Rivojlantirish strategiyasi


Milliy g‘oya va mafkura fanining vujudga kelishidagi


Download 228.95 Kb.
bet3/35
Sana07.05.2023
Hajmi228.95 Kb.
#1441339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Milliy goya ma\'ruzalar rursi

Milliy g‘oya va mafkura fanining vujudga kelishidagi
ichki sabablar:



  • yakka hukmron bo‘lgan kommunistik mafkuraning inqirozga uch­rashi tufayli o‘zbek xalqining ma’naviy hayotida g‘oyaviy bo‘shliq pay­do bo‘la boshlashi;

  • vujudga kelayotgan g‘oyaviy bo‘shliqni yangi milliy g‘oya va mafkura bilan to‘lg‘izmasa, uning o‘rnini boshqa har xil yomon maqsadlarni ko‘zlagan g‘oya va mafkuralar egallashi, buning natijasida xalqimizning hayotiga ma’naviy tahdid solish xavfi kuchayishining oldini olish;

  • mustaqil O‘zbekistonni o‘zining vatani deb bilgan barcha elat, millat, xalq vakillarini har xil mafkuraviy buzg‘unchiliklardan asrab, ularning tinch-totuv yashashlarini kafolatlaydigan jamiyatni barpo etishga xizmat qiluvchi bunyodkor g‘oya va mafkuralar bayrog‘i ostida birlashtirish ishlarini amalga oshirish;

  • O‘zbekiston xalqining ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ularning erkin va farovon hayot kechirishini ta’minlaydigan jamiyatni barpo etish sari boshlab boruvchi yangi milliy g‘oya va mafkuralar tizimini yaratish;

  • yaratiladigan milliy g‘oya va mafkuralarning milliy xususiyatlarini umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirgan holda olib borish ishlarini tashkillashtirishning metodologik asoslarini ishlab chiqish;

  • milliy g‘oyaga xalqni ishontirish va uni amalga oshirishning taktik va strategik yo‘nalishlarini belgilab olish zaruratining paydo bo‘lganligi va boshqalar.



Milliy g‘oya va mafkura fanining vujudga kelishidagi
tashqi sabablar:



  • tashqi tomondagi har xil vayronkor g‘oya va mafkuralarning asl maqsadlarini bilish va ularning xurujiga qarshi tura oluvchi milliy g‘oya va mafkuraning nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqish;

  • dunyo xalqlariga O‘zbekiston xalqi milliy mafkurasining bunyodkor g‘oyalardan iborat ekanligini ilmiy va amaliy jihatdan namoyish etish ishlarini amalga oshirish;

  • xorijiy davlatlarda o‘zlarining xizmat burchini bajarish uchun yashayotganlar, hamda o‘qish, malaka oshirish, tajriba almashish maqsadida ilmiy yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan fuqarolarimiz orqali milliy mafkuramiz asosiy g‘oyalarini targ‘ib va tashviq qilish, uning bunyodkorlik mohiyatini chet ellarda namoyish qilishning eng maqbul yo‘llarini ishlab chiqish;

  • globallashuv sharoitida avj olayotgan “ommaviy madaniyat” ning salbiy ta’sirlariga berilmaslikning yangicha ma’naviy va moddiy vosita, usullarini yaratish va boshqalar.

Yuqorida keltirilgan barcha sabablarni umumlashtirgan holda shunday xulosaga kelish mumkin, ya’ni milliy g‘oya va mafkura fanining vujudga kelishidagi asosiy sabab O‘zbekiston xalqining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik jamiyatni shakllantirish va rivojlantirish asosida munosib hayot kechirishini ta’minlash sari boshlab boradigan milliy mafkuramizning bosh g‘oyasi - ozod va obod Vatanda, erkin va farovon hayot kechirish hamda asosiy-g‘oyalari -vatan ravnaqi, yurt tinchli gi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik asosida birlashtirishning nazariy-metodologik asoslarini va uni amalga oshirishning amaliy usul va vositalarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish hamda rivojlantirishdan iboratdir.



Download 228.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling