Rivojlantirish instituti
Pulpitning rivojlanishi — patogenezi
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Pulpitning rivojlanishi — patogenezi
Pulpada paydo bo‘ladigan va kechadigan yallig‘lanish jarayonlari mexanizmlarini o‘rganish natijalarida undagi biologik ximoyalanish xususiyatlari, asab-reflektor faoliyati, tashqi va ichki salbiy ta’sirotlarga chidamlilik yaxshi rivojlanganligi aniqlanadi. Shu tufayli uning infeksiyaga qarshi kurashish qobiliyati baland darajada ekanligi ma’lum bo‘ldi. Qulay sharoitlarda pulpa to‘qimasidagi ximoya elementlari 7 9 tomonidan patologik jarayon o‘rab olinadi va tugatiladi. Bu o‘zgarish- larning faolligi ta’sir etuvchi ta’sirotlar xarakteriga va organizmning ularga qarshilik ko‘rsatish imkoniyatlariga bog‘liq. Pulpa to‘qimasi va organizmning ojizlanib qolishida virulentli mikroblar ta’sirida pulpa yallig‘lanadi. Yallig‘lanishning qay tarzda tugashi, asosan ta’sir etuvchi mikroblar virulentligiga, ta’sirotlar davomatligiga, patologik jarayonning joylashgan joyga, organizm va pulpaning qarshilik ko‘rsatish qobiliyatlariga bog‘liqligi ma’lum. Pulpa yallig‘lanishida, unda o‘zaro bog‘liq birin-ketin rivojlanadigan juda ko‘p funksional va tuzilish o‘zgarishlari kuzatiladi. Boshlanishida o‘tkir yallig‘lanish yuzaga keladi va u taxminan 2 xafta davom etishi mumkin. O‘tkir pulpa yallig‘lanishi bir necha bosqichda kechadi: alterasiya, ekssudasiya, proliferasiya, modda almashinuvining buzilishi. Pulpada o‘tkir yallig‘lanish giperergik tipidagi reaksiya sifatida xarakterlanadi. Avvalo pulpa tarkibidagi arteriolalar, ulardan keyin kapillyarlar, venulalar kengayadi, pulpada qon aylanish kuchayadi, tezlashadi. Kapillyar ichidagi bosim ko‘tariladi, qon quyuqlashadi, undagi shaklli elementlar va qon tomir devorlari kislotali muxitda shishadi, tomir devorlarida leykositlar turishi, qon uyushishi tezlashadi, trombalar hosil bo‘ladi. Pulpa yallig‘lanishida kuzatiladigan shish, kapillyarlar bosimining oshishi, maxalliy tomirlar kengayishi va kapillyar o‘tkazuvchanligining oshish, oqibatida paydo bo‘ladi. Boshlang‘ich davrida zardobli ekssudat yig‘iladi. Bunda pulpaning qon tomirlari, hujayralari, hujayralararo moddalari va tolalari o‘zgaradi. Qon tomirlarida qisqa muddat davom etadigan qisqarishlar bo‘lib, undan keyin ular kengayadi, qo‘shuvchi to‘qima tuzilmalarining o‘tkazuvchanligi buziladi va ular oqibatida ekssudat paydo bo‘ladi. Bunda mikroskopik ravishda pulpaning qonga to‘lganligi va shishganligini ko‘rish mumkin. Mikroskopik tekshirishlar esa pulpadagi yallig‘lanish o‘choqlarida qon quyulganligi, qon quyqulari va staz (shishgan qon tomiri qon bilan to‘lgan, xarakatsiz) holatlari borligini ko‘rsatadi. Zardobli ekssudat orasida kamroq hujayralar, adventisial (tomiri devorlari atrofidagi) hujayralar bo‘ladi. Agar zardob yiringga aylanmasa, u so‘rilishi, yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Ammo bu juda kam holatda kuzatiladi. Odatda, bir necha soatdan keyin hosil bo‘lgan zardobli ekssudat yiringli ekssudatga aylanishi mumkin. Bu jarayon pulpa va organizmning ta’sirotlarga qarshilik ko‘rsatish darajasiga bog‘liq. Yiring birinchi bo‘lib, yallig‘langan o‘choqning markazida paydo bo‘lad. Bu joyga tomirlardan leykositlar chiqib to‘planishi kuchayadi va ular to‘p-to‘p bo‘lib joylashadi. Bu alteratin o‘zgarishlar pulpa hayotiga putur etkazadi. Metabolitlarning chiqib ketish jarayonlari qiyinlashadi. Ekssudatning hajmi kattalasha borishi natijasida gipoksiya holati yuzaga keladi va uning o‘zi ham 8 0 pulpada modda almashinuvining buzilishini yanada chuqurlashtiradi. Chunki kislorod tanqisligi mikrosirkulyasiya tizimi vazifalarini buzadi. Shundan keyin kapillyar orqali (transkapillyar) modda almashishining buzilishi avjiga chiqadi. Bu holatlar anaerobli glikolizning kuchayishiga, uning oqibatida esa pulpa hujayralarining fagositar vazifalarining pasayishiga sabab bo‘ladi. Natijada yallig‘lanish o‘choqlarida pulpa to‘qimasi chiriydi, parchalanadi, ya’ni abssess hosil bo‘ladi. Abssess atrofida zardobli ekssudat bo‘lib, uning atrofidagi to‘qimalarga yaqinlashgan sari zardobli yallig‘lanish kamayib boradi. Bunday holat o‘tkir pulpitga mos keladi. Yallig‘langan pulpa o‘choqlarida hosil bo‘lgan metabolitlar, pulpa hujayralaridan tashqari dentinni ham eritadi, parchalaydi. Buning oqibatida dentin naychalari orqali yallig‘langan pulpada kariyes kovagi tarkibida xar xil fermentlar va zaxarlari bor bo‘lgan yallig‘lanishli transsudat chiqa boshlaydi. Kariyes kovagi va tish bo‘shlig‘i orasidagi bu yo‘l asta-sekin kengaya boradi. Agar ekssudatni bu yo‘l bilan chiqishi yetarli darajada bo‘lsa, unda tish bo‘shlig‘idagi bosim pasayadi, pulpa to‘qimasining oziqlanishi yaxshilanadi. Agar abssess kariyes kovagiga ochilsa, unda yallig‘lanish surunkaligiga o‘tadi. Yuqorida keltirilgan o‘tkir pulpitlarga taalluqli patogenetik ma’lu- motlar, asosan pulpaga infeksiyani kariyes kovagi orqali o‘tganida ro‘y beradigan o‘zgarishlardir. Ammo o‘tkir pulpitlar pulpaga infeksiyani patologik tish-milk cho‘ntaklari, kontakt yo‘lning oxirigacha plomba- lanmay qolgan kanal qismidagi pulpani dentin kanallaridan tushgan mikroblar va ularning zaxarlari ta’sirida qayta yallig‘lanishi va nihoyat, dentikllar bosimidan kelib chiqishi va rivojlanishi ham mumkin. O‘tkir pulpitlar, qaytalangan pulpitlar rivojlanishi uchun xos o‘zga- rish — bu pulpada abssess paydo bo‘lishidir. Surunkali pulpit ikki bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda pulpa toj qismining bir qismi odatda abssess atrofi limfomakrofagal infiltratlarga boy granulyasion to‘qimaga aylanadi. Ikkinchi bosqichda pulpa to‘qimasi fibrozli to‘qimaga aylanadi va pulpaning tolali elementlari ko‘payadi. Pulpa petrifikatlar yig‘ilishi, to‘planishiga beriluvchan bo‘lib qoladi. O‘tkir umumiy (diffuz) pulpitda yiringli ekssudatni emirilgan, chirigan dentin orqali (drenaj) kariyes kovagiga yorib chiqishidan sharoit tug‘iladi. Bunda pulpaning ancha qismi nekrozga uchraydi. Bunday paytda pulpaga yiring chaqiruvchi mikroorganizmlar tushsa, unda surunkali gangrenozli pulpit shakllanadi va atroflari, yuzalari chirigan to‘qima qavati bilan o‘ralgan granulyasion to‘qima hosil bo‘lganligini morfologik aniqlash mumkin. Pulpaning cho‘kur qatlamlarida shish, hujayrali elementlarda distrofik o‘zgarishlar, turli distrofik hosil bo‘lganligi qayd etiladi. Surunkali gangrenozli pulpit. Periodontit yoki surunkali pulpitni qaytalanishi tarzlarida klinikada ko‘rinish bilan xotima topadi va tugaydi. 8 1 Surunkali gipertrofik pulpit ko‘pincha o‘choqli yoki umumiy (diffuz) o‘tkir pulpitdan kelib chiqadi. Bunda pulpadan granulyasion to‘qima o‘sib chiqib, kariyes kovgini to‘ldirib turadi. Pulpa to‘qimasi 30—40 yoshgacha bo‘lgan bemorlarda yaxshi tiklanish xususiyatiga ega. Chunki bu yoshlargacha o‘choqning kariyes kovagiga ochilishi va uning o‘z-o‘zidan tozalanib turishi bilan barcha yallig‘langan pulpada granulyasion to‘qimaning hosil bo‘lish jarayonlari faol kechadi va u tish toj qismidagi chirigan pulpa o‘rnini to‘ldiradi. Undan tashqari, tashqi ta’sirotlar (kimyoviy, xaroratiy, mexanik) ning kariyes kovagi teshigi orqali granulyasion to‘qimaga ta’siri ham bu to‘qimaning rivoj- lanishini tezlashtiradi. Granulyasion to‘qima yuzalari parchalanayotgan leykositlar bilan qoplangan bo‘ladi. Granulyasion to‘qima milkka tegib tursa, ko‘p qavatli yassi epiteliy uning yuzasini qoplab turishdan pulpa polipini hosil qiladi. Surunkali gipertrofik pulpit gangrenoz pulpitga va pulpa gangrenasiga o‘tib tugashi mumkin. Ekssudat yo‘llari dentin orqali chiqmay qolib, berkilgan paytlarda, surunkali pulpitning qaytalanishi kuzatiladi. Bunda tish bo‘shlig‘ida yal- lig‘lanishdan hosil bo‘lgan narsalar to‘planishidan bosim oshadi, pulpa- ning oziqlanishi qiynlashadi va yangi abssesslar paydo bo‘ladi. Albatta pulpitlarning rivojlanishi, ularning bir turdan ikkinchi turga o‘tish mexa- nizmlari, muddatlari va boshqa belgilari organizmning va pulpa to‘qima- sining umumiy ahvoli, ularning ta’sirotlarga chidamliligi, umumiy kasal- liklar, shamollanish, o‘tkir respirator va boshqa kasalliklarga bog‘liqdir. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling