Rivojlantirish instituti
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Pulpa hujayralari. Ko‘pchilik tadqiqotchilar pulpada hujayralar 3
qavat bo‘lib joylashganligini e’tirof etadilar: chetki (odontoblast qavati), yuza osti (subodontoblast qavati) va markaziy qavatlar. Pulpaning chetki qavati bu to‘qima uchun xos hujayralar — odontoblastlar 2—4 qator bo‘lib joylashganlar. Hujayralar bir-biriga zich holda joylashib, desmasomga o‘xshash tuzilmalar — o‘zlaridan chiqa- radigan mayda o‘simtalar orqali o‘zaro bog‘lanadilar. Ular noksimon shaklda. Bir joyning o‘zida turli ko‘rinishda bo‘lishlari mumkin. Yaxshi, to‘liq shakllanmagan, yosh va to‘liq etilgan va shakllangan odontoblastlar bir joyning o‘zida uchrashi mumkin. Har bir odontoblast hujayrasida tana va ikkita (biri uzun, 1—2 tasi kalta) o‘simta bor. Uzun, chetki o‘simta predentin va dentinda yotadi — dentin kanallarning ichi bo‘ylab emal-dentin bog‘lanadigan chegaragacha boradi. Kichik, markaziy o‘simta faqat pulpada joylashadi. Odontoblast sitoplazmasining bazal joyida tashqi va ichki membranali parda bilan chegaralanmagan yadro joylashgan. Yosh hujayralarning sitoplazmasida yadro ovalsimon shaklda va tekis qirrali bo‘ladi. Yetilgan odontoblast hujayrasi cho‘zinchoq bo‘lgani uchun, uning yadrosi noto‘g‘ri shaklli bo‘ladi. Odontoblastlar sitoplazmasi hujayra organoidlarga boy, donador endoplazmatik tur yaxshi rivojlangan, ribosoma, polisoma va mitoxon- driyalar ko‘p. Odontoblastlar vazifalaridan biri bo‘lib — asosiy modda va kollagen fibrillarini hosil qilish xisoblanadi. Pulpaning subodontoblast qavati ko‘p sonli yulduzsimon pulpo- sitlardan tuzilgan. Bu hujayralar ko‘p o‘simtalarga ega. Hujayralar o‘zaro va pastki odontoblastlar bilan desmosomlar orqali bog‘lanadilar. Yadrosi cho‘zinchoq va hujayraning ancha qismini egallaydi, hamda uning atrofidagi xromatin zichlashgan. Hujayra tarkibiga kiradigan organoid va boshqalar hujayra sitoplazmasining markazida joylashadi. Pulpaning markaziy qavatida fibroblastlar, gistiositlar, plazmatik hujayralar, limfositlar va monositlar joylashgan. 6 8 Fibroblastlar pulpada juda ko‘p, ularning satxlari (razmer) 9 dan 15 mkm gacha, o‘simtalarning uzunligi bir necha mikrometrdan iborat. Hujayralarning chetki qismlari sitolemma bilan chegaralangan, yadrolari ovalsimon va cho‘zinchoq shakllarda bo‘lib, sitoplazmaning ancha joyini egallab turadi. Sitoplazmada mitoxondriyalar, ribosomalar va fibrillar ko‘p. Fibroblastlarning asosiy vazifasi — asosiy moddani hosil qilishdir. Gistiosit (turib qolgan, turg‘un makrofagositlar) lar noto‘g‘ri shaklli hujayralardir. Ular yaxshi yetishmagan, ularda endoplazmatik turlar va plastinkali majmualar yaxshi rivojlanmagan. Pulpada modda almashinuv jarayoni buzilganda, bu hujayralar faollashib, xaqqoniy makrofagositlarga xos xislatlarga ega bo‘lib, bakteriya va yot moddalarga qarshi kura- shadigan bo‘ladilar. Plazmositlar ovalsimon yoki aylanasimon shaklda, sathlari 10 dan 25 mkm gacha. Yadrolarining shakli ham aylana yoki ovalsimon bo‘lib, ularda juda ko‘p xromatinlar bor. Hujayra sitoplazmasida yaxshi takomillashgan endoplazmatik to‘r joylashgan. Bu hujayralar globulin va antitelalarni sintezlash vazifasini bajaradilar. Ikki qirrali membrana bilan o‘ralgan aylana yoki ovalsimon neytrofilli va bazofilli granulositlar yadrolari segmentlangan, ularning sitoplazma- larida neytrofilli yoki bazofillik dona (granula) chalar mavjud. Donacha- lar tarkibida gidrolitik fermentlar — DNKaza, RNKaza, nordon, fosfa- taza, peroksidaza va boshqalar borligi aniqlangan. Granulosit sitoplaz- masida mitoxondriyalar, erkin ribosomalar, Goldji kompleksi va endoplazmatik to‘r bor. Hujayralar ximoya vazifasini bajaradilar. Limfositlar ovalsimon shaklda, yadrosi katta va unda turli miqdorda xromatin to‘plangan. Hujayra sitoplazmasida mitoxondriyalar, ribosoma- lar, Goldji kompleksi elementlari va endoplazmatik to‘r bo‘lib, shuningdek lizosomalar va pinositozli pufakchalar ham bor. Advensial hujayralar tomirlar yo‘nalishi bo‘ylab joylashgan. Bu hujayralar gistiosit va fibroblastlarga o‘tishlari mumkin. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling