Rivojlantirish instituti
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
terapevtik stomatologiya (1)
Pulpaning innervasiyasi. Qon tomirlar bilan birga ildiz uchidagi
teshikdan yuqori va pastki jag‘ asab tolalaridan chiquvchi shoxchalar pulpaga kiradi. Ular tishning medial, distal, tanglay, lunj va til yuzalariga kelib, periodontga kiradi. Keyin miyelinli turdagi bir necha tola qon tomirlar bilan parallel ravishda pulpaga kiradi. Toj qismga yaqinlashgan sari asab tolalari kamayib boradi. Ular tangensial yo‘nalish oladilar va predentinga tarqalib boradilar. Asta- sekin miyelinli parda yo‘qoladi. Toj qismda asosan miyelinsiz asab tolalari va asab uchlari joylashadi. 7 0 Miyelinsiz tolalar aksoplazmalar, aksolemalardan tuzilgan bo‘lib, lemmositlar bilan o‘ralgan. Miyelinli tolalar bulardan tashqari, miyelin pardasiga ega. Asablar predentinda, minerallashgan dentinda, uning kanalchalari ichida joylashadi. Bunda ularning soni oldingi frontal tishlarda ko‘p ildizli yon tishlarga nisbatan ko‘p. Dentinning bo‘yin va pulpaoldi zonalarida boshqa zonadagilarga nisbatan ko‘proq asab tolalari uchraydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, bu zonalarni charxlashda eng ko‘p og‘riq paydo bo‘ladi. Asab reseptorli subodontoblastik qavatda to‘rsimon holatda juda ko‘p joylashgan. Toj qismidagi pulpa ildiz pulpasidan farq qiladi. Toj qismda ko‘proq yetilgan, shakllangan hujayralar joylashsa, ildiz pulpada etilmagan, oxirigacha shakllanmagan hujayralar joylashgan. Shuning uchun ham, toj pulpaga nisbatan ildiz pulpada tolalar ko‘p. Toj pulpada magistral tomirlar va asab tolalari kam. Ildiz pulpa ozuqa moddalarini ham pulpadan, ham periodontdan oladi. Keltirilgan ma’lumotlar pulpit kasalligida, uni saqlab qolish usuli- biologik usulni qo‘llash nazariyasini asoslab beradi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling