Rivojlantirish strategiyasi


Milliy g‘oya va mafkura fanining diniy negizlari


Download 228.95 Kb.
bet11/35
Sana07.05.2023
Hajmi228.95 Kb.
#1441339
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
Bog'liq
Milliy goya ma\'ruzalar rursi

Milliy g‘oya va mafkura fanining diniy negizlari, deb shaxs va jamiyat mafkurasining vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishi uchun zamin vazifasini o‘taydigan хudoga e’tiqod qilishga asoslangan insoniyatni ezgulik sari etaklaydigan diniy dunyoqarash, tasavvur, urf-odat va marosimlar majmuiga aytiladi.
Bunga quyidagilarni kiritish mumkin:
1.Islom dinining muqaddas kitobi “Qur’oni Karim”da insonlarni o‘zaro tinchlik-hamjihatlikda yashashga, adolatparvar, haqiqatgo‘lib bo‘lishiga chaqiradi. Barcha odamlar millati, irqi va nasabidan qat’i nazar Alloh oldida teng ekanliklarini ta’kidlab, bir-birlarini kamsitish, bir-birlariga zulm qilishdan qaytaradi7.
Islom dinining diniy ta’limot va amaliyot darajasiga ko‘tarilishiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk allomalar: Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Bahaovuddin Naqshband, Imom Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn iso Termiziy, Imom Motrudiy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi yuzlab allomalarimiz tomonidan yozilgan asarlarlar va ularda ilgari surilgan g‘oyaviy ta’limotlarni kiritish mumkin.
Masalan, Muhammad ibn Ali Hakim ot-Termiziy o‘z hikmatlarida shunday deganlar:
-“Hech bir yo‘qotishdan qayg‘urish kerak emas, faqat niyatni yo‘qotishdan qo‘rqish kerak. Chunki biror xayrli ish niyatsiz durust bo‘lmaydi.”
-“Shaytonning bir soat ichida halok qilganini yuzta och arslon bir suruv qo‘yga qila olmas. Nafsning bir soat ichida odamga qiladigan vayronаlik ishini esa yuzta shayton qila olmas.”
-“Bolalarning tarbiyasi-maktablarda; qaroqchilarning tarbiyasi-qamoqxonalarda; ayollarniki-uylarida; yoshlarniki ilmda; keksalarniki esa masjidlardadir.”8
Milliy g‘oya va mafkuraning dunyoviy ildizlari deb, real ma’rifiy dunyoda shaxs va jamiyatning g‘oyaviy-mafkuraviy tafakkurini yuksak darajada rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy munosabatlarning yaxlit tizimiga aytiladi. Insoniyat asrlar mobaynida bosqichma-bosqich dunyoviylik sari intilib keldi. Milliy g‘oya va mafkuraning dunyoviy ildizlari deganda quyidagi uch jihatdan o‘zaro birligini tushunmoq kerak bo‘ladi.
Birinchidan, tabiat hodisalarni o‘rganish borasida qo‘llanilayotgan usul va vositalar natijasida olingan haqiqatligi amaliyotda tasdiqlanganilmiy nazariy g‘oyalar va amaliy ishlanmalar.
Masalan, insonning qon aylanish tizimi to‘g‘risidagi zamonaviy tibbiyot nazariyalari. Uning ish faoliyatini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlanmalar. Shuningdek, kosmonavtika, kibernetitka, genmuhandisligi kabi buyuk kashfiyotlar ham odamlarning g‘oyaviy-mafkuraviy dunyo qarashining keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Ikkinchidan, jamiyat hayotidagi o‘zgarishlarni o‘rganish asosida hosil qilingan nazariy-amaliy bilim va ishlanmalar. Masalan, hozirgi kunda umume’tirof etilgan tamoyillar: qonun ustivorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi.
Uchinchidan, vijdon erkinligini qonun yo‘li bilan kafolatlangan.
Mustaqil O‘zbekistonda har bir fuqaroning tabiiy yashash huquqi, vijdon va diniy erkinligini ta’minlaydigan dunyoviy suveren demokratik davlatdir.
Xulosa qilib aytish mumkinki, odamlarning dunyoqarashi, e’tiqod va tafakkurida demokratik tamoyillar va demokratik qarashlarning kengayishi va mustahkam o‘rin topishi avvalambor hayotning tabiiy yurishi bilan, ularning moddiy turmush darajasi va madaniy saviyasi tobora rivojlanishi va yuksalishi bilan chambarchas bog‘liq ekanini hayotning o‘zi taqozo etadi.



Download 228.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling