Rivojlantirish strategiyasi


O‘zbek xalqi milliy g‘oya va mafkurasining tarixiy ildizlari, diniy negiz, falsafiy va dunyoviy asoslari


Download 228.95 Kb.
bet8/35
Sana07.05.2023
Hajmi228.95 Kb.
#1441339
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Bog'liq
Milliy goya ma\'ruzalar rursi

3.O‘zbek xalqi milliy g‘oya va mafkurasining tarixiy ildizlari, diniy negiz, falsafiy va dunyoviy asoslari

Markaziy Osiyoda islom dinining ruhan o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda ajdodlarimizning qadimiy qadriyatlari mujassamlashgan, milliy va diniy qadriyatlar birlashgan.


Falsafa, uning barcha yo‘nalishlari inson baxt-saodati ideali atrofida rivojlana borgan. Bu ideal dindan kengroq ko‘lamli bo‘lgan. Unda diniy va ijtimoiy mulkiytengsizliklarni, qarama-qarshilik va ziddiyatlarni yo‘qotish, ular o‘rnini o‘zaro yordam va hamkorlik egallagan ijtimoiy turmush orzu qilingan.
Xususan, Markaziy Osiyodagi ilk uyg‘onish davri mutafakkirlaridan biri Abu Nasr Forobiyning falsafiy mushohadasiga ko‘ra, koinotdagi har bir vujud-mavjudot o‘ziga xos martaba-eng yuksak kamolatga erishish uchun dunyoga kelgan. Inson uchun xos bo‘lgan bu kamolotning nomini eng yetuk baxt-saodat deb ataydilar.
Muhaddislardan biri Imom Buxoriyning “al- Jome as-sahih” kitoblari islom dunyosi ulamolari tomonidan yakdillik bilan Qur’oni Karimdan keyingi ikkinchi muqaddas kitob deb e’tirof etilishi va umuman, Qur’oni Karimdan keyingi islom dinimizning asosini tashkil etgan oltita hadis to‘plamidan to‘rtasining ona-Vatanimiz Turkiston zaminida yaratilganligi ajdodlarimiz an’analarining naqadar ulug‘ va samarali bo‘lganligi dalolatidir.
Bizning milliy mafkuramizning falsafiy asoslari, uning ma’no-mazmuni, asosiyg‘oya va tamoyillari milliy davlatchiligimizni qayta tiklagan eng katta manba - bu haqqoniy yoritilgan tarixdir.
Milliy g‘oya va mafkura tarixiy makon va zamonda o‘zining genezisiga va evolyusiyasiga egadir. Tarixiylik va mantiqiylik nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, g‘oya va mafkuralarning dastlabki kurtaklari insoniyat rivoji tarixining “mehnat taqsimoti” davrida paydo bo‘lganligini ko‘ramiz. Bu esa har bir narsaning o‘z tarixi, ya’ni tarixiy ildizlari borligidan darak beradi.
Falsafiy jihatdan qaraganda “tarixiy ildiz” tushunchasini tor va keng ma’noda talqin qilish mumkin. “Tarixiy ildiz” bugugngi kunda mavjud bo‘lgan barcha narsa va hodisalarning tarixiy makon va zamonda joy olgan barcha tomonlari, tor ma’noda esa muayyan sub‘yektlari tomonidan bilish va o‘zgartirishga qartilgan narsa va hodisalarning tarixiy makon va zamonda egallagan o‘rnini anglatadi.
Masalan, milliy g‘oya va mafkura fanining tarixiy ildizlarini keng ma’noda tushunish deganda O‘zbekiston hududida eng qadimgi odamlarning paydo bo‘lishi, urug‘ va qabilalarning kelib chiqishi, davlatchilikning shakllanishi, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishi, ilmiy va diniy bilimlardan foydalanish, falsafa, axloq, huquq va boshqa shu kabi narsa va hodisalarning bir butun tizim sifatida tarixiy makon va zamonda egallagan o‘rni tor ma’noda esa muayyan olаm yoki ilmiy jamoatchilik tomonidan o‘rganilayotgan g‘oya va mafkuraning tarixiy makon va zamonda egallagan tomoni tushuniladi.
Milliy g‘oya va mafkuraning tarixiy ildizlari deb, o‘zbekning o‘zligini anglashga, ozod va obod Vatan ravnaqi yo‘lida tinmay samarali erkin mehnat qilishga, olam sirlarini kashf etib, uni insoniyat taraqqiyotiga xizmat qilishga, insoniylikni ulug‘ fazilat deb bilishga, komil farzandlarni voyaga yetkazishga, xususan uning butun jismoniy va ma’naviy vujudini ma’naviy jasorat ko‘rsatishga chorlaydigan asrlar mobaynida turli sinovlarga bardosh berib, tarixiy makon va zamondan abadiy joy olib, ota-boblarimizdan qolib kelayotgan moddiy va ma’naviy ashyolar tizimiga aytiladi.

Download 228.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling