endodontik mayda asboblarni asosan shifokor o‘z qo‘li bilan ishlatadi. Bulardan drilbor, burav va kanal to‘ldirgich endodontik maxsus uchga qo‘yib ishlatsa ham bo‘ladi. Ergonomika — ishlash qonun-qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lib, 1949- yilda Angliya olimlari taklif etishgan. Sovet olimlari V.M. Beterov, V.N. Myasishev 1921- yilda o‘ziga xos soxa ergologiya, ya’ni ishlash to‘g‘risidagi fan insonlar uchun bo‘lishligini yozgan edilar. Asosan ergonomika 1966- yildan boshlab rivojlana boshladi, ergonomik bo‘limi, laboratoriyalari, komitetlari, xattoki institutlar tashkil qila boshlandi. G.M. Ivashenko, T.V. Nikitina 1972- yilda stomatologiya fanida Ergo- nomik masalalarini, maqsadlarini aniq tushuntirdilar. Avvalo shifokor, tibbiyot hamshirasi, sanitarkasi, tish texnigi, hamma ishlovchilar uchun ish joyi yaxshi, qulay, toza, hozirgi zamon sanitariya-gigiyena qoidalariga javob bera oladigan darajada tashkil qilinishi kerak. Ishlashlik onson qulay bo‘lishi uchun hamma sharoitlar yaratilishi shart. Stomatologik asboblarni, kreslo, bormashinalarni, plomba uchun ishlatiladigan materi- allarni, dori-darmonlarni, tibbiyot apparatlarini yaxshi bo‘lishligiga eri- shish, rivojlantirish va yaxshi ishlata bilish kerak. Asbob anjomlarni asrab ishlatish, qarab turish, extiyot qilish kerak. Ishlash, dam olish yaxshi normal tashkil qilinishi, charchab qolmaslik kerak. Qo‘rqish, asabiylashish, janjallashish bo‘lmasligi kerak. Axloq, odob, insoniy o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lishga erishish kerak. Eynshteyn aytganidek: "Yaxshi ishlab, yaxshi dam olib va tilni tiyib yurish kerak, bu salomatlik, o‘zoq umr, baxtli hayot garovidir". Xavfsizlik texnikasi qonun qoidalariga rioya qilib ishlash kerak. Elektr toki urishining oldini olish kerak: bormashinalarni erga tutashtirish kerak. Xullas, hamma vaqt shoshilmasdan, extiyot bo‘lib ishlash kerak. O‘zaro, bemorlar bilan qo‘pollik bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. "Til yarasi tig‘ yarasidan yomondir" deydi xalqimiz. "Xushmuomalalik eng arzon va eng qadrlidir" degan edi Servents. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling