Rivojlantirish instituti
Semiz hujayralar pulpada topilmagan. Pulpaning qon bilan ta’minlanishi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Semiz hujayralar pulpada topilmagan.
Pulpaning qon bilan ta’minlanishi. Pulpa to‘qimasi extiyojlariga yarasha undagi qon tomirlar turli xil tuzilishga ega bo‘lib, xar xil vazifa- larni bajaradi. Qon tomirlari va qo‘shuvchi to‘qima bir vazifani bajarishga qaratilgan. Bir yoki bir necha qon tomirlari pulpaga ildiz uchidagi teshik orqali kiradi. Juda ko‘p, kichik tomirlar pulpaga yon va qo‘shimcha teshikchalar orqali kiradi. Bunday teshikchalar, xususan ildiz uchida bo‘lib, ularning soni 20—25 ta gacha yetadi, yana ular bifurkasiya joylarida ham bor. Shunday qilib, pulpaga kiradigan qon tomirlar kichik, diametrlari tor bo‘lsada, umumiy kiruvchi, qon tomirlar soni ko‘p va ular pulpa o‘z vazifasini bajarishi uchun etarli. Pulpaning qon bilan ta’minlanishi a.maxillaries interna orqali amalga oshadi. Yuqori jag‘ tishlarining pulpasi a.infraorbitalis dan chiquvchir 6 9 aa.alveolaris siperioris et posterioris shoxchalari orqali qon bilan ta’min- lanadilar. Yuqori jag‘ oziq tishlarining pulpalari a.alveolaris siperioris et posterioris dan chiqadigan r.dentalis orqali qon oladilar. Pastki tishlar a.alveolaris interior dan chiqadigan r.dentalis orqali qon bilan ta’minlanadi. V.P. Tonkov maktabining xodimlari o‘tkazgan tekshiruvlar, pulpa qon tomirlarida juda ko‘p o‘zaro bog‘lanishlar — anastomozlar borligini ko‘rsatadi. Bu ma’lumotlar ilgari xukm surgan ma’lumotlarga — pulpada tugal qon tomirlar bo‘lib, pulpadagi yallig‘lanish uning o‘lishi bilan tugaydi degan fikrni bekor etdi. Pulpaga nisbatan katta, asosiy qon tomirlar ildiz uchidagi teshikdan (bitta arteriya va u bilan vena) kiradi, undan tashqari yon va qo‘shimcha teshikchalardan ko‘p sonli kichik qon tomirlar ham pulpaga kirib, uni qon bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Pulpada mikrosirkulyasiya turi arteriolalardan boshlanadi. Arteriola (kichik arteriyalar) devorlarida yumshoq pardasi yaxshi rivojlangan. Ularning diametrlari arteriya va venaga nisbatan kichik, tor: ular metarteriolalarga bo‘linadi va ulardan kapillyarlar chiqadi. Pulpada ikkita kapillyarlar o‘ramli turi bo‘lib, biri odontoblastlar qatori bilan parallel joylashadi va subodontoblastik o‘ram deb ataladi. Ikkinchisi esa pulpaning markaziy zonasida joylashgan. Hujayra oziqlanishining ta’minoti kapillyarlar orqali amalga oshadi. Pulpa kapilyarining diametrlari 0,1 dan 3 mkm gacha bo‘lishi mumkin. Kapillyar bo‘shlig‘i o‘zaro zich joylashgan cho‘zinchoq shakldagi endoteliositlar bilan chegaralangan. Endoteliositlar sito- plazmada mitoxondriyalar, Golji kompleksi, endoplazmatik to‘r, ribosomalar, polisomalar, fibrillar va kristalsimon kichik tanachalar bor. Endoteliosit organoidlarning eng ko‘pi yadro joylashgan joyda va oz qismi — hujayra chetki qismlarida o‘rnashgan. Endoteliositlardan tashqi tarafda subendotelial zona bo‘lib, elektron mikroskopda yaltiroq narsa sifatida ko‘rinadi. Uning qalinligi 15 nm ni tashkil etadi. Bu zonaga yaqin tolali tuzilmaning bazal membranasi joylashgan. Bazal membrana bilan o‘ralgan perisitlar tashqarida turadi. Kollagen tolalar hamma tomondan kapillyarlar bilan o‘ralgan. Hozirgi vaqtda pulpada limfa tomirlari borligi ma’lum. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling