Rivojlantirish instituti
Pulpitlar kelib chiqish sabablari — etiologiyasi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Pulpitlar kelib chiqish sabablari — etiologiyasi
Pulpani yallig‘lanishi — pulpit (pulpitis) turli ta’sirotlarga uning javob reaksiyasi sifatida yuzaga keladi. Yallig‘lanish va uning jadalligi tananing va pulpaning bu ta’sirotlarga qarshilik ko‘rsatish darajasi va ta’sir etadigan omillarning kuchi va davomligiga bog‘liq. Bu omillar yallig‘lanish kechishining xarakterini belgilaydi. 7 3 Yosh odamlar pulpasida modda almashish jarayonlari yaxshi bo‘lgan- ligi va ta’sirotlarga qarshi kurashish qobiliyati balandligi sababli yuzaga keladigan yallig‘lanish jarayoni ko‘proq o‘tkir pulpit sifatida kechadi. Ba’zida kuchsiz ta’sirotlardan surunkali pulpit kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun pulpitni davolashda bemorning yoshi, uning organizmida kechayotgan va o‘tib ketgan kasalliklar, pulpada kechayotgan yallig‘lanish turi, og‘ir-yengilligi, bemorning umumiy holati kabi omillar xisobga olinishi kerak. Pulpit ko‘pincha pulpaga tushadigan biologik agentlar — mikroblar va ularning zaxarlari ta’sirida paydo bo‘ladi. Pulpaga mikroblar va ular- ning zaxarlari bir necha yo‘l bilan kirishi mumkin: a) asosan kariyes kovagidan dentin naychalari yoki teshilgan mayda teshikchalar orqali; b) paradont kasalliklarida paydo bo‘ladigan paradontal cho‘ntaklar orqali; c) yuqumli kasalliklar, septik holatlarda qon va limfa oqimi orqali; d) tish atrofidagi to‘qimalarning yallig‘lanish o‘choqlaridan ildiz uchi teshigi orqali. Ko‘pchilik tadqiqotchilar pulpitni gemolitik va nogemolitik strepto- kokklar chaqirishi to‘g‘risida fikr yuritadilar. Lekin yallig‘langan pulpada diplokokklar, stafilakokklar, grammusbat tayoqchalar, streptokokklar, laktobasilalar va zamburug‘lar ham borligi aniqlangan. Agar mikroblar va ularning zaxarlari kariyes kovagidan kirsalar, avval kirgan joylarda chegaralangan yallig‘lanish o‘chog‘i bo‘lib, keyin pulpaning boshqa joy- lariga, ildiz pulpaga tarqaladi. Ammo qon va limfa orqali ildiz uchi teshigidan kirgan biologik agentlar ildiz pulpasini yallig‘lantirib, keyin boshqa pulpa satxlariga tarqaladi. Pulpa yallig‘lanishiga jarohatlar (mexanik, fizik, kimyoviy) ham sabab bo‘ladi. Mexanik jarohatlar — turli urilish (yiqilib tushish, sport mashqlari, turli favquloddagi hodisalar va boshq.) lar ta’sirida tishning ma’lum qismi, ko‘pincha toj qismining bir bo‘lagi yoki ildiz qismi sinishi oqibatida pulpa ochilib qolishi va unga tushgan mikroblar ta’sirida yallig‘lanishi mumkin. Tish ildizining uchki qismining sinishi yoki tishga tushgan o‘ta katta bosim oqibatida uning qoqilib, o‘z katagida bosilib qolishi natijasida tomir-asab tutamining ezilishi pulpa oziqlanishini buzilishiga sabab bo‘ladi. Tish ildizi bir necha joydan — ildiz uzunligining toj qismiga yaqin joydan (unda toj qism tushib ketishi mumkin), o‘rta qismidan yoki ildiz uchi qismidan sinadi. Bularni faqat rentgenogrammada aniqlash mumkin. Bunday paytlarda, pulpaning holati (tirikligi) faqat elektroodonto- diagnostika yordamida, pulpa to‘qimasini elektr sezuvchanligini aniqlash yo‘li bilan bilinadi. Agar pulpa tirik bo‘lsa (tish 2—6 mkA yoki 10—20 mkA tokka javob reaksiyasini bersa), biz L.R. Rubin tavsiya etgan fizioterapevtik, ortopedik (shinali) usullarini qo‘llab yaxshi natijaga erishamiz. Bunda yumshoq to‘qimalar jarohatlari, pulpada kechadigan 7 4 jarohatiy o‘zgarishlarni yo‘qotish maqsadida UVCH — davolash, darsenval toklari, singan tish atrofidagi to‘qimalarga 2% li kaliy yodi bilan elektroforez va singan tishga shina qo‘yib davoladik. Davolash elektroodontodiagnostika nazorati ostida olib borildi. Chuqur yoki chuqurlashgan kariyes kovagiga borlar bilan ishlov berish paytida, shifokor ehtiyotsizligi oqibatida pulpani ochib qo‘yishi ham mexanik jarohatdir. Sun’iy toj tayyorlash maqsadida tish qattiq to‘qimalarini qo‘pol, noto‘g‘ri charxlashda hosil bo‘ladigan issiq xarorat, pulpa to‘qimasini kuydirib qo‘yishi va oqibatda unda aseptik nekroz ro‘y berishi mumkin. Kimyoviy ta’sirotlardan kelib chiqadigan pulpitlarga ko‘pincha shifokor-stomatolog aybdor. Bunday yatrogen holatlar kariyes kasalligini davolashda ishlatiladigan dorilarni (spirt, efir va boshq.) noto‘g‘ri qo‘llashdan kelib chiqishi mumkin. Pulpasi tirik tishlardagi kariyes kasalligini davolashda, doimiy plombadan oldin qo‘yiladigan ajratuvchi taglik noto‘g‘ri (taglik emal- dentin chegarasigacha qo‘yilishi kerak) qo‘yilaganda yoki umuman qo‘yilmaganda plomba tarkibidagi kislotalar va boshqa pulpaga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan moddalar dentin kanalchalari orqali pulpaga o‘tib, uni yallig‘lantiradi. Pulpani yallig‘lanishiga tana immun tizimining holati katta axamiyatga ega. Immunologik holatning buzilishi, organizmning tashqi va ichki ta’sirotlarga qarshi kurashish qobiliyatini pasaytiradi va buning oqibatida fiziologik ta’sirotlar ham organizmga salbiy ta’sir etishi va natijada pulpit kelib chiqishi mumkin. Ba’zi tadqiqotchilar pulpitning paydo bo‘lishi va rivojlanishida dorilar va mikrobli allergenlar roli borligi to‘g‘risida fikr yuritadilar. Tishlarning kesuvchi, uzuvchi va chaynov yuzalarining emirilishi, fonasimon kemtik, emal nekrozi yoki eroziyasi kabi tish qattiq to‘qimalarining kemtiklarida pulpa ochilib qolishi va yallig‘lanishi kuzatilgan. Parodont kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan chuqur kyuretaj, gingivotomiya, gingivektomiya, loskutli plastik operatsiyalarida o‘tkir pulpit yuzaga kelishi mumkin. Pulpa to‘qimasining me’yordan yallig‘lanishga o‘tish bosqichlari 3 ga bo‘linadi: 1) funksional vazifalarini buzilishi; 2) morfologik o‘zga- rishlar va 3) yallig‘lanish. Funksional-kimyoviy o‘zgarishlar bosqichida pulpa tarkibidagi siljishlarni biokimyoviy va gistokimyoviy usullar yordamida aniqlanadi. Bunda nafas olish fermentlari faolligini pasayishi va nordon fosfataza faolligini oshganligi kuzatiladi. Morfologik o‘zgarishlarning rivojlangan bosqichida pulpa tarkibida sifat va son siljishlar ro‘y beradi. Sifat o‘zgarishlar pulpa elementlarida protein hosil bo‘lishi, transkapillyar modda almashinuvi, fagasitoz, hujay- ralar energetik potensialini o‘zgarishidan iborat. Son (miqdor) o‘zga- 7 5 rishlar esa makrofag, plazmosit va neytrofil granulositlar miqdorining oshganligi bilan xarakterlanadi. Agar pulpaning ximoyalanish mexanizmlari bilan unga salbiy ta’sir etuvchi omillar kuchi teng bo‘lsa, yuqorida ta’kidlanganidek, organizmda kuchlar teng bo‘lsa, kechayotgan yoki kechib o‘tgan umumiy kasalliklar oqibatida pulpaning ximoya-kompensator xususiyatlari ojizlanmasa, pulpa yallig‘lanmaydi. Odamning yoshi, irsiyati, to‘laqonli ovqatlanishi, tashqi muxit (ekologiya)ning holati tanada kechib turgan yoki o‘tib ketgan kasalliklar, gormonal faolligi, sensibilizatsiyasining bor-yo‘qligi, paradont va shilliq qavatning holati, kariyes va nokariyes kasalliklar rivojining shiddati, tishlarga tushadigan bosimning to‘g‘ri yoki noto‘g‘i taqsimlanishi kabi omillar pulpaning ximoyalanish vazifasiga ta’sir etadi. Bu ta’sirotlar yo‘qotilmasa yoki pulpa bularga qarshilik ko‘rsata olmasa, unda yallig‘lanish boshlanishi mumkin. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling