Rivojlantirish instituti
-sinfdagi kovaklarni shakllantirish
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
2-sinfdagi kovaklarni shakllantirish
2-sinfda kovaklar kichik va katta oziq tishlarning kontakt yon yuza- larida joylashganligi va bu tishlarning bir-biriga yaqin joylashganligi uchun shakllantirish biroz qiyinroq bo‘ladi. Kontaktda kovakka milk 3 2 tepa bo‘shlig‘i bilan yoki seperator bilan kengaytirib kiritiladi. Bu holat- dan foydalanib bo‘lmasa, kontaktdagi yon kovakka kirib bo‘lmasa, yon kovakning chaynov yuzasiga kesib chiqariladi. Oldin karioz kovakning ustidan ingichka silindirsimon bor yoki g‘ildiraksimon, korborund golov- ka bilan kesib kiritiladi. Chirigan to‘qimani sharsimon bor bilan olinadi. Fissur bor bilan kovakning og‘zi kengaytiriladi. Asosiy kovakni to‘rtburchak holatga keltiriladi. Plombani mustaxkam ushlab qolishi uchun asosiy kovak tomon orqali chaynov yuzasida qo‘shimcha maydoncha shakllantiriladi. Bu maydonchaning eng asosiy karioz kovak eniga mos kelishi, chuqurligi esa 1,5-2 mm bo‘lishi lozim. Agar chaynov yuzasida kovaklar bo‘lsa, ularni qo‘shimcha maydoncha bilan birlash- tiriladi va uzunligi fissuraga etkaziladi. Qo‘shimcha maydonchani teskari konussimon va fissur borlar bilan ishlab shakllantiriladi. Karioz tishning oldingi va orqa yuzalarida bir vaqtda zararlangan bo‘lsa, bitta umumiy qo‘shimcha maydoncha bilan shakllantiriladi. Jumladan, qo‘shni tish bo‘lmasa karioz kovakning tepa qismi chaynov yuzasiga etmagan bo‘lsa, bu holatda karioz kovakning chaynov yuzasiga chiqarilmasdan kontakt yuzasida kovakka yashiksimon shakl beriladi. Kichik va katta oziq tishlarda qo‘shimcha maydoncha ishlaganimizda chaynov do‘mboq- chalari saqlanadi, shaklni to‘g‘ri zinasimon yoki qaldirg‘och dumisimon shakl beriladi. Bu shakl katta oziq tishlarning fissuralarini egallashi kerak. Bu qo‘shimcha shakl, asosiy shaklga nisbatan ikki marta tor bo‘lishi kerak. Agar kovak har ikkala kontakt yuzada joylashgan bo‘lsa, ikkala kariozga umumiy maydoncha ishlanadi. Bu maydoncha asosiy maydonchadan biroz ingichka bo‘lishi kerak. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling