Karioz kovaklarning sinfi.
Blek karioz kovaklar tasnifini taklif etgan. Bu tasnif bo‘yicha karioz-
ning joylashgan o‘rniga asosan besh sinfga bo‘ladi.
1-sinf karioz kovak molyar (katta oziq tish) premolyar (kichik oziq
tish) hamda kurak tishlar tabiiy chuqurlarining va o‘yig‘ining zararlanishi.
2-sinf karioz kovak molyar (katta oziq tish), premolyar (kichik oziq
tish) yondosh yuzalarining zararlanishi (o‘rta va chetki).
3-sinf karioz kovak kurak va kesuvchi tishlarning yondosh (o‘rta va
chetki) yuzasining zararlanishi va qirralari zararlanmagan.
4-sinf karioz kurak va qoziq tishlarining yondosh yuzasi va uning
kesuv qirrasi butunligining buzilishi bilan zararlanishi.
5-sinf karioz hamma sinfdagi tishlarning bo‘yin qismida joylanishi
va zararlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |